Jild 20 № 2 (2025)
Maqolalar
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI LEKSIK TRANSFORMATSIYALAR: QIYOSIY TAHLIL
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida leksik transformatsiyalarning mazmun-mohiyati, turlari va qo‘llanish xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Leksik transformatsiya — bu bir tildagi so‘z yoki iboraning boshqa tilga o‘zgartirilgan shaklda berilishi, shu orqali mazmunning saqlanib qolishi yoki moslashtirilishidir. Tadqiqotda sinonimiya, antonimiya, generalizatsiya, konkretizatsiya, kompensatsiya, modifikatsiya kabi asosiy leksik transformatsiya turlari har ikki tilda amaliy misollar bilan solishtirilib o‘rganilgan. Shuningdek, tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik siljishlar va madaniy tafovutlar ham ko‘rib chiqilgan. Maqola tarjimashunoslik, leksikologiya va qiyosiy tilshunoslik yo‘nalishida izlanish olib borayotgan mutaxassislar va talabalar uchun amaliy ahamiyatga ega.
TEXNOLOGIYA FANIDA DIDAKTIK TAMOYILLAR VA O'QITISH SHAKLLARI
Annotatsiya: Mazkur maqola texnologiya fanini o‘qitish jarayonida muhim bo‘lgan didaktik tamoyillar va o‘qitish shakllarining o‘rni, ularning mazmuni va amaliy ahamiyatini tahlil qiladi. Darsning samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, ijodkorlik va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun zamonaviy yondashuvlarning qo‘llanishi muhim sanaladi. Maqolada ta’limda qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar va pedagogik yondashuvlar haqida ham fikr yuritilgan.
HOSILANI IQTISODIY JARAYONLARGA TADBIG’I.
Ushbu maqolada hosila tushunchasining iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyati, uning optimallashtirish va chegaraviy tahlildagi roli yoritiladi. Chegaraviy daromad, foyda va xarajat tushunchalari hosila orqali qanday aniqlanishi, shuningdek, narx elastikligini hisoblash usullari tushuntiriladi. Iqtisodiy jarayonlarda hosilaning amaliy qo‘llanilishi misollar orqali ko‘rib chiqilib, kompaniyalarning foydasini maksimal qilish strategiyalarida hosilaning ahamiyati ta’kidlanadi.
This article explores the importance of derivatives in economic processes, their role in optimization and marginal analysis. It explains how marginal revenue, profit, and cost are determined using derivatives, as well as methods for calculating price elasticity. The practical application of derivatives in economic processes is examined through examples, emphasizing their significance in maximizing company profits.
В данной статье рассматривается важность понятия производной в экономических процессах, её роль в оптимизации и предельном анализе. Объясняется, как рассчитываются предельные доходы, прибыль и затраты с помощью производных, а также методы вычисления ценовой эластичности. Практическое применение производных в экономике рассматривается на примерах, подчеркивая их значимость для максимизации прибыли компаний.
KORPORATIV IMIJ: RAQAMLI ASRDAGI AHAMIYATI, SHAKLLANISH OMILLARI VA BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Annotatsiya: Ushbu tezisda korporativ imijning nazariy asoslari, amaliy shakllanish jarayonlari va uni zamonaviy sharoitda samarali boshqarishning dolzarb jihatlari yoritiladi. Korporativ imijning brend kapitaliga, iste’molchi sadoqatiga, mijozlar bilan munosabatga hamda jamoatchilik fikriga ta’siri tahlil qilinadi. Muallif ichki va tashqi omillar asosida korporativ imijni tuzuvchi mezonlarni, raqamli platformalarning imij siyosatiga ta’sirini, shuningdek, imij inqirozlari holatida kompaniya kommunikatsiya strategiyalarining o‘rnini ochib beradi. Mavzu doirasida xorijiy nazariy yondashuvlar va milliy sharoitdagi amaliy ehtiyojlar asosida tahliliy xulosalar chiqarilgan.
TANIQLI BRENDLARDA PR KAMPANIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Maqolada zamonaviy PR kampaniyalarini takomillashtirishda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, xususan, brend imijini shakllantirishdagi PRning o‘rni, muvaffaqiyatli xalqaro va mahalliy brendlar misolida strategik yondashuvlar, hamda sun’iy intellekt asosidagi shaxsiylashtirilgan PR usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot Korzinka.uz va Walmart singari yirik kompaniyalar tajribasi asosida olib borilib, PR strategiyalarining raqamli davrga moslashtirilishi va ularning samaradorlik omillari yoritiladi.
HRM VA PR O‘RTASIDAGI SINERGIYA: NAZARIY MODEL VA AMALIY ZARURAT
Mazkur maqolada inson resurslarini boshqarish (HRM) va jamoatchilik bilan aloqalar (PR) o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya va sinergiya muammosi tahlil qilinadi. Muallif sinergiyaning nazariy asoslarini yoritib, uni amaliy jihatdan tashkilotlarda qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. HRM va PR faoliyatining uyg‘unligi tashkilot brendi, xodimlar motivatsiyasi, tashqi va ichki kommunikatsiyalarning yaxshilanishiga olib keluvchi omil sifatida ko‘rsatiladi. Maqolada nazariy model asosida sinergiya zarurati asoslanadi hamda konkret kompaniyalar misolida tahlil beriladi.
KORPORATIV IMIJ KORXONANING MARKETING VOSITASI SIFATIDA: ARTEL VA LG KOMPANIYALARI MISOLIDA
Annotatsiya: Ushbu tezisda korporativ imij tushunchasining nazariy va amaliy asoslari, uni shakllantirish va boshqarishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, imijning marketingdagi strategik ahamiyati, iste’molchi ongiga ta’siri va brend sodiqligini oshirishdagi roli o‘rganiladi. Artel va LG kompaniyalari misolida korporativ imij yaratish va raqamli maydonda uni samarali boshqarish uslublari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida taqqosloviy, kontent-analiz, tahliliy va statistik metodlar qo‘llanilgan.
BRENDING KOMPANIYA IMIJINI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITA SIFATIDA
Ushbu maqolada brend va kompaniya imiji o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, brendni kompaniya imijini shakllantiruvchi asosiy vosita sifatida ko‘rish zarurligi hamda zamonaviy ijtimoiy tarmoqlarning bu jarayondagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, kompaniyaning ijtimoiy mas'uliyati, influencer marketing, hikoyachilik (storytelling) va brend boshqaruvi orqali kompaniya imijini qanday mustahkamlash mumkinligi haqida fikrlar bildirilgan.
ФАНТАСТИКА КАК ФОРМА ФИЛОСОФСКОГО ВЫСКАЗЫВАНИЯ В МАЛОЙ ПРОЗЕ В. Я. БРЮСОВА
Аннотация: В статье рассматривается малая проза В. Я. Брюсова через призму фантастики как особой формы философского высказывания. Автор анализирует, как элементы фантастики используются Брюсовым для осмысления метафизических, этических и экзистенциальных вопросов. Подчёркивается, что фантастический дискурс в произведениях писателя служит не только художественным приёмом, но и способом постановки философских проблем, отражающих мировоззренческую сложность рубежа XIX–XX веков.
DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARINING ILMIY TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat va din munosabatlarining tarixiy shakllanishi, zamonaviy jamiyatdagi roli hamda Oʻzbekistonda ushbu munosabatlarning huquqiy asoslari yoritilgan. Shuningdek, din va davlatning oʻzaro aloqalari, ularning chegaralari va hamkorlik imkoniyatlari tahlil qilinadi.
BOLA TARBIYASIDA “MAS’ULIYAT”NI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: Hozirda mamlakatimizda oilaning mahalla hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyatini yanada takomillashtirish va mazmunan yangilash, pedagogik hamkorlikning faoliyatini kuchli nazoratga olish, ota-onalarni farzand tarbiyasida mas’uliyatini yanada kuchaytirish, ta’lim-tarbiya maskanlarida oʻqitishning sifati va samaradorligini yaxshilash va mahalla koʻy, jamoatchiligining daxldorligini va javobgarligini kengaytirishga muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.
JALOLIDDIN RUMIY ASARLARIDA TARBIYA G‘OYALARINING PEDAGOGIK TALQINI.
Annotatsiya. Mazkur tezisda buyuk mutasavvif va adib Jaloliddin Rumiy asarlarida ilgari surilgan tarbiyaviy g‘oyalar pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Rumiy tomonidan asoslangan ruhiy, axloqiy, estetik va ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari zamonaviy ta’lim tamoyillari bilan qiyosiy o‘rganiladi. Shuningdek, uning “komil inson” haqidagi qarashlari hozirgi pedagogik konsepsiyalar – shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, emotsional rivojlanish, ma’naviy-axloqiy kamolot bilan qanday uyg‘unlashishi aniqlanadi.
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI TEMIR YO‘L TERMINOLOGIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya:Mazkur maqolada temir yo‘l terminologiyasi va uning tilshunoslikdagi o‘rni, shakllanish jarayoni, strukturaviy va funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Unda zamonaviy tilshunoslikda temir yo‘l terminlarining turli manbalar orqali shakllanishi, xalqaro terminologik tizimlar, madaniy va mintaqaviy farqlar, o‘zbek va ingliz tillarida uchraydigan temir yo‘lga oid leksik birliklar qiyosiy tahlil etilgan. Shuningdek, terminlarni standartlashtirish va ularning fan-texnika taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr yuritiladi. Maqola tilshunoslik, tarjima nazariyasi va texnik kommunikatsiya sohalarida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun foydalidir.
Annotation: This article analyzes the field of railway terminology and its role in linguistics, focusing on its development, structural features, and functions. It explores how railway terms have evolved through various sources in both Uzbek and English, as well as the influence of international standardization systems, cultural and regional differences, and the comparative lexical analysis between English and Uzbek. The article also discusses challenges in naturally formed terminology and the importance of terminological unification in scientific and technical communication. This work is particularly relevant for researchers in linguistics, translation theory, and technical communication.
ОСОБЕННОСТИ ИСЛЛЕДОВАНИЯ ПСИХОЛОГИИ МАТЕРИНСТВА
Аннотация: Необходимость изучения психологии материнства и подготовки специалистов в этой области обусловлена также бурным развитием такой отрасли психологической практики, как психологическая помощь матери и ребенку (коррекция развития ребенка и материнско-детского взаимодействия), включая младенчество и пренатальный период.
Abstract: The need to study the psychology of motherhood and train specialists in this area is also due to the rapid development of such a branch of psychological practice as psychological assistance to mother and child (correction of child development and mother-child interaction), including infancy and the prenatal period.
PJAX TEXNOLOGIYASINING AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI
Bu maqolada PJAX (pushState + AJAX) texnologiyasining zamonaviy veb-dasturlashda tutgan o'rni, uning asosiy afzalliklari va kamchiliklari batafsil ko'rib chiqilgan. PJAX texnologiyasi veb-sahifalar orasida tez o'tish va foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu maqolada uning texnik jihatdan ishlash prinsipi, real loyihalarda qo'llanilishi va muqobil yechimlar bilan taqqoslanishi tahlil etilgan.
This article provides a comprehensive analysis of PJAX (pushState + AJAX) technology's role in modern web development, examining its key advantages and disadvantages. PJAX technology was developed to enable fast navigation between web pages and improve user experience. This article analyzes its technical working principles, real-world project applications, and comparisons with alternative solutions.
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARNING TAHLILI
Abstract: This article discusses the special importance of food production enterprises as one of the strategic sectors of the national economy in a market economy. They play an important role not only in ensuring food security for the population, but also in increasing employment, strengthening export potential and strengthening economic stability.
Аннотация: В статье рассматривается особое значение предприятий пищевой промышленности как одной из стратегических отраслей народного хозяйства в условиях рыночной экономики. Высказывались мнения о важной роли, которую они играют не только в обеспечении продовольственной безопасности населения, но и в повышении занятости, укреплении экспортного потенциала, укреплении экономической стабильности.
XULQI OGʻIR BOLALAR BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK VAZIFALARI HAMDA PSIXODIAGNOSTIKASI
Annotatsiya: Og’ishgan xulqning har qanday ko’rinishiga moyil bo’lgan shaxslar jamiyatni tubdan yangilashni maqsad qiladilar, bu esa og’ishgan xulqning xususiyatlaridan biri bo’lgan jamiyat meʼyorlariga zid xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi. Ana u endi tibbiy me’yorlar chegarasida ko’rib chiqiladi.
OLIY MAKTAB O’QITUVCHISINING INNOVATSION FAOLIYATI
Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy maktab o‘qituvchisining innovatsion faoliyatining mazmuni, yo‘nalishlari va ahamiyati tahlil etilgan. Innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini innovatsiyalashning asosiy tamoyillari yoritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida o‘qituvchidan talab etiladigan zamonaviy kompetensiyalar va yangilikka ochiqlik kabi muhim jihatlar ko‘rsatib berilgan. Ushbu material oliy ta’lim muassasalari pedagoglari, ilmiy xodimlar hamda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
HUDUDLARNING SOLIQ SALOHIYATINI OSHIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Annotatsiya: Ushbu tezisda O‘zbekiston hududlarining soliq salohiyatini oshirishda mavjud bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar yoritilgan. Hududiy soliq salohiyati mamlakatning fiskal barqarorligi, byudjet daromadlarining shakllanishi va iqtisodiy mustahkamlikda muhim o‘rin tutadi. Biroq, ayrim hududlarda mavjud ishlab chiqarish salohiyatining yetarlicha ishga solinmagani, norasmiy iqtisodiyot ulushining yuqoriligi, soliq bazasining torligi, soliq ma’murchiligidagi kamchiliklar va axborot tizimlarining yetarli darajada integratsiyalanmaganligi kabi muammolar soliq tushumlarining to‘liq shakllanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Tezisda ushbu muammolarning har biri atroflicha tahlil qilinib, ularga qarshi samarali choralar taklif etiladi.
UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR AUDITINING TASHKILIY VA USLUBIY JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Mazkur tezisda uzoq muddatli aktivlar auditining zamonaviy talablar asosida tashkil etilishi va audit jarayonining uslubiy jihatlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Uzoq muddatli aktivlar – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ko‘p yillar davomida foydalaniladigan, muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar bo‘lib, ularning to‘g‘ri hisobga olinishi va muntazam ravishda tekshirib borilishi subyektning moliyaviy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tezisda uzoq muddatli aktivlar auditini amalga oshirishda uchraydigan dolzarb muammolar tahlil qilinadi, xususan, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yetarlicha aniqligi, aktivlarning mavjudligi va eskirish darajasi, ularning real bahosi, amortizatsiya hisob-kitoblarining to‘g‘riligini tekshirishdagi noaniqliklar kabi omillar chuqur ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tezisda auditning tashkiliy jihatlari – ya’ni audit rejasini tuzish, auditorlar guruhining tarkibi, audit dasturi va muddatlarini belgilash kabi jihatlar muhim o‘rin egallaydi. Uslubiy jihatlar esa, aktivlar inventarizatsiyasi, baholash, tahlil va xulosa chiqarish bosqichlarining zamonaviy audit texnologiyalari asosida takomillashtirilishini o‘z ichiga oladi.
УГОЛОВНО-ПРАВОВАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА КИБЕРПРЕСТУПЛЕНИЙ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ
Аннотация: Современное oбщество невозможно представить без цифрового взаимодействия. Социальные сети — это уже не просто инструмент общения, а ключевой фактор, влияющий на социальную, культурную и даже политическую жизнь. В Узбекистане за последние годы возросло количество интернет-пользователей, особенно среди молодёжи. Это открывает как новые возмoжности, так и серьёзные угрозы. Одна из таких угроз это киберпреступления в социальных сетях. Действующее уголовное законодательство Республики Узбекистан не содержит специальные нормы, учитывающих специфику цифровых преступлений, совершаемых именно в социальных сетях. На практике такие деяния регулируются общими нoрмами (например, ст. 168 – мошенничество, ст. 130 – распространение порнографии) но они не охватывают всей сложности и новизны преступных схем в интернете.
Abstract: Contemporary society cannot be imagined without digital interaction. Social networks are no longer merely tools for communication but have become a key factor influencing social, cultural, and even political life. In Uzbekistan, the number of Internet users has increased in recent years, especially among young people. This development opens up new opportunities as well as serious threats. One such threat is cybercrime on social networks. The current criminal legislation of the Republic of Uzbekistan does not contain special provisions addressing the peculiarities of digital offenses committed specifically on social networks. In practice, such acts are governed by general provisions (for example, Article 168 – fraud, Article 130 – distribution of pornography), but these do not cover the full complexity and novelty of criminal schemes on the Internet.
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING MOBIL ILOVALARNI LOYIHALASHGA OID KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING USLUBIY YONDASHUVLARINI TAKOMILLASHTIRISH TENDENSIYALARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim sohasida mobil ilovalardan foydalanish, ayniqsa ularning zamonaviy texnik ta'limdagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mobil ilovalarni loyihalashga o’rgatish va rivojlantirish masalalari haqida qayd etilgsn
BO’LAJAK TARBIYACHILARDA AKMEOLOGIK YONDASHUVGA TAYANGAN HOLDA SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASH KO’NIKMASI
Annotatsiya: : Ushbu maqolada bo’lajak tarbiyachilarda akmeologik yondashuvga tayangan holda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini loyihalash ko’nikmasini rivojlantirish masalalari ko’rib chiqiladi. Оliy pеdаgоgik tа’lim jаrаyonidа bаrchа jаrаyonlаrni o’zаrо аlоqаdоrlikdа ko’rib chiqish lаyoqаtigа egа bo’lish tаlаb etilgan. holda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini loyihalash ko’nikmasini аkmеоlоgik yondаshuvni muvаffаqiyatli tаtbiq qilish uchun tа’lim jаrаyoni sub’еktlаridаn.
Аннотация: В статье рассматриваются вопросы формирования у будущих педагогов навыков проектирования личностно-ориентированного образовательного процесса на основе акмеологического подхода. Для успешной реализации акмеологического подхода в процессе высшего педагогического образования требуется, чтобы субъекты образовательного процесса обладали способностью рассматривать все процессы в их взаимосвязи.
Abstract: This article considers the issues of developing the skills of designing a person-oriented educational process in future educators based on the acmeological approach. In the process of higher pedagogical education, it is required to have the ability to consider all processes in their interrelation. In order to successfully implement the acmeological approach, the skills of designing a person-oriented educational process must be developed from the subjects of the educational process.
OILADA FARZANDLARGA TOʻGʻRI TARBIYA BERISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Annotatsiya: Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo’nalishlari - jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy ta’lim berish, ularda faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
OʻQUVCHI YOSHLARNI KASB-HUNARGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHGA KOʻMAK BERISHNING SAMARALI USULLARI
Annotatsiya. Kasb tanlashga yo`naltirish davlatimizning tadbir choralari tizimidan iborat bo`lib inson tomonidan tanlanadi, o`z hayot yo`lining ilmiy asoslanganligini ta`minlashga xizmat qiladi, u turmushda o`z o`rnini aniqlaydi
BOLALARDAGI DIQQAT YETISHMOVCHILIGINI KORREKSIYA QILISH HAMDA UNING PSIXODIAGNOSTIKASI
Annotatsiya: Diqqat – bu ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan obektga aktiv ( faol) qaratilishiga aytiladi Ivanovning fikricha biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qilgan har bitta narsa o’y, fikr va rejalarimiz hamda har bitta qilgan ishimiz va hodisalar diqqatning obekti bo’la oladi.Shuni aytish joyizki diqqat vujudga kelishida ong bir nuqtaga to’planadi hamda bu ong doirasining torayishini vujudga keltiradi.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, unga qo‘yiladigan gigiyenik, sanitariya va me’yoriy talablar yoritilgan. Tadqiqotda bolalarning yoshi, fiziologik ehtiyojlari va sog‘lig‘i bilan bog‘liq holda ovqatlanish ratsionini shakllantirish, kaloriya miqdorini to‘g‘ri belgilash, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ovqat tayyorlash va tarqatish jarayonlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, oshxona jihozlari, xodimlarning tibbiy ko‘rigi va gigiyenik malakasi, ichimlik suvi va saqlash sharoitlari muhim jihatlar sifatida tahlil qilingan. Mazkur ish sog‘lom avlodni shakllantirishda to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatining ahamiyatini asoslab beradi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI SHORAITIDA OLMANING KECHPISHAR NAVLARINI SAQLASH USULLARINI TADQIQ QILISH.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasining agroiqlimiy sharoitida olmaning kechpishar navlarini saqlash usullari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mevalarning sifatini yoʻqotmasdan uzoq muddat saqlash, ularning isteʼmol va eksport salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqot davomida sovitkichli omborlarda, modifikatsiyalangan atmosfera sharoitida va biologik faol moddalar bilan ishlov berilgan holatda saqlash usullari taqqoslab oʻrganildi. Maqolada saqlash samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
ANALYSIS OF SIMILARITIES AND DIFFERENCES OF CHARACTERS IN THE WORKS OF SOMERSET MAUGHAM AND ABDULLA KAHHOR
Abstract: This thesis analyzes the similarities and differences among the characters in the works of two prominent 20th-century writers - the English author Somerset Maugham and the Uzbek writer Abdulla Kahhor. The study examines the complexity of human nature, and moral issues are reflected through their characters, highlighting the influence of cultural and historical contexts. The thesis focuses on the psychological portraits of the characters, their social roles, and the likeness and contrasts in the authors’ literary styles.
BO’LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING OG‘ZAKI NUTQ MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining og‘zaki nutq malakalarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yoritilgan. Xususan, zamonaviy ta’lim tizimida kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar, multimediaviy vositalardan foydalanish, hamda CEFR (Umumiy Yevropa tillarni o‘rganish tizimi) mezonlari asosida og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati asoslab beriladi. Shuningdek, og‘zaki nutqning asosiy turlari - dialogik va monologik nutqni rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyalar va metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqolada kelajakdagi ingliz tili o‘qituvchilari uchun og‘zaki muloqotda erkin va aniq fikr bildirish ko‘nikmasi muhimligi ta’kidlanadi.
PAXTA TOLASIGA QISMAN POLIEFIR TOLASINI ARALASHTIRIB, YUQORI SIFATLI YIGIRILGAN IP ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Maqolada paxta va poliefir tolalarini muayyan nisbatda aralashtirib, yuqori sifatli yigirilgan ip ishlab chiqarish texnologiyasi tahlil qilinadi. Aralash tolalarning fizik-mexanik xossalari, texnologik jarayonlar ketma-ketligi, mavjud uskunalar imkoniyatlari, mahsulot sifatiga ta’sir qiluvchi omillar, iqtisodiy samaradorlik va istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari o‘rganiladi.
AKADEMIK DISKURS: LINGVOPRAGMATIK TAHLIL VA INTERDISKURSIVLIK MUAMMOLARI
Annotatsiya. Ushbu tezisda akademik diskursning mazmuni, uning asosiy xususiyatlari va tahlil usullari o‘rganiladi. Asosan nutq aktlari nazariyasi, kommunikativ pragmatika va til birliklarining kontekstda qo‘llanilishi tahlil markazida turadi. Ishda turli adabiy manbalar va ilmiy qarashlardan foydalanilgan. Tezis ilmiy matnlarni tahlil qilishda nazariy va amaliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan.
PESHLAVHA, REKLAMA VA TIJORIY YOZUVLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Reklama, peshlavha va tijoriy yozuvlar matnlarini lisoniy jihatdan tahlil qilish orqali ularning ko‘p qirrali jihatlarini ochib berish, tilshunoslik rivojidagi o‘rnini va jamiyatga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bunday matnlarning leksik-semantik strukturasini tahlil qilish, ya’ni matnlarning grammatik tuzilishi, sintaktik shakllanishi va leksik-semantik xususiyatlarini tizimli o‘rganish, matnning ta’sirchanligini oshirish uchun samarali lingvistik modellarni ishlab chiqish zarur.
YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK HOLATLARINI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: Mamlakatning har bir ongli fuqarosi giyohvandlikka qarshi kurashni shaxsiy va fuqarolik burchi deb bilishi lozim. Bu jarayon keng jamoatchilikni jalb qilgan holda, umummilliy miqyosdagi harakatga aylanishi zarur. Aks holda, kelajak avlod salomatligi, oilalar barqarorligi va jamiyat taraqqiyoti jiddiy xavf ostida qoladi. Zamonaviy taraqqiyot bosqichida giyohvand moddalar iste’moli dinamikasining ortib borishi, ayniqsa, yoshlar orasida, jiddiy ijtimoiy muammoga aylanmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri mavjud profilaktika va rehabilitatsiya tizimlarining real holatga mos kelmasligi va ularning yetarli darajada barqaror emasligidir. Giyohvandlik yosh avlodning psixofiziologik, axloqiy va sotsial rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli xavf omiliga aylanmoqda. Ushbu maqolada giyohvandlik muammosining yoshlar orasida tarqalish sabablari, uning deviant xulq-atvor shakllariga ta’siri va sotsiologik-diagnostik yondashuvlar tahlil etiladi.
ALEKSANDR FAYNBERGNING TO‘PLAMLARI ORQALI ZAMON RUHI VA TARIXIY XOTIRA TALQINI
Maqolada Aleksandr Faynbergning “Sonetlar”, “Etyud” va “Qisqa to‘lqin” to‘plamlari asosida zamon ruhi va tarixiy xotira talqini yoritiladi. Shoir she’rlaridagi ijtimoiy-falsafiy mazmun, inson kechinmalari va tarixga badiiy yondashuv namunalar bilan tahlil qilinadi. Faynberg poetikasi orqali o‘tmish va bugun o‘rtasidagi ruhiy bog‘liqlik ochib beriladi.
This article explores the interpretation of the spirit of the era and historical memory in the poetry collections “Sonnetlar”, “Etyud”, and “Qisqa to‘lqin” by Aleksandr Faynberg. The analysis focuses on the poet’s socio-philosophical content, emotional reflections, and his artistic approach to history. Faynberg's poetic vision reveals the deep spiritual connection between the past and the present.
В статье рассматривается трактовка духа времени и исторической памяти на основе поэтических сборников Александра Файнберга — «Сонеты», «Этюд» и «Короткая волна». Анализируются социально-философское содержание стихов, внутренние переживания и художественный подход поэта к истории. Поэтика Файнберга раскрывает духовную связь между прошлым и настоящим.
SHAXSLARDA STRESSNI BARTARAF ETISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OʻRGANILISHI
Annotatsiya: Stressni metaforik tarzda po'latdagi zang sifatida tasvirlash mumkin. U ko'pincha sezilmaydi, lekin tizimli ravishda organizmni buzadi. Uyqu buzilishlari miya va tananing to'liq dam olish va tiklanish imkoniyatlaridan mahrum qiladi. Stress va uyqusizlik hozirgi vaqtda noqulaylik tug'diradi, shuningdek kelajakda jiddiy sog'liq muammolariga sabab bo'lishi mumkin.
"BADIIY ADABIYOTDA OʻSMIRLIK DAVRI KECHINMALARINING IFODASI: 'ALVIDO BOLALIK' VA 'QUYOSH SALTANATI' ASARLARI MISOLIDA"
Annotatsiya: Badiiy adabiyotda o‘smirlik davri kechinmalarining ifodasi inson hayotining eng nozik va murakkab bosqichlaridan birini aks ettiradi. O‘smirlik — bu shaxsiyat shakllanayotgan, dunyoqarash kengayayotgan, ichki dunyo va tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlar murakkablashayotgan davrdir. Shu sababli, badiiy asarlar o‘smirlikning bu o‘ziga xos kechinmalarini chuqur va tafsilotli tarzda yoritishga intiladi. "Alvido bolalik" va "Quyosh saltanati" asarlari aynan shunday o‘smirlik kechinmalarini badiiy ifoda qilishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ularning har ikkisi o‘smirlik davrining ichki dunyosini, uning hissiy kechinmalarini, shaxsiy va ijtimoiy o‘zgarishlarini turlicha yondashuv bilan ochib beradi.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MERITOKRATIK BOSHQARUVNI JORIY ETISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida meritokratik boshqaruv tizimini joriy etishning pedagogik jihatdan ahamiyati yoritilgan. Maqolada meritokratiya tushunchasining mohiyati, ta’lim sifatiga ta’siri, kasbiy kompetentlik va adolatli baholash tizimlari orqali pedagoglar motivatsiyasini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, meritokratik boshqaruvning bolalar ta’lim-tarbiyasi, pedagogik muhit va ta’lim sifatiga ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Muallif maktabgacha ta’limda professional kadrlar tanlovi va rag‘batlantirish tizimini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlaydi.
ZARARLI ODATLARNI INSON ORGANIZIMGA TAʼSIRI
Annotatsiya: Ushbu ishda zararli odatlarning, jumla--dan chekish, spirtli spirtli ichimliklar iste’moli va giyohvandlik kabi zararli odatlarning katta yoshdagi inson organizmiga salbiy ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda ushbu odatlarning yurak-qon tomir, nafas, asab va gormonal tizimlarga salbiy ta’siri, shuningdek ruhiy salomatlikka ko‘rsatadigan zararli oqibatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada zararli odatlarning ijtimoiy hayotga va mehnat faoliyatiga bo‘lgan ta’siri, ularning oldini olish bo‘yicha kompleks yondashuvlar, profilaktika choralarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan.
КРИМИНОЛОГИЧЕСКИЙ ПОРТРЕТ ПРАВОНАРУШИТЕЛЯ В СФЕРЕ СЕМЕЙНОГО НАСИЛИЯ
Аннотация. В работе рассматриваются уголовно-правовые и криминологические аспекты формирования личности правонарушителя, совершающего насилие в семейно-бытовой сфере. Особое внимание уделено анализу социально-демографических, психологических и поведенческих характеристик таких лиц, что позволяет создать их обобщённый криминологический портрет. Исследование основано на данных МВД Республики Узбекистан, судебной практики и официальной статистики. Выявлены ключевые факторы, способствующие агрессивному поведению внутри семьи: низкий уровень образования, злоупотребление алкоголем, личный опыт насилия в детстве, а также деформация социальных ролей. Подчёркивается высокая латентность семейного насилия и цикличность правонарушений, совершаемых в условиях межличностного конфликта. Обоснована необходимость внедрения индивидуализированных мер профилактики, включая обязательные коррекционные программы и усиление межведомственного контроля. Сделан вывод о необходимости комплексного и личностно-ориентированного подхода к предупреждению рецидива семейного насилия.
VOYAGA YETMAGANLARNING XULQ-ATVORIDAGI NUQSONLARNI TUZATISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Bola dunyoga, jamiyatga, ijtimoiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalariga munosabatining birinchi na’munasi ota-onalardir. ``Bola huquqlari`` to’g’risidagi konvensiyada ``shaxsning to’liq va uyg’un rivojlanishi uchun bola oilaviy muhitda, baxt, muhabbat va farovon hayot tarzida yashashi zarur hisoblanadi``.Jamiyatimiz taraqqiyoti munosabati bilan oila, uning barcha hayotiy bosqichlari jiddiy o’zgarishlarga uchramoqda.
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MATALLARNING QIYOSIY TAHLILI
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida uchraydigan matallar qiyosiy tahlil qilinadi. Turli til va madaniyat vakillari og‘zaki ijod mahsulida qanday o‘xshash va farqli fikrlarni ilgari surishi, milliy tafakkur va hayotiy tajribani aks ettirishi o‘rganiladi. Maqolada lingvomadaniy hamda semantik yondashuv asosida bir qator matallar qiyosiy tahlil qilinib, ularning tarjima jarayonidagi o‘ziga xosliklariga ham e’tibor qaratiladi.
PSIXOLOGIYADA OʻSMIR YOSHDAGI OʻQUVCHILARNING RUHIY JARAYONLARINI TAHLIL ETISH HAMDA PSIXODIAGNOSTIKASINI OʻRGANISH MASALALARI
Annotatsiya: Mutaxassislar bolalar psixologiyasidagi ba’zi muhim savollarga, masalan, erta tajribalar keyingi tajribalarga qaraganda muhimroqmi yoki tabiat yoki tarbiya rivojlanishda katta rol o’ynaydimi, degan javoblari bilan farq qiladi. Bolalik hayotning qolgan qismida juda muhim rol o’ynaganligi sababli, nega bu mavzu psixologiya, sotsiologiya va ta’limda muhim ahamiyatga ega bo’lganligi ajablanarli emas.
UGLEVOD ALMASHINUVI BUZILISHI BILAN KECHUVCHI KASALLIKLARNI ALOHIDA PARVARISH QILISH XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Uglevod almashinuvi buzilishi bilan kechuvchi kasalliklarni parvarish qilish masalasi zamonaviy tibbiyotda juda dolzarb hisoblanadi. Bu kasalliklar nafaqat individual salomatlikka, balki butun jamiyat sog‘lig‘iga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Uglevodlar organizm uchun asosiy energiya manbai bo‘lib, ularning metabolizmidagi buzilishlar ko‘plab tizimlarning ishlashiga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli, uglevod almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarni chuqur o‘rganish, ularning sabablari, belgilari, asoratlari va davolash usullarini mukammal bilish, shuningdek, bemorlarni to‘g‘ri parvarish qilish juda muhimdir.
GINEKOLOGIK KASALLIKLARNI TEKSHIRISH VA DAVOLASHNING ZAMONAVIY USULLARI
Annotatsiya: Ginekologik kasalliklar ayollar salomatligida keng tarqalgan va ularni o‘z vaqtida aniqlash hamda davolash muhim ahamiyatga ega. Ushbu kasalliklar reproduktiv tizimning turli qismlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lib, ularning oldini olish, aniqlash va davolashda zamonaviy tibbiyotning ilg‘or usullari muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda ginekologiyada diagnostika va terapiya sohasida yuzlab yillar davomida to‘plangan tajriba va yangi texnologiyalar birlashib, ayollarga yanada sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlamoqda.
TIL TA’LIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHGA OID YONDASHUVLAR
Annotatsiya. Maqolada umumiy o‘rta ta’limning ona tili darslarida multimedia vositalaridan foydalanishga oid yondashuv va tamoyillar tahlil qilib berilgan. Multimedia vositalaridan foydalanganda umumpedagogik hamda ona tiliga xos bo‘lgan tamoyillar, yondashuvlarning mazmun-mohiyati ochib berilgan.
O‘QUV MUASSASASIDAGI KURASHCHILARNING INDIVIDUAL TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI BILAN BOG‘LIQ HOLDA TRENAJYORLARDA MASHQLAR BAJARISHDA ULARNI JISMONIY TARBIYALASH USULLARI
Mazkur ilmiy ishda kurashchilarning chidamlilik sifatlarini rivojlantirishda individual yondashuv, trenajyor vositalari, tipologik xususiyatlar va pedagogik eksperimentlar asosida qurilgan mashg‘ulot modeli taklif qilinadi.
This scientific work proposes a training model based on an individual approach, training equipment, typological characteristics, and pedagogical experiments to develop the endurance qualities of wrestlers.
O‘QUV MUASSASALARIDA KURASHCHILARNING CHIDAMLILILIGINI RIVOJLANTIRISH VOSITALARI
Annotatsiya
Ushbu ilmiy ish 16–17 yoshli kurashchilarni o‘quv muassasasi sharoitida samarali tayyorlash, ularda chidamlilik sifatlarini rivojlantirish vositalarini aniqlash va ilmiy asoslashga bag‘ishlangan.
Annotation
This scientific work is dedicated to the effective training of 16-17-year-old wrestlers in an educational institution, identifying and scientifically substantiating means of developing endurance qualities in them.
АНАЛИЗ МЕТОДОВ КОНТРОЛЯ МОТОРНОГО МАСЛА, ВЫХЛОПНЫХ ГАЗОВ И МАТЕРИАЛОВ ГИДРАВЛИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ ДВИГАТЕЛЕЙ ВНУТРЕННЕГО СГОРАНИЯ
Исследованиями установлено, что качественное состояние отработанных газов и структурный состав их, наличие в газах аморфных твердых частиц и различных металлов и их содержание может быть использовано в качестве критерия оценки абразивного износа группы деталей двигателей внутреннего сгорания (ДВС). На практике применяются следующие методы и способы анализа отработанных газов смазочных и гидравлических материалов с помощью традиционных методов как контроль ультразвуковых параметров элементов, спектральный и химический анализы моторного масла, выхлопных газов и материалов гидравлической системы, метод индикаторных диаграмм, проведение тепловизионного контроля и контроля давления в цилиндрах ДВС.
SOLVING DEFINITE INTEGRALS USING NUMERICAL METHOD
Abstract. In this work, an algorithm for constructing the effective formula for numerical computation of definite integrals in space is given. Using this algorithm, a derivative quadrature formula is constructed using the first and second order derivatives of the function for equally distributed nodal points on the section [0,1]. For this, the form of the norm of the optimal error functional is found. Finding the conditional extremum of the function was used to minimize the norm of the error function. A system of linear algebraic equations for optimal coefficients is obtained. It is proved that the solution of the system of equations exists and is unique using the Wandermonde determinant. The formula constructed in this work gives good results if the values of the derivatives of the function at the nodes are given.
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH METODLARI
Аnnоtаtsiyа: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tafakkurni shakllantirishning samarali metodlari yoritilgan. Unda bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, matematik fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish va amaliy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, interfaol o‘qitish texnologiyalari, o‘yinli metodlar, muammoli vaziyatlar asosida ta’lim berish yondashuvlari keltiriladi. Maqola orqali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar, dars jarayonini mazmunan boyitish imkoniyatlari va o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
IQTISODIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA MATEMATIK MODELLARNING O‘QUV JARAYONIDAGI ROLI.
Talabalarning iqtisodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda matematika fanining o‘rni juda muhimdir. Matematika tahliliy va mantiqiy fikrlashni shakllantirish bilan birga, iqtisodiy modellashtirish, statistik tahlil va moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirishda asosiy vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada matematikaning iqtisodiy bilimlarni chuqurlashtirishdagi ahamiyati, uning iqtisodiy tahlil vositasi sifatida qo‘llanilishi va ta’lim jarayonida samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi.