Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
186
TIL TA’LIMIDA R
AQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISHGA OID YONDASHUVLAR
Y.Shirinova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti
universiteti dotsenti, f.f.f.d.(PhD).
S.Kuldasheva
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va
adabiyoti
universiteti dotsenti v.b., p.f.f.d.(PhD).
Annotatsiya.
Maqolada umumiy o‘rta ta’limning ona tili darslarida
multimedia vositalaridan foydalanishga oid yondashuv va tamoyillar tahlil qilib
berilgan. Multimedia vositalaridan foydalanganda umumpedagogik hamda ona
tiliga xos bo‘lgan tamoyillar, yondashuvlarning m
azmun-mohiyati ochib
berilgan.
Kalit so‘zlar:
multimediali ta’lim texnologiyasi, video, audio, tamoyillar,
yondashuv, AKT, SI.
Ona tilini o‘qitish metodikasiga doir tadqiqotlarda ta’lim mazmunini
belgilash, til hodisalarini o‘rganishga doir tamoyillar, yondashuvlar, qonuniyatlar
atroflicha talqin qilinadi. Ona tilini o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivojlanishning
uyg‘unligi tamoyil
i multimedia vositalariga ehtiyoj borligini taqozo etadi. Yosh
avlodni har tomonlama kamolotga yetkazish uchun vatanga sadoqat, o‘zaro
hurmat, milliy g‘oya, tabiatga muhabbat, adolatlilik unsurlarini singdirish ona tili
darslarida multimedia vositalari orqali yengil amalga oshadi. Tarbiyaviy
ahamiyatga molik video, audio va animatsiyalardan mavzu bilan bog‘liqlikni
saqlagan holda unumli foydalanish dolzarblik kasb etadi. Ona tili darsligida
berilgan hamda qo‘shimcha sharqona tarbiyaga xos bo‘lgan ma’rifiy m
atnlar
asosida multimedia materiallarini topish va qo‘llash nazarda tutiladi. Metodist
olimlar A.G‘ulomov va M.Qodirov “Ona tili o‘qitish metodikasi” darsligida
“Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
187
maqbulini tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga ko‘ra to‘g‘ri,
samarali foydalanish malaka va ko‘nikmalarini singdirish, ularni milliy
qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda maktab ona tili
kursining tutgan o‘rni va
imkoniyatlari benihoya kattadir”[1] deb qayd etgan. Bu
o‘rinda nazarda tutilgan “milliy qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida
tarbiyalashda” shu ruhga mos audio, video va animatsiyalarni tanlash, yaratish va
foydalanish foydadan xoli emas. Metodis
t olim A.Aliyev “...tanlangan asar
o‘quvchilarning yoshi, qobiliyati va bilim darajasiga mos bo‘lishi kerak”[2]ligini
uqtiradi. Garchi A.Aliyev badiiy asarning matni va matn tanlashdagi talablar
xususida fikr yuritgan bo‘lsa
-da, biz audiomatnlarda ham bunday xususiyatlarni
inobatga olishimiz darkor. Audiolashtirish uchun matnlar o‘qituvchi tomonidan
saralanib tanlanadi yoki yoziladi. Bu o‘rinda fiziopsixologik talablar nazardan
chetda qolmasligi kerak. O‘quvchi uchun mavhum bo‘lgan tushunchalar, tilga oid
h
odisalar, ba’zi so‘zlarning etimologiyasi, izohini ilmiylik va tushunarlilik
tamoyili asosida multimedia vositalari orqali oson va jozibali tushuntirishga
erishiladi. “Ta’limning ilmiylik tamoyili o‘quv materialini hozirgi zamon o‘zbek
tilshunosligi fani y
utuqlari asosida bayon qilishni taqozo etsa, ta’limning
tushunarli bo‘lish tamoyili o‘quv materiallarini o‘quvchilarning yosh va
psixologik xususiyatlariga, ularning umumiy taraqqiyoti hamda bilish
imkoniyatlariga moslab bayon qilishni talab etadi. Ta’lim jarayoni mantig‘i bu
tamoyillarni o‘zaro aloqadorlikda qarashni zaruriyat qilib qo‘yadi”[3]. Masalan,
6-
sinfda sifat va sifatdoshni farqlashda o‘quvchilar ko‘p ikkilanishlarga duch
kelishadi. Darslikda bu farq “katta (sifat) daryo, oqar (sifatdosh) daryo”[
4]
misolida tushuntirib o‘tilgan. Ammo o‘quvchi katta va oqar belgilarining
mohiyatini tushunib yetmasa, har ikkisini otning bir xil belgisi sifatida qabul qilsa,
ancha vaqt ikkilanishda yurishi mumkin. Sifat ham, sifatdosh ham belgi bildirishi,
lekin sifa
t (katta) turg‘un belgi ekanligi, sifatdosh (oqar) harakatdagi belgi
ekanligi video yoki animatsiya vositalarida o‘quvchining ko‘z oldida namoyish
etilsa, uning ongida muqim o‘rnashib qolishiga erishiladi. Daryoning
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
188
oqayotganligini bildiruvchi harakatning qo‘shilishi hodisaga oydinlik kiritadi.
Ona tilidagi tushuncha va atamalarning ma’nosini sharhlashda, ayniqsa mashq va
topshiriqlardagi lug‘atlar bilan ishlashda, izohini topish va tahlil qilishda chiziqli
bo‘lmagan multimedia loyihalari bilan ishlash ahamiyatli. O‘quvchi mustaqil
ravishda elektron kitoblar va elektron lug‘atlar bilan ulanadi, so‘zlarning izohi,
hatto etimologiyasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ona tilini o‘qitishda sistemaviylik va izchillik tamoyiliga multimedia
vositalaridan foydalanayotganda qat’iy amal qilish muhim. O‘rganilgan va
o‘rganilayotgan bilimlar orasidagi aloqani ta’minlash, osondan qiyinga, oddiydan
murakkabga
qarab
harakatlanish
multimedia
texnologiyalaridan
foydalanilayotganda nazardan chetda qolmasligi kerak. Masalan, 9-sinfda
“Qo‘shma gaplar” mavzusi o‘tilayotganda matn, audio va animatsiyadan
foydalanib multimedia texnologiyasi loyihasini tuzdik va uni pero
animatsiyasidan foy
dalanganimiz uchun “Pero” texnologiyasi deb nomladik:
ekranda pero animatsiyasi paydo bo‘ladi va u sodda gap hamda qo‘shma gapning
farqini tushuntirib berishini aytadi. Peroda harakat, rang va ovoz effektlari mavjud
bo‘ladi. Uning harakatlari birin
-ketin amalga oshiriladi:
1. Birinchi sodda gapni ekranga yozadi.
2. Orada bo‘sh joy qoldirib ikkinchi sodda gapni yozadi.
3. Bo‘sh o‘rinda bog‘lovchi vositani joylashtiradi.
4. Gapning kesimlarini aniqlab tagiga chizadi.
“Pero” mavzuni tushuntirish jarayonida qo‘shma gaplar tarkibida birdan
ortiq kesim mavjud bo‘lishini, sodda gaplar ohang, bog‘lovchilar yoki bog‘lovchi
vazifasidagi vositalar yordamida bog‘lanib kelishini aytadi. Oldin sodda gaplarni
keltirish, bog‘lovchi vositalar bilan ularni bog‘lash, qo‘shma gaplar tarkibida bir
nechta kesim bo‘lishini ko‘rsatish bilan sodda gapning qo‘shma gapdan farqini
tushuntirish oldingi mavzular bilan uzviylikni ta’minlaydi. Jarayon izchillik va
sistemalilik asosida amalga oshadi.
Dars jarayonida multimedia vositalaridan unumli foydalanish mustaqillik
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
189
va faollik tamoyilini ta’minlaydi. O‘quvchilarning bilish faolligi darajasi
o‘rganishning turli usullari va shakllariga bog‘liq. Bu ona tilining barcha ichki
imkoniyatlarini egallash uchun o‘quvchini qiziqtira olish, har xil metod va
texnologiyalarni o‘ylab topish, o‘z kasbiga sodiqlik va kashfiyotchilik
yondashuvi bilan o‘lchanadi. Sh.Yusupova ta’kidlaganidek, “Mustaqil va erkin
fikrlash uchun esa o‘qituvchi mashg‘ulotlarni ta’sirchan, qiziqarli tarzda tashkil
etishi katta mahorat (texnologiya)ni talab eta
di”[5]. O‘quvchining mustaqil fikr
yuritishi, tahlil qila olishi, o‘z xulosasini keltirib chiqarishi uchun multimedia
texnologiyalari yordamida sharoit yaratib beriladi. Darsning mustahkamlash,
takrorlash, uyga vazifa berish va baholash bosqichlarida turli lingvopsixologik
o‘yinlar tashkil etish mumkin. Ammo zinhor darsning asosiy maqsadini ko‘zdan
qochirmaslik lozim. “Darsning maqsadi unga umumiy yo‘nalish baxsh etsa, har
bir bosqichdan, ish turi va mashqdan ko‘zlanadigan maqsad umumiy maqsadga
bo‘ysundirilgan holda maydaroq qilib olinadi”[6]. Darsning maqsadi uchun
xizmat qiladigan lokal-
modulli multimedia o‘yinlari o‘quvchining faolligi va
mustaqil fikr yuritish omillarini ta’minlaydi. E.G‘oziyevning fikricha, “o‘zining
jismoniy va aqliy qobiliyatlari, xatti-harakatlari va ularning motivlari, borliqqa,
o‘z
-
o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini anglash ham fikr yuritish faoliyati orqali
vujudga keladi”[7]. Multimedia vositalarida beriladigan trinajyor topshiriqlar,
videokeyslar, sharadalarni yechishda o‘quvchining
mustaqil fikr yuritishi va
faolligi ta’minlanadi, yechilmay qolgan jarayonlarda izlanuvchanlik yondashuvi
vujudga keladi.
O‘rganiladigan bilimlar ko‘rsatmalilik tamoyili asosida multimedia orqali
o‘quvchiga namoyish etiladi. Y.A.Komenskiy ko‘rsatmalilik tamoyilini
didaktikaning “oltin qoidasi” deb baholagan edi. Metodist olima T.M.Voiteleva
“o‘rganish samaradorligi turli sezgi organlarining o‘quv materialini idrok etish va
o‘zlashtirishdagi ishtiroki darajasiga bog‘liq”[8]ligini ta’kidlagan. Audio, video,
animatsiya, turli sxema va diagrammalar bilan aloqadorlik ta’minlanganda
o‘quvchi ko‘radi, eshitadi, ko‘rib eshitadi. Natij
ada unda voqea-hodisani his
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
190
qilish, undan zavq, rohat, quvonch, muhabbat hislarini tuyish tuyg‘usi paydo
bo‘ladi. Barcha sezgi a’zolarining ishtirokini ta’minlash o‘rganishning
natijadorligini oshiradi. Audiomatndan eshitgan so‘z va gaplarini tahlil qiladi,
izohlaydi, u asosida yozma
ishlar yozadi; videoroliklarni ko‘radi, xulosa
chiqaradi, u asosida berilgan topshiriqlarni bajaradi; animatsiyalar yordamida
yaratilgan ibratli yoki tanqidiy loyihalar orqali mustaqil fikrlaydi, baho beradi,
xulosa chiqaradi. Xullas, jarayonga faoliyatli yondashadi.
Onglilik tamoyilida ekranda yoki elektron doskada namoyish etilgan
lavhani ko‘radi, eshitadi, miyaning ham ko‘rish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan,
ham eshitish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qismlari ishga tushadi. buning
natijasida til hodisasining mazmunini tez anglash, idrok etish jarayonlari sodir
bo‘ladi. Tilshunos olim N.Mahmudovning ta’kidlashicha, “Bola tafakkur
imkoniyati bilan yorug‘ dunyoga keladi, lekin bu imkoniyat parvarish qilinmasa,
unga shaklu shamoyil, yo‘nalish berilmasa, bola ulg‘aygan
da ham u imkoniyat
sifatida yoki bir qolipdagi o‘ylar tizimi sifatida qolaveradi”[9]. O‘quvchining
tafakkurini o‘stirish uchun multimedia vositalaridan foydalanilsa, katta imkoniyat
qo‘lga kiritiladi. Ona tilini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan o‘yin dasturla
ri yaratilib,
amalga tatbiq etilsa, o‘quvchi ixtiyoriy ravishda ko‘p vaqtini ona tilini
o‘rganishga sarflaydi. Multimedia majmualaridagi bola tafakkurini o‘stiruvchi
topshiriqlar, mantiqiy savollar banklari, o‘rgatuvchi mashqlar, videokeyslar,
rebus va bos
hqotirmalar bola tafakkurini o‘stiradi.
Saviyaga moslik tamoyiliga ko‘ra multimedia vositalaridan foydalanganda
o‘quvchining yoshi, dunyoqarashi, bilim saviyasi inobatga olinadi. 10
- va 11-sinf
o‘quvchilarining o‘spirin yoshida ekanliklari uchun shu davrga mos bo‘lgan va
yangi g‘oya, startaplar
yaratishga chorlaydigan video, audio, animatsiyalardan
foydalanish, ko‘proq nutq mashqlarini bajartirish ahamiyatli. 5
- va 6-sinf
o‘quvchilarini bolalikning o‘yinqaroqligi tark etmagan bo‘ladi. Ularda til
hodisalarini o‘rgatishda animatsiya harakatlaridan ko‘proq foydalanilsa,
maqsadga muvofiq.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
191
Ona tili ta’limining vazifalaridan biri o‘quvchilarda to‘rt ko‘nikma (o‘qib
tushunish, tinglab tushunish, gapirish va yozish)ni rivojlantirishdir. Bugungi kun
ona tili darslarining oldida shaxsning o‘z tili imkoniyatlaridan unumli va o‘rinli
foydalanadigan, voqelikka shaxsiy munosabatini bildira oladigan shaxsni
tarbiyalash vazifasi turadi. Amaliy yo‘nalganlik tamoyilida o‘quvchi olgan
nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etishi ko‘zga tashlanadi. Multimedia vositalari
orqali olingan lingvistik bilimlar amald
a bajartiriladi. “O‘z tilining keng
imkoniyatlaridan og‘zaki va yozma nutqda bemalol foydalana oladigan shaxsgina
xalq yaratgan madaniy-
tarixiy boyliklardan xabardor bo‘ladi va u boshqa fanlar
asosini chuqur o‘zlashtirishga dadil qadam tashlaydi”[10]. Mult
imediali
mashg‘ulotlarda lingvistik bilimlar o‘quvchi yashab turgan muhiti bilan
uyg‘unlashadi. Amalda qo‘llash malakalari shakllanadi.
Ona tili o‘qituvchisi ish tajribasidan kelib chiqib yo‘l qo‘ygan
kamchiliklarini bartaraf etishi, multimedia mahsulotlarining shakl va mazmuniga
o‘zgartirish kiritishi, qayta loyihalashi, modellarini o‘zgartirishi, hajm, ovoz va
ranglariga o‘zgartirish kiritishiga imkon va sharoit borligi o‘qituvchilar ish
tajribasidagi kamchiliklarni hisobga olish tamoyilida amalga oshadi.
Voqelikka baho berish tamoyiliga multimedia vositalaridan foydalanib
videolavhalar namoyish etiladi. Videolavhadagi g‘oya asosida esse yozish
topshiriqlarida o‘quvchi voqelikka real baho berish tamoyiliga asoslanadi. Esse
yozish uchun dolzarb muammolar mav
zu sifatida qamrab olinadi. O‘quvchining
muammoga nisbatan ijobiy va salbiy qarashlari, asos va dalillari hamda
xulosasining bayon etishi uchun videolavhadan ilhom olishiga imkoniyat bor.
Audiobayonlardan foydalanib bayon yozishda ham o‘quvchi bayonda ifod
a
etilgan voqelikka baho beradi, o‘z nuqtayi nazarini ilgari suradi, fikrlarini bayon
etadi. Adabiy talaffuz bilan tiniq va ravon o‘qilgan audiobayonlarning barcha
o‘quvchilarga bir xilda yetib borishi ta’minlanadi. O‘quvchi faqat bayon yozish
bilan chekla
nmaydi. Audiodagi ohang va nutqning ravonligi unga ijobiy ta’sir
o‘tkazadi. Og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
192
Umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda ona tilining o‘ziga xos
tamoyillaridan “til –
me’yor –
nutq mutanosibligi” tamoyilida o‘quvchi
tomonidan tayyorlangan audiomatnlardan foydalaniladi. O‘z nutqini yozib oladi,
eshitadi. Qayta-
qayta so‘zlarni talaffuz
qilib ko‘radi. Videomateriallar asosidagi
topshiriqlarni bajarish asnosida og‘zaki nutq so‘zlaydi. Tengdoshlari orasida nutq
so‘zlash mashqlarida notiqlik mahorati rivojlanadi. Atrofdagi odamlarning
e’tiborini o‘ziga qarata olish, fikrlarini dalillash, o‘
ziga ishonch, shaxsiy
qarashlariga ega bo‘lish kabi xususiyatlar takomillasha boradi. O‘zbek tilini
o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda tutish tamoyili, o‘zbek tilini
o‘qitish orqali o‘quvchilar nutq malakalarini mustahkamlash va til se
zgirligini
oshirish tamoyilida ham yuqorida qayd etilgan faoliyat turlaridan foydalaniladi.
Darslikda berilgan matnlarning ovozli variantlaridan foydalanish o‘qituvchilar
talaffuzida ko‘p uchraydigan mahalliy sheva unsurlarini yashiradi. O‘quvchilar
uchun
tushunarlilik tamoyili ta’minlanadi.
Multimedia majmualari mavzular, bo‘limlar doirasida yoki sinflar kesimida
tuziladi. Ona tilini o‘qitishda mavzulararo, bo‘limlararo va fanlararo bog‘lanishga
qat’iy amal qilish tamoyili vujudga keladi. Fizika, falakiyot, tibbiyot va ijtimoiy
sohaga oid mavzularga xos videolavhalar asosida tayyorlangan multimediali
mashq va topshiriqlarni AKT qurilmalari orqali ko‘rish va bajarish fanlararo
integratsiyani hosil qiladi.
Multimediali ta’limda dars jarayonlarining o‘zidayoq ona tiliga xos
atamalar yoki til hodisalariga aniqlik kiritish maqsadida elektron lug‘atlar,
elektron ma’ruzalar bilan bog‘lanish, amalda foydalanish imkoniyati
o‘quvchilarni til hodisalarini ajratishga o‘rgatish tamoyilini keltirib chiqaradi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlaymizki, ona tilini multimedia vositalari orqali
o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarning
zaruriy hajmini berish, ularda tahlil qilish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishda yengillik va mukammallikka erishishdir. Bunday ishlanmalarni
ishlab chiqishda uzviylik va uzluksizlik, shakl va mazmun birligi tamoyillariga,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
193
kommunikativlik, faoliyat yondashuvlariga amal qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
А.Ғуломов, М.Қодиров Она тили ўқитиш методикаси. –
Тошкент: Университет, 2001. –
221б.
2.
Алиев А. Мактабда ёзувчи услубини ўрганиш. Ўқитувчилар учун
қўлланма. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1977. –
88б.
3.
Юсупова Т., Мавлонова К., Наралиева Ш. Ўзбек тилини ўқитиш
методикаси. Ўқув қўлланма. –
Алматы: ЭСПИ, 2021. –
(1-
қисм, 214 б. 45
-
бет)
4.
Юсупова Ш.Ж. Ҳозирги ўзбек адабий тили дарсларида
ўқувчилар тафаккурини ўстиришнинг илмий
-
методик асослари (академик
лицейлар мисолида): Пед.фан.док. ...дисс. –
Тошкент, 2005. –
279 б. (64
-
бет)
5.
Мавлонова К.М. Она тили фанини адабиёт фани билан бадиий
матн орқали интегрaциялаб ўқитиш методикасини такомиллаштириш.
Пед.фан.б. фал. док. … дис. –
Тошкент, 2019. –
26-
б.
6.
Ғозиев Э. Умумий психология. Психология мутахассислиги учун
дарслик. Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети
“Университет”
нашриёти, 2002. 5
-
б.
7.
Воителева Т.М. Теория и методика обучения русскому языку:
учеб.пособие для вузов. –
М.: Дрофа, 2006. –
С.
16.
8.
Маҳмудов Н. Она тили ва ижодий тафаккур тамойили. Таълим
жараёнида ижодий тафаккурни ривожлантириш масалалари. Ўзбек тили
доимий анжуманининг VI йиғини материаллари. –
Тошкент. 2001. (3
-
бет).
9.
Юсупова Т., Мавлонова К., Наралиева Ш. Ўзбек тилини ўқитиш
методикаси. Ўқув қўлланма. –
Алматы: ЭСПИ, 2021. –
(1-
қисм, 214 б. 47
-
бет)