Mualliflar

  • Holiqova Dildora Bahodir qizi
  • Negmatova Surayyo Teshaevna

Muallif tarjimai holi

  • Holiqova Dildora Bahodir qizi

    Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

    tayanch doktoran,

  • Negmatova Surayyo Teshaevna

    Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti q.x.f.d., professor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90538

Annotasiya

Respublikamiz chorvachiligini jadal rivojlantirishda ozuqabop ekin maydonlarini tashkil qilish har gektar xisobiga 100-150 s ozuqa birligi tayyorlash shu kunning eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mollarni qishki va yozgi ratsionlarida shirali (silos, senaj va lavlagi), dag‘al (beda pichani) va konsentrat ozuqalar belgilangan me’yorlarda bo‘lishi shart va zarur [1]. Shu bois keyingi yillarda yangi yuqori hosilli va to‘yimli, barqaror urug‘li serunum ozuqabop ekinlar sinab ko‘rilmoqda. Ular orasida krotalyariyani ham istiqbolli ozuqabop o‘simliklar sifatida ko‘rsatish mumkin.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

394

UDK:

633.31:631.8:631.5

KO‘ChAT QALINLIGI VA MA’DAN O‘G‘ITLAR ME’YoRLARINI

KROTALARIYa PIChANI SIFAT KO‘RSATKIChLARIGA TA’SIRI

Holiqova Dildora Bahodir qizi, tayanch doktoran,

Negmatova Surayyo Teshaevna, q.x.f.d., professor,

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot

instituti

Respublikamiz chorvachiligini jadal rivojlantirishda ozuqabop ekin

maydonlarini tashkil qilish har gektar xisobiga 100-150 s ozuqa birligi tayyorlash

shu kunning eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mollarni qishki va

yozgi ratsionlarida shirali (silos, senaj va lavlagi), dag‘al (beda pichani) va

konsentrat ozuqalar belgilangan me’yorlarda bo‘lishi shart va zarur [1]. Shu bois

keyingi yillarda yangi yuqori hosilli va to‘yimli, barqaror urug‘li serunum

ozuqabop ekinlar sinab ko‘rilmoqda. Ular orasida krotalyariyani ham istiqbolli

ozuqabop o‘simliklar sifatida ko‘rsatish mumkin.

Krotalariya yuqori oqsilli ozuqabop ekin hisoblanib, ozuqa sifatida ko‘k

massasi, quritilgan poyalari va pichani ishlatilib, bir amal davri davomida 4-5

martagacha ko‘k massa hosili (400-500 s\ga) olish mumkin. Pichani tarkibida

protein darajasi juda yuqori (18% dan 22% gacha) bo‘lib, chorvachilikda yuqori

kaloriyali yem-xashak hisoblanadi [4].

J. Mosjidis va boshqalarni [3] ta’kidlashicha, krotalyariya barglarida hech

qanday zaharlilik belgilari yo‘q va chorva mollari uchun yem-xashak yoki silos

sifatida ishlatish uchun xavfsiz, ko‘k massa sifatida ham ko‘pchilik chorva

mollarining ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli miqdorda xom proteinga ega.

Bundan tashqari, azot chorva go‘ngi orqali yaylovga qaytariladi va tuproq

unumdorligini oshiradi.

Jose Dubeux va boshqalar [2] tomonidan krotalyariya (Crotalaria juncea L.)


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

395

ning ikki navida: yarim oy (Crescent Sun) va havorang barg (Blue Leaf) navlarida

o‘simlik tarkibidagi xom protein miqdorlari o‘rganilganda, ikkala navda ham xom

protein miqdori yuqori - 18% ekanligi aniqlandi. Yarim oy navi havorang barg

naviga nisbatan azotni ko‘proq to‘plashi lekin, ozuqaviy miqdori kamligi kuzatildi.

Har qanday yangi ekinning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini baholash uchun

avvalo, uning kimyoviy tarkibini o‘rganish muhim hisoblanadi. Shu boisdan, ilmiy

izlanishlarimizda krotalyariya pichani tarkibidagi umumiy oqsillar va azot miqdori

aniqlandi.

Tajribaning 2022 yilda olingan ma’lumotlariga ko‘ra, gektariga 10 kg

ekilgan variantlarda azot miqdori 1,4; 1,7; 2,3; 2,8 % ni, gektariga 14 kg ekilgan

variantlarda 1,9; 2,0; 2,2; 2,6 % ni, gektariga 18 kg ekilgan variantlarda esa 1,6;

1,74 2,4; 2,3 % ni tashkil etib, bunda gektariga 10 kg ekilib, ma’dan o‘g‘itlarni

yuqori me’yorlari qo‘llanilgan variantlarda pichan tarkibidagi azot miqdori eng

yuqori ko‘rsatkichlarni (2,3; 2,8 %) namoyon etib, gektariga 14 kg ekilib, xuddi

shu ma’dan o‘g‘itlar me’yori qo‘llanilgan 7, 8-variantlarga nisbatan 0,1-0,2% ga,

gektariga 18 kg ekilib, shu ma’dan o‘g‘itlar me’yori qo‘llanilgan variantlarga

nisbatan esa 0,1-0,5 % ga yuqori bo‘lganligi aniqlandi.

Diagramma.

Krotalyariya (Srotalaria juncea) pichanining sifat

1,4

1,7

2,3

2,8

1,9

2

2,2

2,6

1,6

1,7

2,2

2,3

12,1

12,7

13,6

13,3

12,6

13,2

12,8

13,2

11,1

12

12,7

13,3

0

2

4

6

8

10

12

14

16

KROTALARIYA PICHANI SIFAT KO‘RSATKICHLARI

Azot miqdori, %

Umumiy oqsil miqdori, %


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

396

ko‘rsatkichlariga ko‘chat qalinligi va o‘g‘it me’yorining ta’siri, 2022 y.

Xuddi shunday qonuniyat pichan tarkibidagi oqsil miqdori bo‘yicha ham

kuzatilib, bunda oqsil miqdori gektariga 10 kg ekilib, ma’dan o‘g‘itlarni yuqori

me’yorlari qo‘llanilgan variantlarda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 13,6; 13,3 %

ni tashkil etib, gektariga 14 kg ekilib, xuddi shu ma’dan o‘g‘itlar me’yori

qo‘llanilgan 7, 8-variantlarga nisbatan 0,1-0,8 % ga, gektariga 18 kg ekilib, shu

ma’dan o‘g‘itlar me’yori qo‘llanilgan variantlarga nisbatan esa 0,0-0,9 % ga yuqori

bo‘ldi.

Xulosa.

Respublikamizning markaziy mintaqasi Toshkent viloyatining tipik

bo‘z tuproqlari sharoitida parvarishlangan krotalariya pichani tarkibidagi yuqori

azot va oqsil miqdorlari krotalariya urug‘ini gektariga 10 kg me’yorda ekib,

ma’dan o‘g‘itlarni yuqori N

90

P

135

K

90

va N

120

P

180

K

120

me’yorlari berilganda olinib,

bunda azot miqdori o‘rtacha 2,5-2,8 % ni, oqsil miqdori 13,3-14,8 % ni tashkil etdi.

Bunda azot miqdori boshqa variantlarga nisbatan 0,2-0,5 % ga, oqsil miqdori esa

0,8-1,5 % yuqori bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Allashov B.D., Jamolov S.G‘.. “Cug‘oriladigan maydonlarda ozuqabop

ekinlarni yetishtirish” O‘quv uslubiy qo‘llanma – Toshkent, 2019. B. 21

2.

Jose Dubeux, João Vendramini, Garcia L., Jaramillo D., Santos E., van Cleef

F. Sunn Hemp: A Fast Growing Annual Forage Legume. UF/IFAS

Agronomy Department. May 3, 2019.

3.

Mosjidis J.A., J.M. Burke, and J.B. Hess. The facts about sunn hemp

toxicity. Crop Sci. 52: 2012. Рр.1469-1474

1.

Negmatova S.T., Yoqubov G.Q., Nurillaeva M., Yoqubov Sh.Q. Yem-

xashak uchun yetishtirilgan crotalarianing osishi, rivojlayishi va

hosildorligi. Yem-xashak uchun yetishtirilgan crotalarianing osishi,

rivojlayishi va hosildorligi.