Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
289
O’ZBEKISTONDA MOLIYAVIY SIYOSAT
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Iqtisodiyot
fakulteti, Mintaqaviy iqtisodiyot, 2-kurs,
Ochilboyeva Sayyora Omil qizi.
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Iqtisodiyot
fakulteti, Mintaqaviy iqtisodiyot, 2-kurs,
Chinorova Shahodat Mansurjon qizi.
Anotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekistondagi yuritilayotgan moliyaviy
siyosat qay darajada samarali ekanligi yoritib berilgaN. Hozirgi moliyaviy
siyosatning tarkibiy qismlari nimadan iboratligi, unga mos islohotlar qanday
bo’lishi kerakligi va keying davrlarda qanday moliyaviy islohotlar yuritilishi
qanday oqibatlarga olib kelishi haqida batafsil malumotlar tadbiq qilingan.
Kalit so’zlar. Moliyaviy siyosat, strategiyalar, budjet, soliq, pul, baho,
investitsiya, kredit, boj, YaIM.
Kirish.
O’zbekiston respublikasida olib boriladigan moliyaviy siyosatnin
ahamiyati va natijalarini o’rganish iqtisod sohasiga bog’liqdir. O’zbekiston
respublikasining 2017-yili tuzilgan va 2017-2021-yillarga mo’ljallangan
“Harakatlar strategiyasi”, 2022-2026 – yillarga mo’ljallangan “Taraqqiyot
strategiyasi 2022-2026” va 2030-yilgacha tuzilgan “Yangi O’zbekiston-2030”
chora-tadbirlari ham aynan respublikada amalga oshirilgan moliyaviy va iqtisodiy
siyosat natijasidir.
Yigirmanchi yuz yillikda jamjyat taraqqiyotida davlatning ahamiyati
to'g'risidagi masala bo'yicha moliya nazariyasining asosiy yo'nalishlari mumtoz
burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823)
hamda ingliz iqtisodchisi J.Keyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
290
ilgari surilgan.
Sotsialistik davlatning mohiyati va vazifalari haqidagi markscha-lenincha
nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining asosiy prinsipini ya’ni moliyaviy
markazlashtirishni belgilab berdi. Sovet davlatida va ijtimoiyistik orientatsiyada
bo'lgan barcha mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818-1881)va
VI.Leninning (1870-1924) nazariy konsepsiyalari ta'sirida vujudga keldi. Hozirgi
paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar
ostida bo'lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish tizimining konvergensiyasidan
iborat. Shunga mos ravishda ba’zi davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning
ham keynschilik hamda neokeynschilik tizimi elementlaridan foydalanadilar.
Asosiy qisim.
Moliyaviy siyosat o’zi nima?
Moliyaviy siyosat o'z-o'zini
bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo'lib, bir vaqtning o'zida ijtimoiy
faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim
vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar
yoki xalqaro munosabatlar bo'lishi jiddiy ahamiyatga ega emas. Moliyaviy siyosat
davlatning moliyaviy munosabatlar borasidagi mustaqil faoliyatidir.
Moliyaviy
siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini shakllantirishga
yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qisimlari:
1.
Budjet siyosati;
2.
Soliq siyosati;
3.
Pul siyosati;
4.
Kredit siyosati;
5.
Baho siyosati;
6.
Investitsion siyosat;
7.
Ijtimoiy moliyaviy siyosat;
8.
Boj siyosati;
Budjet siyosati budjetda to’planadigan yalpi ichki mahsulot hissasini
aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlari munosabatlarida, budjet xarajatlar
qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi budjetlar o’rtasida xarajatlarni
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
291
taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, budjet defitsitini qoplash yo’llarini
aniqlashda ifodalanadi. O’zbekistonda yuritiladigan budjet siyosatida YaIMni 100
mlrd. AQSH dollariga yetkazish, soliq tizimini takomillashtirish, davlat qarzlarini
minimallashtirish va daromadlarni xarajatlardan oshirish maqsad qilingan.
Soliq siyosati davlat moliyaviy siyosatining eng muhum va asosiy qismi
hisoblanadi. O’zbekistonning 90% daromadi aynan soliqlardan tashkil topgan.
Hozirda davlat tomonidan belgilanga 9 ta asosiy soliq mavjud, bular: JSHDS,
QQS, ijtimoiy soliq, aksiz soliq, foyda solig’i, mol-mulk solig’i, yer solig’i, suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq.
Mamlakatda keying asosiy siyosat bu pul siyosatidir. O’zbekistonda pul
siyosatining samarasizligi sababi fuqarolarning davlat banklaiga nisbatdan
ishonchi yo’qligi sababli katta miqdordagi pullarini depozitlarda emas “ko’rpacha
tagida” saqlashadi. Oqibatda mamlakatda pul oqimi pasayadi va markaziy bank
majburan yangi pul emissiya qiladi. Natijada mamlakatda inflyatsiya darajasi
yuqorilab ketadi.
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning bir yo’nalishi hisoblanib, uning
namoyon bo’lishi mamlakatning kredit tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit
siyosatining ahamiyati uning foiz stavkasida. Foiz stavkasi darajasi ortishi
jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan:
•
Olingan kreditlar qaytarilmaydi;
•
Ishlab chiqarish va xizmatlar sohasida qimmatchilikka uchrash
mumkin;
•
Kredit oluvchilar faoliyati rentabilligi pasayishi sababiga soliq
to’lovchilar qisqarib ketishi mumkin;
•
Mamlakatda ishlab chiqarish miqdori kamayib ketishi mumkin;
Mamlakatda kreditlar foiz stavkasi kamayishi tadbirkorlik faoliyatlarini
rag’batlantiradi. Aholida kredit olishga moyillik ortadi.
Moliyaviy siyosatning yana bir tarkibiy qismi bu baho siyosati. Baho
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
292
siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va ta’rifning o’zgartirilishi orqali
ifodalanadi. O’zbekistonda Yer osti boyliklari, suv havzalari, temir yo’llar, elektr
uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlarining yagona sotuvchisi bu davlat
hisoblanadi. Ushbu tarmoqlar tovarlari bahosi ortishi milliy xo’jalikning barcha
sohalarida narxlarning oshishiga olib keladi. Shu boisidan baho siyosati
iqtisodiyotni tartibga solishda muhumm ahamiyat kasb etadi.
Investitsiya siyosati ham mamlakatda ahamiyatga ega siyosat ekanligini
ko’rib chiqamiz. Investitsion siyosat eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real
sektoriga ichki va tshhqi investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar va
imkoniyatlar yaratish bo’yicha tadbirlar yig’indisidan tashkil topgan. Investitsiya
siyosatining asosiy vazifasi mamlakatga tashqi investorlar orqali zamonaviy
resurlarni kirib kelishini va davlatga xorijiy kapitallarning kirishini ta’minlashdan
iborat.
Ijtimoiy-moliyaviy siyosat qonunga muvofiq mamlakat aholisining
huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq. Hozirda bu siyosat o’z
navbatida, nafaqa siyosati, immigratsiya siyosati, aholining ayrim ijtimoiy
guruhlariga moliyaviy yordam ko’rsatish siyosati singari sohalarni o’z ichiga oladi.
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy yo'nalishi sifatida qarash
bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir bo’lagi sifatida e'tiborga
olish kerak. Chunki soliqlar va boj yig'imlari tovar va xizmatlarning bahosiga
to’g’ridan to’g’ri ta'sir ko'rsatadi. Bir vaqtning o'zida boj siyosati mamlakat
iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatishning o'ziga xos usuliga ham ega bo’lgan bo'ladi.
Xulosa.
O'zbekiston mustaqillikka erishgach, iqtisodiy rivojlanishda bozor
munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
bo'lgani kabi,
moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur
islohotlarni amalga oshirishga
to'g'ri keldi. Belgilangan strategik
vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari
asosida bajarila boshlandi.
Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni
hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar moliya
resurslarining ko'paygandagina o'sishi mumkin. Bu, eng avvalo,
ishlab chiqarishni
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
293
moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy
siyosatning hamma tadbirlari,
bir tomondan, aholiga o'z
daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi
tomondan esa
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni
yaratishga qaratilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.
Lexs.uz
2.
A. V. Vahobov, T.S. Malikov. Toshkent-2012.
3.
Norma.uz