Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
12
OʻQUVCHI YOSHLARNI KASB
-HUNARGA QIZIQISHLARINI
SHAKLLANTIRISHGA
KOʻMAK BERISH
NING SAMARALI
USULLARI
Farmanova Umida Ergash qizi
Sayxunobod tumani 37- maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
. Kasb tanlashga yo`naltirish davlatimizning tadbir choralari
tizimidan iborat bo`lib inson tomonidan tanlanadi, o`z hayot yo`lining ilmiy
asoslanganligini ta`minlashga xizmat qiladi, u turmushda o`z o`rnini aniqlaydi
Kalit so’zlar
. kasb-
hunarga yo’naltirish, darsdan tashqari mashg’ulot,
kasbiy ta’lim
,qiziqish, qobiliyat maqsad, psixologik yordam,ruhiy jarayonlar
KIRISH
Kasbning ta'rifida qayd etib o'tganimizdek uni faoliyat turi dedik. Faoliyat
har xil bo'lishi mumkin. Eng asosiysi ular qonunlarda taqiqlanmagan bo'lishi zarur.
Barchamizga ma'lumki, qonunlarda jinoyatni keltirib chiqaradigan barcha faoliyat
turlari bilan shug'ullanish man etilgan. Qanday faoliyat turlari bilan shug'ullanish
mumkin emasligini bilib olishimiz uchun, albatta, birinchi o'rinda tegishli qonun
hujjatlari bilan tanishib chiqishimiz zarur. Lekin 14-18 yoshli o'quvchilar uchun
qonun hujjatlarini o'rganib chiqish ma'lum qiyinchiliklarni tug'dirishi mumkin.
Bunday holatlarda ota-onalarimiz va eng asosiysi o'qituvchilarimizning bu borada
beradigan maslahatlari katta yordam berishi mumkin. Kasb pul ko'rinishida katta
foyda keltirishi mumkin, lekin bunday foydani olish uchun sarf etilayotgan sog'liq
va vaqtni ham inobatga olish zarur ekan.
Kasbning foydaliligida e'tiborga olinadigan jihatlar: 1.Inson tanasiga
ishlayotgan muhitning ta'siri (shovqin, titrash yoki tebranish, yoqimsiz gazlar va
boshqa ta'sirlar). 2.lnsonning o'z odatlari va boshqa ko'nikmalarini, muhitni, yaqin
do'stlarini, yashash joyini o'zgartirishga majbur bo'lishi oqibatida yuzaga kelishi
mumkin bo'lgan ruhiy kechinmalar. 3 Inson o'z oilasining tirikchiligini ta'minlash,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
13
ish joyiga qatnashi, alohida kiyim, anjomlar sotib olishidagi moliyaviy xarajatlar
tushuniladi.
Har kim o'z xatti-harakatlarini amalga oshirishda erkindir, faqat bunday
erkinlik boshqalarning huquqlarini poymol etmasa bo'lgani. Kasb tanlashda esa
erkinlikni jamiyat beradi, boshqacha qilib aytsak, siz jamiyatning mehnat bozorida
mavjud bo'lgan kasblardan birini tanlashingiz zarur bo'ladi. Tanlov tushunchasi
kasb tushunchasi singari kunlik faoliyatimizda doimiy qo'llab kelinadi. Tanlovni
hayotimizda ko'p marta amalga oshirganmiz. Lekin ushbu tushunchaga ham
sinchkovlik bilan e'tibor bersak, o'rganishimiz lozim bo'lgan jihatlar ko'zga
tashlanadi. Kasb sohasida tanlov shartlarini ishlab chiqish aytarli darajada qunt va
bilimni talab etadi. Buning uchun o'zingizda mavjud qiziqish, qobiliyatni
aniqlashingiz, so'ng ishga joylashish imkoniyatini belgilab olishingiz zarur bo'ladi.
Odatda, aynan bir xil maqsadli faoliyat ikkita kasbda bajarilmaydi. Kasblar
oldiga qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib, ularda bajariladigan ishlar va vazifalar
bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, uchuvchi, taksi haydovchisi va teplovoz
mashinisti kasblari. Uchala holatda ham inson biror mexanizm (samolyot,
avtomobil va teplovoz)ni belgilangan qoidalar asosida boshqaradi. Agar yanada
o'xshashlikni keltirmoqchi bo'lsak, uchala mexanizm ham yo'lovchilami bir
manzildan boshqasiga eltib qo'yish uchun xizmat qiladi. Lekin nimagadir ular
bajarayotgan faoliyatlarga boshqa-boshqa nom berilgan: uchuvchi, taksist,
mashinist. So'z yuritilayotgan kasblarni boshqalardan ajratib turuvchi narsa - ular
faoliyat yuritayotgan muhitdir: uchuvchi mexanizmni, ya'ni samolyotning havoda
boshqaruvini ta'minlashi zarur, taksist mexanizmni, ya'ni avtomobilni shaharning
tiqilinch ko'chalaridan boshqaruvini ta'minlashi kerak, mashinist esa bahaybat
teplovozni temir yo'ldan boshqaruvini ta'minlashi kerak. Har bir muhit
boshqasidan farq qiladi va undagi xatti-harakatlar insondan butunlay boshqacha
fikrlashni talab etadi. Demak, so'z yuritilayotgan kasblarning maqsadi belgilangan
muhitda boshqaruvni ta'minlashdan iborat ekan.
Bugungi kunda umumta’lim maktablarining asosiy vazifalaridan biri –o’sib
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
14
kelayotgan yosh avlodni jamiyatda faol ishtirol etish va faoliyatga tayyorlashdir.
Kasb-
hunarga yo’naltirish
-
o’quvchilarning kasb
-
hunar va mehnat bilan bog’liq
rejalarini tuzish, kasb-hunar va mehnat faoliyati sohasini tanlash jarayoniga
rahbarlik qilish demak. Bundan kelib chiqadiki, kasb-
hunarga yo’naltirish maktab
faoliyatining ajra
lmas qismidir. Bu nafaqat maktabning, balki barcha o’quvchi
yoshlar ta’limtarbiyasiga ma’sul ijtimoiy insnitutlar, shu jumladan, oila, mahalla,
davlat tashkilotlari, yoshlar ittifoqi va boshqalar asosiy vazifasidir.
Kasb - ma'lum darajada tayyorgarlikni talab etadigan, davlatning qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan, bajaruvchiga iqtisodiy foyda keltirishi imkoniyati
mavjud bo'lgan (shaxsning) alohida faoliyat turidir.
Kasb tanlash uchun quyidagi asosiy tamoyillar ajratiladi:
✓
birinchisi
–
tayyorgarlik;
✓
ikkinchisi
–
qonuniylik;
✓
uchinchisi
–
foydalilik;
✓
to'rtinchisi - ixtiyoriylik (o'z hoxishi
bilan);
✓
beshinchisi - alohidalik tamoyilidir.
Kasb sohasida «tayyorgarlik» tushunchasi ta'limni anglatadi. Har qanday
kasbni har qanday inson bajarib ketavermaydi. Qaysidir bir kasbga ko'proq,
qaysidir kasbga ozroq talablar qo'yiladi, ishchi bunday talablarga javob berishi
uchun ta'lim olishi zarur. Qaysidir bir kasbga davlat ta'lim muassasalarida
tayyorgarlikdan o'tish talab etilsa, qaysidir kasbga nodavlat ta'lim muassasalarida
yoki biror ustozga shogird tushgan holda tayyorgarlikdan o'tiladi. Har bir kasb
egasi uchun amalga oshiriladigan xatti-harakatlar majmui mavjud. Masalan:
sartarosh soch olish uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlarni, duradgor yog'ochdan
talab etiladigan narsalarni yasash uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlarni, xuddi
shunday vrach, kosmonavt va boshqa kasb vakillari ham o'zlariga yuklangan, talab
etilgan xatti-harakatlarni bajarishi lozim bo'ladi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
20-
to’plam
2-son Iyun 2025
15
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, kasbni tashkil etadigan beshta tamoyil har
qanday kasbni tanlashda o'zini namoyon qilib boraveradi. Kasbning ta'rifini bilish
- tanlamoqchi bo'layotgan kasbingizga nisbatan to'g'ri maqsadni qo'yish va unga
erishish uchun imkoniyatni yaratib beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1.
Jo’rayev R.X.,Tolipov O’.Q.,Sharipov Sh.S.Uzluksiz ta’lim tizimida
o’quvchilarni kasb
-
hunarga yo’naltirishning ilmiy
-pedagogik asoslari.
Monografiya. Toskent, Fan. 2004.120 b.
2.
Tolipov O’.Q. Sharipov Sh.S., Xolmatov P.Q.
Darsdan tashqari
mashg’ulotlar
jarayonida
o’quvchilarni
kasb
-
hunarga
yo’llash
texnologiyasi. Toshkent. O’zPFITI.2004. 32 b.
3.
Xolmatov, P., & Оришев, Ж. (2020). Дарсдан ташқари машғулотларда
ўқувчилар касбий тарбиясини шакллантиришнинг мақсад ва
вазифалари. Физико
-
технологического образование, 1(1)
4
Ziyo.net materiallari