Mualliflar

  • Muxammadjonova Azizaxon Asqarbek qizi

Muallif biografiyasi

  • Muxammadjonova Azizaxon Asqarbek qizi

    Jizzax davlat pedagogiga unversiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maxsus pedagogika logopediya  yo‘nalishi  511-21(402)-guruh  talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90561

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlari: nutq kamchiligi tayyorlov o‘yinlari integrativ yondashuv artikulyatsiya logopediya sensor rivojlanish fonematik eshituv nafas mashqlari og‘zaki nutq bolalar psixologiyasi. Key words: speech defect preparatory games integrative approach articulation speech therapy sensory development phonemic hearing breathing exercises oral speech child psychology Ключевые слова: нарушение речи подготовительные игры интегративный подход артикуляция логопедическое развитие сенсорное развитие фонематический слух дыхательные упражнения устная речь детская психология

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada nutq buzilishlarini bartaraf etishda tayyorlov o‘yinlarining psixologik, pedagogik va fiziologik jihatdan qanday integratsiyalangan tarzda qo‘llanilishi, ularning bola rivojiga ko‘rsatadigan ko‘p yo‘nalishli ta’siri haqida so‘z boradi. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan nutq buzilishlarini tuzatishga qaratilgan tayyorlov o‘yinlarining pedagogik va psixologik ahamiyati ochib berilgan. O‘yinlarning logopedik faoliyatdagi roli, ularni tanlash va qo‘llash usullari ilmiy nazariya va amaliy tajribalar asosida yoritiladi. Bolalar nutq kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan tayyorlov o‘yinlarining ilmiy asoslari, ularning psixologik-pedagogik ahamiyati, logopedik faoliyatda qo‘llanilishi va samaradorligi tahlil etilgan. Shuningdek, zamonaviy logopedik yondashuvlarda o‘yin metodlarining ahamiyati ochib beriladi va o‘yin orqali nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi metodik yondashuvlar yoritiladi.

Abstract: This article discusses the integrated psychological, pedagogical and physiological use of preparatory games in the correction of speech disorders, their multifaceted impact on child development. The pedagogical and psychological significance of preparatory games aimed at correcting speech disorders in preschool and primary school children is revealed. The role of games in speech therapy activities, methods of their selection and application are highlighted on the basis of scientific theory and practical experience. The scientific foundations of preparatory games aimed at correcting children's speech defects, their psychological and pedagogical significance, application and effectiveness in speech therapy activities are analyzed. The importance of game methods in modern speech therapy approaches is also revealed and methodological approaches that stimulate speech development through play are highlighted.

Аннотация: В статье рассматривается комплексное использование подготовительных игр в лечении речевых нарушений с точки зрения психолого-педагогических и физиологических аспектов, их многогранное влияние на развитие ребенка. Раскрывается педагогическое и психологическое значение подготовительных игр, направленных на коррекцию речевых нарушений у детей дошкольного и младшего школьного возраста. На основе научной теории и практического опыта освещается роль игр в логопедической деятельности, методика их отбора и применения. Анализируются научные основы подготовительных игр, направленных на коррекцию дефектов речи у детей, их психолого-педагогическое значение, применение и эффективность в логопедической деятельности. В статье также раскрывается значение игровых методов в современных логопедических подходах и освещаются методические подходы, стимулирующие развитие речи через игру.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

263

NUTQ KAMCHILIGINI BARTARAF ETISHGA QARATILGAN

TAYYORLOV O’YINLARI

Jizzax davlat pedagogiga unversiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti

Maxsus pedagogika logopediya yo‘nalishi 511-21(402)-guruh talabasi

Muxammadjonova Azizaxon Asqarbek qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada nutq buzilishlarini bartaraf etishda tayyorlov

o‘yinlarining psixologik, pedagogik va fiziologik jihatdan qanday integratsiyalangan

tarzda qo‘llanilishi, ularning bola rivojiga ko‘rsatadigan ko‘p yo‘nalishli ta’siri

haqida so‘z boradi. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan

nutq buzilishlarini tuzatishga qaratilgan tayyorlov o‘yinlarining pedagogik va

psixologik ahamiyati ochib berilgan. O‘yinlarning logopedik faoliyatdagi roli, ularni

tanlash va qo‘llash usullari ilmiy nazariya va amaliy tajribalar asosida yoritiladi.

Bolalar nutq kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan tayyorlov o‘yinlarining ilmiy

asoslari, ularning psixologik-pedagogik ahamiyati, logopedik faoliyatda qo‘llanilishi

va samaradorligi tahlil etilgan. Shuningdek, zamonaviy logopedik yondashuvlarda

o‘yin metodlarining ahamiyati ochib beriladi va o‘yin orqali nutq rivojlanishini

rag‘batlantiruvchi metodik yondashuvlar yoritiladi.

Kalit so‘zlari: nutq kamchiligi, tayyorlov o‘yinlari, integrativ yondashuv,

artikulyatsiya, logopediya, sensor rivojlanish, fonematik eshituv, nafas mashqlari,

og‘zaki nutq, bolalar psixologiyasi.

Abstract: This article discusses the integrated psychological, pedagogical

and physiological use of preparatory games in the correction of speech disorders,

their multifaceted impact on child development. The pedagogical and

psychological significance of preparatory games aimed at correcting speech

disorders in preschool and primary school children is revealed. The role of games

in speech therapy activities, methods of their selection and application are

highlighted on the basis of scientific theory and practical experience. The scientific


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

264

foundations of preparatory games aimed at correcting children's speech defects,

their psychological and pedagogical significance, application and effectiveness in

speech therapy activities are analyzed. The importance of game methods in modern

speech therapy approaches is also revealed and methodological approaches that

stimulate speech development through play are highlighted.

Key words: speech defect, preparatory games, integrative approach,

articulation, speech therapy, sensory development, phonemic hearing, breathing

exercises, oral speech, child psychology

Аннотация: В статье рассматривается комплексное использование

подготовительных игр в лечении речевых нарушений с точки зрения

психолого-педагогических и физиологических аспектов, их многогранное

влияние на развитие ребенка. Раскрывается педагогическое и

психологическое значение подготовительных игр, направленных на

коррекцию речевых нарушений у детей дошкольного и младшего школьного

возраста. На основе научной теории и практического опыта освещается

роль игр в логопедической деятельности, методика их отбора и применения.

Анализируются научные основы подготовительных игр, направленных на

коррекцию дефектов речи у детей, их психолого-педагогическое значение,

применение и эффективность в логопедической деятельности. В статье

также раскрывается значение игровых методов в современных

логопедических подходах и освещаются методические подходы,

стимулирующие развитие речи через игру.

Ключевые слова: нарушение речи, подготовительные игры,

интегративный подход, артикуляция, логопедическое развитие, сенсорное

развитие, фонематический слух, дыхательные упражнения, устная речь,

детская психология

Nutq bolalar ruhiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri

bo‘lib, uning shakllanishi murakkab, ko‘p bosqichli jarayondir. Maktabgacha yoshdagi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

265

bolalar orasida nutq rivojlanishidagi buzilishlar keng tarqalgan. Bu buzilishlar o‘z

vaqtida aniqlanmasa va tuzatish ishlari olib borilmasa, ularning intellektual va ijtimoiy

rivojlanishida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, logopedik faoliyatda

nutqni rivojlantirishga qaratilgan tayyorlov o‘yinlarining o‘rni beqiyosdir.

Bolalar nutqining rivojlanishi — bu nafaqat biologik, balki ijtimoiy-psixologik

jihatdan muhim jarayon bo‘lib, atrofdagilar bilan muloqot qilish, o‘z fikrini ifoda etish

va shaxs sifatida shakllanishda muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda bolalarda nutq

buzilishlarining ko‘paygani sababli, logopedik faoliyatda innovatsion va o‘yin

asosidagi metodlar keng qo‘llanilmoqda.

Hozirgi zamon logopediya sohasida nutq kamchiliklarini tuzatishdagi

yondashuvlar tobora yangilanib, ko‘p yo‘nalishli metodlar asosida olib borilmoqda.

Tayyorlov o‘yinlari shunchaki didaktik vosita bo‘lib qolmay, balki bolaning

emotsional, harakat, idrok, nafas va artikulyatsiya faoliyatlarini uyg‘unlashtiruvchi

kuchli mexanizm sifatida ishlaydi. Shu sababli, ularni integrativ tarzda qo‘llash

logopedik jarayonning samaradorligini oshiradi.

Tayyorlov o‘yinlari bolaning ruhiy holatini barqarorlashtirish, nutqiy faoliyatga

bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ichki motivatsiyani shakllantirishda ham muhim rol

o‘ynaydi. Bolada o‘zini qadrlash, muvaffaqiyat hissini tuyish, jamoadagi ishtiroki

orqali ijtimoiylashuv jarayonlari kuchayadi.

Integrativ yondashuv — bu bolani kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan, turli

yo‘nalishlardagi mashg‘ulot va uslublarni birlashtirgan metodik yondashuvdir. Nutq

buzilishlarini bartaraf etishda bu yondashuv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Harakatli faoliyat (kinaestetik yondashuv) — harakatlar orqali tovushni

mustahkamlash;

Sensor rivojlanish (audial va vizual stimulyatsiya) — eshitish va ko‘rish orqali

sezgi tuyg‘ularini faollashtirish;

Musiqa va ritm orqali o‘yin — tovush va nafasni boshqarishga yordam beradi;

Psixologik moslashuv — bola o‘zini erkin tutadi, bu esa mashg‘ulotga ochiq

bo‘lishini ta’minlaydi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

266

Tayyorlov o‘yinlariga ilmiy yondashuv.

Tayyorlov o‘yinlari o‘z ichiga artikulyatsion, fonematik, nafas olish, ritmik va

leksik mashqlarni oladi. Ushbu o‘yinlar quyidagi ilmiy nazariyalarga tayanadi:

L. S. Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi asosida bola potentsial

imkoniyatlarini o‘yin orqali ro‘yobga chiqaradi;

A. R. Luriyaning nutq va psixikaning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi g‘oyalari asosida

o‘yinlar miyaning nutqiy markazlarini faollashtiradi;

N. A. Bernsteinning harakat nazariyasiga ko‘ra, artikulyatsiya o‘yinlari og‘iz

bo‘shlig‘i mushaklarini muvofiqlashtiradi.

Tayyorlov o‘yinlarining ilmiy-pedagogik asoslari.

Tayyorlov o‘yinlari pedagogika, psixologiya va logopediya fanlarining tutashgan

nuqtasida joylashgan bo‘lib, ular quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

1. Yoshga moslik – o‘yinlar bolaning yoshiga va individual rivojlanish darajasiga

moslashtiriladi;

2. Faollik va qiziqish uyg‘otish – o‘yin orqali bola faol ishtirok etadi, bu esa

o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi;

3. Sensor rivojlanish – tovushlarni eshitish, ajratish va talaffuz qilish qobiliyatini

rivojlantiradi;

4. Nafas va artikulyatsiya mashqlari – nutq apparatini fiziologik jihatdan

tayyorlaydi.

Tayyorlov o‘yinlari quyidagilarga ajratiladi:

1. Artikulyatsion o‘yinlar – tovush ishlab chiqarish uchun zarur mushaklarni

rivojlantiradi (masalan, “Arava haydagan ot”, “Balchiqqa yopishgan til”).

2. Fonematik eshituvni rivojlantiruvchi o‘yinlar – tovushlarni eshitish va farqlash

qobiliyatini oshiradi (“Tovushni tanla”, “Kimni eshitding?”).

3. Nafas mashqlari – nutq davomiyligini nazorat qilishda yordam beradi (“Pufla

va o‘chir”, “Shamoldan yashir”).

4. Leksik-grammatik o‘yinlar – so‘z boyligini, grammatik tuzilmani rivojlantiradi

(“To‘g‘ri gap tuz”, “So‘zdan hikoya yarat”).


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

267

Xulosa

Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda tayyorlov o‘yinlarining ahamiyati

beqiyosdir. Ular bolaning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi va

tizimli qo‘llanganda yuqori samaradorlikka ega. Logoped mutaxassislar uchun har bir

o‘yin faqat ko‘ngilochar vosita emas, balki aniq maqsadli pedagogik yondashuvdir.

O‘yinlar orqali olib borilgan mashg‘ulotlar nutqiy rivojlanish bilan birga, bolaning

umumiy psixologik holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tayyorlov o‘yinlarining integrativ qo‘llanilishi logopedik mashg‘ulotlarda nutqni

tuzatish bilan birga, bola psixikasining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Har

tomonlama yondashuv esa bolada mavjud nutqiy muammolarni yanada tezroq va

samaraliroq bartaraf etishga imkon yaratadi. Shuning uchun logopedlar, defektologlar

va maktabgacha ta’lim mutaxassislari tayyorlov o‘yinlarini ilmiy asoslangan, tizimli

va ijodiy ravishda ishlab chiqishlari zarur.

Tayyorlov o’yinlari bolalar bilan individual yoki guruhda olib boriladigan

mashg‘ulotlar orqali nutqiy buzilishlarni bartaraf etishda muhim vositadir. O‘yin orqali

o‘qitish metodikasi nafaqat o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi, balki ularning

rivojlanishini kompleks ta’minlaydi. Shu bois, logopedlar uchun turli shakldagi

tayyorlov o‘yinlarini yaratish va ularni metodik asosda qo‘llash muhim ahamiyatga

ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yusupova G.T. – Nutqiy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar bilan

ishlash metodikasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.

2.

A’zamova

D.R. – Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy

rivojlanishning psixologik asoslari. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020.

3.

Karimova M.N. – Logopedik mashg‘ulotlar to‘plami (metodik

qo‘llanma). — Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.

4.

Ortiqova G. – Bolalarda nutq kamchiliklari va ularni bartaraf etish

usullari. — Buxoro: Pedagogika nashriyoti, 2022.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

268

5.

Rajabova Z.X. – Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda

o‘yin texnologiyalarining roli. — Samarqand: SamDCHTI, 2021.

6.

Kattabekova M.A. – Maktabgacha ta’limda nutqiy rivojlanishni

ta’minlash texnologiyalari. — Toshkent: Innovatsiya, 2023.

7.

www. https//lex.uz

8.

www. pedagoglar.uz

9.

www.uzbekscholar.com