Mualliflar

  • Abdiraxmonova Maxfuza Nodir qizi
  • Choriyev Chori Komilovich

Muallif tarjimai holi

  • Abdiraxmonova Maxfuza Nodir qizi

    Termiz muhandislik-texnologiya universiteti Bino va inshootlar kafedrasi asisstenti

  • Choriyev Chori Komilovich

    Termiz muhandislik-texnologiya universiteti Arxitektura (turlari bo’yich)

    II bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90555

Annotasiya

Qadimiy termiz yaqinida o`nlab asrlarning taloto`piga guvoh bo`lgan ko`hna shahar xarobalari joy olgan. Bu xarobalar bir paytlar fotix iskandar maqduniy (er.avv 356-323) tashabbusi bilan qadim baqtriya hududida qurilgan, haligacha o`rni to`liq aniqlanmagan oks iskandariyasi bo`lishi mumkin. Bu ko`hna inshoot amudaryo (oks)ning o`ng qirg`og`ida, muzrobod tumani sho`rob qishlog`i yaqinida joylashgan. Bu haqda bir qator tarixiy manbalar, jumladan misrlik geograf olim Ptolamey (100-170) tuzgan tarixiy xaritasida, tarixchi hofizi abruning (taxm. 1451 vafot et.) asarida bir qator ma`lumotlar keltiriladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

294

SURXONDARYO VOHASINING ANTIK YODGORLIGI KAMPIRTEPA

HAQIDA HAQIQATLAR

Abdiraxmonova Maxfuza Nodir qizi

Termiz muhandislik-texnologiya universiteti Bino va inshootlar kafedrasi

asisstenti

Choriyev Chori Komilovich

Termiz muhandislik-texnologiya universiteti Arxitektura (turlari bo’yich)

II bosqich talabasi

Qadimiy termiz yaqinida o`nlab asrlarning taloto`piga guvoh bo`lgan ko`hna

shahar xarobalari joy olgan. Bu xarobalar bir paytlar fotix iskandar maqduniy

(er.avv 356-323) tashabbusi bilan qadim baqtriya hududida qurilgan, haligacha

o`rni to`liq aniqlanmagan oks iskandariyasi bo`lishi mumkin. Bu ko`hna inshoot

amudaryo (oks)ning o`ng qirg`og`ida, muzrobod tumani sho`rob qishlog`i yaqinida

joylashgan. Bu haqda bir qator tarixiy manbalar, jumladan misrlik geograf olim

Ptolamey (100-170) tuzgan tarixiy xaritasida, tarixchi hofizi abruning (taxm. 1451

vafot et.) asarida bir qator ma`lumotlar keltiriladi.

Oksiana iskandariyasi nomi qadimgi mualliflardan faqat klavdiy ptolemey

(mil. II asri) tomonidan qayd etilgan. U o`zining «geografik qo`llanma»sida

baqtriya va so`g`diyona haqida keng miqyosli geografik va etnografik

ma`lumotlar, hamda oks bo`yi, oks (amudaryo) va yaksart (sirdaryo) oralig`ida

joylashgan shaharlar ro`yhatini keliradi: «yaksartda sug`diylarning kiresxata tog`li


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

295

shahri, oksda esa maruka, xolbisin daryolar orasida joylashgan”. Taxminan,

miloddan avvalgi VI asr oxirida, baqtriya ahamoniylar tomonidan bosib olingach,

kampirtepadan taxminan 1 km uzoqlikda, mustahkam sho`rtepa qal`asi qurilgan va

u miloddan oldingi IV asr oxiriga qadar - iskandar qo`shini tomonidan yo`q

qilingunga qadar mavjud bo`lgan. 1480-1490 yillarda nashr etilgan ptolemey

geografik atlasining xaritalarida, oksiana iskandariyasi oksning chap qirg`og`idagi

xaraxarta va daryoning o`ng qirg`og`ida indikomardon (termiz shahri hududida)

orasida joylashgan. Bu ham bugungi kun nuqtai nazaridan kampirtepa hududiga

to`g`ri keladi.

Iskandar maqduniyning rejasi

Ma`lumki, tangrinig erkasi deya nom olgan yunon-makedon sarkardasi

iskandar maqduniy qo`shini miloddan avvalgi 331 yilda gavgamel shahri

yaqinidagi yalanglikda fors podshosi doroning ikki yuz ellik minglik lashkarini tor-

mor etadi. Natijada ikki asrdan buyon mag`ribu mashriqni qo`rquvda tutib

kelayotgan ahmoniylar davlati barham topdi. Mag`lub podshoh mash`um

kungacha o`ziga tobe bo`lgan mamlakatning shimoli tomoniga qochadi, ammo

yo`lda hamrohlari bo`lmish baqtriya va sug`d noibi bess tomonidan xiyonatkorona

o`ldiriladi. Bu xabarni eshitgan iskandar qattiq g`azablangan bo`lsa-da, u markaziy

osiyo tomon yurishini kechiktirmaydi. Garchi Iskandar bu diyorlarda qattiq

qarshilikka uchragan bo`lsa-da, baribir o`z maqsadiga yetadi. Bir paytlar

ahamoniylar mulkiga tobe bo`lgan baqtriya va sug`dning tasarrufiga o`tadi.

Albatta, Iskandarning bostirib kelishi bu o`lka uchun katta talafotlarga ham sabab

bo`ldi, minglab gunohsiz insonlar qoni to`kiladi. Ammo, shu bilan birga iskandar

o`zi bosib olgan hududlarda yangi-yangi istehkomlar, imoratlar, shahar va qal`alar

qurishga amr qildi.

Tuproq ostidagi haqiqatlar

Bu erda1972 yildan boshlab Tohariston arxeologik ekspedisiyasi tarkibida bir

guruh arxeologlar tomonidan ko`p yillar tadqiqotlar olib borilgan, natijada ko`plab

topilmalar va ma`lumotlar qo`lga kiritilgan. Ushbu tadqiqotlarning eng katta


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

296

yutug`i Oks (Amudaryo)ning o`ng qirg`og`ida Iskandar Maqduniyning 329-327

yillardagi yurishlari vaqtida, yurtimiz hududida barpo etilgan eng qadimgi yunon-

makedon frurioni topilgani bo`ldi. O`tmishda Kampirtepa frurioni qayta qurilish

jarayonini boshidan o`tkazgan va keyinchalik dastlabki, mudofaa qobiliyatini

yo`qotib, Kushonlar davrida (mil.I-II asr o`rtalari) savdo karvonlarga xizmat

ko`rsatuvchi tijorat va bojxona idorasiga aylangan. Milodiy II asr o`rtalariga kelib,

kuchli zilzila va Amularyoning toshishi natijasida shaharcha tamomila bo`shab,

huvillab qolgan. Tadqoiqtlar davomida salavkiylar va Yunon-Baqtriya tangalari,

keramika va Kampirtepada ellinistik davrining quyi madaniy qatlamlari mavjud

bo`lgani haqida dalolat beruvchi bir qator obyektlar aniqlangan. Xususan,1999 yil

sentyabr oyida O`zFA akademigi, arxeologi Edvard Rtveladze boshchiligidagi

izlanishlar davridabu erdan miloddan avval III asrga mansub sopol buyumlar

ustaxonasi, ilkellinistik (ehtimol, salavkiylar) davridagi ayvonli uy va shartli

ravishda «blindaj» deb nomlangan katta inshoot topilgan.

O`rtayer dengizi bo`yidagi qal`alarga o`xshaydi

Eski ahamoniylar qal`asi o`rniga qurilgan yunon-makedon qal`asining umumiy

maydoni 5 gektardan oshadi. Mazkur majmua tarkibida turar-joylar, markaziy

bastion, xazinalar saqlanadgan g`azna, ibodatxona o`rin olgan. Bu hududdan

topilgan kushon davri tangalar bir paytlar kampirtepa shaharchasi bu davlatning

muhim moliviy markazlaridan biri bo`lganini ko`rsatadi.

Qal`a tashqarisida, daryo

sohilad kemalar kelib to`xtaydigan va jo`nab ketadigan bandargoh qurilgan. Bu

erdan olisdanig kemalar uchun mo`ljal vazifasini bajargan baland inshoot – mayoq

qoldiqlari ham aniqlangan. Qal`aga olib kiradigan darvozallar ulkan va mahobatli

bo`lib, bir paytlar o`rtaer dengizi bo`yidagi shaharlarda qurilgan qal`a va

qo`rg`onlar darvozasiga o`xshab ketadi. Keyingi yillarda ushbu hududning

mikrorelefi sezilarli darajada o`zgargan – amudaryo qayirlarida joylashgan bu

hududni bugungi kunda sholikorlik maydonlari ishg`ol qilgan, qal`aning janubiy-

g`arbiy tomoni bo`ylab kanal o`tkazilgan, sharqiy tomondagi ko`hna tepaliklarxxi

asrning boshlariga kelib tarvuz ekish uchun tekislangan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

297

Oy-xonim, Eski Termiz yoki Kampirtepa?

Garchi Iskandariya oksianasi mavjud bo`lganini fanda hech kim inkor etmasa-

da, uning aynan qaysi hududda bo`lgani ancha paytdan beri olimlar o`rtasidagi

murosasiz bahs mavzularidan biri bo`lib keldi. Kimdir bu shaharchani

afg`onistondagi oyxonim shahri yaqinidagi xarobalarga olib borib taqadi, kimdir

uning o`rni eski termiz shahri o`rnidan izladi. Va albatta, kampirtepa ham ana shu

hududlar qatorida zikr etib kelindi. Shunisi aniqki, ptolemey xaritalarida (1480,

1490, 1540 yillar nashri) oksiskandariyasi oks (amudaryo) ning o`ng shimoliy

qirg`og`ida baqtra shahridan shimolda, oy-xonim esa chap qirg`oqda

baqtradansharqda ko`rsatilgan. 1540 yilda nashr etilgan S. Myunster xaritasida

ham shunday ma`lumotni tasdiqlaydi. Xx asrning ikkinchi yarmida va xxi asr

boshlarida oyxonim, eski termiz va kampirtepaning qadimiy joylarini o`rganish

mobaynida olingan arxeologik ma`lumotlar batafsil solishtirildi.

Oy-xonim va kampirtepadagi qurilish materiallarini taqqoslashga asoslangan

maxsus tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, mil.avv. IV asr oxiri - III asr boshiga mansub

kampirtepa inshootlari to`rtburchak shaklidagi xom g`ishtdan barpo etilgan, oy-

xonimdagi binolar esa faqat miloddan avvalgi III asrning o`rtalaridan boshlab


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

298

ishlatilgan kvadrat xom g`ishtdan qurilgan. Eski termiz shaharchasida olib borilgan

keyingi arxeologik tadqiqotlarda ham oksiana iskandariyasi o`rnini isbotlash uchun

muhim bir ma`lumot topilmadi. 2000 yillarning boshida Rtveladze oks

iskandariyasining o`rnini kampirtepa qal`asi deb belgilash haqida fikr bildirdi.

Kampirtepa mil.avv. IV asr oxiri - III asrning boshida xilma-xil tuzilishga va

ahamiyatli darajada katta o`lchamga ega shaharcha bo`lib, undagi sharoitlar ushbu

davrda oy-xonimda ham, eski termizda ham arxeologik jihatdan qayd qilinmagan.

Agar mo`ljallar to`g`ri bo`lsa, ptolemey xaritalarida belgilangan oks iskandariyasi

g`arbdan xaroxarta va sharqdan indikomardon shaharlari oralig`ida mavjud

bo`lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1.

Абдирахмонова М., Бобомуродова М. ЖАМОАТ

МАРКАЗЛАРИНИНГ БУГУНГИ КУНДАГИ ЗАМОНАВИЙ

ЛОЙИҲА-ТАКЛИФЛАРИ //Zamonaviy dunyoda innovatsion

tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot. – 2022. – Т. 1. – №. 24. – С. 309-313.

2.

Abdiraxmonova M. KOKILDOR OTA XONAQOHI //Theoretical aspects

in the formation of pedagogical sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 334-

336.

3.

Абдирахмонова

М.

ТУРИЗМ

ИНФРОСТРУКТУРАСИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШДА ХОНАҚОҲЛАРНИНГ ЎРНИ //Eurasian

Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 13. – С. 1532-1535.

4.

Асқаров А.А. Энг қадимий шаҳар. Т.: Маънавият, 2001.

5.

Аҳмедов М.Қ. Ўрта Осиё меъморчилиги тарихи. Т.: “Ўзбекистон”

1995.

6.

Аршавская З.А., Ртвеладзе Э.В., Хакимов З.А. Средневекоые

памятники Сурхандарьи. Т.: Издательство литературы и искусства

имени Гафура Гуляма 1982.