Mualliflar

  • Imomova Zuxra Choriyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123250

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Oila xulq-atvor tarbiya bola ota-onalar g’amxo’rlik nizolar huquqbuzarliklar oilaviytarbiya himoya o’smirlar muammolar oilaviy munosabatlar ruhiy holat tushkunlik psixik jarayonlar muloqot ong tafakkur mulohaza ruhiyat

Annotasiya

Annotatsiya: Bola dunyoga, jamiyatga, ijtimoiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalariga munosabatining birinchi na’munasi ota-onalardir. ``Bola huquqlari`` to’g’risidagi konvensiyada ``shaxsning to’liq va uyg’un rivojlanishi uchun bola oilaviy muhitda, baxt, muhabbat va farovon hayot tarzida yashashi zarur hisoblanadi``.Jamiyatimiz taraqqiyoti munosabati bilan oila, uning barcha hayotiy bosqichlari jiddiy o’zgarishlarga uchramoqda.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

213

VOYAGA YETMAGANLARNING XULQ-ATVORIDAGI

NUQSONLARNI TUZATISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Imomova Zuxra Choriyevna

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 1-sonli maktab II-toifali amaliyotchi

psixologi

Annotatsiya:

Bola dunyoga, jamiyatga, ijtimoiy me’yorlar va xulq

-atvor

qoidalariga munosabatining birinchi na’munasi ota

-onalardir. ``Bola

huquqlari`` to’g’risidagi konvensiyada ``shaxsning to’liq va uyg’un rivojlanishi

uchun bola oilaviy muhitda, baxt, muhabbat va farovon hayot tarzida yashashi

zarur hisoblanadi``.Jamiyatimiz taraqqiyoti munosabati bilan oila, uning barcha

hayotiy bosqichlari jiddiy o’zgarishlarga uchramoqda.

Kalit so’zlar:

Oila, xulq-atvor, tarbiya, bola, ota-

onalar, g’amxo’rlik,

nizolar, huquqbuzarliklar, oilaviytarbiya, himoya, o’smirlar, muammolar, oilaviy

munosabatlar, ruhiy holat , tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot, ong, tafakkur,

mulohaza,ruhiyat

KIRISH

Voyaga yetmagan shaxslarning jinoyatchilikka qo’l urishi jamiyat uchun

katta fojea hisoblanadi. Voyaga yetmganlar orasida jinoyatchilar, ichlilikbozlar,

giyohvandlar, hullas deviant xulq atvorga ega shaxslar, reabilitatsiya

markazlariga joylashtiriladi. U yerda psixik, tibbiy, ijtimoiy yordam chora

tadbirlari o’tkaziladi. Ichkilikbozlar bilan ko’proq tibbiy realibitatsiya o’tkazilib

sog’lig’i tiklanadi, keyin psikasi bilan shug’ullaniladi.Ijtiimoiy reabilitatsiya

asosan jamiyatga moslasha olmay qolgan voyaga yetmagan bolalar ularning ota-

onasi bilan olib boriladi. Bolani terzoq ijtimoiylashtirishning turli usullaridan

foydalaniladi.Reabilitatsiya markazlari yurtimizda keng tarqalgan va jamoatni

ko’plab vaziyatlardan chiqarishga harakat qiladi. Muqarrar ravishda ota

-ona

qaramog`isiz qolgan bolalar, yetimlar sonining ko`payishi bilan bog`liq bo`lgan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

214

ota-onadan mahrum bo`lish XX asr oxiridagi maxsus ijtimoiy hodisa, ya`ni

ijtimoiy yetimlik yoki tirik ota-onalar bilan yetimlik sabab bo`ldi. Bu bolalarning

ota-ona qaramog`isiz, doimiy yashash joyisiz, haqiqiy do`stlarsiz, jamiyat

yordamisiz, hayot istiqbolidan mahrum bo`lishi kabi salbiy jarayonlardan dalolat

beradi va bolada turli xil deviantlikka moyil xususiyatlar shakllana boshlaydi.

Ular jamiyat uchun zarar keltiradi, turli xil g`arazli ishlarni qila boshlaydi.

Shu sababli hozirgi Rossiyada davlat siyosati qiyin hayotiy vaziyatga

tushib qolgan oilalar va voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-pedagogik yordam

tizimini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan.Shu munosabat bilan yangi

turdagi

ixtisoslashtirilgan

ijtimoiy-pedagogik

muassasalar

voyaga

yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya markazlarida kam ta`minlangan oilalar

farzandlarini ijtimoiy-pedagogik qo`llabquvvatlash texnologiyalarini nazriy va

amaliy jihatdan ishlab chiqish zarurati paydo bo`ldi.

Bugungi kunda voyaga yetmaganlar bilan ishlashda ``qiyin``bolalikning

halokatli omillari orasida e`tiborsizlik ,uyqusizlik, shaxsiyatsizlik ustunlik qiladi.

Bu bolaning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Eng yomoni, oiladagi

kattalarning hayoti; bolalarga qanchalik yomon ta`sir qiladi. Jaholat,

shafqatsizlik, hurmatsizlik,madaniyatsizlik,ichkilikbozlik hukm surayotgan joyda

oddiy inson bo`lib yetishish qiyin. Bola ongi atrofdagi voqea hodisalarga juda

etiborli bo`lib ularning barchasini xis qilib tasavvur qiladi va fikrlaydi. Kattalar

hayotining qiyinchiliklari, bolalikni bosib oladi,uni yo`q qiladi, uy va oila

farovonlik va quvonch manbai bo`lishni to`xtatadigan vaqt keladi.Bolaning xulqi

ham shunga qarab o`zgaradi.Bunday oilalardan chiqqan bolalar va o`smirlar

maktabga ``sig`ilmaydi`` va bolalar jamoasining ijtimoiy hayoti, o`z kuchlari va

qobiliyatlariga ishonchni yo`qotadi, balog`at yoshiga muvaffaqiyatli kirish uchun

asos bo`lgan me`yor va qoidalarni qat`iy o`zlashtirib xulqdan og`ish holatlari

kuzatiladi. Voyaga yetmaganlar vaziyatning rahmshavqatiga noto`g`ri tushunish,

kattalar dunyosiga ishonchsizlik tufayli o`rnatilgan hayot me`yorlarini buzadilar

va ko`pincha ko`chada, o`zlariga xos bo`lgan jamiyatda o`sib-ulg`ayishning


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

215

boshqa yo`llarini izlaydilar. Voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan o`quv-

tarbiya muassasalariga joylashtirishda oiladagi ijtimoiy muhitning yomonligi,

ota-

ona o`rnini bosuvchi shaxslarning farzand tarbiyasiga be`etibor bo’lishi sabab

bo`layapti.

Voyaga yetmaganlarga o`z hayot yo`lini va kasb-hunar tanlashida ularning

qobiliyati, qiziqishi, moyilligi hamda sog`lig`ining holatiga muvofiq psixologik

yordam ko`rsatiladi. Bu asaosan reabilitatsiya markazlarida amalga oshiriladi.

Vaholanki, BMTning voyaga yetmaganlar orasida jinoyatning oldini olish

uchun boshqaruv prinsiplarining 12-bandida oila bolalarni jamiyatdagi hayotga

tayyorlash uchun ma`sul bo`lgan asosiy birlik bo`lgani uchun, hukumat va jamoat

institutlari oilaning, butunligini saqlashga harakat qilishlari kerakligi, ularning

jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilashga yordam berishga qaratilgan.

Rivojlanish muammolarini bartaraf etish va muammoli vaziyatdan chiqish yo`lini

o`smirning o`zi tomonidan topish, mantiqiy fikrlash ongini shakllantirish lozim.

O`smirning hayotini yaxshi tomonga shakllantirish uni reabilitatsiya markazlarida

turli xizmatlar ko`rsatib hayotini yaxshilash zarur.

Yoshlarda deviant xulq va tarbiya buzulishini oldini olish vositalaridan

asosiy o`rinlarda turuvchi oilaviy tarbuya muhitiga e`tibor berish lozim. Ota-

onalar farzandlari bilan ularning yosh davri xususiyatlarini hisobga olgan holda

ko`proq muloqot qilishlari, ularni qiziqtirayotgan voqea-hodisalari bilan

suhbatlashishlari tavsiya etiladi. Oilaviy tarbiyada yetakchi profilaktika sifatida

farzandlarga diniy tarbiya berish, e`tiqodini mustahkam qilish, ularda har qanday

xulq og`ishi ko`rinishi diniy tarafdan ham, dunyoviy tarafdan ham ijobiy xal

qilish uchun zarurdir. Har bir inson hayotida komil shaxsni shakllantirishda

huquqiy tarbiya alohida o’rin tutadi.Ta’limning ko’p jihatlarini hisobga olsak

ham, huquqiy ta’lim va huquqiy savodxonlik birinchi qadam bo’ladi. Bolalar va

o’smirlar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish, voyaga yetmaganlar o’rtasida

jinoyatchilikning ko’payishiga yo’l qo’ymaslik zamonaviy jamiyat oldida turgan

asosiy vazifalardan biridir. Bu masala bugungi kunda eng dolzarb masalalardan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

216

biriga aylanib bormoqda. Yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar tanish

ko`rinishga aylanib,mamlakatni larzaga solmoqda. Xulq-atvori og`ir bola

ulg`aygan sari og`ir jinoyatlarga moyil bo`lishini hisobga olsak, bu juda o`tkir

muammo ekanini tan olishimiz kerak.

O’smirlarning jinoyat sodir etish sabablarini hisobga oladigan bo’lsak,

ayrim otaonalarning farzandlari taqdiri haqida qayg’urmasligi, ularni o’z holiga

tashlab

qo’yishi,

maktabdan

tashqari, bo’sh

vaqtida

nima bilan

shug’ullanayotganini nazorat qilmasliklari sabab bo’lmoqda. Bizning nazarimizda

har bir ota-

ona farzandining intizomi , ta’lim

-

tarbiyasigs ko’proq e’tibor qaratib,

bo’sh vaqtida nimalar bilan mashg’ul bo’lishini qat’iy nazorat qilsa, o’smirlar

o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kamaytirishga katta hissa qo’shgan

bo’ladi.

Bola tarbiyasida, ijtimoiy me’yorlar talabi asosida tarbiyalashning eng

muhim, eng birinchi ijtimoiy nazorat instituti bu oiladir. ``Yoshlarimiz tarbiyasi

qanchalik mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi``. Chunki farzand

tarbiyasi beshikdan boshlab, barkamol komil inson bo’lib shakllanishida nikohli

sog’lom oila muhitining o’rni benihoya katta va salohiyati cheksizdir.Har bir

farzand inson bo’lib,shxsga aylanishining dastlabki manbai ota

-onaga, oilaga

bevosita bog’liqdir. Insondagi xulqatvor, axloq

-odobning dastlabki normalari

oilada shakllanib, maktab, mahallada, jamoatchilik o’rtasida ta’lim

-tarbiya tizimi

faoliyati jarayonida takomillashadi. Insoniy fazilatlar shakllanib takomillashib

komil insoniylik darajasigacha ko’tarilib boradi,aksincha oilada noto’g’ri tarbiya

shakllansa buzg’unchi, tajavuskor shaxsga aylanib qoladi

Ma’lumki har bir oilada bolalarni muayyan tarbiyalash usullarining o’ziga

xosligi mavjud. Ushbu holatlarda ota-onalarning xulq-

atvori alohida o’rin tutadi

va bu bolaning ijtimoiylashuviga ta’sir etadi.Deviant va tajovuskor xulqli

farzandlari bor oilalardagi tarbiya usullari o’rganilganda, ota

-onaning

kayfiyatigako’ra, ko’p hollarda qattiqqo’llik, jazolash, ota

-onalik mehrining

``tanqis``ligini namoyon qilish kabilar qayt qilingan. Deviant xulqli va ijobiy


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

217

xulqli o’quvchilarning oila sharoiti o’rganilganda, deviantlilarning nomaqbul

oilada tarbiyalanganliklari tasdiqlangan. Xulq og’ishini kelib chiqishiga aloqador

oilaviy va ijtimoiy omillar muammosiga bag’ishlangan tadqiqotlarning tahlili

ko’rsatishicha, ikki o’zaro bog’liq omil orasidagi;

-funksional yoki xulq-

atvorga to’g’ridan

-

to’g’ri ta’sir qiluvchi shaxslararo

jarayonlar.

-

bevosita ta’sir qiluvchi, o’zida oila tarkibi hamda hajmini

mujassamlashtirishga tizimli jarayonlarga ajratish mumkin.

Bola dunyoga, jamiyatga, ijtimoiy me’yorlar va xulq

-atvor qoidalariga

munosabatining birinchi na’munasi ota

-

onalardir. ``Bola huquqlari`` to’g’risidagi

konvensiyada ``shaxsning to’liq va uyg’un rivojlanishi uchun bola oilaviy

muhitda, baxt, muhabbat va farovon hayot tarzida yashashi zarur

hisoblanadi``.Jamiyatimiz taraqqiyoti munosabati bilan oila, uning barcha hayotiy

bosqichlari jiddiy o’zgarishlarga uchramoqda. Xususan noto’g’ri shakllangan

oilalarda ya’ni deviant xulqatvorga ega bo’lgan oilalarda xususan voyaga

yetmagan bolalarning katta bo’lishi, tarbiyaning buzulishiga, xulq

-atvorning

og’irlashishiga, deviantlikning ularda ham shakllanishiga sabab bo’ladi. Noto’g’ri

oilada xususan bolalarning psixikasi buzuladi. Buni psixologlar oilaviy nizolarda

bolalarning xulq-atvorining asosiy modellarini aniqladilar. Ular bolalar ongsiz

ravishda yoki ongli ravishda barcha qo’pol qirralarini tekislashga yoki ota

-

onalarni yarashtirishga harakat qiladilar, bunda ota-onaning birbiriga

munosabatida bolaning psixikasida o’zgacha fikrlar, g’oyalar, qayg’urish kabilar

paydo bo’ladi.

Agar oilada ko’pincha janjal va nizolar bo’lib tursa va bu xatti

-harakatlar

bolalar ko’z oldida sodir bo’lsa, kelajakda u shaxsiy hayotida doimiy

muvaffaqiyatsizliklarga va ota-

onalikning noto’g’ri qiyofasini shakllantirilishiga

olib keladi.Bola nizoli vaziyatlarda ba’zan o’zini

-

o’ziga jalb qiladi. Bunda bola

oilaviy nizolarda neytral pozitsiyani egallaydi, ularda qatnashmaslikka harakat

qiladi. U bu nizolarni hal qila olmaslikdan juda xavotirga tushishi mumkin.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

218

Tashqi tomondan xech qanday histuyg’ularni namoyon qilmasa ham, oilasidan

tobora uzoqlashib boradi. Oilasida bo’lishni ular bilan gaplashishni xohlamay

qoladi, yolg’izlikka berilib, hech kimni ichki dunyosiga kirishiga yo’l

qo’ymasligi mumkin. Bunday bola har qanday jamoada maslashishi qiyin bo’ladi.

Ular tez-

tezdepressiyaga tushadi. Doimiy ishonchsizlik va qo’rquv kuzatiladi,

o’zi past baholaydigan shaxs bo’lib qoladi. O’smirlik davrida bu bolalar his

-

tuyg’ularga berilib ketishida va ko’pincha taqiqlangan narsalarda taskin topadilar

-

chekish, ichish, giyohvand moddalar, uydan chiqish va boshqalar uchraydi.

Chezare

Lombrozoning ``Tug’ma individual omillar

- jinoiy xulqning

asosiy sabablaridir. Tug’ma jinoyatchilarni boshqa shaxslardan ularning tashqi

belgilariga qarab osongina farqlash mumkin. Uning burni yalpoq, soqoli siyrak,

peshonasi tor, jag’ suyaklari katta, yanoq suyaklari bo’rtib chiqqan, peshonasi

qosh usti suyaklari do’ng, quloq solinchoqlari osilgan vaa hokazo bo’ladi.

Bunday belgilar yovvoyi odamlar va maymunlarda hamda jinoyatchilarda

bo’ladi`` deb tariflaydi. Lombrozo bu orqali ko’proq deviantlikni tug’ma

ekanligini va deviantlikdagi ko’rinishlarni yovvoyi hayvonlarning xatti

-

harakatiga qiyoslaydi. Deviant shaxsni tariflash tashqi tomondan aniqlashni

ko’rsatadi. Lombrozo nazariyasida jinoyatchilik klassifikatsiyasi:

Tug’ma jinoyatchilik

Ruhiy kasal jinoyatchilik

E’tiqodiga ko’ra jinoyatchilik(Siyosiy jinoyatchilik ham shular

jumlasidan)

Tasodifiy jinoyatchilik

Tug’ma jinoyatchilik

- nasldan-

naslga o’tuvchi hisoblanadi. Bu ota

-onada

yoki qaysidir avlodidan ham o’tishi mumkin. Lombrozo ko’proq deviantlikni

tug’ma deb hisoblaydi. Ruhiy jinoyatchilik

-

sog’lig’ida turli xil o’zgarishlar

sababli, kasallik oqibatida, psixikaning buzilishi oqibatida ham jinoyatchilik yuz

berishi mumkin. Bunda shaxs o’zining jinoyatchilik qilganini ham ko’pincha

anglamaydi. E’tiqodiga ko’ra jinoyatchilik

- turli din vakillari orasida


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

219

jinoyatchilik, dini ularni targ’ib e’tish, bir

-

biridan ustun qo’yish, targ’ib etish

orqali sodir bo’lishi mumkin.

Tasodifiy jinoyatchilik-

biron-bir kutilmagan vaziyatda,

tasodifiy jinoyatchilik,urush-janjal, huquqbuzarlikka duch kelgan vaqtda

inson o’zi bilmagan holda jinoyatchilikka aralashib qolishi mumkin.

Robert Mertonning anomiya nazariyasida: ``Deviant xulq-

atvor jamiyatda e’lon

qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor

motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining birbiriga mos kelmay qolishi

natijasidir`` deb tariflaydi. Deviant shaxs jamiyatdagi qonunqoidalar,

qadriyatlarga

mos

kelmaydigan

turli

xil

huquqbuzarliklar,

jinoyatchiliklar,ziddiyatlarni yuzaga keltiradi. Bu jamiyat uchun juda katta

muammo hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish joizki o`smir, voyaga yetmagan bolalar bular

uchun oila, undagi muhit eng muhimi sanaladi. Uning rivojlanishi, kasb egallashi,

hayotda o`zining yo`lini topishi, atrof bilan moslashishi uchun oila juda muhim

sanaladi. Bolaga oiladagi tarbiya uning birinchi qadami bo`ladi. Bu qadamdagi

izlar unga kelajakda juda foyda keltiradi. Boshlang`ich poydevor, ko`nikma

hisoblanadi.Voyaga yetmagan bolalarda deviantlik ham oilada yaxshi muhit

bo`lmasligi, urush, ichkilikbozlik natijalarida va boshqa turli xil vaziyatlarda

vujudga keladi. Ularni tuzatish, to`g`ri yo`lga boshqarish uchun yurtimizda

reabilitatsiya markazlari faoliyat yuritmoqva samara bermoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

ROʻYXATI:

1.O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to`plami.

2.Chezare Lombrozo asari.

3.G`oziyeva E.G` ``Psixologiya``.T.2008 yil

4.Abdurasulova.Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

220

muammolari.

5. Ziyo.net