Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
230
GLOBAL MAKONDA TALABALARNING MA’NAVIY, MA’RIFIY
VA AXLOQIY DUNYOQARASHI: IJTIMOIY MOSLASHUVI VA
MA’NAVIY TARBIYASI
Namangan davlat pedagogika institute Falsafa va tarix fanlar kafedrasi
Katta o’qituvchisi
Tillayev Bobomurod Abduvahhobivich
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Texnologik talim yo’nalishi 1-bosqich talabasi
Xakimova Xushroy
Annotatsiya: Maqolada bugungi kunda dolzarb mavzu bo’lgan Global
makonda talabalarning ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy dunyoqarashi: ijtimoiy
moslashuvi va ma’naviy tarbiyasi, pedagogik ta’lim jarayonida ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni tashkil etishga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: ta’lim jarayoni, oliy ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil
etish, konsepsiya, pedagogik texnologiyalar.
Аннотация: В статье анализируются научно-теоретические основы
подготовки студентов к организации духовно-просветительской работы в
процессе педагогического образования, что является актуальной на
сегодняшний день темой: духовно-просветительское и нравственное
мировоззрение студентов в глобальном пространстве: социальная
адаптация и духовное воспитание.
Ключевые слова: образовательный процесс, высшее образование,
организация духовно-просветительской работы, концепция, педагогические
технологии.
Abstract: The article analyzes the scientific and theoretical foundations of the
spiritual, educational and moral worldview of students in the Global space, which
is a topical issue today: social adaptation and spiritual education, preparation for
the organization of spiritual and educational work in the process of pedagogical
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
231
education.
Keywords: educational process, higher education, organization of spiritual
and educational work, concept, pedagogical technologies.
Jahon oliy ta’lim tizimida talabalarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma’naviy-
axloqiy va mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va
tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish, mafkuraviy
immunitetini rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi natijasida inson uchun
xavfli bo‘lgan turli xil noan’anaviy tahdidlar yuzaga kelmoqda. Bulardan eng
xavflilari insonlarning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish orqali millatlarning qadriyatlari
va turmush tarzini izdan chiqarishga qaratilgan axloq-odob¸ oila va jamiyat
hayotida jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’naviy tahdidlar hisoblanadi. Ma’naviy
tahdidlar shaxs axloqiy ongida salbiy tushunchalar, tuyg‘ular, xususiyatlar va
sifatlarni hosil qiluvchi illatlar majmuidir. Сhunki tahdid so‘zi “xavf-xatar, xuruj
va buzish” ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda ma’naviy tahdidlarni shaxsni aqliy
va axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan maqsadli xurujlar deyish mumkin.
Ma’naviy tahdidlardan maqsad, birinchidan, shaxsning ma’naviy-axloqiy olamini
buzish; ikkinchidan, o‘z vatani va jamiyatiga nisbatan yovuzlik fikrini uyg‘otish;
uchinchidan, milliy axloqiy qadriyatlarni aynitish; to‘rtinchidan, o‘zgalar
jamiyatini ideal deb bilish ko‘nikmasini hosil qilish; beshinchidan, zararli
odatlarga xuruj qo‘yishdir. Diqqat qilsak, ma’naviy tahdidlarning barcha turi
nosog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liqligiga va u mafkuraviy nuqtayi nazardan eng
xavfli omil ekanligiga amin bo‘lamiz.
Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu
borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish,
yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish,
mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalq manfaatlari uchun
xizmat qilish tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
232
qaratilgan
talaba-yoshlarning
ma’naviy-axloqiy
ongini
rivojlantirish
konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish borasida Respublikamiz
prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miramonovich hozirgi O’zbekiston Respublikasida
oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy
bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori
malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish,
oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan
holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish doir qarorlar qabul
qilmoqda.
Globallashuvning milliy ma’naviyatga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’sirlari
to‘g‘risida bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin:
– madaniy aloqalar va munosabatlarning globallashuvi bir hududda yangi
madaniy va ma’naviy qadriyatlarni, san’at turlarining vujudga kelishiga sabab
bo‘ladi, bu esa milliy ma’naviyat tarkibini yanada boyib borishiga olib keladi;
– iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi esa mamlakatlar moddiy hayotini
yaxshilashga keng yo‘llar ochib beradi hamda fuqarolar farovonligining
ta’minlanishiga imkon beradi;
– fan va texnika sohasining globallashuvi milliy ma’naviyatning asosi
bo‘lmish milliy intellektual salohiyatni kuchaytiradi;
– siyosiy-mafkuraviy sohalarning globallashuvi umumjahon ma’naviy
muhitning rivojlanishiga zamin yaratadi, bu esa milliy ma’naviyatning yanada
takomillashishiga asos bo‘ladi.
Shu bilan bir qatorda, globallashuv jarayonlarining milliy ma’naviyatga
ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri xususida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
– demografik ko‘chishlarning ayrim hududlarda haddan ziyod oshib ketishi
ma’naviy ta’sirlar oqimining ham oshishiga olib keladi, bu holat shu hududdagi
milliy ma’naviyatga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi;
– umumjahon miqyosida ma’naviy-madaniy ne’matlarga ehtiyoj rivojlangan
davlatlar talabiga ko‘ra shakllanishi milliy ma’naviyatga bir qutbli ta’sirini
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
233
kuchaytiradi;
Yangi O’zbekiston sharoitida mafkuramizning tub ma’no-mazmunini
belgilab beradigan ana shu maqsad bizning hayotimiz, ong-u tafakkurimizga
singib, dunyoqarashimiz, amaliy harakatlarimizning asosiga aylandi va
zamongamos tarzda o’zgarib bormoqda. Shu yo’lda yoshlarda mafkuraning
mazmun mohiyatini to’liq shakllantirib, tarixiy ildizlarini asoslab, dunyoqarashni
rivojlantirish ta’lim-tarbiyada eng muhim vazifaga aylanmog’i kerak. Ta’lim
jaroyonining ajralmas bir qismi bu ma’naviy-ma’rify ishlar, tadbirlar, qadriyatlar
sanaladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ham dolzarb
muammo hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ta’lim-tarbiya jarayonini
ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar,
dars, darsdan tashqari mashg’ulotlarni yangicha ijodiy asosda tashkil qilish zarur.
Eng muhimi har bir pedagog, rahbar ta’limni yangi metodologik asosda tashkil
qilishning tub mohiyatini tushunmog’i lozim. Ta’lim islohotimizda jahon ta’limi
rivojlanishining ijobiy xususiyatlarini ta’limni amaliy - inson hayoti, shaxsga
yo’nalganlik tajribasini va uni rivojlantirishning muhim vositasi zamonaviy
pedagogik texnologiyalar ekanligi asosida uni rivojlanishi asosiy yo’nalishlarini
belgilash muhim hisoblanadi. Islohot oqibatida ta’lim tizimimiz rivojini jahonga
yo’naltirish - yana juda bir muhim vazifa - ta’lim rivojini bozor munosabatlariga
moslashtirishning tajribasidan unumli foydalanishdir.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda ma’naviy marifiy ishlar jarayonida talabalarda
mafkuraviy immunitetni rivojlantirish texnologiyalardan bo’lajak o’qituvchi o’z
imkoniyati, ta’lim mazmuni, o’quvchilar bilim saviyasi va tajribasini hisobga olib
tanlashi kerak. Shundagina har qanday texnologiya yuqorida keltirilgan fikrlarni
amalga oshirish vositasi bo’la oladi.
Globallashuv sharoitida ma’naviy-axloqiy tahdidlarga qarshi kurashda
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
234
ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyati tizimida bosh harakatdagi shaxs, pedagog, o‘z
shaxsiy potensiali va mahoratini ishga solgan holda talabalar bilan hamkorlikda
ijodiy va hayotiy faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etsa, o‘rganuvchilar
uning barcha shakl va ko‘rinishlarida real subyektga aylanadi.
REFERENCES
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston respublikasi oliy
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent sh. 2. 2019-yil
8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni1. O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim
to’g’risida"gi qonuni -T.: "O’zbekiston", 2020 yil 23 sentabr. 3. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini
oshirish O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida"gi
2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 son Farmoni 4. O’zbekiston prezidenti Shavkat
Mirziyoyev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini
tubdan takomillashtirishga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishidagi nuqti
(https://www.gazeta.uz) 5. Ortiqov, O. R. (2021). GLOBALLASHUV
JARAYONIDA
BO’LAJAK
O’QITUVCHILARDA
MAFKURAVIY
IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Scientific progress, 1(5), 160-
165.