Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
362
EMOTSIYALAR VA ULARNING PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Abilova Dilafruz Xusanboy qizi
Namangan viloyati Yangi Namangan tumani 59-maktab amaliyotchi
psixologi
Annotatsiya: Tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni
ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq
shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi,
yuzlarning tabassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu,
g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir.
Kalit so’zlar: emotsiya, psixik, dinamik streotip, I.V.Pavlov, I.F. Gerbart,
U.Djeyms.
KIRISH.
Emotsiya haqida mulohazalarni tahlil qilishdan oldin insonlarda uchraydigan
vatanparvarlik, javobgarlik, ma‘suliyat, vijdon mehr-oqibat, sevgi-muhabbat
singari yuksak hislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar
edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi,
ta‘sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga
qaramay,ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar
edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy
(hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Ta‘kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o‘zaro
bir – biridan qat‘iy cheklab qo‘yish ham ba‘zi anglashilmovchilikni keltirib
chiqarishi mumkin. Faoliyat, hulq-atvor, muomala sub‘ekti o‘zining shaxsi hamda
jamiyati uchun ahamiyatli hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi
munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va
faoliyatiga aloqador omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib
chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
363
himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar
emotsiyalar deyiladi. Emotsiyalar afaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan
mavjudotlarga ham ta‘luqli ruhiy (psixik) holatlar. Hayvonlardagi emotsiyalar
o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda
tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati , tuzilishi,
ta‘sirchanligi, jadalligi, sifati va shakli bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib
o‘tish sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik hamdardlik
histuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech
vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni
doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi
shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; qondirishga yordam
beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi; uni
harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlardir.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu
narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar
yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va
kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham
yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar
bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam
atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari
ham aks ettiriladi.Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan,
bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil
predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi
yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda
qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish
zavq uyg‘otadi.
Emotsiya shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
364
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi
emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti,
turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,
qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik
ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish,
qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik
odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga
sabab bo‘ladi.
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon
aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham
qatnashadi.
Masalan,
materialni
yaxshi
bilmaydigan
talaba
imtihon
topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay
qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida yuragi orqaga tortib ketdi, sovuq ter bosib
ketdi kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining
ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining
oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim
hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi. Odamda
uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega
bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan
akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga
egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: Menimcha,
ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan
birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida
kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik
streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik
bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak. Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida
dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
365
bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning
ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi.
Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak,
quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa
millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q.
Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz
natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab
dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi,
ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki,
qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib
zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda
qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga
keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi.
Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida
bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi
neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi
bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
Uzoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar tabiati haqidagi masalani
echishga uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu muammo bo‘yicha hech qaday
nuqtai nazarlar mavjud emas edi. Keng tarqalgan qarashlardan hissiyotlarning
organik ifodalanishlari – bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida
paydo bo‘lgan intellektuallashtirish nuqtai nazaridir. Tasavvur fundamental
psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida
o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan
ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning
aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. Shunday qilib,
hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi sub’ektiv, ya’ni, hissiyotlarning psixik
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
366
tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum
organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi asarini chop etdi. Uning
fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiyliklar mavjud. O‘z
fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining tashqi ifodalanishini
kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi. Ushbu kuzatishlardan olingan
ma’lumotlar evolyusion nomini olgan hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu
ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy
muhim bo‘lgan organizmning yashash sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni
ta’minlovchi moslashish mexanizmlari sifatida yuzaga keldi.
Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda u. Djemsning hissiyot nima?
maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U. Djeyms va undan mustaqil ravishda
g. Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan, hissiyotlarning
paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar
sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan
hissiyotlar, emotsional kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha,
yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz
uchun xursand bo‘lamiz. Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum xulq-
atvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va visserosensor afferentatsiya esa
hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi.
XULOSA.
Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega,
chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar,
fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya,
tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin.
Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, axloqiy, estetik yuksak insoniy
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga nisbatan
yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
367
hozirda ham o‘tkazilib kelinmoqda. Hozirda to‘plangan tajribaviy va nazariy
material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir tomondan,
hissiyotlar – turli psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar, inson
qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi sub’ektiv omillar
hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik xususiyatlari
bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida paydo
bo‘ladi, bu esa inson moslashishi va hulq-atvorining boshqarish mexanizmlari
ifodasining xuddi o‘zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va ehtiroslari
yig‘indisi uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual sifatni tashkil
etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy xolatlarning nerv-fiziologik
asoslari.
2.
Psixik holat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni
boshqarish.
3.
Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.
4.
Internet materiallari