Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
440
PEDAGOGLAR ORASIDA KASBIY KUYISHNI OLDINI OLISH
HAMDA KORREKSIYA QILISH MASALALARI
Homidova Lobarxon Ravshanjon qizi
Fargʻona viloyati Rishton tumani 39 - maktab psixologi
ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada pedagoglarni kasbiy tayyorlashga
nazariy, amaliy, uslubiy yondashuv, shuningdek, maxsus tayyorgarlikning shart-
sharoitlari
va
usullarini
takomillashtirish,
belgilash
pedagoglarning
muvaffaqiyati uchun zarur boʼlgan kasbiy bilim, koʼnikma va malakalar va
qobiliyat mustaqil ishlash zamonamizning asosiy muammolari haqida toʼxtalib
oʼtilgan.
Kalit soʼzlar: kasbiy soʼnish,kasbiy kuyish,kasbiy zerikish, kasbidan bezish,
kasbiy oʼzlik, kasbiy “men”lik, kasbiy malaka, kasbiy hamkorlik, kasbiy layoqat.
KIRISH
Jamiyatda oʼzligini anglagan shaxs borki, u shu jamiyat aʼzolariga manfaati
tegadigan biror bir faoliyat turi bilan mashgʼul boʼlishi tabiiy hol xisoblanadi.
Xalqimizni kasb-hunarni yomoni boʼlmaydi, degan maqolidan kelib chiqib
taʼkidlashimiz mumkinki kasb-hunari orqali xalq eʼtiboriga sazovor boʼlganlar
haqida tariximizdan koʼplab misollar keltirish mumkin. Oʼz kasbini mohir ustasi
sifatida faoliyat koʼrsatib kelayotgan shaxslar qatorida kasbidan zerikish hamda
kasbidan sovish xolatlari ham uchrab turishi soʼngi vaqtlarda koʼplab ijtimoiy fan
vakillarini oʼziga jalb etib kelmoqda.Umumiy psixologiyani asosiy tarmoqlaridan
biri xisoblanmish mehnat psixologiyasi yoʼnalishida shaxs oʼz faoliyatiga nisbatan
ishtiyoqining soʼnish jarayoniga alohida eʼtibor qaratilib, turli yoʼnalishda
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
441
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shaxsda kasbiy faoliyatiga nisbatan yuzaga keladigan ishtiyoqni
sustlashishi,”kuyishi” yoki “so‘nishi” – jaxon psixologik adabiyotlarida “burnout”
holati deb nomlanadi va bu o‘zbek tilida esa “so‘nish” degan ma’noni anglatadi.
Hozirgi vaqtda shaxsni faoliyatini tahlil etuvchi fanlarda kasbiy so‘nish va uning
tuzilmasining mohiyati bo‘yicha yagona nuqtai nazar mavjud emas. So‘nggi
ma’lumotlarga tayangan holda, “psixik kuyish” deganda emotsional xolatni
kasblarda kuzatiladigan psixo-fiziologik, hissiy va yangi texnologiyalarni
o‘zlashtirishdagi qoloqlik holati tushuniladi.
Ijtimoiy psixologiya tadqiqotlari asosida quyidagi soha vakillari kasbiy
so‘nish jarayoni bo‘yicha “xavf” guruhiga taaluqli hisoblanadilar: pedagoglar
,
psixologlar
,
tarbiyachilar,
shifokorlar
,
tez-tez ish safarlariga chiqadigan
,
ijtimoiy
va madaniy yo‘nalishdagi
xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari hamda bank xodimlari.
Mazkur xavf guruhida yetakchilik pedagog va psixologlarga tegishli bo‘lib,
ulardagi kasbiy so‘nish ortiqcha aqliy faoliyat bilan bir qatorda o‘z faoliyatlaridan
qoniqmasliklari natijasida kasbiy faoliyatlariga nisbatan quyidagicha salbiy
yondashuvlar yuzaga keladi:
-
o‘z faoliyatiga nisbatan yuqori emotsional yondoshish;
-
jamoada o‘z o‘rnini topa olmaslik hissi;
-
muntazam faollik talab etilishi, yetarli dam olmaslik;
-
ish joyidagi salbiy ijtimoiy sharoit va psixologik holat;
-
kun davomidagi yuklamalarning ko‘pligi;
-
kechiktirilgan natija uchun cheklangan vaqt;
-
shaxsiy emotsional holatni boshqara olmaslik;
-
sarflangan mehnat uchun mos kelmaydigan natijaning bo‘lishi;
-
hamkasblar, ma’muriyat, qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri muloqot yo‘lini
tanlash ko‘nikmalarining yo‘qligi;
-
pedagogik faoliyatni tashkil qilishning to‘g‘ri boshqarilmasligi:
yuklama, dars jadvali, ma’naviy va moddiy qo‘llab quvvatlanmaslik;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
442
-
ma’lumotlarning haddan ortiq ko‘pligi; - qayta – qayta nazorat va
tekshiruvlar.
Yuqorida keltirilgan omillar ustunlik qilishi shaxsning o‘z faoliyatidan bezish
yoki zerikish, stress xolatiga tushib qolishiga ta’sir etishi tabiiy xol hisoblanadi.
Mazkur xolatda aksari mutaxassislar jizzaki bo‘lib ziddiyatli vaziyaga moyilliklari
ortib ketadi. Ana shunday holatlarni sababini tashxis qilib aniq va muvaffaqiyatli
psixologik maslahat tashkil etish uchun kasbiy so‘nish va kasbiy mutanosiblikdan
uzoqlashishni o‘rganishning asosiy omillariga e’tibor qaratish lozim. Bular:
-
Bilim berishni takomillashtirishda yangi g‘oyalarni kiritavermaslik.
-
Pedagogik faoliyatga ko‘r-ko‘rona texnologiyalarni joriy
etavermaslik.
-
Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan mutanosibligini baholash.
-
Jamoaning psixologik iqlimining ta’lim jarayoniga ta’sirini tahlil
etish. - Pedagog shaxsining yashirin imkoniyatlarini ochish.
-
Har bir pedagog kompetensiyasining psixologik asoslarini o‘rganish
orqali o‘quvchilar bilimining samaradorligini oshirish.
-
Ochiq darslarning kam tashkil etilishi va unda psixologik analizning
mavjud emasligi.
Quyida kasbiy kuyishning asosiy omillaridan hisoblanmish ikki olmil haqida
to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Aynan quyidagi ikki sabab yosh mutaxassislarda
ko‘proq uchrashi so‘ngi vaqtlarda qayd etib borilmoqda. Shu sababli tajribali
mutaxassislar o‘zlarining tajribalaridan kelib chiqqan xolda to‘g‘ri maslahatlar
berishlari lozim bo‘ladi.
Kasbiy kuyish va kasbiy mutanosiblikdan uzoqlashishning asosiy sabablari:
1.
Individual sabablar:
A)
o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolish;
B)
fanga oid yangi bilimlarni o‘zlashtirmaslik;
V) doimiy bir xil metodik uslubga yopishib olish;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
443
G) o‘z faoliyatidan qoniqmaslik;
D) o‘ziga bino qo‘yib, boshqalarni
mensimaslik;
Ye) moddiy manfaatdorlikdan qoniqmaslik;
Yo)
hamkasblarining
darslariga
qatnashmasligi.
2. Ijtimoiy-psixologik omillar:
A)
atrofdagilarning diqqat e’tiboridan qolish;
B)
atrofdagilarning nazoratidan chetda qolish;
V) faoliyatiga mos rag‘batlantirilmaslik;
G) o‘z sohasi mutaxassislaridan uzoqlashish;
D) kamchiliklarini rahbariyat tomonidan tez-tez eslatib turilishi.
Yosh mutaxassislarda kasbiy so‘nish yoki kasbdan uzoqlashishni sezgan
tajribali hamkasblar va psixolog mutaxassis quyidagilarga e’tiborini qaratish
maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Pedagogik faoliyatda kasbiy kuyishning oldini olish uchun quyidagilarni
tavsiya etish mumkin:
1.
Muntazam pedagog malakasini oshirib borish.
2.
Muntazam psixologik testlar orqali shaxsini baholab borish.
3.
Turli trening, davra suhbatlari hamda psixologik konsultatsiyalar
tashkil etish.
4.
Fan sohasida seminarlar tashkil qilish.
5.
Pedagogik
faoliyatni
analiz-sintez
hamda
umumlashtirish
yo‘nalishida psixologik seminarlar o‘tkazish.
6.
Shaxsning kasbiy xususiyatlarini o‘zi tomonidan baholash usullarini
o‘rgatib borish.
7.
Zamonaviy psixologik metodlar bilan qurollantirib borish.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
444
XULOSA
Shaxsda kasbiy so‘nish yuzaga kelgan holda uni bartaraf etish uchun
pedagogik jamoa birgalikda aniq reja asosida hamjihatlik bilan faoliyatlarini
tashkil etishlari orqali mutaxassisni saflarida saqlab qolishlari mumkin. Mazkur
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda psixologni sa’iy harakatlari alohida
e’tiborga loyiq xisoblanadi. Pedagogik faoliyatda yuzaga kelgan kasbiy so‘nishni
bartaraf etish: [5]
1.
Shaxs bilan individual psixologik trening va suhbatlar tashkil etish.
2.
Fan sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish uchun o‘quv seminarlar
tashkil etish.
3.
Shaxs imkoniyatlarini o‘rganish orqali tavsiya ishlab chiqish.
4.
Pedagogik faoliyatda yuzaga kelgan stress, depressiya holatlarini
aniqlash va individual psixologik maslahatlar ishlab chiqish.
5.
Jamoaning psixologik iqlimini tahlil etish va tavsiyalar ishlab chiqish.
Ijtimoiy faoliyatda har bir shaxs bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasbiy
so‘nish ma’lum bir vaqt oralig‘ida o‘tib ketish tabiiy hol hisoblanadi. Agar unga
ijobiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish orqali yordam ko‘rsatish mumkin. Shu sababli
pedagogik soxada faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi psixolog pedogogik
jamoadagi birorta ham pedagogni o‘z nazoratidan chetda qoldirmasligi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ушинский К. Д. Избранние педагогические сочинения/Человек как
предмет воспитания.Опит педагогик антропология (1861). — М.: Изд-во
Aкадемии наук РСФСР, 1945. — С.475.
2.
Abdulakimovna, S. S. (2021). O‘QITUVCHILARNING O‘ZINI-O‘ZI
RIVOJLANIShI KASBIY KOMPETENTLIKNI OSHIRISH. Jahon ijtimoiy
fanlar xabarnomasi, 3(10), 58-60.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
445
3.
Botirova D.B.
Pedogogik faoliyatda kasbiy soʼnish jarayonining ijtimoiy -
psixologik asoslari //Jurnal Ta’lim va innavatsion tadqiqotlar – 2023. – T. 2. –
№. 3.
4.
Маклаков А.Г. Обшая психология. Учебное пособие. СПб: Питер 2003г
5.
Психология. Учебник. Под ред. Рогова Е.И Владос 2005г