Mualliflar

  • Hamidov Doston Rustam o‘g‘li

Muallif biografiyasi

  • Hamidov Doston Rustam o‘g‘li

    Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi  o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90551

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: raqobat xizmat koʻrsatish sohasi xizmatlar bozori boshqarish raqobatbardoshlik salohiyati raqobat ustunligi.

Annotasiya

Annotasiya: mazkur maqolada “raqobatbardoshlik” kategoriyasi boʻyicha ilmiy yondashuvlar, korxona salohiyati tarkibiy qismlari ishlashining kuchli va zaif tomonlari, raqobatbardoshlik salohiyatini aniqlovchi omillar, xizmat koʻrsatish korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish usullari va vositalari, raqobat ustunliklarin aniqlash, xizmat koʻrsatish korxonalarida raqobat salohiyatining shakllanishi tadqiq qilingan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

321

XIZMAT KOʻRSATISH SOHASIDA RAQOBATBARDOSHLIK

SALOHIYATINI YO‘LLARI VA YONDASHUVLARI

Hamidov Doston Rustam o‘g‘li

Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali Raqamli

texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi

tel:99-384-07-63

Annotasiya: mazkur maqolada “raqobatbardoshlik” kategoriyasi boʻyicha

ilmiy yondashuvlar, korxona salohiyati tarkibiy qismlari ishlashining kuchli va zaif

tomonlari, raqobatbardoshlik salohiyatini aniqlovchi omillar, xizmat koʻrsatish

korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish usullari va vositalari, raqobat

ustunliklarin aniqlash, xizmat koʻrsatish korxonalarida raqobat salohiyatining

shakllanishi tadqiq qilingan.

Kalit soʻzlar: raqobat, xizmat koʻrsatish sohasi, xizmatlar bozori,

boshqarish, raqobatbardoshlik salohiyati, raqobat ustunligi.

Jahon hamjamiyatining iqtisodiy rivojlanish dinamikasi, raqobat kurashi

muammolari shuningdek, globallashuv jarayoniga intilayotgan har qanday

mamlakat iqtisodiyoti uchun raqobat, uning nazariy va amaliy tadqiqoti muhim rol

oʻynaydi. Chunki, milliy iqtisodiyotni zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning muhim

va ustuvor yoʻnalishlaridan biri – bu toʻlaqonli, adolatga asoslangan raqobat

kurashi va uning muhitini shakllantirishdan iborat.

Bugungi kunda raqobatga katta e'tibor qaratilmoqda, u alohida shaxslarning

mehnati va salohiyati hamda mamlakat va alohida hududlarda raqobatbardoshlikni

oshiradi. Raqobat yordamida tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar bir-

birining faoliyatini kuzatishi va nazorat qilishi mumkin hamda oʻzlarining

individual xususiyatlarining koʻpayishi yoki kamayishini kuzatishlari uchun

barcha imkoniyatlar va zarur resurslarga ega boʻladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

322

Tadqiqot jarayonida xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida

raqobatbardoshlik salohiyatini oshirishni oʻrganishga dialektik va tizimli

yondashuv, qiyosiy tahlil, statistik va dinamik yondashuv hamda guruhlash

usullaridan foydalanildi. Shuningdek, xizmat koʻrsatish korxonalarida raqobat

salohiyatining shakllanishi xizmat koʻrsatish jarayonlarining xususiyatlariga

asoslanganligi ilmiy-uslubiy jihatdan tadqiq qilingan.

Raqobatbardoshlik xizmatning oʻziga xos xususiyatlari bilan emas, balki

xaridni amalga oshiradigan mijozlar uchun jozibadorligi bilan bogʻliq boʻladi.

Shuningdek, raqobatbardoshlikni xizmatlarning iste'molchilar ehtiyojlarini

qondirish darajasi hamda ularni sotib olish va ishlatish xarajatlari boʻyicha boshqa

oʻxshash tovarlar yoki xizmatlardan farqini belgilaydigan iste'mol

xususiyatlarining toʻplami sifatida aniqlashimiz mumkin .

Raqobatbardoshlik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

bozorda taqdim etilgan oʻxshash ob'ektlarga nisbatan aniq ehtiyojning

real yoki potensial qondirilish darajasi bilan tavsiflanadigan ob'ektning mulki;

bozorda oʻxshash ob'ektlar bilan taqqoslaganda raqobatga dosh berish

qobiliyati;

ma'lum bir xizmat koʻrsatish korxonalarining rivojlanishidagi

raqobatdosh xizmat koʻrsatish korxonalarining rivojlanishidan ularning xizmatlari

odamlarning ehtiyojlarini qondirish darajasi va ishlab chiqarish faoliyati

samaradorligi nuqtai-nazaridan farqlarini ifodalovchi belgidir.

“Raqobatbardoshlik” kategoriyasi boʻyicha ilmiy yondashuvlarni toʻrtta

asosiy guruhga ajratib oʻrganish mumkin.

Birinchi guruh

– “koʻp bosqichli yondashuv” raqobatbardoshlik

kategoriyasining koʻp qirrali xususiyatiga asoslangan. Ushbu yondashuv

tarafdorlari

M.Porter,

A.P.Latkin,

O.V.Vorozxbit,

T.G.Filosofova

va

V.A.Bikovlardir.

M.Porter globallashuv sharoitiga qaramay, milliy raqobatbardoshlik

bevosita ma'lum bir mahalliy sharoitga bogʻliq boʻlgan omillar majmuasiga bogʻliq


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

323

ekanligiga e'tibor qaratadi.

O.Yu.Vorojbit va A.P.Latkin raqobatbardoshlikni quyidagi darajalarga

ajratgan:

induvidual daraja, ya'ni mahsulot raqobatbardoshligi;

mikro daraja, ya'ni korxona raqobatbardoshligi;

me'zo daraja, ya'ni muayyan tarmoqdagi raqobatbardoshlik;

makro daraja, butun bozordagi raqobatbardoshlik [2].

Ikkinchi guruh

– “mahsulot yoki xizmat raqobatbardoshligiga asoslangan

yondashuv”. Bunday yondashuv raqobatbardoshlikni mahsulot yoki xizmatning

raqobat muhitida korxona savdosining muvaffaqiyatini ta'minlash qobiliyati

sifatida belgilaydi. Ushbu yondashuv tarafdorlari orasida G.L.Azoev,

P.S.Zavyalova, L.Sh.Lozovskogo, M.Dolinskuyu, I.Soloveva, R.A.Fatxudinova va

boshqalarni alohida ajratib koʻrsatish mumkin. Ularning fikricha, “xizmat

koʻrsatish korxonalari raqobatbardoshligi – bu korxonaning bozorlarda

raqobatlasha olish, yuqori sifatli tovar yoki xizmatlarni, arzon narxlarni taqdim

etishi, xaridorlarga qulaylik yaratishi” deb ta'riflagan.

R.A.Fatxutdinov korxona raqobatbardoshligi «raqobatbardosh mahsulot

yoki xizmatni ishlab chiqarish qobiliyati» deb hisoblaydi. Bundan tashqari,

mahsulot raqobatbardoshligi deganda, «bozorda sotilayotgan oʻxshash tovarlarga

nisbatan ma'lum ehtiyojning real yoki potensial qondirish darajasi» tushuniladi deb

izohlagan [19].

Uchinchi guruh

– “bozor ulushini baholashga asoslangan yondashuv” [11].

Ushbu yondashuv tarafdorlari E.Dj.Vizer, M.Meskon, A.Albert, F.Xedouri,

P.U.Zulkarpaev va L.R.Ilyasovlar boʻlib, ular raqobatlashuv qobiliyati - bu

koʻproq mahsulot ishlab chiqarish, saqlash va sotish uchun ma'lum

imkoniyatlardan foydalangan holda korxonaning raqobatchilarga qaraganda

muvaffaqiyatli boʻlish qobiliyati deb hisoblaydilar.

E.Dj.Vizerning

fikriga

koʻra,

xizmat

koʻrsatish

korxonalari

raqobatbardoshligi - bu korxonaning bozor ulushini egallash, saqlab qolish va


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

324

oshirish qobiliyatidir. A.Meskon, A.Albert, F.Hedourilarning fikricha xizmat

koʻrsatish korxonalarini raqobatchilar bilan solishtirganda raqobatdosh

ustunliklarga ega boʻlishi va raqobatbardoshligini saqlab qolishida ekanligi

ta'kidlanadi, bu nafaqat yangi iste'molchilarni jalb qilish imkonini beradi balki,

tovar yoki xizmatlarning kelajakda ham saqlab qolishidir .

Toʻrtinchi guruh

– “korxona rentabelligini baholashga asoslangan

yondashuvlar”.

Bunday

yondashuvlar

raqobatbardoshlikning

quyidagi

xususiyatini namoyon qiladi: ushbu holatda korxonaning qisqa vaqt ichida

qoʻyilgan kapitaldan raqobatdosh korxonalar foydasidan koʻra koʻproq foyda olish

qobiliyati raqobatbardoshlikdir. Shunday qilib, ushbu konsepsiyani oʻz tarkibiga

xizmat koʻrsatish korxonalarining quyidagi xususiyatlarini kiritish orqali

kengaytirishga urinishlar mavjud: investisiya qilingan kapitaldan qisqa muddatda

belgilanganidan past boʻlmagan foyda olish qobiliyati .

Xizmat koʻrsatish korxonalari raqobatbardoshligi deganda – aholining

xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun ma'lum bir vaqtda oʻz xizmatlari

va mahsulotlari bilan ma'lum bir bozordagi korxonaning oʻziga xos xususiyatlari,

oʻzgaruvchan muhitda foyda olish va samaradorlikka erishish uchun

raqobatchilardan ustun turish qobilyatini ta'minlaydigan faoliyat.

Hozirgi vaqtda xizmatlar bozorida raqobat darajasi oshib borayotgan

sharoitda xizmat koʻrsatish korxonalarining raqobatbardoshlik salohiyatini

rivojlantirishga tobora koʻproq e'tibor qaratilmoqda. Buning sababi shundaki,

raqobatbardoshlik salohiyatining uzoq muddatli istiqbolda raqobat ustunligini

saqlab qolish va uni oshirishga qodir boʻlgan asosdir. Korxona salohiyatining

mohiyatini keng tarqalgan talqini muayyan maqsadlarga erishish uchun ishlatilishi

mumkin boʻlgan tabiiy sharoitlar va resurslar, zahiralar va qadriyatlar toʻplami

hisoblanadi. Bundan tashqari, ba'zida korxonaning potensiali iqtisodiy tizimning

mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati (bu uning ishlab chiqarish quvvati sifatida

talqin qilinishiga yaqin) yoki ishlab chiqaruvchi kuchlarning imkoniyati sifatida

muayyan samarani ta'minlash qobiliyati sifatida belgilanadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

325

1-jadval.

Korxona salohiyati tarkibiy qismlari ishlashining kuchli va zaif tomonlari

Potensial

komponent

Kuchli tomonlari

Zaif tomonlari

Ishlab

chiqarish

Mahsulot tannarxining past

darajasi; mahsulotning yuqori

sifati; fondlar qaytimining

yuqori darajasi; zamonaviy

yuqori samaradorlikka ega

jihozlar.

Eskirgan uskunalar;

raqobatchilarga nisbatan

yuqori narxni oʻrnatilishi;

ishlab chiqarish (xizmat

koʻrsatish) quvvatlaridan

foydalanishning past darajasi.

Kadrlar

Kadrlarning yuqori malakasi va

kompetentligi; gʻoyalarni

yaratishga xodimlarning

layoqati; ijobiy ishbilarmolik

obroʻi.

Mehnatni motivasiyalash va

ragʻbatlantirishning

samarasiz tizimi; kadrlar

qoʻnimsizligi- ning yuqori

darajasi.

Marketing

Bozorning yuqori ulushi;

samarali reklama va

mahsulotlarni (xizmatlarni)

sotishni ragʻbatlan-tirish;

iste'molchilarning mahsu-

lotlarga nisbatan yuqori

faolligi; mahsulotlarni yuqori

darajada tabaqalashishi.

Assortimentning turlarining

etarli darajada emasligi;

bozor ulushining pasayishi;

mijozlar soning qisqarishi.

Moliyaviy

Qarz mablagʻlarining

mavjudligi; yuqori

ishbilarmonlik faolligi;

aktivlarning yuqori likvidligi;

barqaror moliyaviy holat;

kapitalning yuqori rentabellik

Moliyaviy resurslardagi

etishmovchilik; moliyaviy

holat-ning beqarorligi;

kreditorlarga qaramlikning

yuqori darajasi;

rentabellikning past


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

326

darajasi.

koʻrsatkichi.

Tashkiliy

imkoniyatlar

(boshqaruv)

Malakali menejment; samarali

tashkiliy tuzilma.

Menejerlar malakasining past

darajasi; boshqaruv

qarorlarini qabul qilishdagi

faollikning pastligi.

Ilmiy-texnik

Innovasiyalarni ishlab chiqish;

mehnat jarayonlariga

innovasiya-larni joriy etish;

intellektual mulk ob'ektlari

(patentlar).

Raqobatchilar bilan

taqqoslaganda

texnologiyaning yuqori

energiya sigʻimkorligi.

Logistika

Murakkab jihozlar; avtomobil

yoʻllari; etkazib berish

muddatini tezlashtirish; ulgurji

savdo imkoniyatlari.

Moliyaviy

resurslarning

etishmasligi;

etkazib

beruvchilar

va

iste'molchilarga

yuqori

darajada bogʻliqlik.

Yuqoridagi tarkibiy qismlar va omillarni hisobga olgan holda, korxona

oʻzini oʻzi tashkil etish va biznesni moslashtirishning murakkab jarayonlarini ishga

tushirishi, sinergik ta'sir tufayli qoʻshimcha raqobatdosh ustunliklarni ta'minlashi

va korxonaning boshqaruvchanligi va raqobatbardoshlik darajasini oshirishi kerak.

Raqobat munosabatlarining yangi xarakterini oʻrganishning istiqbolli

yoʻnalishlaridan biri – bu raqobatbardoshlik salohiyatidir. Raqobat salohiyati

tushunchasi hali ham yaxlit qabul qilingan talqinga ega emas va uning mazmun

yukiga oid noaniq pozisiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda raqobat salohiyatining

rolini etarlicha baholanmaslikka olib keladi.

“Raqobatbardosh salohiyat” tushunchasi birinchi marta L.V.Balabanova va

A.V.Balabanislar tomonidan qarab chiqilgan boʻlib, bu orqali mualliflar “bozorda

barqaror raqobatdosh mavqeni ta'minlaydigan, qulay marketing muhiti sharoitida

korxonaning

raqobatdosh

ustunliklariga transformasiyalanishi boʻyicha


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

327

kompaniyaning mavjud raqobatdosh ustunliklari va marketing imkoniyatlari

yigʻindisini tushunadilar”.

R.A.Fatxutdinov tizimning raqobatdosh ustunligi tizim egalik qiladigan va

unga raqobatchilarga nisbatan ustunlik beradigan eksklyuziv qiymat ekanligini

ta'kidlaydi .

Korxona raqobat ustunligining mavjud ta'riflarini tahlil qilish va

umumlashtirish, raqobatdosh ustunliklarga erishish, saqlash va oshirishga yordam

bergan sabablarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Raqobat ustunligi – bu

etarli va samarali raqobat salohiyatini shakllantirgan va oshirgan hamda

raqobatchilardan ustunlikni ta'minlagan noyob omillar tizimidir.

Ma'lumki, xizmatlar moddiy shaklga ega boʻlmagan, aholi ehtiyojlarini

qondirishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy faoliyatning alohida turi hisoblanadi.

Xodimlarning xizmat koʻrsatishdagi faoliyati oldi-sotdi ob'ekti boʻlgan natijani

shakllantiradi va pirovardida ishlab chiqarilgan xizmatlar hajmi mamlakat yalpi

ichki mahsuloti tarkibiga rasmiy tarzda kiritiladi. Shuning uchun xizmat koʻrsatish

korxonalarida

raqobat

salohiyatining

shakllanishi

xizmat

koʻrsatish

jarayonlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tavsiflanishi zarur.

Xulosa va takliflar

. Xulosa qiladigan bulsak raqobatbardoshlik quyi-

dagilarni oʻz ichiga oladi:

- bozorda taqdim etilgan oʻxshash ob'ektlarga nisbatan aniq ehtiyojning real

yoki potensial qondirilish darajasi bilan tavsiflanadigan ob'ektning mulki; bozorda

oʻxshash ob'ektlar bilan taqqoslaganda raqobatga dosh berish qobiliyati;

Hozirgi vaqtda xizmatlar bozorida raqobat darajasi oshib borayotgan sharoitda

xizmat koʻrsatish korxonalarining raqobatbardoshlik salohiyatini rivojlantirishga

tobora koʻproq e'tibor qaratilmoqda. Buning sababi shundaki, raqobatbardoshlik

salohiyatining uzoq muddatli istiqbolda raqobat ustunligini saqlab qolish va uni

oshirishga qodir boʻlgan asosdir.

Xizmat koʻrsatish korxonalari raqobatbardoshlik salohiyati – bu raqobatli

bozorda muayyan maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan korxona faoliyati uchun


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

328

biznes jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur resurslar majmuidir.

Raqobatbardoshlik salohiyati – raqobatbardoshlikning muhim va zarur elementi

hisoblanadi. Bunda resurs, funksional va natijaga yoʻnaltirilgan yondashuvlar

asosida raqobat salohiyati kategoriyasi tizimlashtirildi. Bunda korxonaning

raqobat salohiyatini boshqarish uning elementlariga ta'sir koʻrsatish orqali sodir

boʻladi.

Adabiyotlar roʻyxati:

1. Balabanova L.V. Marketingove upravleniya konkurentosposobnostyu

predprinimatelstv: strategicheskiy podxod: Monografiya. / L.V. Balabanova, V.V.

Xolod. - Donesk: DonDUET, 2006. - S. 294.

2. Vorojbit O.Yu. Konkurentosposobnost ekonomicheskix sistem:

monografiya / O.Yu.Vorojbit, V.A. Osipov, A.I. Tonkix. – Vladivostok: izd-vo

VGUES. 2011. – 124 s.

3. Gribov V.P. Ekonomika predpriyatiya: uchebnik V.P. Gribov,

V.D.Gruzinov. - M.: Finansi i statistika. -2012. - 426 s.

4. Dolinskaya M.G. Marketing i konkurentosposobnost promishlennoy

produksii / M.G.Dolinskaya, I.A. Solovev. –M.: izb-vo “Standarti”. 1991. – 128 s.

5. Zagorna T.O. Upravleniya konkurentnim potensialom torgovoy marki:

Avtoref. dis. kand. ekon. nauk. - Donesk: DonDUET, 2005. – S. 5.

6.

Zavyalov

P.S.

Rol

marketinga

v

reshenii

problemq

konkurentosposobnosti Rossiyskix tovar o proizvoditeley / P.S.Zavyalov //

Marketing, 1996. №6. 21-30 s.

7. Zulkarpaev I.U. Metod rascheta integralnoy konkurentosposobnosti

promishlennix, torgovix i finansovix predpriyatiy / I.U.Zulkarpaev, L.R.Ilyasova

// Marketing v Riossii i za rubejom. – 2001. №4. 17-27 s.