Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
256
ETYUD VA GAMMANING
IJRO KО‘NIKMALARINI
TAKOMILLASHTIRISHDAGI O‘RNI
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Cholg‘u ijrochiligi” fakulteti “Xalq
cholg ‘ulari” ta‘lim yo‘nalishi II bosqich talabasi
Diyora Abdunazarova
Ilmiy rahbar: Axadjon Mamadaliyev
O‘zDK“Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi dotsenti, Turon Fanlar
Akademiyasi faxriy professori
Annotatsiya: Mazkur maqolada ijro ko‘nikmalarini takomillashtirishda
etyud va gammaning o‘rni haqida so‘z boradi. Bundan tashqari yana etyud va
gammaning nima ekanligi ijrochiga qanday ta‘sir ko‘rsata olishi , uning foydalari
haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: ijro san‘at , musiqa, gamma , etyud , madaniyat, sozanda, nota.
Etyud bu fransuzcha soʻzdan olingan boʻlib aynan oʻrganish , bajarish degan
maʻnolarni bildiradi. Ikki xil manoda tushiniladi.
1) Tasviriy san‘atda borliq (natura)dan uni oʻrganish maqsadida yaratilgan
asar. Ijodkor badiiy asar (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) yaratish jarayonida
Etyuddan yordamchi manba sifatida foydalanadi. Tugallangan asarda Etyud
majmuasi sifatida oʻzini namoyon qiladi. Realistik tasviriy sanʼat asarlarini
yaratish Etyuddan kartinaga oʻtish jarayonida amalga oshadi. 19-asr oʻrtalaridan
Etyudga munosabat oʻzgardi. Etyudni badiiy qiymatga ega boʻlgan asar
darajasiga qoʻtarish, ijodkorning gʻoyaviy estetik qarashlarini ifodalashga intilish
quchaydi. Yirik ijodkorlarning Etyudlari koʻpincha badiiy qiymatga va mustaqil
ahamiyatga ega; 2) musiqada — cholgʻu ijrochiligining muayyan texnik usulini
qoʻllashga asoslangan va sozandaning malakasini oshirishga moʻljallangan pyesa.
19-asrda musiqa cholgʻulari takomillashuvi hamda virtuoz ijrochiligining
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
257
yuksalishi natijasida rivoj topdi (fortepiano uchun I.Kramer, M.Klementi,
K.Cherni, skripka uchun R.Kreyser, P.Rode, violonchel uchun D.Popper E.lari va
boshqalar). Musiqiy romantizm vakillari (N.Paganini, F.List, F.Shopen,
A.Skryabin, S.Raxmaninov va boshqalar) ijodida E. yuksak badiiy konsert asari
darajasiga koʻtarildi. Oʻzbekiston kompozitorlaridan G.Mushel, B.Giyenko, Sayfi
Jalil (fortepiano uchun), T.Qurbonov (organ uchun) va boshqalar E. yaratgan; 3)
teatr pedagogikasida aktyorlik mahoratini rivojlantirish va mukammallashtirishga
xizmat qiladigan mashq. Oʻqituvchi oldindan ishlab chiqqan yoki badiha
yoʻsinida yaratgan turli sahna harakatlaridan tashkil topadi.
Dastlab sozanda-talaba cholg‘uni chalishdan oldin albatta turli gammalar,
mashqlar va etyudlarga alohida e’tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir.
Ushbu
gamma va etyudlar chang cholg‘usi uchun maxsus yozilgan bо‘lib, ularda hozirgi
zamon musiqa ijrochiligi yо‘nalish va uslublari aks ettirilgan. Dasturda
belgilanganidek birinchi kurs talabasi bitta majburiy etyud va bitta ixtiyoriy
tanlangan etyudlarni о‘rganib imtihonda topshirishi shart bо‘ladi. Birinchi kurslar
uchun ijro murakkabligi jihatidan deyarli bir xil bо‘lgan uchta etyud majburiy
berilgan bо‘lib, talaba о‘z ustozi bilan ulardan birini tanlab ijro etishi mumkin.
Har bir о‘quv yili boshida ijro dasturidan о‘rin olgan gamma va etyudlarni
о‘rganish talab etiladi. Gammalar о‘quv dasturida har bir kurs uchun alohida
ishlab chiqiladi. Shuningdek birinchi kurslar uchun ham maxsus gammalar ham
ishlab chiqilgan bо‘lib, ularni о‘zlashtiribgina qolmasdan, balki sozandaning
ijrochilik mahoratini oshirib boradi. Mashqlar biron bir maqsadda har xil
kо‘rinishdagi kichik yoki kattaroq musiqiy jumlalarni mashq qilish bо‘lsa, gamma
tovush qatori doimiy ravishda aniq pog‘onalarni bosib u yoki bu shtrix asosida
ijro etiladi. Gamma chalishning ijro mahoratini oshirishda asosiy ahamiyati shuki,
bunda qо‘llar belgilangan applikatura asosida, ya’ni majburiy xolda ijro etiladi.
Aynan shu holat gammalarni mashqlardan ajratib turadi.
Mashqlarni dars jarayonida о‘qituvchi bilan yoki bir necha talaba birgalikda
chalishi yaxshi natija beradi. Mashqlar о‘ng va chap qо‘llarga mо‘ljallangan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
258
bо‘lib, har biri alohida-alohida maqsadni kо‘zda tutadi. Mashqlarga yaʻni etyud
va gammaga misol qilib quyidagilarni koʻrsata olishimiz mumkin boʻladi:
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
19-to’plam 1-son May 2025
259
Gamma bu musiqada — dastlab oʻrta asr Yevropa ilmida musiqa tovush
katorining eng past tovushi. Keyinchalik muayyan lad tovushlarining oktava
orasidagi tartibi. G. asosiy pogʻonadan boshlanib yuqoriga yoki pastga yoʻnalgan
boʻladi. 7 tovushli (diatonik ladlarda), 12 tovushli (xromatik), Sharqda
17,22 va hatto 48 tovushli Gammalar mavjud. Turli Gammalarni ijro etish —
oʻquv jarayonida keng tarqalgan musiqa mashqlaridan hisoblanadi. Ijrochining
ijro mahoratini oshirishda gamma va etyudlarning oʻrni muhim hisoblanadi. Etyud
va gammalar ijrochining texnikasini oʻrganish metodikasini oʻsishida, ijro
koʻnikmalarini takomillashishida har tomonlama foyda boʻlib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
https://uz.wikipedia.org/wiki/Etyud
2. А.Мамадалиев. “Халқ чолғуларида ижрочилик” (чанг) дарслик.
Тошкент. 2022 йил.