Mualliflar

  • Otaboyeva Kamola Botirjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.123271

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: oila jamiyat tarbiya ruhiy rivojlanish psixik jarayonlar muloqot ong oila instituti hamkorlik

Annotasiya

Annotatsiya: Hozirda mamlakatimizda oilaning mahalla hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyatini yanada takomillashtirish va mazmunan yangilash, pedagogik hamkorlikning faoliyatini kuchli nazoratga olish, ota-onalarni farzand tarbiyasida mas’uliyatini yanada kuchaytirish, ta’lim-tarbiya maskanlarida oʻqitishning sifati va samaradorligini yaxshilash va mahalla koʻy, jamoatchiligining daxldorligini va javobgarligini kengaytirishga muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

100

BOLA TARBIYASIDA “MAS’ULIYAT”NI OSHIRISHNING

PSIXOLOGIK MASALALARI

Otaboyeva Kamola Botirjon qizi

Toshkent shahar Sergeli tumani 264-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya

: Hozirda mamlakatimizda oilaning mahalla hamda

ta’lim

muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyatini yanada takomillashtirish va

mazmunan yangilash, pedagogik hamkorlikning faoliyatini kuchli nazoratga olish,

ota-

onalarni farzand tarbiyasida mas’uliyatini yanada kuchaytirish, ta’lim

-tarbiya

maskanlarida oʻqitishning sifati va samaradorligini yaxshilash va

mahalla koʻy,

jamoatchiligining daxldorligini va javobgarligini kengaytirishga muhim huquqiy

asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Kalit soʻzlar:

oila,jamiyat, tarbiya, ruhiy rivojlanish, psixik jarayonlar,

muloqot, ong,oila instituti, hamkorlik

KIRISH

Tarbiya bizdan koʻp narsalarni talab qiladi.

Masalan, oila

muqaddasligini

chuqur anglash kerak. Avlodlar oʻzgarishi mumkin, yillar bir

-

biriga oʻxshamasligi mumkin. Ammo yurakdagi mehr

-muhabbat hech qachon

oʻzgarmaydi. Muhabbat bu

-

avvalo inson oʻziga ishonishi, oʻzini hurmat qilish

uchun ham jasorat talab qiladi. Farzandlar oʻzidan oʻzi katta boʻlib qolmaydi ularga

kiyim, oziq-ovqat, uy-joy zarur. Shuningdek, albatta

taʼlim olishi uchun sharoit

kerak. Afsuski, hozirgi kunda ular uchun qoʻl telefoni zaru

r deb hisoblashadi.

Biroq farzandlar tarbiyasi uchun eng muhimi insoniy samimiyat va ota-onaning

eʼtibori va mehr

-

muhabbatidir. Shunaqangi meʼyorlar mavjudki ularni oʻzgartirish

mumkin emas. Bu insonnig biologik xususiyatlari hisoblanadi.

Har bir bola oʻzi bir moʻjiza! Har bir oila oʻzi bir saltanat! Shuning uchun

oʻzaro

munosabatda juda ehtiyotkorlik darkor.

Donishmandlarning taʼkidlashicha:


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

101

Agar bola tanqidiy ruhda yashasa, u ayblashni oʻrganadi.

Agar bola adovat bilan yashasa, u urishishni oʻrganadi.

Agar bola qoʻrquvda yashasa, u qoʻrqoqlikni oʻrganadi.

Agar bola afsusda yashasa, u afsuslanishni oʻrganadi.

Agar bolaning ustidan koʻp kulishsa, uyatchan boʻlishni oʻrganadi.

Agar bola qiziqish bilan yashasa, u havas qilishni oʻrganadi.

Agar bola uyat bilan yashasa, u aybdorlik hissini oʻrganadi.

Agar bola

qoʻllab

-

quvvatlash bilan yashasa, u oʻziga ishonishni

oʻrganadi.

Agar bola bagʻrikenglikda yashasa, u sabrli boʻlishni oʻrganadi.

Agar bola maqtov bilan yashasa, u qadrlashni oʻrganadi.

Agar bola

tan olish bilan yashasa, sevishni oʻrganadi.

Agar bola rostgoʻylik va adolatda yashasa, u haqiqat va adolat

nimaligini

oʻrganadi.

Agar bola xavfsizlikda yashasa, u oʻziga va atrofidagilarga

ishonadi.

Agar bola

doʻstlik bilan yashasa, u yer yuzi

yashash uchun ajoyib

joy ekanligini anglaydi.

Agar siz osoyishtalik bilan yashasangiz, sizning farzandingiz ham

osoyishtalikda yashaydi.

Bola oilada shakllanadi,ravnaq topadi.Shu sababdan oila bola uchun tarbiya

oʻchogʻi

dir.

Oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, yurtimizda

oilalarni, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy

iqtisodiy manfaatlarini

himoya qilish, jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk va har tomonlama rivojlangan

barkamol avlodni tarbiyalashda o

ilaning rolini mustahkamlash, sogʻlom oilani

shakllantirish, mahalalar mavqeini mustahkamlash va rolini kuchaytirish, borasida

olib borilayotgan islohatlarni yanada rivojlantirishga doir keng koʻlamli chora

-

tadbirlar tashkil etilmoqda. Aynan shu maqsada Oʻ

zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning

oʻzini oʻzi boshqarish organlarining taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

102

yanada rivojlantirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2012

- yil 19- iyundagi 175-

sonli qarori bilan 4 ta yoʻnalish, 25 ta banddan iborat “Oila

-mahalla-

taʼlim

muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha chora

-tadbirlar

majmuasi tasdiqlangan.

Sogʻlom bola tarbiyasida mahallaning rolini kuchaytirish boʻyicha kompleks

chora-

tadbirlarni ishlab chiqilmoqda. Sogʻlom bolaning shakllanishida taʼlim va

sportning rolini kuchaytirish, ularni zamon talablariga muvofiq jihozlash, yuqori

malakali pedagog va

mutaxassislar bilan taʼminlash, bolalarni maktabga tayyorlash

darajasini tubdan yaxshilash, boshlangʻich taʼlim sifatini yuksaltirish, ilgʻor

pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy

etish, sogʻlom turmush tarzini faol targʻib etish, bolalar, ayniqsa, qizlar oʻrtasida

jismoniy tarbiya va sportga mehr uygʻotish boʻyicha aniq choratadbirlarni amalga

oshirish hamda Kam taʼminlangan oilalarda voyaga yetayotgan ukuvchilarni sport

turlari va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish

ga keng jalb qilish. Iqtidorli

bolalarning intellektual salohiyatini qoʻllab

-quvvatlash va rivojlantirish uchun

shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida iqtidorli bolalarning individual

salohiyatini rivojlantirish va roʻyobga chiqarish maqsadida ular

ning xalqaro fan

olimpiadalarida ishtirokini taʼminlash umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida

qarovsizlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish boʻyicha

profilaktik tadbirlar majmuini oʻz ichiga oladi.

Bola tarbiyasida uning maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda

oilaning oʻrni va taʼsiri beqiyosdir. Aynan oilada milliy iftihor tuygʻusi

shakllanadi. Milliy iftihor esa insondagi yuksak maʼnaviy fazilatlarni hosil qiladi.

Ushbu insoniy fazilatlar esa Vatan, uning istiqboli, milliy manfaatlari bilan uzviy

bogʻliqdir. Kattalarga izzat

-ikrom, kichiklarga mehr, ota-

onalarga eʼzoz,

farzandlarga mehrmuhabbat kabi insonni inson sifatida ulugʻlaydigan, maʼnaviy

-

axloqiy jihatdan goʻ

zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz har bir fuqaro,

ayniqsa, yoshlar qalbidan mustahkam oʻrin olishi lozim.

Maʼlumki, xalqimiz azal

-

azaldan oʻzining bolajonligi, oilaparvarligi bilan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

103

ajralib turadi. Albatta, farzandga mehr qoʻyish, uning qornini toʻq, ustini but qilish

bilan bir qatorda, ularni yoshlik chogʻidan boshlab tarbiya, axloq

-odob, yuksak

maʼnaviyat, oʻz yurtiga sadoqat kabi tuygʻularni shakllantirish asosida voyaga

yetkazish

doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga eʼtibor bermaslik

nafaqat oila, mahallasi uchun, balki butun jamiyat rivojiga toʻsqinlik qilishi va

salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ham koʻpgina hayotiy misollarda

kuzatilgan. Zero, kishinin

g kundalik hayoti va faoliyatida moddiy va maʼnaviy

asoslar har doim bir-

biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan.

Oila va nikohning muqaddasligini anglash, oilani huquqiy asosda qurish,

turli yot gʻoyalarga berilib ketmaslik

-

dan ogoh boʻlish, ota

-onaning bolalar

oldidagi, farzandlarning ota-ona oldidagi burch va vazifalarini singdirishda

huquqiy tarbiyaning ahamiyati

katta. Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining

73moddasida quyidagi qoidalar belgilab qoʻyilgan:

Ota-

ona oʻz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota

-

ona oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining

sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik

qilishlari shart. Ota-

ona oʻz bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga

nisbatan ustun huquqqa ega. Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgilangan

zarur darajada taʼlim olishini taʼmin

-lashi shart.

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, oʻz ota

-onasini bilish, ularning

gʻamxoʻrligidan foyda

-lanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola

manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasnodir.

Binobarin, jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan

barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning roli muhim hisoblanadi.

Yoshlarni “intellektual nuqtai nazardan barkamol, yoshlari bilimli, or

-

nomusli, vatanparvar” qilib voyaga yetkazish uchun esa taʼlim bilan tarbiyani bir

-

biriga uzviy tarzda olib borish kerak. Taʼlim

-tarbiya tizimining bugungi kundagi

asosiy vazifasi oʻsib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, koʻnikma

va malakalarni oʻzlashtirgan hamda jamiyatda oʻz munosib oʻrnini egallashga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

20-

to’plam

2-son Iyun 2025

104

qodir boʻlgan

- komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.

Insonni shaxs boʻlib shakllanishida, hayotda oʻz oʻrnini topishi, el

-yurt

ichida izzat-

hurmatga ega boʻlishi, yuksak axloq

-

odob qoidalarini oʻzida mujassam

etishida u yashab turgan oila va mahala asosiy poydevordir. Bu poydevorning

mustahkamligi oilaviy an

ʼanalarning bardavomligi, milliy va umuminsoniy

qadriyatlarning uygʻunligini taʼminlashi ota

-onalar va keksa avlodning jamiyatdagi

halol mehnati, oila va turmush doirasidagi shaxsiy oʻrnagi, ajdodlari beradigan

oqilona oʻgitlari, cheksiz va samimiy gʻamxoʻrligiga koʻp jihatdan bogʻliq.

XULOSA

Xalqimizning shunday ezgu maqsadlarini roʻyobga chiqarish yoʻlida

mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnamoligida taʼlim

-tarbiya sifati va

samaradorligini zamon talablari darajasiga koʻtarish davlat siyosatining ustuvor

yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bo

lalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan

yaxshilash, boshlangʻich taʼlim sifatini yuksaltirish, ilgʻor pedagogik va axborot

-

kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, iqtidorli

bolalarning intellektual salohiyatini qoʻllab

-quvvatlash va rivojlantirish uchun

shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida iqtidorli bolalarning individual

salohiyatini rivojlantirish va roʻyobga chiqarish maqsadida umumtaʼlim

maktablarida oʻquvchilarning iqtidori va isteʼdodiga koʻra variativ sinflar,

ix

tisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablari, ijod va Prezident maktablari

tashkil etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining “Uzluksiz ma’naviy

tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida” 2019 yil 31

-dekabrdagi 1050-sonli qarori.

2.

Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik.

–T.: «Oʻzbekiston faylasuflari

milliy jamiyati»nashriyoti, 2010.

3.

Alimova G., J. Kamolov, Sh. Abdullaeva. “Oila –

mahalla

–ta’lim

muassasasi” hamkorligi.

T., 2014.

64 b.

4.

Ziyo.net