Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
16
OILADA FARZAND
LARGA TOʻGʻRI
TARBIYA BERISHNING
PSIXOLOGIK USULLARI
Ismoilova Fazilat Oʻralovna
Urgut tumani 18-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy
barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib
berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur
yo’nalishlari
- jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy,
huquqiy, siyosiy-
g’oyaviy hamda jinsiy ta’lim berish, ularda faoliyat ko’nikma va
malakalarini shakllantirishdan iborat.
Kalit so’zlar:
oila, farzand, ota-ona, jamiyat, tarbiya,ruhiyat, psixik
jarayonlar, muloqot, depressiv xulq, tarbiya
KIRISH
Tarbiyaning asosi oilada shakllanadi bolangizning sizga bo’lgan ishonchi
yo’qoladi. Gapingizga ishonmay qo’yadi. Obro’yingiz ketadi. Shuning uchun
o’zingizga ishonmasangiz va’da bermang. Uddasidan chiqa oladigan ishga va’da
bering. Bo’lmasa, yaxshisi, bolaga va’da bemiaganingiz ma’qul. Aks holda bola
ham katta bo’lganda odamlarga va’da berib, uni bajarmasa ham bo’lar ekan, degan
xulosaga kelib qolishlari mumkin. Farzandlaringizning hammasining tug’ilgan
kunlarini bir xil mehr bilan ulami teng ko’rgan holda o’tkazishga harakat qiling.
Birini ikkinchisidan kam ko’rmasligingiz lozim. Bolalaringizning tug’ilgan
kunlarini oilaviy, sodda o’tkazishga o’rgating.
Farzandlaringizning tug’ilgan kunida oila a’zolaringizning ishdan yoki
o’qishdan vaqtliroq kelishlariga odatlantiring. Oldindan kelishib, farzandingizni
tug’ilgan kuni bilan tabriklash uchun unga yoqadigan eng kerakli biron
-
bir sovg’a
xarid qiling. Yoki o’
zi anchadan beri olib bering, deb yurgan narsasini olib bering.
Dasturxonga yaxshi ko’radigan taomi, shirinliklari va mevalarini tayyorlang. Shu
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
17
kuni tug’ilgan kuni nishonlanayotgan bolangizni kundalik ishlardan ozod qiling.
Qolgan farzandlaringiz barcha yumushlarda sizga yordam bersin. Oila a’zolarining
hammasining tug’ilgan kunlarini shunday o’tkazishga ko’nikma hosil qilgan
farzandalaringiz keyi
nchalik tug’ilgan kunlami o’zlari mustaqil ravishda
o’tkazadigan bo’ladilar. Bir
-birlariga nisbatan mehr-
oqibatli bo’ladilar.
Bolachaqali bo’lganlarida bir
-
birlarini yo’qlaydigan, bir
-birlariga yordam
beradigan bo’ladilar.
Bolani yoshligidan mehnatga o’rgatib boring. Inson birdaniga mehnatkash
bo’lib qolmaydi. Siz buyurib ketgan ishlaringizni bolalaringiz baholu qudrat
bajarib qo’yishibdi
-
mi, chala yoki kamchiligi bo’Isa ham, eng awalo, o’z
xursandchiligingizni bildiring, ma
’qul usullar bilan rag’batlantiring. Ishimni
qo’limdan oladigan bo’lib qolibsizlar, deb maqtang. Dadasi yoki oyisi, xudoga
shukur, o’g’il
-
qizlarimiz katta bo’lib qolishibdi.
Endi bemalol ularga ishonib ishlarimizni topshiraversak bo’lar ekan, deb
bolalami o’zla
-
rining oldida ularga ishonch bildirib qo’ying. Ishlaridagi
kamchiligini yotig’i bilan ulaming nafsoniyatiga tegmasdan, bafurja tushuntiring.
Farzandlaringizni iloji boricha mustaqil ishlashga, mustaqil fikr yuritishga
o’rgating. Masalan, biior fandan sizdan yordam so’rasa, uni farzandingiz uchun
ishlab bermang, faqat tushuntiring. Masalani mustaqil hal qilib bo’lgandan keyin
«Mana о’zing bemalol yechsang bo’lar ekan
-
ku»,
-
deb ko’nglini ko’tarib
qo’ying. Ana shunda farzandingizda o’ziga ishonch hosil bo’la boradi.
Farzandlaringizni uy ishlariga o’rgatib boring. Yoshiga qarab qo’lidan
keladigan ishlami buyurib turing. Mazangiz
bo’lmay qoldi, deylik.
Bolalaringizning yoshiga qarab uy ishlarini taqsimlab bering. Sizning holingizdan
xabar olib turishsin. O’zingiz o’rgatgan qo’lidan keladigan ovqatni qilishsin.
Buyurgan ishlaringizni o’zlari rejalab, o’zlari mustaqil ravishda qilis
hsin.
Kichkinangiz bo’lsa, uning boshingizni silab qo’yishini ayting. So’ngra ancha
yengil tortganligingizni ayting. Sizning sog’ayishingizga uning ham hissasi
qo’shilayotganidan bolangiz nihoyatda xursand bo’ladi. Sizga nisbatan mehri ortib
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
18
boradi. Sizning ham uning yordamiga, mehriga muhtoj ekanligingizni his etadi.
Ota-onaga, qaynona-
qaynotaga bo’lgan mehmi ham ota
-ona tarbiyalaydi. Aytaylik
bugun siz biror narsa xarid qilib keldingiz. Siz bu narsalami ochib, bolalaringizga
biror idish olib kelishlarini ayting va ulardan oldin ota-onangizga solib beringda,
buving bilan buvangga olib borib ber, deng. Ota-
onangiz buni ko’rib bolalaringizni
duo qiladi. Bolalaringiz esa bundan boshi osmonga yetadi. Buvabuvisiga
у
ana
mehribonlik qilgisi keladi. Bolalaringizga, shu bahonada, duo olish -
bu o’sishing
uchun kerak, u tabarruk narsa, inson qo’lidan kelgancha boshqalarga yaxshilik qilib
borishi kerakligini uqtiring. Shu yo’sinda tarbiyalangan farzandingiz
qariganingizda siz qilgan ishingizni qaytaradi. Chunki unga bunday tarbiyani
yoshligidan singdirgansiz. Farzandlaringiz endi buva-buvilaming duosini duru
javohirlarga, hech qanday boylikka tenglashtirib bo’lmasligini tushunib boradi.
Maʼlumki, oila har bir jamiyatning boshlang’ich hujayrasi hisoblanadi. Oila
mustahkam, tinch, halol va pok bo’lsa, jamiyat ham osoyishta, mustahkam, farovon
bo’ladi. Аksincha, oilalarda parokandalik, buzg’unchilik bo’lsa, halol
-haromning
farqi qolmasa, o’sha jamiyat buziladi, tinchi yo’qoladi, oxir
-oqibat u chuqur
tanazzulga yuz tutadi. Shuning uchun ham qadimdan har bir jamiyat oila
masalasiga katta eʼtibor berib, oilalarning mustahkam va baxtiyor bo’lishi uchun
imkonida bor bo’lgan barcha chora va tadbirlarni ko’rib kelgan. Zotan, sof insoniy
tabiat xuddi shunday bo’lishini taqozo qiladiOila tarbiyasi
- oilada ota-ona, vasiy
yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama
rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan
kuch - oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-
ona obroʻsining yuqori
boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtas
idagi birlikning saqlanishi,
bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor
berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun
tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari
-nl hisobga olish,
boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va
tashabbuskorlik sifatlarini
qoʻllab
-quvvatlash talab etiladi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
19
Oila tarbiyasida obyektiv va subyektiv omillarning roli katta. Oilaning
moddiy ta’minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila budjetining
mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog’lom ruhiy
muhitning barqarorligi va hokazolar obyektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo
munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan
komillik hamda ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o’rtasidagi
mutanosiblik, oil
aviy hayotni tartibga solish borasidagi o’zaro yordam, hamkorlik,
birlik tamoyillariga tayanish kabilar subyektiv omillar sirasiga kiradi.Oila
tarbiyasining o’ziga xosligi, uning mohiyati, an’anaviyligi, milliy va umuminsoniy
axloqiy qadriyatlar tizimida t
utgan o’mi, ular bilan uzviy aloqadorligi, o’zaro
ta’siri, oila muhitining barkamol avlod va komil insonni tarbiyalashdagi roli klassik
va hozirgi zamon falsafiy tafakkur taraqqiyotida muhim o’rinni egallab turibdi.
Mazkur masala bo’yicha jahon falsafasida
g’oyat muhim va ibratli fikrlar mavjud
bo’lgan.
Turkiy xalqlaming mushtarak yodgorligi “Avesto”, “O’rxunEnasoy
bitiklari”da, islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda shuningdek,
Aflotun, Arastu, Konfutsiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojibdan tortib
hozirgizamon faylasuflarigacha o’ziga
xos fikr-mulohazalar bildirgani diqqatga
sazovordir.Zero, oila hayotining bosh muddao va maqsadi bolalar tarbiyasidir.
Bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa eru xotin, ota-
onaning o’zaro
munosabatidir.Oilaviy tartibotning tashqi ko’rinishi
-
o’zboshimchal
ik bilan ish
tutish ham, g’azab ham, baqiriq
-chaqiriq ham, iltijo ham yalinib-yolvorishlar ham
emas, balki osoyishtalik, jiddiylik va ishbilarmonlik bilan qilingan farmoyishdan
iborat bo’lmog’i kerak. Bunday farmoyish berish huquqi oila a’zolarining yoshi
ulug’ vakili sifatida ayni sizga berilganligi xususida o’zingizda va na
bolalaringizda hech bir shubha qolmasligi kerak.
Bolangizni u bilan gaplashayotgan, biror narsa o’rgatayotgan yoxud unga
biror ish buyurayotganingizdagina tarbiyalayapman, deya o’ylamang. Siz uni
hayotingizning har bir soniyasida tarbiyalab borasiz. So’zingiz ohangidagi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
20
zig’irdek o’zgarishni ham bola sezib yoki his etib turadi, fikringizdagi ozgina
burilish ham ko’rinmas yo’llar bilan bolangizga yetib turadiki, buni o’zingiz
sezmay qolasiz.
[6]
Ma’naviy merosimizdagi tarbiyaviy g’oyalar rivojiga bir nazar soladigan
bo’lsak, qanchalik ma’naviy javohirlarga ega ekanligimizga ishonch hosil qilamiz.
Ular tubsiz ummon, bitmas-tuganmas boylikdir. Har bir inson bu ummonga
sho’ng’iganda o’zining fe’l
-atvori, dunyoqarashi, bilim saviyasiva boshqa
xususiyatlariga qarab ulush olib chiqishi muqarrardir.
Tabarruk manbalarimiz bo’lmish «Qur’on», «Hadislar»,ajdodlarimiz
ma’naviy merosi hisoblangan «Qobusnoma», «Shohnoma», «Temurnoma»,
«Boburnoma», «Guliston», «Bo’ston», «Temur tuzuklari», «Qutadg’u bilig»,
«Mahbub
-
ul qulub» kabi durdona asarlami mutolaa qilg
an har bir inson tarbiyaning
inson shakllanishidagi munim omil ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Tarbiyaning murakkabligi haqida Amir Temur: «Men farzand tarbiyalashda
davlatni boshqarishdan ko’ra
chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq
donishmandlik kerakligiga ishonch hosil qildim»
-
desa, Abdulla Avloniy «Turkiy
Guliston yoxud axloq» asarida tarbiyaning ahamiyatiga: «Alhosil, tarbiya bizlar
uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo halokat; yo saod
at, yo falokat masalasidir»,
- deb katta baho beradi, tarbiyani oiladan shakllantirib borish kerakligi, buning
uchun otaonaning o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerakligi haqida uqtiradi.
Bolalarga biror narsani va’da qilgan bo’lsangiz va’daning ustidan chiqish
kerak. Bola oldida obro’yingizni to’kmang. Chunki bolalar juda ishonuvchan va
beg’ubor bo’ladilar.Sizning bergan va’dangizni sabrsizlik bilan kutadi. Vaqtni,
daqiqalarni sanab o’tkazadilar. Intizorlik bilan kutgan vaqt kelganda “Dada, bugun
bizni parkka olib borasizmi?”, desa
-
yu sizning bergan va’dangiz esingizdan chiqib
ketgan bo’lsa, mulzam bo’lib qolasiz.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, asrlar davomida shakllangan insoniy
qadriyatlardan bir bo’lgan, oilani va uning tarbiyasi asoslarini, jamiyatni tutib
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
21
turuvchi kuchlardan biri sifatida baholay olamiz. Har bir oilada esa o’ziga xos
tarbiyaviy va milliy mentaketetga asoslangan yuksak ananalar shakllangan. Ammo
ba’zi oilalarda muammolar vujudga kelishining asosiy sababi, oila tarbiyasidagi
xato va kamchiliklar tufayli yuzaga keladi. Bunday xato va kamchiliklardan xalos
bo’lish uchun oila pedagogikasi va psixologiyasini har bir inson o’rganib chiqishi
foydadan holi bo’lmaydi. Oila tarbiyasi asrlash osha sayqallanib kelgan kuchliy
ananalarga tarixiy va ijtimoiy jihatdan mustahkam bilim asosida vuhudga keladi.
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Ҳайдаров,
С.
А.
(2023).
ТАРИХ
ДАРСЛАРИДА
САНЪАТ
АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental
renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.
2.
Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий –
психологик тасвир
муаммоси объекти сифатида. O’zMU xabarlari. Toshkent –
2022. №1/5.
3.
Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic -
Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April,
2022. ISSN: 27957365.
4.
Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin
Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and
applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.