Mualliflar

  • Abdiraximova Dana Joldasovna
  • Nasirova Sultanay Talgatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123243

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: giyohvandlik yoshlar deviant xulq-atvor diagnostika zaharli modda sotsiologik tadqiqot jinoyatchilik

Annotasiya

Annotatsiya: Mamlakatning har bir ongli fuqarosi giyohvandlikka qarshi kurashni shaxsiy va fuqarolik burchi deb bilishi lozim. Bu jarayon keng jamoatchilikni jalb qilgan holda, umummilliy miqyosdagi harakatga aylanishi zarur. Aks holda, kelajak avlod salomatligi, oilalar barqarorligi va jamiyat taraqqiyoti jiddiy xavf ostida qoladi. Zamonaviy taraqqiyot bosqichida giyohvand moddalar iste’moli dinamikasining ortib borishi, ayniqsa, yoshlar orasida, jiddiy ijtimoiy muammoga aylanmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri mavjud profilaktika va rehabilitatsiya tizimlarining real holatga mos kelmasligi va ularning yetarli darajada barqaror emasligidir. Giyohvandlik yosh avlodning psixofiziologik, axloqiy va sotsial rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli xavf omiliga aylanmoqda. Ushbu maqolada giyohvandlik muammosining yoshlar orasida tarqalish sabablari, uning deviant xulq-atvor shakllariga ta’siri va sotsiologik-diagnostik yondashuvlar tahlil etiladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

340

YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK HOLATLARINI OLDINI

OLISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI

Abdiraximova Dana Joldasovna

Toshkent viloyati Bo'stonliq tuman MMTBga qarashli 29-maktab psixologi

Nasirova Sultanay Talgatovna

Toshkent viloyati Bo'stonliq tuman MMTBga qarashli 28-maktab psixologi

Annotatsiya:

Mamlakatning har bir ongli fuqarosi giyohvandlikka qarshi

kurashni shaxsiy va fuqarolik burchi deb bilishi lozim. Bu jarayon keng

jamoatchilikni jalb qilgan holda, umummilliy miqyosdagi harakatga aylanishi

zarur. Aks holda, kelajak avlod salomatligi, oilalar barqarorligi va jamiyat

taraqqiyoti jiddiy xavf ostida qoladi. Zamonaviy taraqqiyot bosqichida giyohvand

moddalar iste’moli dinamikasining ortib borishi, ayniqsa, yoshlar orasida, jiddiy

ijtimoiy muammoga aylanmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri mavjud

profilaktika va rehabilitatsiya tizimlarining real holatga mos kelmasligi va ularning

yetarli darajada barqaror emasligidir. Giyohvandlik yosh avlodning

psixofiziologik, axloqiy va sotsial rivo

jlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli

xavf omiliga aylanmoqda. Ushbu maqolada giyohvandlik muammosining yoshlar

orasida tarqalish sabablari, uning deviant xulq-

atvor shakllariga ta’siri va

sotsiologik-diagnostik yondashuvlar tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

giyohvandlik, yoshlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, zaharli

modda, sotsiologik tadqiqot, jinoyatchilik

Giyohvandlik

bu shaxsning giyohvand yoki unga tenglashtirilgan

vositalarga muntazam ravishda ruju qo‘yishi va ularni tibbiy ko‘rsatmasiz iste’mol

qilishi bilan tavsiflanadigan og‘ir ijtimoiy

-

psixologik muammo bo‘lib, deviant

xulq-

atvorning aniq bir ko‘ri

nishidir. Bu holat nafaqat individual salomatlik, balki

jamiyat barqarorligi uchun ham xavfli omil hisoblanadi. Aholi orasida ayniqsa,

yoshlar qatlamida giyohvandlik holatlarining keskin ortishi, uni chuqur ijtimoiy,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

341

psixologik, iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog‘lash zaruratini tug‘dirmoqda.

Sotsiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlar ko‘pincha o‘tkir his

-

tuyg‘ularni

boshdan kechirish, stressdan qochish, yoki "rohatlanish" maqsadida giyohvand

moddalarni iste’mol qilishga moyil bo‘lishadi. Bunda atrof

-

muhit, do‘stlar bosimi,

oiladagi zi

ddiyatlar, va ijtimoiy qo‘llab

-

quvvatlashning yo‘qligi muhim rol

o‘ynaydi. Tadqiqot davomida ilmiy bilishning obyektivlikka asoslangan

metodlaridan foydalanilib, yoshlar orasida giyohvandlikning tarqalish sabablari va

uning profilaktikasi masalalari chuqur tahlil qilindi.

Giyohvandlikning keng tarqalishida psixologik omillar muhim rol o‘ynaydi.

Ko‘pchilik hollarda yoshlar do‘stlarining yoki yaqin tanishlarining bosimi ta’sirida

giyohvand moddalarga qiziqish bildiradi. Narkotik moddalarni qabul qilishning ilk

bosqichida odam

o‘zida salbiy ta’sirni sezmaydi, aksincha, ruhiy ko‘tarinkilik,

yengillik, hatto xavfsizlik hissini boshdan kechiradi. Bu holat psixik va fiziologik

bog‘liqlikni kuchaytiradi. Aynan shu yengil, ammo soxta hissiyotlar odamni bu

illat domiga tortadi. Ayniqs

a, spirtli ichimliklarga qaramlik bilan bog‘liq

holatlarda, shaxsda tajovuzkorlik, boshqalarga nisbatan befarqlik, o‘zini va

atrofdagilarni qadrlamaslik, jiddiy axloqiy inqirozlar yuzaga keladi.

Deviant xulq-

atvorni tashxislash ko‘pincha insonning o‘zini tutishi,

atrofdagilarga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy me'yorlarga nisbatan munosabati

orqali aniqlanadi. Odamlarning zaharli moddalarga ruju qo‘yishi ko‘pincha

ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topolmasligi, salohiyatini to‘liq ro‘yobga

chiqarolmasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday shaxslar ijtimoiy real hayotdan

chetlashadi, ruhiy beqarorlikka, noan’anaviy xatti

-

harakatlarga moyil bo‘lib

qolishadi.

Alkogolizm va narkomaniyaga chalingan shaxslarning ruhiy va intellektual

holati keskin o‘zgaradi: fikrlash darajasi pasayadi, axloqiy me’yorlar buziladi,

diqqat-

e’tibor zaiflashadi, eslab qolish va xulqni nazorat qilish funksiyalari

sustlashadi. Bu holat, ayniqsa, voyaga yetmaganlar orasida nihoyatda xavflidir.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

342

Ularning hali shakllanmagan psixikasi, o‘z

-

o‘zini anglash darajasi pastligi, hayotiy

qarorlar qabul qilishdagi noyetuklik bu illatga tezda tushib qolishlariga sabab

bo‘ladi.

Ilmiy manbalarda alkogolizm va giyohvandlikning nasldan-

naslga o‘tuvchi

oqibatlari haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Masalan, frantsuz olimi Morel olib

borgan kuzatuvlarda spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan shaxsning to‘rtta avlodidagi

o‘zgarishlar aniql

angan. Birinchi avlodda axloqiy buzilishlar, ikkinchi avlodda

alkogolizmga chalinish, uchinchi avlodda psixik buzilishlar, jinoyatchilik va o‘z

joniga qasd qilish holatlari, to‘rtinchi avlodda esa jiddiy aqliy zaiflik va bepushtlik

kuzatilgan. Bu tajriba alkogolizm va narkomaniyaning nafaqat individual, balki

genetik va ijtimoiy fojia ekanligini ko‘rsatadi.

Eng xavflisi, giyohvand moddalarni

surunkali iste’mol qiluvchi shaxslar orasida OITS va boshqa infeksion

kasalliklarga chalinish xavfi juda yuqori. Bu esa faqat bitta odam hayotini emas,

balki butun jamiyat salomatligini xavf ostiga qo‘yadi. Shuningdek, vo

yaga

yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlarining ortib borishi ham

giyohvandlik bilan bevosita bog‘liq.

Shunday ekan, giyohvandlikka qarshi kurash

nafaqat huquqiy va tibbiy choralarni, balki chuqur ijtimoiy-psixologik

yondashuvni ham talab etadi. Oila, maktab, jamiyat va davlat institutlari

hamkorligida ushbu illatga qarshi samarali kurash olib borilishi shart. Ayniqsa,

yoshlarga ijtimoiy-

psixologik yordam ko‘rsatish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli

tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qi

lish profilaktikaning eng muhim

omillaridandir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma

ʼ

lumotlariga ko

ʼ

ra dunyoda 500

milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo

ʼ

liqqan. Uning aksariyat qismini 30

yoshgacha boʼlganlar tashkil etadi. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq

kishi hayotdan koʼz yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan

jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga toʼgʼri keladi. Oʼzbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq, alkogolizm,


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

343

giyohvandlikka yoʼliqqan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar

tibbiy xulosa mavjud boʼlsa, sud jazo chorasi bilan birga ularga tibbiy yoʼsindagi

majburlov choralarini ham tayinlashi mumkin. Jamiyatda, oilada voyaga

yetmaganlarning spirtli ichimliklarga, giyohvandlik vositalariga nisbatan salbiy

qarashlari uchun vaziyat yaratilishi lozim, bunday yashash sharoitini umuman

qabul qilmaslik, ularda ixtiyoriy davolanishga imkoniyat tugʼdirish va kelajakda

spirtli ichimliklar va giyohvandlik vositalaridan umuman voz kechishiga erishish

lozim. Shunindek, narkotik moddalarining noqonuniy tarqalishining oldini olish va

ularning mahfiy bozori bilan qattiq va qatʼiyat bilan kurashish, giyohvandlik yoki

alkogolizm kasalligidan azoblanayotgan shaxslarga insonparvarcha munosabatda

boʼlish lozim. Narkotik moddalari tarqalishinining oldini olishda koʼproq ularning

ziyonligi haqida aholini, asosan voyaga yetmagan shaxslarni ogohlandirish katta

ahamiyatga ega. Voyaga yetmagan shaxsni jazolashdan koʼra, uni da

volash

maqsadga muvofiq boʼlar edi. Masalan, alkogolizm yoki giyohvandlik kasalligiga

chalingan, jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarga majburiy ambulatoriya

kuzatuvida boʼlish yoki narkolog mutaxassisida davolash chorasini qoʼllash

mumkin va ushbu majburlov chorasi jinoiy jazoga nisbatan yaxshi samara beradi,

deb oʼylayman. Giyohvandlik moddalariga ruju qoʼygan voyaga yetmaganlarni

jazolashdan tashqari ommaviy axborot vositalari yordamida tarbiyaviy ishlarni olib

borish muhim ahamiyatga ega. Deviant xatti-harakatlarning diagnostikasi

mutaxassislar tomonidan olib borilishi kerak bo'lgan juda murakkab va ko'p vaqt

talab qiladigan jarayondir. Ularning orzularini buzmaslik, o'zlariga va o'zlarining

istiqbollariga bo'lgan ishonchni buzmaslik uchun siz bolalar va o'smirlar bilan juda

ehtiyot bo'lishingiz kerak.

Zamonaviy psixologiya va sotsiologiya fanlarida deviant xatti-harakatlar

jamiyatdagi muayyan ijtimoiy, psixologik yoki madaniy omillarning natijasi

sifatida talqin qilinadi. Bunday og‘ishlar –

ya’ni ijtimoiy normalarga zid, norasmiy,

salbiy baholanuvchi harakatlar

ko‘pincha o‘spirinlik va yoshlik davrida yuzaga

chiqadi. Ularning sabablari esa murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, individual (shaxsiy


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

344

psixologik holat), oilaviy (konfliktli yoki befarq muhit), maktabdagi ijtimoiy

munosabatlar, hamda ommaviy madaniyat va raqamli axborot muhitining bevosita

ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, deviant xatti

-

harakatlar kechikkan psixologik va ijtimoiy moslashuv natijasi bo‘lib, ularga

nisbatan faqat jazoga asoslangan repressiv yondashuv emas, balki ijtimoiy-

pedagogik va tibbiy-

psixologik yondashuvlar uyg‘unligida s

amarali choralar

ko‘rilishi lozim. Chunki deviant harakatlarni to‘g‘rilashdan ko‘ra, ularni erta

bosqichda aniqlab, rivojlanishining oldini olish ko‘proq ijobiy samara beradi.

Deviant xulq-atvorning erta diagnostikasi

bu patologik belgilarni aniqlash,

ularga sabab bo‘lgan muhitni tahlil qilish va rivojlanishining oldini olish

choralarini ko‘rishni o‘z ichiga oladi. Psixologik tahlillar orqali bolaning stressga

chidamliligi, ij

timoiy ko‘nikmalari, emotsional barqarorligi va ijtimoiy normalarga

munosabati aniqlanadi. Ushbu yondashuv orqali og‘ish ehtimoli yuqori bo‘lgan

shaxslar bilan maqsadli ishlash imkoniyati yaratiladi.

O‘spirinlar orasida

huquqbuzarliklar, tajovuzkorlik, psi

xoaktiv moddalarni iste’mol qilish, axloqiy

buzilishlar kabi salbiy ko‘rinishlarga qarshi kurashish –

faqatgina huquqni

muhofaza qiluvchi idoralar emas, balki boshqa davlat va jamoat tashkilotlarining

ham asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ijtimoiy xizmatlar, maktab

psixologlari, voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi ijtimoiy pedagoglar va mahalla

tizimi vakillari bu jarayonda faol ishtirok etishi lozim.

Deviant xatti-harakatlarning oldini olishda faoliyat yurituvchi maxsus

markazlar quyidagi asosiy tamoyillarga tayangan holda ish yuritishi lozim:

1.

Kompleks yondashuv

tibbiy-psixologik, pedagogik va

ijtimoiy reabilitatsiya usullarini uyg‘unlashtirish.

2.

Huquqbuzarlikning oldini olish

og‘ish xavfi mavjud

o‘smirlar bilan profilaktik ishlash, huquqiy savodxonlikni oshirish.

3.

Repressiyadan moslashuvga o‘tish

jazolashdan ko‘ra,

o‘spirinlarning ijtimoiy

-

psixologik muhitga integratsiyasini ta’minlash.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

345

4.

Aloqa muhitini shakllantirish

yashash joyida yoshlar uchun

aloqa klublari va ijtimoiy integratsiya guruhlarini tashkil etish orqali

sog‘lom muloqot va psixologik yordam maydonini yaratish.

Ushbu tamoyillarning amaliyotda tatbiq etilishi o‘spirinlar orasida deviant

xulq-atvorning tarqalishiga qarshi samarali kurashish imkonini beradi.

Shuningdek, bu yondashuv jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda

muhim omil bo‘

lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni aniqlash va ularni

tarbiyalash. T.: “Kamalak” .2017. 128 b

2. Xolmatova M., Muravyev N. Yoshlar oilaviy hayot bo‘sag‘asida.

-T.:

O‘zbekiston, 2000

3. Социальные причины девиантного поведения девочек

-

подростков в

условиях трансформации российского обществатема диссертации и

автореферата по ВАК РФ 22.00.04, кандидат социологических наук

Мухамадеева, Зинфира

4. Sulaymonov J.B., Karimov N. Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the

Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring

Engineering 6. (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P.

593-599 7. www. pedagog. Uz