Mualliflar

  • Kirgizova Raxilya Isakjanovna

Muallif biografiyasi

  • Kirgizova Raxilya Isakjanovna

    Sirdaryo viloyati  Sirdaryo tumani  10-umumta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90542

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: koping-xulq koping-strategiya o’smirlik yoshi faktor taxlil.

Annotasiya

ANNOTATSIYA: O’smirlik davrida xulq-atvor faol shakllanish bosqichida bo’lib, psixologik farovonlik, salomatlik va muvaffaqiyatning muhim asosidir. 


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

368

O’QUVCHILARDA XULQ-ATVOR SHAKLLANISH

BOSQICHLARI,PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMLARINING

YUZAGA KELISHI

Kirgizova Raxilya Isakjanovna

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 10-umumta'lim maktabi amaliyotchi

psixologi

ANNOTATSIYA: O’smirlik davrida xulq-atvor faol shakllanish bosqichida

bo’lib, psixologik farovonlik, salomatlik va muvaffaqiyatning muhim asosidir.

Kalit so’zlar: koping-xulq, koping-strategiya, o’smirlik yoshi, faktor taxlil.

KIRISH

Psixologik himoya qilish muammosi hamisha insoniyat oldida turgan eng

dolzarb muammolardan biri bo’lib kelgan. Zero, insonning har jihatdan ijtimoiy

taraqqiyoti, shaxs sifatidagi faolligi va o’zini o’zi rivojlantira borishi ko’p jihatdan

ushbu jarayonga bog`liqdir. Alohida ta’kidlash joizki, shaxslar o’zlarining ma’lum

doiradagi psixologik imkoniyatlari, yutuqlari, kamchiliklari haqida yetarli

ma’lumotga ega bo’lsalar, bu ularning hayotda uchraydigan har qanday

muvaffaqiyatsizliklarni osonlik bilan bartaraf etishga, o’z imkoniyatlaridan

yanada kengroq foydalana olishga, bir so’z bilan aytganda, o’zlari haqida yanada

teran, ijobiy va o’ziga xos ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan tasavvurlarning

shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Zero, bu jarayonda eng avvalo ta’lim-

tarbiya tizimi, uning mazmun-mohiyati, ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat

qiluvchi ekstremal vaziyatlarda shaxs psixologik himoyasi tamoyillar muhim

ahamiyat kasb etadi.

Respublikamizda o’ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan barcha

islohotlarning tub markazida shaxs va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga

qaratilgan qator chora-tadbirlar yotadiki, bu jarayonda psixologik yondashuvlar


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

369

muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir shaxs tezkor vaziyat muhit bilan bog’liq

o’ziga xos psixologik imkoniyatlariga yetarlicha baho bermay turib shaxsning

taraqqiyotiga hozirgi zamon talablariga mos natija ko’rsatish juda mushkuldir.

Tadqiqotning vazifasi mavzuga oid chet el olimlarining tadqiqotlarini

o’rganish va tahlil qilish, shunga muvofiq ilmiy tadqiqot metodlarini tanlash va

tadqiqot olib borishdan iborat. Tadqiqot metodlari: CH.D.Spilberg tomonidan

yaratilgan “Reaktiv va shaxsiy xavotirlik shkalalarini o’rganuvchi metodika”si,

Rikss-Usmanning “O’zo’zini hissiy baholash” metodikalaridan foydalanildi.

Ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya metodologiyasini talqin etishda

insonning hissiy holatini tushunish va uning o’z mehnati ma’sullaridan ijtimoiy

ma’suliyat jarayonini tahlil qilish va rivojlantirishga bag’ishlangan ayrim

tadqiqotlarning o’rni va istiqboliga ham alohida e’tiborni qaratish lozim, deb

o’ylaymiz. Masalan, F.Xerstberg va uning izdoshlari tomonidan mehnat

faoliyatini tashkil etishdagi emotsiogen farqlanish mexanizmlari tadqiq qilishdi.

Mazkur izlanish ma’suliga ko’ra, mehnat faoliyatini tashkil etishda ijodiylik,

mustaqillik, o’zini o’zi bilish, rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarga e’tibor berilsa,

shaxs faoliyati unumdorligiga ijobiy ta’sir etuvchi hissiy kechinmalarni va

aksincha, faqat texnik jarayondangina iborat bo’lgan mehnat sharoiti yaratilsa,

shaxs faolligiga salbiy ta’sir etuvchi hissiy kechinmalarning namoyon etilishi

kuzatiladi. Darhaqiqat, faoliyatning bajarilishiga nisbatan ijobiy-hissiy

kechinmalar shakllantirilmas ekan, faoliyat ma’suli ham insonning o’z

faoliyatidan ijtimoiy ma’nodagi qoniqishi ham nihoyatda past saviyada bo’ladi.

Ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya jarayoni esa xuddi ana shu erda o’z

ta’sirini, ya’ni faoliyatdan ijtimoiy qoniqish jarayonini ma’lum darajada yuqori

saviyaga ko’tara olish san’atini ko’rsatishi lozim. Taniqli psixolog Ivan Ognev

tomonidan quyidagi tizim asosida shaxsning psixologik himoya mexanizmlari

tavsiya qilinadi.

Ushbu psixologik himoya mexanizmlarining berilishi orqali muallif shaxs

xulqatvori formalarida tashqi (atrof) muhitdan va tajovuzkorlikdan o’zini o’zi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

370

himoya qilish holatlarini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. Shaxsning psixologik

himoya mexanizmlari ayrim nizolarning sub’ektiv sabablariga bevosita ta’sir

etishi mumkin. Shaxsning shaxsiy yoki guruhiy ehtiyojlarini amalga oshirishga

yo’l qo’ymaslik va shaxsiy yoki guruhiy qiziqishlarini poymol qilish kabi sabablar

nizoli vaziyatlarni vujudga keltiradi. Ko’pincha jamoada inkor qilingan xulq-atvor

formalari, ijtimoiy shakllanib borishi bilan individ reaktsiyasi aniqlanadi. Bundan

tashqari, individning nizolarga ishtiroki, uning oldiga qo’ygan maqsadini amalga

oshirish uchun yuzaga kelgan to’siq qay darajada xalaqit berishi bilan aniqlanadi.

Sub’ekt oldiga qo’ygan maqsadi qanchalik muhim bo’lsa va unga erishishni juda

xohlasa, u shunchalik darajada qat’iylik bilan o’zaro nizoli vaziyatlarga va unga

xalaqit beruvchi shaxsga qarshilik ko’rsatadi. Binobarin, chet el ilg’or

psixologiyasida kiyin vaziyatlarda psixologik himoya metodologiyasi uchun

muhim o’rin tutuvchi quyidagi yo’nalishlarga asos solindi:

1.

Ch.Spirmen tomonidan “ikki omil” nazariyasi yaratildi. Bu

nazariyaga muvofiq insonning har bir faoliyatida barcha faoliyatlar uchun umumiy

bo’lgan (1-omil) va aynan mazkur faoliyatga mos bo’lgan (2-omil) barcha

xususiyatlar o’zaro bog’liqlikda tadqiq qilinadi. Tadqiqotchi ushbu omillarning

inson va faoliyat uyg’unligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan psixologik mohiyati

va mazmunini ochib beradi.

2.

L.Terstoun, Dj.Gilford tomonidan yaratilgan “Multifaktor”

nazariyasiga binoan birlamchi aqliy qobiliyatlar (idrok tezligi, xotira

assotsiatsiyalari va hokazo) ning har bir individda tarkib topganlik ko’lami tadqiq

qilindi va shu asosda har bir shaxs faoliyatiga alohida yondashuvni taqozo etuvchi

ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya muhofazaning metodologik printsiplari

ishlab chiqildi.

Umuman, psixologiyada individual farqlanishning 56 xil yo’nalishdagi tipi

ma’lum va mashhur. Masalan, ob’ektiv va sub’ektiv tip (dastavval, A.Bine

tajribalarida qayd etilgan) fikrlovchi faol tip (A.M.Djordantu bo’yicha),

ratsionalistlar va empiriklar


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

371

(U.Djems tadqiqotlari bo’yicha) “chuqur-tor” va “mayda-keng” tip (G.Gross

ma’lumotlari bo’yicha), nazariy, iqtisodiy, estetik, ijtimoiy, siyosiy, diniy tiplar

(E.Shpranger tadqiqotlari bo’yicha); shizotimik va siklotimik tiplar (E.Krechmer

tadqiqotlari bo’yicha); vistserotonik, somatotonik, serebrotonik tiplar (U.Sheldon

bo’yicha); ekstrovert va introvert tiplar (K.T.Yung va G.Yu.Ayzenk ma’lumotlari

bo’yicha) haqidagi empirik ma’lumotlarning qayd etilishi shular jumlasidandir.

Umuman himoya mexanizmlari tushunchasining klassik nomlanishi

Zigmund Freyd tomonidan kiritilgan bo’lsada, Anna Freyd o’zining “Men va

himoyalash mexanizmlari” nomli ilmiy tadqiqotida Z.Freyd g’oyalarini

rivojlantirdi. Bu yutuq, ayniqsa, psixologik antropologiya va etnopsixologiya

sohasida yangi qirralarni ochdi. Aniqrog’i, Anna Freyd himoya mexanizmlari

instinkt talablarini inkor etishni e’tirof etdi. “Psixoanalitiklar K.Xoll va

G.Lindtseylar ham himoya mexanizmlarining klassik nomlanishi asosida tegishli

ilmiy tadqiqotlarni olib boradilar.”

Ekstremal holat bu ekstremal faktorlar va ekstremal mexanizmlar ta’siri

ostida inson ongning o’zgarishi va ularning bosim ostidagi ta’siri tushuniladi. U

fiziologik ta’sirlanish moslashishining (bunday vaziyat jismoniy yoki kimyoviy

xarakterning ekstremal omillarining ta’sirida birinchi navbatda paydo bo’ladi)

yoki psixologik va ahloqiy ta’sirlanishni buzilishi bilan tavsiflanadi (bu axborotli-

semantik xarakterning ekstremal omillarining ta’sirida ko’proq xarakterlidir).

Ko’proq fiziologik tizimning dastlabki ahloqqa oid ta’sirlanish dinamikasiga

sabab bo’lib xizmat qilgan, yoki aksincha, psixologik tavsiflarning o’zgarishi

fiziologik siljishning paydo bo’lishiga olib kelganda ta’sirlanishning

aralashtirilgan tipi bo’lib hisoblanadi. Ekstremal vaziyatlarda “psixologik himoya

mexanizmlari” va “enga olish xulq-atvori” muammolari to’g’risidagi bahslar

ancha oldin yuzaga kelgan bo’lsada, hozirgi kunga qadar davom etmoqda. Bu

shuni anglatadiki, himoya mexanizmlari va yenga olish chegaralarini belgilashda

amaliy va nazariy murakkabliklar yuzaga keladi. Ko’pincha mazkur jarayonlar

maqsadli tarzda namoyon bo’ladi. Shuningdek, psixologik himoya va yenga olish


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

372

fel-atvori ekstremal vaziyatlarda yuzaga kelib “ichki nizoni yechish” funktsiyasini

amalga oshiradi hamda, onglilik va ongsizlik o’rtasidagi ziddiyatda vositachi

sifatida ishtirok etadi. Ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya o’zida: inkor

etish, o’rin almashish, ratsionallik, tushkunlik, identifikatsiya, katarsis va boshqa

ko’plab formalarni aks ettiradi. Himoya mexanizmlari xavotirni tugatish va

qo’rquvdan halos bo’lishdagi kuchli mezonlari orqali o’z ishini samarali olib

boradi.

Psixik

himoyani

funktsional

vazifasi

va

yosh

bosqichlaridagi

urakkabliklariga ko’ra uchga ajratish mumkin. Ular quyidagilardan iborat:

1.

Sensor psixologik himoya - xulq-atvordagi psixosensor boshqaruvni

amalga oshirish orqali organizmda himoya vujudga keladi.

2.

Pertseptiv psixologik himoya - pertseptiv psixologik boshqaruv

yo’lidan foydalanishi natijasida individda himoya paydo bo’ladi.

3.

Shaxsning psixologik himoyasi - shaxsning xulq-atvor, faoliyat va

anglangan xatti-harakatlar natijasida shaxsda himoya vujudga keladi.

Shaxsdagi pertseptiv va sensor himoyalari insondagi biologik etiyojlari

aloqasi orqali tutashadi. Ma’lumki, yuqorida keltirilgan himoya turlari barcha tirik

organizmlar uchun xarakterli hisoblanib shaxsdagi himoya mexanizmlari

insonning o’ziga hos himoya strukturasining yuqori ko’rinishidir. Uning maqsadi

insondagi shaxs ontoginezda psixologik rivojlanishi davridagi ziddiyatlar,

shaxslararo munosabatlardagi o’zaro aloqani saqlashga, himoyalashga

yo’naltirilgan. Ushbu ziddiyatlarda inson organizm yoki individ sifatida emas

balki shaxs sifatida ishtirok etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Elov Z.S. Axmedova A.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda

uchraydigan nutq buzilishlari va ularni yuzaga keltiruvchi sabablarninig bola

ruhiyatiga psixologik ta’siri. respublika ko’p tarmoqli ilmiy tadqiqotlar sammiti.

02/2022. 234-237.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

373

2.

Elov Z.S. Berdiyeva D.Sh. Psychological reasons for suicide

motivation in adolescents with deviant behavior. Oriental renaissance: innovative,

educational, natural and social sciences scientific journal. volume 2, issue 2

February 2022 10031009

3.

Elov Z.S. Ichki ishlаr оrgаnlаri хоdimlаri оrаsidа suisidаl хulq

mоtivаsiyasi nаmоyon etilishining ijtimоiy-psiхоlоgik sаbаblаrI. The best

INNOVATOR IN SCIENCE №1 2022. 583-591

4.

Elov Z.S. Nutqda uchraydigan buzilishlar va ularni yuzaga

keltiruvchi sabablarning bola ruhiyatiga psixologik ta’siri. Pedagogik mahorat

(Ilmiy-nazariy metodologik jurnal). 1, 2022 fevral 103-105

5.

Elov Z.S. O’smirlik dаvridа shахs хulq-аtvоridа kuzаtilаdigаn

rеаksiyalаrning psiхоlоgik tа’siri. science and education scientific journal volume

3, issue 3 march 2022 442-447

6.

Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. Psychodiagnostics. O’quv

qo’llanma. “Turon zamin ziyo” nashriyoti. Toshkent 2014. -B. 298.

7.

Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M.. Psixodiagnostika va eksperimental

psixologiya. o`quv qo`llanma. O’quv qo’llanma. “Turon zamin ziyo” nashriyoti.

T. 2020. -B. 820.