Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
436
KASB TANLASHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Giyasova Dilshoda Baxtiyarovna
Toshkent viloyati Angren shahar 16-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya.
Bugungi kunda umumta’lim maktablarining asosiy
vazifalaridan biri-o’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatda faol ishtirok etish va
faoliyatga tayyorlashdir.
Kalit so’zlar. Kasbiy tayyorgarlik, kasb-hunarga yo’naltirish, darsdan
tashqari mashg’ulot, kasbiy ta’lim.
KIRISH
Kasb-hunarga yo’naltirish - o’quvchilarning kasb-hunar va mehnat bilan
bog’liq rejalarini tuzish, kasb-hunar va mehnat faoliyati sohasini tanlash
jarayoniga rahbarlik qilish demak. Bundan kelib chiqadiki, kasb-hunarga
yo’naltirish maktab faoliyatining ajralmas qismidir. Bu nafaqat maktabning, balki
barcha o’quvchi yoshlar ta’lim tarbiyasiga ma’sul ijtimoiy institutlar, shu
jumladan, oila, mahalla, davlat tashkilotlari va boshqalar asosiy vazifasidir.
Kasb tanlashga yo`naltirish davlatimiz tizimidan iborat bo`lib inson
tomonidan tanlanadi, o`z hayot yo`lining ilmiy asoslanganligini ta`minlashga
xizmat qiladi, u turmushda o`z o`rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga
oshirilishi nazarda tutilgan:
o
kasb - hunar maorifi bilan shug`ullanish:
o
radio, televideniye, kino, matbuotda tashviqot qilish;
o
kasb yuzasidan maslahatlar;kasbga saralash (qobiliyatiga
binoan);
o
kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Kasb - ma'lum darajada tayyorgarlikni talab etadigan, davlatning qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan, bajaruvchiga iqtisodiy foyda keltirishi imkoniyati
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
437
mavjud bo'lgan (shaxsning) alohida faoliyat turidir.
Kasbning «tayyorgarlik» tamoyili.
Kasb sohasida «tayyorgarlik» tushunchasi
ta'limni anglatadi. Har qanday kasbni har qanday inson bajarib ketavermaydi.
Qaysidir bir kasbga ko'proq, qaysidir kasbga ozroq talablar qo'yiladi, ishchi
bunday talablarga javob berishi uchun ta'lim olishi zarur. Qaysidir bir kasbga
davlat ta'lim muassasalarida tayyorgarlikdan o'tish talab etilsa, qaysidir kasbga
nodavlat ta'lim muassasalarida yoki biror ustozga shogird tushgan holda
tayyorgarlikdan o'tiladi. Har bir kasb egasi uchun amalga oshiriladigan xatti-
harakatlar majmui mavjud. Masalan: sartarosh soch olish uchun zarur bo'lgan
xatti-harakatlarni, duradgor yog'ochdan talab etiladigan narsalarni yasash uchun
zarur bo'lgan xatti-harakatlarni, xuddi shunday vrach, kosmonavt va boshqa kasb
vakillari ham o'zlariga yuklangan, talab etilgan xatti-harakatlarni bajarishi lozim
bo'ladi.
Kasbning «qonuniyligi» tamoyili
. Kasbning ta'rifida qayd etib o'tganimizdek
uni faoliyat turi dedik. Faoliyat har xil bo'lishi mumkin. Eng asosiysi ular
qonunlarda taqiqlanmagan bo'lishi zarur. Barchamizga ma'lumki, qonunlarda
jinoyatni keltirib chiqaradigan barcha faoliyat turlari bilan shug'ullanish man
etilgan. Qanday faoliyat turlari bilan shug'ullanish mumkin emasligini bilib
olishimiz uchun, albatta, birinchi o'rinda tegishli qonun hujjatlari bilan tanishib
chiqishimiz zarur. Lekin 14-18 yoshli o'quvchilar uchun qonun hujjatlarini
o'rganib chiqish ma'lum qiyinchiliklarni tug'dirishi mumkin. Bunday holatlarda
ota-onalarimiz va eng asosiysi o'qituvchilarimizning bu borada beradigan
maslahatlari katta yordam berishi mumkin.
Kasbning «foydalilik» tamoyili
. Kasb pul ko'rinishida katta foyda keltirishi
mumkin, lekin bunday foydani olish uchun sarf etilayotgan sog'liq va vaqtni ham
inobatga olish zarur ekan.
Kasbning foydaliligida e'tiborga olinadigan jihatlar:
1.Inson tanasiga ishlayotgan muhitning ta'siri (shovqin, titrash yoki tebranish,
yoqimsiz gazlar va boshqa ta'sirlar).
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
438
2.lnsonning o'z odatlari va boshqa ko'nikmalarini, muhitni, yaqin do'stlarini,
yashash joyini o'zgartirishga majbur bo'lishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin
bo'lgan ruhiy kechinmalar.
3 Inson o'z oilasining tirikchiligini ta'minlash, ish joyiga qatnashi, alohida
kiyim, anjomlar sotib olishidagi moliyaviy xarajatlar tushuniladi.
Kasbning «ixtiyoriyIik» tamoyili
. Har kim o'z xatti-harakatlarini amalga
oshirishda erkindir, faqat bunday erkinlik boshqalarning huquqlarini poymol
etmasa bo'lgani. Kasb tanlashda esa erkinlikni jamiyat beradi, boshqacha qilib
aytsak, siz jamiyatning mehnat bozorida mavjud bo'lgan kasblardan birini
tanlashingiz zarur bo'ladi. Tanlov tushunchasi kasb tushunchasi singari kunlik
faoliyatimizda doimiy qo'llab kelinadi. Tanlovni hayotimizda ko'p marta amalga
oshirganmiz. Lekin ushbu tushunchaga ham sinchkovlik bilan e'tibor bersak,
o'rganishimiz lozim bo'lgan jihatlar ko'zga tashlanadi. Kasb sohasida tanlov
shartlarini ishlab chiqish aytarli darajada qunt va bilimni talab etadi. Buning uchun
o'zingizda mavjud qiziqish, qobiliyatni aniqlashingiz, so'ng ishga joylashish
imkoniyatini belgilab olishingiz zarur bo'ladi.
Kasbning «alohidalik» tamoyili.
Bu tamoyil bir kasbni ikkinchisidan
farqlashda ishlatiladi. Odatda, aynan bir xil maqsadli faoliyat ikkita kasbda
bajarilmaydi. Kasblar oldiga qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib, ularda
bajariladigan ishlar va vazifalar bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, uchuvchi,
taksi haydovchisi va teplovoz mashinisti kasblari. Uchala holatda ham inson biror
mexanizm (samolyot, avtomobil va teplovoz)ni belgilangan qoidalar asosida
boshqaradi. Agar yanada o'xshashlikni keltirmoqchi bo'lsak, uchala mexanizm
ham yo'lovchilami bir manzildan boshqasiga eltib qo'yish uchun xizmat qiladi.
Lekin nimagadir ular bajarayotgan faoliyatlarga boshqa-boshqa nom berilgan:
uchuvchi, taksist, mashinist. So'z yuritilayotgan kasblarni boshqalardan ajratib
turuvchi narsa - ular faoliyat yuritayotgan muhitdir: uchuvchi mexanizmni, ya'ni
samolyotning havoda boshqaruvini ta'minlashi zarur, taksist mexanizmni, ya'ni
avtomobilni shaharning tiqilinch ko'chalaridan boshqaruvini ta'minlashi kerak,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
439
mashinist esa bahaybat teplovozni temir yo'ldan boshqaruvini ta'minlashi kerak.
Har bir muhit boshqasidan farq qiladi va undagi xatti-harakatlar insondan butunlay
boshqacha fikrlashni talab etadi. Demak, so'z yuritilayotgan kasblarning maqsadi
belgilangan muhitda boshqaruvni ta'minlashdan iborat ekan.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, kasbni tashkil etadigan beshta tamoyil har
qanday kasbni tanlashda o'zini namoyon qilib boraveradi. Kasbning ta'rifini bilish
- tanlamoqchi bo'layotgan kasbingizga nisbatan to'g'ri maqsadni qo'yish va unga
erishish uchun imkoniyatni yaratib beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Muslimov N.A., Mullahmetov R. Kasb tanlashga yo’llash. Toshkent.
2007
2.
Boltaboyev S.S., Tolipov O’. Umumiy o’rta ta’lim maktablari kasbga
yo’naltirish o’quv-metodika kabineti faoliyatini tashkil qilish bo’yicha metodik
tavsiyanoma. Toshkent.2000.
3.
Jo’rayev R.X.,Tolipov O’.Q.,Sharipov Sh.S.Uzluksiz ta’lim tizimida
o’quvchilarni
kasb-hunarga
yo’naltirishning
ilmiy-pedagogik
asoslari.
Monografiya. Toskent, Fan. 2004.120 b.
4.
Tolipov O’.Q. Sharipov Sh.S., Xolmatov P.Q. Darsdan tashqari
mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’llash texnologiyasi.
Toshkent. O’zPFITI.2004. 32 b.
5.
Xolmatov, P., & Оришев, Ж. (2020). Дарсдан ташқари
машғулотларда ўқувчилар касбий тарбиясини шакллантиришнинг мақсад ва
вазифалари.
Физико-технологического образование
,
1
(1)
6.
Xolmatov, P., & Оришев, Ж. (2020). Умумий ўрта таълим
мактабларида ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтиришни такомиллаштириш
технологияси.
Физико-технологического образование
,
1
(1)