Mualliflar

  • Kosimova Lobarxon Ulug'bekovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123247

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: meritokratiya maktabgacha ta’lim pedagogik boshqaruv kasbiy kompetentlik adolatli baholash motivatsiya ta’lim sifati pedagogik muhit.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida meritokratik boshqaruv tizimini joriy etishning pedagogik jihatdan ahamiyati yoritilgan. Maqolada meritokratiya tushunchasining mohiyati, ta’lim sifatiga ta’siri, kasbiy kompetentlik va adolatli baholash tizimlari orqali pedagoglar motivatsiyasini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, meritokratik boshqaruvning bolalar ta’lim-tarbiyasi, pedagogik muhit va ta’lim sifatiga ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Muallif maktabgacha ta’limda professional kadrlar tanlovi va rag‘batlantirish tizimini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlaydi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

230

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MERITOKRATIK

BOSHQARUVNI JORIY ETISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Kosimova Lobarxon Ulug'bekovna

Toshkent amaliy fanlar universitetining

"Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

meritokratik boshqaruv tizimini joriy etishning pedagogik jihatdan ahamiyati

yoritilgan. Maqolada meritokratiya tushunchasining mohiyati, ta’lim sifatiga

ta’siri, kasbiy kompetentlik va adolatli baholash ti

zimlari orqali pedagoglar

motivatsiyasini oshirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, meritokratik

boshqaruvning bolalar ta’lim

-

tarbiyasi, pedagogik muhit va ta’lim sifatiga ijobiy

ta’siri asoslab berilgan. Muallif maktabgacha ta’limda professional kadr

lar tanlovi

va rag‘batlantirish tizimini ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar

:

meritokratiya, maktabgacha ta’lim, pedagogik boshqaruv,

kasbiy kompetentlik, adolatli baholash, motivatsiya, ta’lim sifati, pedagogik muhit.

Kirish:

Bugungi kunda ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri

o‘zgaruvchan jamiyat talablariga mos, raqobatbardosh, innovatsion

fikrlaydigan va kasbiy jihatdan yetuk mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimi —

inson kapitalining shakllanishida asosiy

bosqich hisoblanadi. Ushbu sohada ta’lim sifatini oshirish, tarbiyaviy jarayonning

samaradorligini ta'minlash hamda boshqaruvni takomillashtirish zamonaviy

yondashuvlarni talab qilmoqda.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

boshqaruvning meritokratik modelini joriy etish dolzarb masalalardan biridir.

Meritokratiya prinsipi

bu rahbarlik lavozimlari va boshqa mas'uliyatli

pozitsiyalarga shaxsiy tanish-bilish yoki boshqa subyektiv omillarga asoslanmagan

holda, balki xodimning bilimi, malakasi, tajribasi va kasbiy yutuqlariga asoslangan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

231

holda tanlab olinishi deganidir. Bu prinsipga asoslangan boshqaruv tizimi adolatli,

shaffof, raqobatbardosh va natijaga yo‘naltirilgan muhitni shakllantiradi.

Meritokratik boshqaruv modeli maktabgacha ta’lim sohasiga quyidagi ijobiy

ta’sirlarni ko‘rsatishi mumkin:

malakali kadrlar tanlovining yaxshilanishi,

pedagogik faoliyatda samaradorlikning oshishi,

ta’lim sifati va bolaning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishiga

qulay imkoniyatlar yaratilishi.

Shu sababli, bugungi kunda meritokratiyaga asoslangan boshqaruv

mexanizmlarini chuqur o‘rganish va amaliyotga joriy etish muhim ilmiy va amaliy

ahamiyat kasb etadi.

Meritokratik boshqaruvning mohiyati va uning ilmiy-metodologik

asoslari

:

Meritokratik boshqaruv

bu tashkilot doirasida lavozim va

mas’uliyatlarning shaxsiy aloqalar, yoshi, jinsiy yoki boshqa subyektiv omillar

emas, balki aniq, o‘lchab bo‘ladigan me’zonlar asosida taqsimlanishiga asoslangan

boshqaruv modeli hisoblanadi. Bunda

y yondashuvda asosiy e’tibor xodimning

kasbiy salohiyati, bilim darajasi, amaliy ko‘nikmalari, malaka darajasi hamda

mehnat faoliyatida erishgan yutuqlariga qaratiladi. Aynan shu tamoyil

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida adolatli, shaffof va ijtimoiy jiha

tdan oqilona

boshqaruv muhitini shakllantirish imkonini beradi.

Meritokratiya prinsipi zamonaviy boshqaruv konsepsiyalarida samarali va

ilmiy asoslangan yondashuvlardan biri sifatida qaraladi. Mazkur model

maktabgacha ta’lim sohasida ham joriy etilishi mumkin bo‘lgan quyidagi

metodologik yo‘nalishlarga tayangan holda a

malga oshiriladi:

Kasbiy baholash tizimlarini joriy etish

tarbiyachilar va rahbar

xodimlarning bilim, ko‘nikma va malaka darajasini doimiy

monitoring qilishga

asoslangan sertifikatlash va attestatsiya tizimini shakllantirish orqali xodimlarning

kasbiy o‘sishi baholanadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

232

Kadrlarni tanlashda ochiq tanlov (konkurs) tamoyilini qo‘llash

bo‘sh

ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlashda adolatli va raqobatbardosh muhitni yaratish,

shaxsiy manfaatlardan holi qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.

Faoliyat natijadorligiga asoslangan baholash tizimini (KPI

asosiy

ko‘rsatkichlar tizimi) joriy etish

pedagog va rahbarlarning faoliyat

samaradorligini o‘lchab bo‘ladigan mezonlar orqali tahlil qilish, natijalarga

yo‘naltirilgan boshqaruvni kuchaytiradi.

Rag‘batlantirish tizimida mehnat samaradorligini asosiy mezon sifatida

qo‘llash

moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish mexanizmlarini xodimlarning

haqiqiy natijalari asosida belgilash, ularning kasbiy faolligi va tashabbuskorligini

oshiradi.

Ushbu ilmiy-

metodologik yondashuvlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari

faoliyatini sifatli darajada boshqarish, raqobatbardosh pedagogik muhitni

shakllantirish va kadrlar salohiyatidan oqilona foydalanish imkonini beradi.

Meritokratiya orqali ta’lim sifati oshishi

.

Meritokratik boshqaruv tizimi

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida samarali faoliyat yurituvchi, yuqori malakali,

kasbiy jihatdan tayyorlangan va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashuvchi

pedagoglar jamoasini shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday boshqaruv modeli

orqali har bir tarbiyachining kasbiy salohiyati, mehnat unumdorligi va erishgan

natijalari asosida qadrlanishi ta’minlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ularning o‘z

ustida ishlashga, yangilikka intilishga, pedagogik faoliyatga ijodkorlik bilan

yondashishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi.

Shuningdek, meritokratik tizimda

lavozimlarni taqsimlash, rag‘batlantirish va baholash mezonlarining aniq va

shaffof bo‘lishi, ta’lim tashkilotida sog‘lom raqobat muhiti shakllanishiga olib

keladi. Natijada, tashkilot ichidagi ijtimoiy adolatga asoslangan professional muhit

pedagoglar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlab, ta’lim

jarayonining samaradorligini oshiradi. Shunday qilib, meritokratiya tamoyiliga

asoslang

an boshqaruv maktabgacha ta’lim tizimida sifatli inson kapitalini

shakllantirishga va bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

233

qiladi.

Xulosa

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida meritokratik boshqaruv tizimini joriy

etish

zamonaviy ta’limni sifatli tashkil etishning muhim kafolatidir. Bunday

yondashuv orqali boshqaruv tizimi adolatli, tizimli va natijaga yo‘naltirilgan

asosda shakllanadi. Ayniq

sa, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda kasbiy

kompetentlik, mehnat samaradorligi va innovatsion yondashuvlarni qadrlaydigan

boshqaruv modeli muhim o‘rin tutadi.

Meritokratik boshqaruvning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun birinchi

navbatda ilmiy asoslangan kasbiy baholash tizimlari, ochiq va shaffof tanlov

mexanizmlari, samarali rag‘batlantirish va malaka oshirish tizimlarini

shakllantirish zarur. Shu bilan birga, rahbarlik lavozimlariga tayinlashda

professional yondashuv, ijtimoiy adolat va natijadorlik mezonlari ustuvor bo‘lishi

lozim.

Xulosa qilib aytganda, meritokratik boshqaruv nafaqat tashkilot ichidagi

mehnat muhitini sog‘lomlashtiradi, balki ta’lim sifati, pedagoglarning kasbiy rivoji

va tarbiyalanuvchilarning har tomonlama shakllanishiga ham ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat siyosatining maktabgacha ta’limga oid

ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–

2026 yillarda maktabgacha

va maktab taʼlimini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risidagi qarori. PQ–

4937-son,

2021-yil 28-dekabr.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy

veb-sayti: www.maktabgacha.uz (http://www.maktabgacha.uz/)

3

Akulova, O. V

. (2016). Управление персоналом дошкольной

образовательной организации: меритократический подход.

4.

Akulova, O. V. (2020). Problemy realizatsii printsipa meritokratii v sisteme

upravleniya obrazovatel'nymi organizatsiyami. Dissertatsiya na soiskanie


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

234

uchyonoy stepeni kandidata pedagogicheskikh nauk. Автореферат диссертации

Baxter, J. (2019). Meritokratiya, tenglik va erta bolalik davridagi o'qituvchilarni

jalb qilish: xalqaro istiqbol. Journal of Educational Policy, 34(6), 839-860.

5.

Kall, E. (2019). Meritokratiya va sifat: 13 mamlakat ma'lumotlarini tahlil

qilish. Taʼlim boʻyicha tadqiqotchi, 48(7), 390

-403.

6.

Kall, E. (2019). Meritokratiya uchun barchami? Postkommunistik

jamiyatlarda elitalar harakatliligiga ta'sirlar.

7.

Kirillova, G. E. (2018). Ta’lim tashkilotlarini meritokratik boshqarish

sharoitida professor-

o‘qituvchilarning mehnatiga haq to‘lash tizimini

takomillashtirish. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun

dissertatsiya.

8.

Kuznetsova, L. V. (2017). Meritokratiya tamoyilini amalga oshirish

sharoitida maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining innovatsion faoliyati.

Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya.

9.

Kuznetsova, L. V., Budarina, N. A. (2016). Meritokratiya tamoyilini amalga

oshirish sharoitida maktabgacha tarbiyachilarning innovatsion faoliyati.

10. Maktabgacha ta'limdagi innovatsion jarayonlar: Butunrossiya ilmiy-amaliy

konferentsiyasi materiallari to'plami. Ekaterinburg, 15-19-betlar.