Mualliflar

  • Bobomurodova Umida Otabek qizi

Muallif biografiyasi

  • Bobomurodova Umida Otabek qizi

    Aniq va ijtimoiy fanlar universitet iIjtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich magistr

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90548

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: O'smirlar kognitiv rivojlanish psixologik xususiyatlar tafakkur idrok xotira qaror qabul qilish intellektual rivojlanish ijtimoiy omillar ta'lim o'z-o'zini anglash. Keywords: Adolescents cognitive development psychological characteristics thinking perception memory decision-making intellectual growth social factors education self-awareness. Ключевые слова: Подростки когнитивное развитие психологические особенности мышление восприятие память принятие решений интеллектуальный рост социальные факторы образование самосознание.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'smirlarda kognitiv rivojlanishning psixologik xususiyatlari batafsil tahlil qilingan. Kognitiv rivojlanishning o'smirlik davridagi o'zgarishlari, uning aqliy faoliyat, idrok, xotira va qaror qabul qilishdagi ta'siri ko'rib chiqilgan. O'smirlarning tafakkur jarayonlaridagi rivojlanish va murakkablashtirishning psixologik mexanizmlari, shuningdek, ularning intellektual rivojlanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy va madaniy omillar tahlil qilingan. Ushbu maqola o'smirlarda kognitiv rivojlanishni chuqur tushunish uchun muhim ilmiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Abstract: This article provides a detailed analysis of the psychological characteristics of cognitive development in adolescents. The changes in cognitive development during adolescence, including its impact on mental activity, perception, memory, and decision-making, are explored. The psychological mechanisms behind the development and complexity of adolescent thinking processes, as well as the social and cultural factors influencing intellectual growth, are examined. This article serves as an important scientific resource for understanding cognitive development in adolescents.

Аннотация: В данной статье подробно рассматриваются психологические особенности когнитивного развития подростков. Изменения когнитивного развития в подростковом возрасте, влияние на умственную активность, восприятие, память и принятие решений анализируются в контексте данного этапа развития. Обсуждаются психологические механизмы, стоящие за развитием и усложнением мыслительных процессов подростков, а также социальные и культурные факторы, влияющие на интеллектуальный ростЭта статья служит важным научным источником для понимания когнитивного развития подростков.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

341

MAMLAKATIMIZ OLIMLARI TOMONIDAN KOGNITIV

RIVOJLANISH MUAMMOSI

Aniq va ijtimoiy fanlar universitet iIjtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich

magistr

Bobomurodova Umida Otabek qizi

Tel nomer: 906097537

Gmail:ubobomurodova176@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'smirlarda kognitiv rivojlanishning

psixologik xususiyatlari batafsil tahlil qilingan. Kognitiv rivojlanishning o'smirlik

davridagi o'zgarishlari, uning aqliy faoliyat, idrok, xotira va qaror qabul

qilishdagi ta'siri ko'rib chiqilgan. O'smirlarning tafakkur jarayonlaridagi

rivojlanish va murakkablashtirishning psixologik mexanizmlari, shuningdek,

ularning intellektual rivojlanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy va madaniy omillar tahlil

qilingan. Ushbu maqola o'smirlarda kognitiv rivojlanishni chuqur tushunish uchun

muhim ilmiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: O'smirlar, kognitiv rivojlanish, psixologik xususiyatlar,

tafakkur, idrok, xotira, qaror qabul qilish, intellektual rivojlanish, ijtimoiy omillar,

ta'lim, o'z-o'zini anglash.

Abstract: This article provides a detailed analysis of the psychological

characteristics of cognitive development in adolescents. The changes in cognitive

development during adolescence, including its impact on mental activity,

perception, memory, and decision-making, are explored. The psychological

mechanisms behind the development and complexity of adolescent thinking

processes, as well as the social and cultural factors influencing intellectual growth,

are examined. This article serves as an important scientific resource for

understanding cognitive development in adolescents.

Keywords:

Adolescents,

cognitive

development,

psychological

characteristics, thinking, perception, memory, decision-making, intellectual


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

342

growth, social factors, education, self-awareness.

Аннотация: В данной статье подробно рассматриваются

психологические особенности когнитивного развития подростков.

Изменения когнитивного развития в подростковом возрасте, влияние на

умственную активность, восприятие, память и принятие решений

анализируются в контексте данного этапа развития. Обсуждаются

психологические механизмы, стоящие за развитием и усложнением

мыслительных процессов подростков, а также социальные и культурные

факторы, влияющие на интеллектуальный ростЭта статья служит

важным научным источником для понимания когнитивного развития

подростков.

Ключевые слова: Подростки, когнитивное развитие, психологические

особенности, мышление, восприятие, память, принятие решений,

интеллектуальный рост, социальные факторы, образование, самосознание.

Psixologik manbalarda ko’rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati

shundan iboratki, inson tashqi taasurotlarning aks ettirilishidan o’zining keyingi

faoliyatida, xatti-harakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida

ba'zi bir o’zgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko’nikma, malaka va bilim

ko’lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib,

yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma'lumki, agar tashqi olamning

bosh miya katta yarim sharlari qobig'ida xosil bo’ladigan obrazlari, timsollari va

ularning izlari yo’qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi,

murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytatdan jonlanishi mutloqo mumkin

bo’lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o’zaro uzviy

bog’lanib, asta-sekin mustashkamlanib, miya qobig’ida puxta saqlanib qoladi, shu

bilan birga, hayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan

jonlanadi, avvalgi holatini boshqatdan namoyon qiladi.

1

Haqiqattan ham tashqi

1

E.G’oziyev Psixologiya mutaxasisligi uchun o’quv qo’llan II kitob

Toshkent”Universitet”

-2002, 71-88 bet


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

343

omillar natijasida bizning faoliyatimiz va harakatlarimizda ma’lum o’zgarishlar

yuzaga keladi. Hayotimiz davomida orttirilgan shaxsiy tajribalarimiz,

bilimlarimiz, ko’nikmalarimiz natijasida esa nafaqat dunyoqarshimiz, balki, xulq-

atvorimizda o’zgarishlar yuzaga keladi, ma’lum xulq-atvorimizni to’girlashimi,

ma’lumlaridan voz kechishimiz, ma’lumlarini esa shakllantirishimiz mumkin.

Hozirgi davrda qo’llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday

tarzda ta'rif berilib kelinmoqda: "Individning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda

saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi” xotira deb ataladi.Lekin mazkur

ta’riflarni tahlil qilgan professor E.G.G’oziyev tomonidan xotira tushunchasiga

quyidagicha ta’rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va

bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va

produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks

ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda rnnish

hissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umurniylik namoyon qiluvchi ijtimoiy

hodisa barcha taassurotlami ijobiy qayta ishlashga yo 'naltirilgan mnemik

faoliyatdir”. Shuni ta’kidlash joizki, keltirilgan mazkur ta’rif xotiraning murakkab,

keng qamrovli jihatlarini to’la ta'kidlash imkoniyatiga ega [1].

Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash,

esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib

topadi va belgilanadi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida

individual, ya’ni shaxsiy tajribani to’plash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan

keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum

materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi

[1].Deylik, bugun o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga yangi mavzu o’tildi.

O’tilgan mavzuni eslab qolish va esda saqlash har bir o’quvchining individual

xususiyatlariga bog’liq hisoblanadi.O’quvchining faoliyati davomida zarur

vaziyatda o’qituvchi tomonidan berilgan ma’lumotdan foydalanishi uni qayta esga

tushurish jarayoni hisoblanadi, aksincha o’quvchining faoliyati davomida ushbu

ma’lumotlar kerak bo’lmasa yoddan chiqarishga olib keladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

344

Shu o’rinda ta'kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha

klassifikasiya qilinadi:

E.G’oziyev tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" o’quv

qo’llanmasida xotira turlari quyidagicha klassifikasiya qilingan.

1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra:

a) harakat yoki motor harakat xotirasi;

b) obrazli xotira;

v) his-tuyg'u yoki hissiyot xotirasi;

g) so ’z-mantiq xotira.

2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan:

a) ixtiyorsiz;

b) ixtiyoriy;

v) mexanik.

3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:

a) qisqa muddatli xotira;

b) uzoq muddatli xotira;

v) operativ (tezkor) xotira.

4. Ruhiy faoliyat qo’zqatuvchisining sifatiga kо'ra:

a) musiqiy;

b) eshitish xotirasi.

5. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:

a) fenomenal;

b) kasbiy [1].

Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga,

fikrning originallik davajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

345

Professor E.G’.G’ozyievning "Umumiy psixologiya” darsligida tafakkur turlari

quyidagicha klassifikasiya qilinadi:

Tafakkur turlari:

Shakliga ko’ra: ko’rgazmali-harakat, ko'rgazmali-obrazli

Topshiriq xarakteriga ko’ra: nazariy, amaliy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy

Fikr yoyiqligiga ko’ra: konkret, abstrakt, realistik, autistik, intuitiv, diskursiv

Fikrning originallik darajasiga ko'ra: reproduktiv, produktiv, ijodiy, vizual,

fazoviy

V.Karimovaning ’’Psixologiya” o’quv qo’llanmasida tafakkur turlari

quyidagicha klassifikasiya qilinadi:

Shakliga ko'ra: ko'rgazmali-harakat, ko’rgazmali-obrazli, mantiqiy

Ko'riladigan masalaning xarakteriga ko’ra: nazariy, amaliy, ijodiyiik

Elementiga ko'ra: konvergent, divergent

Yangiligi va noyobligiga ko’ra: reproduktiv, produktiv (ijodiy).

2

O’quvchilarning o’quv predmetiga munosabati, unga diqqat bilan qarash ko’p

jihatdan darsda o’qituvchining o’quv materialini jonli, emotsional, qiziqarli,

tushunarli, shu bilan birga to’liq va chuqur o’qita bilishga bog’liq. Bu talablarga

rioya qilmaslik darsda o’quvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali

qiziqishlaming paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirlarda chuqur, barqaror

qiziqishni tarbiyalash, o’qitishning mazmunini jiddiy o’ylab ko’rilganligi ularda

diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi. Bu shart-sharoitlarga rioya

qilinsa, o’smir diqqatini boshqarishga halal beradigan ba’zi impulsiv (ixtiyorsiz)

harakatlarga qaramay. o’z diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va to’xtab turish

mumkinligini tezda egallab oladi. U o’zi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat

bilan bajarish zarur bo’lsa, o’zini bu ishga majbur eta oladi. Masalan, hamma

predmetlardan beriladigan vazifalarga nisbatan o’smirlarda kichik maktab

yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi ham o’zgaradi. Agar kichik

yoshdagi maktab o’quvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik

2

F.I.Xaydarov. N.I.Xalilova Umumiy psixologiya darslik Toshkent-2010, 199-201 bet


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

346

diqqatliligini aniq belgiiab bersa, o’smir esa o’zining diqqatsizligini yashira oladi.

Faqat o’qituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlashi mumkin deb fikr

bildirishgan N.Xalilova va F.Xaydarov.

3

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda, kognitiv rivojlanish muammosi keng

qamrovli bo’lib, nafaqat mamlakatimiz olimlari tomonidan balki butun dunyodagi

olimlar tomonidan uzoq vaqt davomida o’rganilgan va hozirgacha o’rganib

kelinmoqda. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, olimlarning kognitiv rivojlanish

jarayoniga nisbatan fikrlari va qarashlari turlicha bo’lib, ularning o’rtasida ma’lum

tavofutlar, bir-birining fikrlarini inkor qilish yoki aksincha nazariyalarga

qo’shimcha qilinganlik holatlarini ko’rishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

E.G’oziyev Psixologiya mutaxasisligi uchun o’quv qo’llan II kitob

Toshkent”Universitet”-2002, 71-88 bet

2.F.I.Xaydarov. N.I.Xalilova Umumiy psixologiya darslik Toshkent-2010,

199-201 bet

3.F.I.Xaydarov. N.I.Xalilova Umumiy psixologiya darslik Toshkent-2010,

121-127-bet

3

F.I.Xaydarov. N.I.Xalilova Umumiy psixologiya darslik Toshkent-2010, 121-127-bet