Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
90
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI TEMIR YO‘L
TERMINOLOGIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
UzDJTU Tarjimonlik fakulteti
Dilorom Mirsagatova
Annotatsiya:
Mazkur maqolada temir yo‘l terminologiyasi va uning
tilshunoslikdagi o‘rni, shakllanish jarayoni, strukturaviy va funksional
xususiyatlari tahlil qilingan. Unda zamonaviy tilshunoslikda temir yo‘l
terminlarining turli manbalar orqali shakllanishi, xalqaro terminologik tizimlar,
madaniy va mintaqaviy farqlar, o‘zbek va ingliz tillarida uchraydigan temir yo‘lga
oid leksik birliklar qiyosiy tahlil etilgan. Shuningdek, terminlarni standartlashtirish
va ularning fan-
texnika taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr yur
itiladi. Maqola
tilshunoslik, tarjima nazariyasi va texnik kommunikatsiya sohalarida izlanish olib
borayotgan tadqiqotchilar uchun foydalidir.
K
alit so’zlar
:
temir yo‘l terminologiyasi, leksik birliklar, terminlarning
shakllanishi, terminlarni standartlashtirish, madaniy farqlar, texnik atamalar,
tarjima nazariyasi, terminologik tizim
Annotation:
This article analyzes the field of railway terminology and its role
in linguistics, focusing on its development, structural features, and functions. It
explores how railway terms have evolved through various sources in both Uzbek
and English, as well as the influence of international standardization systems,
cultural and regional differences, and the comparative lexical analysis between
English and Uzbek. The article also discusses challenges in naturally formed
terminology and the importance of terminological unification in scientific and
technical communication. This work is particularly relevant for researchers in
linguistics, translation theory, and technical communication.
Key words:
railway terminology, lexical units, term formation, terminology
standardization, cultural differences, technical terms, translation theory,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
91
terminological system
Jamiyat hayotida yuz beradigan har qanday texnik-texnologik jarayon,
yaratilgan kashfiyot, ilm-fan sohalaridagi yangiliklar muayyan terminlar bilan
ifoda etilib, buning natijasida tilning terminologik apparati boyib boradi.
Boshqacha aytganda, borliq hodisalarning lisoniy ongda maxsus ifodaviy shaklga
kirishi va turg‘unlashuvi tilda terminlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi
Fan-texnika sohasida ilmiy tushunchalarni nomlash va bayon etishda
terminlar alohida o‘rin tutadi, hech bir fan sohasini terminlarsiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Dunyo tilshunosligining terminologiya maktablari, xususan,
Аvstriyadagi “Vena terminologiya maktabi”, Rossiyadagi “Rossiya terminologiya
maktabi”, Chexoslovakiyaning “Praga terminologiya maktabi” kabilar
terminlarning fan sohalarida naqadar muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi.
Shuningdek, INFOTERM, TERMNET, ISO, ISO 860 kabi butunjahon
terminologi
yani standartlashtirish qo‘mitalarining ish olib borayotgani, ularning
sa’y
-
haraktlari bilan tuzilgan ISO 704 − xalqaro terminologiya standartining
faoliyat yuritayotgani ham terminlarning kishilik jamiyatida o‘rni beqiyos ekanini
ko‘rsatadi
Terminlarning shiddat bilan tillarda o‘zlashib borishi, shuningdek, turli
mamlakatlar olimlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalar va maxsus fanlarning birgalikda
ishlab chiqilishi har bir soha terminologiyasini rivojlanishiga bo‘lgan talablarning
o‘sishi bilan iz
ohlanadi.
Chernishova L.A. fikriga ko‘ra “temir yo‘l sohasi uchun muhim bo‘lib
hisoblangan terminlardan
biri bu
motion-harakatlanuvchi tarkib
termini dastlab
yo‘lda harakatlanishi mumkin bo‘lgan har qanday transport vositalariga ishora
qilib, temir yo‘lda harakat, yuk va yo‘lovchi tashuvchi vagonlarni anglatadi.
Harakat tarkibidagi xilma-
xillik juda katta, ularning har biri ma’lum maqsadlar
1
Кўчимов Ш.Н. Ҳуқуқий нормаларни ўзбек тилида ифодалашнинг илмий
-
назарий муаммолари
(лингвоюридик таҳлил): Филол. фан. докт. ...дисс. –
Т., 2004. –
280 б.
2
Қосимов Н. Ўзбек илмий
-
техникавий терминологияси масалалари.
-
Т., 1985.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
92
uchun mo‘ljallangan
-
suyuqliklar uchun tankerlar, konteyner tashish uchun tekis
vagonlar va yo‘lovchilar uchun “platscard” va “kupe” vagonlar
ma’nolarini
anglatadi.
Temir yo‘l transporti leksikasi tashkiliy va ekspluatatsion jihatlarni ham o‘z
ichiga qamrab oladi. Masalan,
jadval,
o‘tish huquqi
hamda
terminal
kabi terminlar
temir yo‘llarni boshqarish va ishlatishning ajralmas qismi hisoblanadi. Jadval
nafaqat poezdlar harakatini belgilaydi, balki samaradorlik va aniqlikni ta’minlash
yo‘llari, stantsiya platformalari va harakatlanuvchi tarkibning mavjudligini h
am
mohirona muvofiqlashtiradi. Muayyan yo‘lni bosib o‘tish uchun poyezdning
qonuniy huquqiga ishora qiluvchi
right of way-
yo‘l
huquqi
termini
temir yo‘l
harakatini boshqarishning tizimli xususiyatini belgilaydi. Shu bilan birga,
terminal-
temir yo‘l yoki boshqa transport yo
‘
lining oxiri yoki shunday
nuqtadagi stantsiyasi
hisoblanib
,
odatda temir yo‘lning so‘nggi nuqtasidir.
Terminal yo‘lovchilar yoki yuklarni tashish uchun jihozlangan bo‘lib, ushbu termin
temir yo‘l tizimidagi turli tuzilmalarni qanday belgilashini ko‘rsatadi.
Temir yo‘l tizimlari uchun zarur bo‘lgan ishlash va xavfsizlik mexanizmlari
ni
anglatuvchi terminlar qatoriga
signal
terminini kiritish mumkin. Masalan:
block
signaling, cab signaling, blok signalizatsiyasi, kabina signalizatsiyasi va h.k.z
kabi terminlar poyezdlar harakatini boshqarish va to‘qnashuvlarning oldini olish
uchun ishlatiladigan turli usullar va texnologiyalarni tavsiflaydi. Mexanik
qo‘llardan foydalanadigan hamda temir yo‘l signallarining eng qadimgi turlaridan
biri bo‘lgan
Semafor-belgi signali
,
signallarni asosan ilg‘or elektron signalizatsiya
tizimlari bilan almashtirilgan. Biroq, bu terminlarni o‘ziga xos lisoniy jihatlarinin
tushunish, xavfsizlik va aloqa texnologiyalari temir yo‘l sanoatida qanday
rivojlanganligini turli tizimli tillarda qiy
oslab o‘rganish dolzarb masala kasb etadi.
Bundan tashqari, temir yo‘l terminologiyasi madaniy elementlarini ham o‘z ichiga
qamrab oladi. Masalan, turli hududlarda o‘xshash tushunchalar uchun o‘ziga xos
atamalar bo‘lishi mumkin. Buyuk Britaniyada, AQSh
da
“freight wagon
-
yuk
tashish
,
tovar tashiydigan poyezd”
deb nomlanuvchi obyekt ko‘pincha
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
93
“commodity waggon
-
tovar tashuvchi poyezd”
deb nomlanadi. Bu esa kengroq
madaniy va tarixiy kontekstlarni aks ettiruvchi nozik areal, mintaqaviy farqlarni
ochib beradi.
Temir yo‘l terminologiyasi (leksikasi) har qanday til, jumladan, o‘zbek
tilining umumiy texnik terminologik tizimining muhim tarkibiy qismlaridan
biridir. Unga kiritilgan ko‘pgina so‘zlar xalqaro terminologik elementlardan
unumli foydalanish asosida shakll
angan. Boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar va
xalqaro terminlar bir vaqtning o‘zida boshqa terminologik tizimlarda
qo‘llanilishini ham kuzatishimiz mumkin
Zamonaviy tilshunoslikda temir yo‘l terminologiyasi tizimini tahlil qilish,
dastlab qadimiy yozma manbalarda qayd etilgan. Bunda turli davrlarda turli
sohalarda ilmiy tilning neologizmlar bilan parallel tarzda ifoda etilishi oqibatida
terminlarni aniqlash imkonini bergan. Maslalan,
gimlet
-
parmacha
(yog‘och
teshadigan asbob),
screw
-
burama mix
,
clunker
-
katta arava
(shovqin soluvchi
arava),
fire bar
-
panjara
(yoqilg‘i ostida havo o‘tishi uchun turadigan quyma temir
panjara),
mines
-
konlar
,
gauge
-
andoza
,
knob
-
do‘ngalak
,
drill
-
drel
(parmalagich)
.
Shunday qilib, haqiqiy terminologik tizimning shakllanish jarayonida
so‘zlarni umumiy qo‘llanishi, frazeologik birliklar, mahalliy dialektlar va hatto
maxsus sohaga oid oddiy xalq tilidagi so‘zlarni ham tahlil qilish mumkin. Bunday
terminlar tarkibiga quyidagilarni misol tariqasida keltiramiz:
passing station
-
o‘tish stansiyasi
,
car
-
yopiq vagon
;
boarding car
-
vagonlarni ta’mirlovchi
ishchilar uchun uy-joy
;
car-repair track
-
vagonlar ta’mirlash yo‘li
,
coach or
chair car
-
o‘rindiq yoki stul mashinasi
,
coach-sleeping car - yumshoq stullar
bilan jihozlangan yo‘lovchi vagoni
,
drop bottom car - pastki vagon (ochiladigan
pastki qismi bo‘lgan aravacha)
,
ropeway car -
kuzov yo‘li
,
div track - marshal
hovlisi
,
aluminum dish
–
alyumin idish (alyuminiy lagan)
,
line section
–
temir
yo‘l chiziq qismi
,
interstation track
–
belatlarrao yo‘l
,
tunnel casing
–
yer osti
3
Олматова Ш.С. Лексико
-
семантический анализ терминологии железнодорожного транспорта в
таджикском, русском и английском языках
.
Диссертация. Д
:. 2020.
–Б.28.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
94
yo‘li qoplamasi (yer ostini tozalash korpusi)
,
lay-out track
–
yo‘lni tartiblash
,
the
anti-skid regulator
–
siljishga qarshi regulyator (temir yo‘li relslarini siljimaslik
uchun maxsus regulyator)
,
bearer
–
xabar yetkazuvchi
,
tongs
–
qisqich
,
maintenance party
–
texnik xizmat ko‘rsatish xonasi
,
rear end of the train
–
poyezdning orqa uchi
va boshqalar.
Ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l terminologiyasining kelib chiqishi va turli
manbalardan shuningdek, boshqa lingvistik vositalar yordamida mazkur
manbalarni to‘ldirishi ham ahamiyatga molik. Mazkur g‘oyani ba’zi tadqiqotchilar
ham ta’riflagan. Xususan, tabiiy ravishda shakllangan terminologiyalar ko‘pgina
kamchiliklarga va nuqsonlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, tabiiy ravishda
rivojlangan terminlar o‘quv va pedagogik jarayonni qiyinlashtirishi, ilmiy, texnik
va o‘quv adabiyotlaridan foydalanishda or
tiqcha mehnat va vaqt sarflanishiga olib
kelishi mumkin.
Adabiyotlar royhati.
1.
Қўчимов
Ш
.
Н
.
Ҳуқуқий
нормаларни
ўзбек
тилида
ифодалашнинг
илмий
-
назарий
муаммолари
(
лингвоюридик
таҳлил
):
дис
. ...
докт
.
филол
.
наук
.
–
Тошкент
, 2004.
–
280
б
.
2.
Қосимов Н. Ўзбек илмий
-
техникавий терминологияси масалалари. –
Тошкент: Фан, 1985. –
176 б.
3.
Олматова Ш.С. Лексико
-
семантический анализ терминологии
железнодорожного транспорта в таджикском, русском и английском языках:
дис. ... канд. филол. наук. –
Душанбе, 2020. –
145 с.
4.
Чернышова Л.А. Термины железнодорожного транспорта и их
семантическая специфика в профессиональном употреблении // Вопросы
терминоведения. –
Москва, 2018. –
№ 3. –
С. 25–
32.
5.
ISO 704:2009. Terminology work
–
Principles and methods.
–
Geneva:
International Organization for Standardization, 2009.
–
44 p.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
95
6.
Prager Schule der Terminologie. Beiträge zur linguistischen
Terminologieforschung.
–
Prag: Universität Prag, 1982. –
210 S.
7.
INFOTERM. The International Information Centre for Terminology.
–
Vienna, 2020. [Elektron resurs]
–
8.
TERMNET. International Network for Terminology.
–
Vienna, 2020.
[Elektron resurs]
–