Mualliflar

  • Eshqulov.S.A

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123242

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: semantika neologizmlar konnotativlik ko’chma ma’no emotsional-eksprеssiv birliklar psixolingvistik diskurs.

Annotasiya

Annotatsiya: Reklama, peshlavha va tijoriy yozuvlar matnlarini lisoniy jihatdan tahlil qilish orqali ularning ko‘p qirrali jihatlarini ochib berish, tilshunoslik rivojidagi o‘rnini va jamiyatga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bunday matnlarning leksik-semantik strukturasini tahlil qilish, ya’ni matnlarning grammatik tuzilishi, sintaktik shakllanishi va leksik-semantik xususiyatlarini tizimli o‘rganish, matnning ta’sirchanligini oshirish uchun samarali lingvistik modellarni ishlab chiqish zarur.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

346

PESHLAVHA, REKLAMA VA TIJORIY YOZUVLARNING

LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Eshqulov.S.A

Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti

eshqulovsunnat804@gmail.com

Annotatsiya:

Reklama, peshlavha va tijoriy yozuvlar matnlarini lisoniy

jihatdan tahlil qilish orqali ularning ko‘p qirrali jihatlarini ochib berish,

tilshunoslik rivojidagi o‘rnini va jamiyatga bo‘lgan ta’sirini o‘

rganish muhim

masalalardan biri hisoblanadi. Bunday matnlarning leksik-semantik strukturasini

tahlil qilish, ya’ni matnlarning grammatik tuzilishi, sintaktik shakllanishi va leksik

-

semantik xususiyatlarini tizimli o‘

rganish, m

atnning ta’sirchanligini oshirish

uchun samarali lingvistik modellarni ishlab chiqish zarur.

Kalit so’zlar:

semantika, neologizmlar, konnotativlik, ko’chma ma’no,

emotsional-

eksprеssiv birliklar,

psixolingvistik, diskurs.

Bugungi kunda peshlavha, reklama va tijoriy yozuvlarning xalqaro darajada

davlat tilida va yuqori saviyada ishlatilishi mamlakatning jahon miqyosida ham

obro‘sini oshiradi, milliy o‘ziga xoslikni targ‘ib qiladi. Bunday matnlar

tilshunoslikda tilning kommunikativ, uslubiy va madaniy jihatlarlarini o‘rganishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy

o‘zgarishlar ham bunday matnlarda o‘z ifodasini topadi.

Peshlavha, reklama va

tijoriy yozuvlar matnlarini tahlil qilishda leksik-semantik, stilistik, psixolingvistik,

diskurs va struktural tahlil usullaridan kompleks tarzda foydalaniladi. Bu tadqiqot

usullari ham amaliy, ham nazariy jihatdan samarali natijalar beradi.

Bunday matnlarning bir qancha leksik xususiyatlari mavjud. Masalan:

Qisqalik va serma’no so‘zlar

: Reklama va peshlavhalarda yuqori

semantik zichlikka ega qisqa so‘zlar qo‘llaniladi (masalan:

“Tez!”,

“Chegirma!”, “Yangi!”)


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

347

Neologizmlar va brendsozlik

: Tijoriy yozuvlarda yangi so‘zlar yoki

modifikatsiyalangan leksik birliklar yaratilib, mahsulot nomi yoki xizmat

konsepsiyasi bilan bog‘lanadi.

[1]

Emotsional-ekspr

е

ssiv birliklar

: “Ajoyib narx!”, “Hayratlanarli sifati

bilan!”, “Ishonchli tanlov!” kabi emotsional bo‘yoqli so‘zlar keng

ishlatiladi.

Shu bilan bir qatorda semantik xususiyatlariga to’xtalsak, bir qancha

jihatlatni

ko’rishimiz mumkin :

Konnotativlik

: So‘zlar faqat denotativ (to‘g‘ri) ma’noda emas, balki

hissiy, baholovchi ma’nolar bilan yuklanadi.

Ma’no ko‘chishi (metafora, metonimiya): Reklamalarda ko‘pincha

metaforik obrazlar orqali mahsulotning sifatlari oshirib

ko‘rsatiladi.

Masalan: “Ko‘chma quvvat manbai” (telefon uchun).

Imperativ semantika

: So‘zlar orqali xaridor ongiga ta’sir o‘tkazuvchi

semantik strukturalar tuziladi: “Sotib oling!”, “O‘ylamang, harakat qiling!”

Leksik-

semantik vositalar reklama va peshlavhalarning stilistik o‘ziga

xosligini belgilaydi. [2]

Peshlavha, reklama va tijoriy matnlarning leksik-semantik xususiyatlari

ularning auditoriyaga tez va samarali ta’sir ko‘rsatishini ta’minlaydi. Bu matnlarda

so‘zlar nafaqat axborot uzatadi, balki inson hissiyotiga ta’sir qiladi, fikr uyg‘otadi

va hatti-harakatga chorlaydi. Shuning uchun ularning lingvistik jihatdan chuqur

tahlili reklama samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Peshlavha,

reklama va tijoriy yozuvlarda leksik-semantik vositalar nafaqat kommunikativ

samaradorlikni oshiradi, balki ma

daniy, ijtimoiy va psixologik omillarni o‘zida

mujassam etgan kuchli axborot vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

[3] Bu matnlar orqali

til

iqtisod, madaniyat va ommaviy ongga bevosita ta’sir qiluvchi

vositaga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

348

aylanadi. Ularning lingvistik jihatdan tahlili zamonaviy tilshunoslikda pragmatika,

sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik va marketologik yondashuvlar bilan bog‘liq

holda olib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mamirova D.Sh. O‘zbek reklama matnlarining sotsiolingvistik

xususiyatlari Filologiya fanlari bo‘yicha falasafa doktori (PhD) dissetatsiyasi

Samarqand 2022. B

163.

2. Chiniqulov N.J. Peshlavhalarning lisoniy xususiyatlari. Monografiya.

Toshkent: “Navoiy universiteti” nashriyot matbaa uyi, 2019. –

B. 120

3.

Shermatov A.A. Ingliz va oʻzbek badiiy matnlarida diskurs deyksisining

qiyosiy tahliliga doir ayrim mulohazalar // Tilshunoslikdagi yangi yoʻnalishlar va

ularning muammolari.

Toshkent, 2013.

B. 235

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/reklama_lingvistikasi.