Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
222
UO‘K: 631.631.527.8+631.529
QORAQALPOG‘ISTONNING O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQ-
IQLIM SHAROITIDA Ғ
3
DURAGAY OILALARIDA TOLA SIFAT
KO‘RSATKICHLARINI VARIASION TAHLILI
Jolimbetova Rawiya Majit qizi
Tayanch doktorant Qoraqalpog‘iston qishloq
xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Q.x.f.d., k.i.x. Aytjanov Baxitjan Uzaqbaevich.
Annotatsiya: Dunyodagi paxtachilik sohasi rivojlangan AQSh, Meksika,
Braziliya, Xitoy, va Afrika kabi davlatlarda g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil olish
bo‘yicha sohada zamonaviy selekcion uslublarni qo‘llash orqali ko‘pgina
yutuqlarga erishilmoqda. Ushbu xorijiy davlatlardan keltirilgan yangi
texnologiyalar va g'o‘zaning yangi navlarini yaratishda qimmatli xo‘jalik
belgilariga ega bo‘lgan boshlang‘ich ashyolarni selekciya jarayonlariga jalb etish
orqali paxta hosilini oshirish va tezpisharlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash muhim
hisoblanadi hamda Respublikamizda g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili
etishtirishda tola sifati va chiqimini oshirish va tezpisharlik ko‘rsatkichlarini
yaxshilash masalasi hanuzgacha dolzarb muammolardan bo‘lib kelmoqda.
Shuning uchun ushbu maqolada o‘rganilgan namunalarda tolaning ip
yigiruvchanlik koefficienti SCI, mikroneyr Mic, tola uzunligi (dyuym), solishtirma
nisbiy uzulish kuchi Str (g/tex) va tola birxilligi UI (%) kabi ko‘rsatkichi sifat
ko‘rsatkichi tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: Tolaning sifat ko‘rsatkichlari, tolaning ip yigiruvchanlik
koefficienti SCI, mikroneyr Mic, tola uzunligi (dyuym), solishtirma nisbiy uzulish
kuchi Str (g/tex) va tola birxilligi UI (%), o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim
sharoiti, yirik ko‘sakli, tola chiqimi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
223
Kirish.
Paxtachilikda bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri,
mintaqa tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tuproq sho‘rlanishiga bardoshli,
ertapishar, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, serhosil, tola sifati jahon
andozalari talablariga javob beradigan yangi o‘simliknavlarini yaratishdir.
Sho‘rlangan tuproq sharoitida o‘simlik va boshqa madaniy ekinlarning o‘sishi,
ulardagi moddalar almashinuvi hamda boshqa jarayonlarning pasayishi olinadigan
mahsulotning sifatiga ham salbiy ta`sir etadi. Chunki, tuproqda turli biokimyoviy
jarayonlar tufayli rwy beradigan wzgarishlar hisobiga o‘simlikning oziqlanishi
qiyinlashadi.
Respublikamizda sug‘oriladigan er maydonlari 4,3 mln gektar bo‘lib, uning
44,7 foizi har xil darajada, jumladan 31,0 foizi kuchsiz, 11,9 foizi o‘rtacha, 1,9
foizi esa kuchli sho‘rlangan hisoblanadi. Ma`lumki, kuchsiz darajada sho‘rlangan
tuproq sharoitida ekin hosildorligi 10-20 foiz, o‘rta darajada 20-50 foiz, kuchli
darajada esa 50-80 foiz kamayishiga olib keladi. Shuni ta`kidlab o‘tish joizki, turli
xil noqulay ekstremal sharoitlarga bardoshli va sho‘rlangan tuproqlarda yuqori
hamda sifatli hosil beradigan navlar yaratish uchun g‘o‘zaning kelib chiqish
markazlaridan keltirilgan kollekcion namunalarni o‘rganish, shuning bilan bir
qatorda, ularni Qoraqalpog‘iston o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida
mahalliy navlar bilan chatishtirib, ularni avlodlarini qimmatli xo‘jalik belgilarini
tahlillari asosida selekciya uchun boshlang‘ich ashyo yaratish dolzarb masala
hisoblanadi
G‘o‘za selekciyasida erishilgan muvaffaqiyatlarning aksariyati tur ichida
kelib chiqishi jixatidan uzoq bo‘lgan namunalarni chatishtirish natijasida
yaratilgan navlarda namoyon bwladi. Shu sababli ham ko‘plab olimlar g‘o‘zaning
ekologik va geografik jixatdan uzoq bo‘lgan shakllarini duragaylash asosida
qimmatli xo‘jalik belgilarini yaxshilash asosida ilmiy tadqiqotlar olib borganlar
[2].
Malumotlariga
qaraganda
O‘zFA Genetika va o‘simliklarning
ekspterimental biologiyasi institutining g‘o‘za kollekciyasi namunalari ekologo-
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
224
geografik o‘rganishi natijasida namunalarning bir guruhi shwrga bardoshli ya`ni,
A-2175 (Qirg‘isiton), A-2177 (Ukraina), A-2179 (Xitoy) namunalar ajratib olinib
boshlang‘ich ashyo sifatida tavsiya etilgan [3].
Paxta tolasining jahon bozoriga chiqishida sifatli tola beruvchi navning
ahamiyati juda katta. Tola sifati bo‘yicha xalqaro andozalar talablariga javob
beruvchi navlar yaratish selekcionerlar oldidagi dolzarb masalalardan biridir [1].
Tadqiqot materiallari va uslubi.
Bizning izlanishlarimiz esa
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining “g‘o‘za selekciyasi
va urug‘chiligi va urug‘chiligi” laboratoriyasining dala va laboratoriya sharoitida
olib borildi. Ushbu namunalarni o‘rganishdan maqsad Qoraqalpog‘istonning
o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida PSUEAITI G‘o‘za kollekciyasida
mavjud bo‘lgan Xitoy, Afrika, Avstraliya, Hindiston, Pokiston va AQSh
davlatlaridan keltirilgan kollekcion nav, namunalarni mahalliy navlar bilan
duragaylash asosida tezpishar, mahsuldor hamda tolasi IV tipga mansub bo‘lgan
boshlang‘ich ashyolar yaratish va amaliy selekciya uchun tavsiya etishdan iborat.
Namunalar bo‘yicha ekilgan F
3
avlod duragaylari, ota-ona shakllari va andoza
sifatida S-4727 navi ekildi. Barcha dala kuzutuvlari va tadqiqotlar natijasida
olingan ma`lumotlar B.A.Dospexovning «Metodika polevogo opıta» [4,5.] uslubi
asosida statistik tahlildan wtkazilgan bo‘yicha olib borildi. Jumladan, izlanishlar
dala tajribasida morfobiologik belgilar bo‘yicha fenologik kuzatuvlar va qimmatli
xo‘jalik belgilari dala va laboratoriya tahlillari olib borildi. Tolaning sifat
ko‘rsatkichlari “Sifat” sertifikatlash markazida HVI zamonaviy o‘lchov asbobida
aniqlandi.
Tahlil va natijalar.
Respublika “Sifat” Markazida paxta va unga izdosh
ashyolar xalqaro standartlar asosida klassifikaciyalanadi. Paxta xom ashyosining I
va II sanoat navlari uchun mikroneyr ko‘rsatkichining yuqori - 4,9 yoki past – 3,5
qiymatlari belgilangan. Mikroneyr ko‘rsatkichining ushbu belgilangan qiymatlari
tolani xarid qilishga doir hujjatlarda cheklangan ko‘rsatkichlar tarzida keltiriladi.
Tadqiqotlarda xorijiy nav, namunalari, mahalliy navlar va F
3
duragay oilalari
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
225
hamda andoza S-4727 navidan olingan namunalarda tolaning ip yigiruvchanlik
koefficienti SCI, mikroneyr Mic, tola uzunligi (dyuym), solishtirma nisbiy uzulish
kuchi Str (g/tex) va tola birxilligi UI (%) kabi ko‘rsatkichi sifat ko‘rsatkichi tahlil
qilindi. Tolaning sifat ko‘rsatkichlari “Sifat” sertifikatlash markazida HVI
zamonaviy o‘lchov asbobida aniqlandi.
Qoraqalpog‘istonni o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida
paxta
tolanisini mikroneyr ko‘rsatkichini xorijiy nav, namunalar va mahalliy navlar
ishtirokida olingan F
3
duragay
oilalarni variacion qatorlar tuzilib matematik tahlil
qilindi. Bunda ota-ona shakllari va duragay oilalarning mikroneyr belgisi bo‘yicha
8 ta sinflardan (K=2 mic) 3,7 dan 5,2 gacha bo‘lgan oraliqda o‘simliklar mavjudli
qayd etildi. Tolani mikroneyr belgisi bo‘yicha xorijiy nav, namunalarda o‘rtacha
4,4 dan, 4,7 gacha, mahalliy navlarda 4,3 dan KK-3535 navida, 4,6 gacha Sulton
navida bo‘ldi. Ushbu belgi bo‘yicha
F
3
duragay
oilalarda o‘rtacha ko‘rsatkich 4,3
dan, 4,6 gacha hamda andoza navida 4,8 ekanligi aniqlandi. Ota-ona shakllari,
ya`ni ekolo-geografik uzoq nav, namunalar va mahalliy navlar oilalarlarda asosiy
o‘simliklar 3-6 sinflarda 4,1-4,8 oralig‘ida 66,6 foizdan 06201 (Afrika), 87,5
foizgacha 06058 (Xitoy) oilalardagi o‘simliklar joylashganligi, F
3
duragaylarda
esa ushbu sinflarda 72,7 foizdan F
3
(Pokiston. 07291xKK-3535) kombinaciyasida,
87,5 foizgacha F
3
(Avstraliya. 06830xChimboy-5018) kombinaciyasi oilalarida
o‘simliklar uchradi. Mikroneyr belgisi bo‘yicha wzgaruvchanlik koefficienti ota-
ona shakllarida 5,9-7,7 %, F
3
duragaylarda 5,5-7,2 % bo‘ldi. Tadqiqotlarda
o‘rganilgan F
3
duragay
oilalarda
tolani
mikroneyr
belgisi
bo‘yicha
Qoraqalpog‘istonni o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida ota-ona
shakllariga nisbatan birmuncha yuqori bo‘ldi. Bunda duragaylarda 2-5 sinflarda,
ya`ni mikroneyr ko‘rsatkichi 3,9-4,6 oralig‘ida ko‘plab o‘simliklar uchraganligi
aniqlandi.
Yaratilayotgan yangi g‘o‘za navlarining nafaqat qimmatli xo‘jalik
xususiyatlari (tezpisharligi, sanoat talabiga javob berishi, yuqori hosildorligi),
balki turli kasallik va hashoratlarga bardoshli bwlishi muhim ahamiyatga ega.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
226
Selekcioner olimlar bunday g‘o‘za navlarini ana shu xususiyatlari kuchli bo‘lgan
yovvoyi, yarim yovvoyi-ruderal shakllarga aylangan g‘o‘zalarni o‘rganish va
selekciya jarayonida qwllash orqali yaratmoqdalar. Ekiladigan navlar chigitining
tolasi uzun, twg‘ri, chigit po‘stlog‘idan oson ajraladigan, pishiq, ingichka va
gigroskopik bwladi. Uning uzunligi asosan 20 mm dan oshadi. Tola tagida momiq
(lint) bo‘lib, uning uzunligi 20 mm dan kalta, uning tagidagi tola (delint) esa 5 mm
dan kalta bo‘lib, madaniy nav paxta tolasi etilgan sari burg‘isimon jingalaklashib
boradi, bu ularning yovvoyi shakllar tolasidan farq qiladigan muhim texnologik
afzalligidir. Tola uzunligi bo‘yicha barcha navlar kalta tolali (27-30 mm), o‘rta
tolali (32-33 mm), uzun tolali (34-36 mm) va ingichka tolali (37-42 mm) tiplarga
ajratiladi. Keyingi yillarda ishlab chiqarilayotgan gazlamalar va to‘qimachilik
buyumlarining sifatlariga qarab paxta tolasi uzunligi, pishiqligi va nafisligiga
(metrik raqamiga) kwra tiplarga ajratiladigan bo‘ldi. Pishib etilgan tola tillarang-
sariq va zarg‘aldoq rangga ega. Bu birinchi guruhga mansub bo‘lib, uning hamma
tolaga nisbatan foizdagi miqdori g‘o‘za tolasining navini belgilaydi. Etuk tolalar
qanchalik k o‘p b ‘lsa, g‘o‘za tolasining sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Hozirda dunyo bo‘yicha HVI usuli eng ko‘p qo’llaniladi. Ushbu usuldan
toyma-toy sinovlarda ham foydalaniladi. Tekshirilayotgan namuna massasining
yarmini tashkil qiluvchi eng uzun tolalarning o‘rtacha uzunligi bo‘lib, dyuymda
yoki mm da ifodalanadi. Tola sifat ko‘rsatkichlaridan tolaning uzunligi eng asosiy
belgidir. Tadqiqotlarda xorijiy nav namunalari, mahalliy navlar va ular ishtirokida
olingan F3
duragaylar hamda andoza S-4727 navi oilalarini tola uzunligi Lend
(dyuym) belgisi tahlil qilindi. Tola uzunligi bo‘yicha o‘rganilgan oilalarda
o‘simliklar variacion qator 0,2 dyuymdan 9 sinflarda joylashganligi ma`lum bo‘lib,
ushbu belgi 1,07 dyuymdan, 1,24 dyuymgacha bo‘lgan o‘simliklar uchradi.
Paxta tolasini uzunligi o‘rganilgan xorijiy nav namunalari oilalarda o‘rtacha
1,14-1,17 dyuym, mahalliy navlarda 1,15-1,17 dyuym bo‘lib, asosiy o‘simliklar 5-
7 sinflarda 1,13-1,18 dyuym oralig‘ida joylashdi. Bunda ushbu sinflarda 60,0-68,7
foiz oralig‘ida o‘simliklar uchradi. Ota-ona shakllari oilalarida tola uzunligi
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
227
bo‘yicha 1,19 dyum va undan yuqori bo‘lgan o‘simliklar 13,3 foizdan, 28,5
foizgacha borligi aniqlandi. Ushbu belgi bo‘yicha nisbatan past 1,12 dyuymgacha
bo‘lgan o‘simliklar 6,2-26,6 foiz oralig‘ida bo‘ldi. Tola uzunligi belgisi bo‘yicha
ota-ona shakllarida wzgaruvchanlik koefficienti 2,2 foizdan 3,7 foizgacha
oralig‘ini tashkil etdi.
Tadqiqotlarda o‘rganilgan F3
duragay oilalarda tola uzunligi belgisi
bo‘yicha aksariyat o‘simliklar 5-7 sinflarda, yani 59,0-75,0 foiz oralig‘ida bo‘ldi.
Ushbu belgi bo‘yicha 1,19 va undan yuqori bo‘lgan oilalar F3 (Xitoy. 06058 x
KK-3535) kombinaciyasida 23,8 foiz, F3 (Avstraliya. 09801 x KK-3535)
kombinaciyasida 21,7 foiz, F3 (Avstraliya. 06830 x Chimboy-5018)
kombinaciyasida 20,8 foiz va F3 (Pokiston. 07291 x KK-3535) kombinaciyasida
22,7 foiz bo‘lib, ota-ona shakllari va boshqa duragaylarga nisbatan uzun tolaga ega
ekanligi aniqlandi. F3
oddiy duragay oilalarda wzgaruvchanlik koefficienti 2,2-3,0
% oralig‘ida joylashdi. Tola uzunligi bo‘yicha Qoraqalpog‘istonni o‘rtacha
sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida variacion qatorning wng tomonida joylashgan,
vegetaciya davri qisqa, mahsuldor, yirik ko‘sakli, tola chiqimi va indeksi yuqori
oilalar yangi boshlang‘ich ashyo sifatida tanlab olindi.
Malumki bugungi kunda paxtachilik agroklasterlari tomonidan paxta tolasini ip
yigiruvchanlik koefficientiga ham etibor qaratilmoqda. Ip yigiruvchanlik koefficienti
Spinning consistency index (SCI) - Uzunlik va pishiqliq modulidaaniqlanadigan ushbu
qiymat tolaning ip yigiruvchanlik koefficientini aniqlaydi. Dipazoni 150 dan baland–
juda yuqori, 140-149 gacha yuqori, 130-140 gacha wrta, 120-129 gacha past, 120dan
past juda past hisoblandi. Tadqiqotlarda tolani sifat belgilaridan ip yigiruvchanlik
koefficienti (SCI) bo‘yicha Qoraqalpog‘istonni o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim
sharoitida
xorijiy nav, namunalar va mahalliy navlar ishtirokida olingan
F3
duragaylarni oilalarida variacion tahlil qilindi. Ushbu belgi bo‘yicha variacion
qator 121 dan 180 gacha bo‘lib, 7 sinflarda (K=10) bo‘lganligi aniqlandi.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
228
Xulosa.
Yuqoridagi tadqiqotlar natijasida quyidagicha xulosaga kelishimiz
mumkin:
1. Tadqiqotlarda F3
duragay oilalari ip yigiruvchanlik koefficienti ota-ona
shakllariga nisbatan birmuncha ijobiy holatda ekanligi aniqlandi. Tolaning sifat
belgilaridan ip yigiruvchanlik koefficienti bo‘yicha tahlillariga ko‘ra,
Qoraqalpog‘istonni o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida ekolo-geografik
uzoq chatishtirish natijasida o‘rganilgan duragaylarda variacion qatorning chap
tomonida joylashgan oilalar chiqitga chiqazilib, variacion qatorning o‘ng tomonida
joylashgan oilalar tanlab olindi
.
2. Qoraqalpog‘istonni o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida yangi
oilalar ajratib olindi. Bunda F3
duragaylardan F3 (Xitoy. 06058 x KK-3535) 4 ta,
F3 (Avstraliya. 06830 x Chimboy-5018) 5 ta, F3 (Avstraliya. 09801 x KK-3535) 3
ta va F3 (AQSh. 011571 x Sulton) kombinaciyasidan 4 ta yangi oilalar ajralib
chiqqanligi aniqlandi.
3. Ushbu oilalarda tola chiqimi (38-40 %) va indeksi (7,6-8,4 g) yuqori
bo‘lganligi, tola sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha IV-tipga mansub bo‘lib, g‘o‘za
selekcionelari uchun yangi boshlang‘ich ashyolar sifatida tavsiya etildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. Avtonomov V., Kimsanbaev M. Produktivnost` volokna izmenchivost` i
nasleduemost`. J: Wzbekiston qishloq xwjaligi. –Tashkent. -2003. -№3. B. 13-14.
2. Amanturdiev I.Ǵ., Namazov Sh.E., Matyoqubov S., Niyatov B., Twxliev
M. g‘o‘za ning ekologo-geografik va genetik uzoq F
1
duragaylarda hosildorlik
komponentlarining shakllanishi. “Qishloq xo‘jalik ekinlari genetikasi, selekciyasi,
urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalarining dolzarb muammolari hamda
rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferenciyasi
materiallari twplami.(2018 yil, 18-19 dekabr) Toshkent-2018. B. 51-55.
3. Amanturdiev A.B., Rejapova M., Qurbanbaev I., Azimov A.,
Matniyazova X.Study on the Stability of World Diversity of Cultured Species G.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
229
hirsutum L. to Salination. American Journal of Plant Sciences. №4. DOI:
10.4236/ajps.2020.119097. P. 1360-1368.
4. Dospexov B. A. Metodike polevego opıta. -Moskva: Agropro-mizdat.
1985. 351.s
5. Dala tajribalarini wtkazish uslublari. Toshkent, WzPITI, 2007. 146-b.