Mualliflar

  • Xurboyev Oxunjon Xudoyberdi o‘g‘li

Muallif biografiyasi

  • Xurboyev Oxunjon Xudoyberdi o‘g‘li

    Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Psixologiya yo’nalishi 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90573

Annotasiya

KIRISH: Zamonaviy jamiyatda oilaning barqarorligi va farzandlarning sog‘lom rivojlanishi uchun ota-ona va bola o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski, bu munosabatlar har doim ham uyg‘un va muvozanatli bo‘lavermaydi. Bugungi kunda ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar, kelishmovchiliklar va tushunmovchiliklar ko‘plab oilalarda kuzatilmoqda. Bu nizolar bolalarning ruhiy holatiga, ta’limdagi muvaffaqiyatiga, hatto ijtimoiy moslashuv darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

174

OTA-ONA VA FARZANDLAR O‘RTASIDAGI NIZOLARNING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Xurboyev Oxunjon Xudoyberdi o‘g‘li

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Psixologiya yo’nalishi 2-kurs magistranti

KIRISH:

Zamonaviy jamiyatda oilaning barqarorligi va farzandlarning

sog‘lom rivojlanishi uchun ota-ona va bola o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar muhim

ahamiyat kasb etadi. Afsuski, bu munosabatlar har doim ham uyg‘un va

muvozanatli bo‘lavermaydi. Bugungi kunda ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi

nizolar, kelishmovchiliklar va tushunmovchiliklar ko‘plab oilalarda kuzatilmoqda.

Bu nizolar bolalarning ruhiy holatiga, ta’limdagi muvaffaqiyatiga, hatto ijtimoiy

moslashuv darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mazkur maqola ota-ona va farzandlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizolarni

tahlil qilish, ularning sabablari va oqibatlarini ijtimoiy va psixologik nuqtayi

nazardan ko‘rib chiqishga qaratilgan. Nizolarning ildizlari ko‘pincha turmush

tarzidagi

tafovutlar,

avlodlararo

qadriyatlar

ziddiyati,

kommunikatsiya

muammolari va hissiy ehtiyojlarning qondirilmasligidan kelib chiqadi. Ayniqsa,

o‘sib kelayotgan avlodning o‘ziga xos psixologik holati, yosh davriga xos

kechinmalari ota-onalar tomonidan yetarlicha tushunilmasa, bu holat

munosabatlardagi keskinlikka olib keladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil

davomida oilaviy nizolar bilan bog‘liq psixologik yordamga murojaat qilganlar

soni 18% ga oshgan, ularning 40% dan ortig‘i aynan ota-ona va farzandlar

o‘rtasidagi tushunmovchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan

1

. Bu esa mavzuning

dolzarbligini yanada oshiradi.

Ota-ona va farzand o‘rtasidagi nizolarni ijtimoiy-psixologik jihatdan

1

Abdurahmonov, K. X. (2018). Psykhologiya sem'i. Tashkent: Fan


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

175

o‘rganish, ushbu munosabatlardagi murakkabliklarni anglash va yechim topish

imkonini beradi. Maqolada nizolarni yuzaga keltiruvchi asosiy omillar, ularning

shaxs rivojiga ta’siri hamda bu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy

asoslangan tavsiyalar taqdim etiladi.

MAQSAD:

Ushbu ilmiy maqolaning maqsadi — ota-ona va farzandlar

o‘rtasidagi nizolarni ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan chuqur o‘rganish, bu

nizolarning yuzaga kelish sabablari, rivojlanish bosqichlari va salbiy oqibatlarini

aniqlashdan iborat. Shuningdek, maqolada nizolarni bartaraf etishning zamonaviy

psixologik yondashuvlari, samarali muloqot uslublari va amaliy tavsiyalar asosida

sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish yo‘llari ishlab chiqiladi.

MATIREALLAR VA METODLAR:

O‘zbekiston Respublikasida oilaviy

tarbiya, bolalar psixologiyasi va ijtimoiy munosabatlar bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy

tadqiqotlar va statistik ma’lumotlar. Maktab psixologlari, o‘qituvchilar va ota-

onalar bilan o‘tkazilgan suhbatlar va amaliy kuzatuvlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR:

Tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar

shuni ko‘rsatdiki, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar ko‘p hollarda noto‘g‘ri

muloqot, emotsional befarqlik, tarbiya uslubidagi ziddiyatlar va yoshga xos

o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Ayniqsa, o‘smirlik davrida farzandlar mustaqillikka

intiladi, ota-onalar esa avtoritar nazoratni saqlab qolishga harakat qiladi. Bu esa

o‘zaro tushunmovchiliklarni kuchaytiradi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aksariyat ota-onalar farzandining his-

tuyg‘ularini inobatga olmasdan, uni faqat o‘z talablariga bo‘ysundirishga harakat

qilgan. Farzandlar esa, o‘z navbatida, o‘zini tushunilmagan va bosim ostida his

etgan. Bu esa psixologik masofaning ortishiga va ijtimoiy moslashuvda

qiyinchiliklarga olib kelgan.

Muhokamaga asoslanib quyidagi natijalarga kelindi:

Nizolar tabiiy ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, ular to‘g‘ri boshqarilsa,

oiladagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sog‘lom muloqot va emotsional yaqinlik – nizolarning oldini olishda eng


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

176

muhim omillardandir.Psixologik savodxonlik darajasining pastligi nizolarni

kuchaytiradi; ota-onalarga tarbiyaviy psixologik maslahatlar berish dolzarb

ahamiyat kasb etadi.Farzandlarning yoshiga mos tarbiya usullarini qo‘llash va

ularning shaxsiy chegaralarini hurmat qilish oilaviy muhitni barqarorlashtiradi.

XULOSA:

Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar oilaning psixologik

muhitiga, farzandning shaxsiy rivojlanishiga va ijtimoiy moslashuviga bevosita

ta’sir ko‘rsatadigan muhim ijtimoiy-psixologik muammo hisoblanadi. Tadqiqot

davomida aniqlanishicha, bu nizolar ko‘pincha noto‘g‘ri muloqot, emotsional

ehtiyojlarning qondirilmasligi, avtoritar tarbiya uslubi va rol to‘qnashuvlari

natijasida yuzaga keladi.

Nizolar o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, farzandda psixologik stress, o‘z-o‘zini

past baholash, ijtimoiy chekinish va hatto salbiy xatti-harakatlar rivojlanishi

mumkin. Shu bois har bir oila a’zosi o‘zaro tushunish, hurmat, muloqot va sabr

orqali nizolarni kamaytirishga harakat qilishi lozim.

Maqolada keltirilgan tavsiyalar va ilmiy asoslangan yondashuvlar oilaviy

muhitda nizolarni oldini olishga yordam beradi va sog‘lom shaxs, sog‘lom jamiyat

shakllanishiga zamin yaratadi.

KALIT SOְ‘ZLAR:

Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar, Farzandlar

o‘ziga xos “shaxs” bo‘lishni istash, Tengdoshlar ta'siri, Psixologik buzilish,

Farzand o‘zini yolg‘iz his qilishi.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ

КОНФЛИКТА МЕЖДУ РОДИТЕЛЯМИ И ДЕТЬМИ

Хурбоев Охунжона Худойберди сын

Университет точных и социальных наук Психология студент 2 курса

магистратуры


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

177

ВВЕДЕНИЕ:

В современном обществе взаимоотношения между

родителями и детьми имеют важное значение для стабильности семьи и

полноценного развития ребенка. К сожалению, эти отношения не всегда

бывают гармоничными и уравновешенными. Сегодня конфликты,

разногласия и недопонимания между родителями и детьми наблюдаются во

многих семьях. Такие конфликты негативно влияют на психологическое

состояние ребенка, его успеваемость в учебе и уровень социальной

адаптации.

Настоящая статья направлена на анализ возникающих конфликтов

между родителями и детьми, рассмотрение их причин и последствий с

социальной и психологической точек зрения. Корни конфликтов часто лежат

в различиях образа жизни, столкновении поколенческих ценностей,

проблемах

коммуникации

и

неудовлетворенных

эмоциональных

потребностях. Особенно обостряются взаимоотношения в тех случаях, когда

родители не в полной мере понимают психологическое состояние и

возрастные особенности растущего поколения.

Согласно статистическим данным, в Республике Узбекистан в 2023 году

количество обращений за психологической помощью по вопросам семейных

конфликтов увеличилось на 18%, при этом более 40% из них были связаны

именно с недопониманием между родителями и детьми. Это подчеркивает

актуальность данной темы.

Изучение конфликтов между родителями и детьми с социально-

психологической точки зрения позволяет глубже понять сложности в этих

отношениях и найти пути их решения. В статье рассматриваются основные

факторы, вызывающие конфликты, их влияние на развитие личности, а также

даются научно обоснованные рекомендации по преодолению этих проблем.

ЦЕЛЬ:

Целью данной научной статьи является углубленное

исследование конфликтов между родителями и детьми с социально-

психологической точки зрения, выявление причин возникновения этих


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

178

конфликтов, стадий развития и негативных последствий. В статье также

разрабатываются пути создания здоровой семейной среды на основе

современных психологических подходов к разрешению конфликтов,

эффективных коммуникативных методик и практических рекомендаций.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ:

Научные исследования и статистические

данные по семейному воспитанию, детской психологии и социальным

отношениям в Республике Узбекистан. Интервью и практические

наблюдения со школьными психологами, учителями и родителями.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ:

Полученные в ходе исследования

данные показали, что конфликты между родителями и детьми часто связаны

с плохой коммуникацией, эмоциональным равнодушием, конфликтами в

стилях воспитания, а также возрастными изменениями. Особенно в

подростковом возрасте дети стремятся к независимости, в то время как

родители пытаются сохранить авторитарный контроль. Это усиливает

взаимное непонимание.

По результатам опроса, большинство родителей пытались подчинить

ребенка своим требованиям, не принимая во внимание его чувства. Дети, в

свою очередь, чувствовали себя непонятыми и находящимися под

давлением. Это привело к увеличению психологической дистанции и

трудностям социальной адаптации.

По результатам обсуждения были сделаны следующие выводы:

Конфликты — это естественный социально-психологический процесс,

который при правильном управлении может способствовать укреплению

семейных отношений.

Здоровое общение и эмоциональная близость являются одними из

важнейших факторов предотвращения конфликтов. Низкий уровень

психологической грамотности усугубляет конфликты; Предоставление

родителям

образовательной

и

психологической

помощи

имеет

первостепенное значение. Использование соответствующих возрасту


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

179

методов воспитания и уважение личных границ детей стабилизируют

семейную обстановку.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ:

Конфликты между родителями и детьми являются

важной социально-психологической проблемой, которая напрямую влияет

на психологическую обстановку в семье, личностное развитие ребенка и его

социальную адаптацию. Исследование показало, что эти конфликты часто

возникают в результате плохой коммуникации, неудовлетворенных

эмоциональных потребностей, авторитарного стиля воспитания и ролевых

конфликтов.

Если конфликты не разрешаются своевременно, у ребенка может

развиться психологический стресс, низкая самооценка, социальная изоляция

и даже негативное поведение. Поэтому каждый член семьи должен стараться

уменьшать конфликты посредством взаимопонимания, уважения, общения и

терпения.

Представленные в статье рекомендации и научно обоснованные

подходы способствуют профилактике конфликтов в семейной среде и

создают основу для формирования здоровой личности и здорового общества.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:

Конфликты между родителями и детьми,

Желание

детей

быть

самостоятельными,

Влияние

сверстников,

Психологические нарушения, Чувство одиночества у детей.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL FEATURES OF CONFLICT BETWEEN

PARENTS AND CHILDREN

Khurboev Okhunjon

University of Exact and Social Sciences Psychology II year master's student

INTRODUCTION:

In modern society, the stability of the family and the


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

180

healthy development of children largely depend on the quality of interactions

between parents and children. Unfortunately, these relationships are not always

harmonious

and

balanced.

Nowadays,

conflicts,

disagreements,

and

misunderstandings between parents and children are observed in many families.

Such conflicts negatively affect the child’s emotional state, academic performance,

and even their level of social adaptation.

This article aims to analyze the conflicts that arise between parents and

children, examining their causes and consequences from social and psychological

perspectives. The roots of such conflicts often stem from differences in lifestyle,

generational value clashes, communication problems, and unmet emotional needs.

Especially when the psychological condition and age-specific emotional

experiences of growing children are not adequately understood by their parents, it

can lead to heightened tensions in the relationship.

According to statistical data, in the Republic of Uzbekistan, the number of

individuals seeking psychological assistance related to family conflicts increased

by 18% in 2023. More than 40% of these cases were related specifically to

misunderstandings between parents and children. This further highlights the

relevance of the topic.

Studying conflicts between parents and children from a socio-psychological

point of view allows for a deeper understanding of the complexities within these

relationships and the identification of potential solutions. The article presents the

main factors causing conflicts, their impact on personality development, and

scientifically based recommendations for addressing these issues.

PURPOSE:

The purpose of this scientific article is to conduct an in-depth

study of conflicts between parents and children from a socio-psychological

perspective, to identify the causes of these conflicts, their stages of development,

and their negative consequences. The article also develops ways to create a healthy

family environment based on modern psychological approaches to resolving

conflicts, effective communication techniques, and practical recommendations.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

181

MATERIALS AND RESULTS:

Scientific research and statistical data on

family upbringing, child psychology, and social relations in the Republic of

Uzbekistan. Interviews and practical observations with school psychologists,

teachers, and parents.

DISCUSSION AND RESULT:

The data obtained during the study showed

that conflicts between parents and children are often associated with poor

communication, emotional indifference, conflicts in parenting styles, and age-

related changes. Especially during adolescence, children strive for independence,

while parents try to maintain authoritarian control. This increases mutual

misunderstandings.

According to the results of the survey, most parents, without taking into

account their child's feelings, tried to subordinate him only to their own

requirements. Children, in turn, felt misunderstood and under pressure. This led to

an increase in psychological distance and difficulties in social adaptation.

Based on the discussion, the following conclusions were drawn:

Conflicts are a natural socio-psychological process, which, if properly

managed, serve to strengthen family relationships.

Healthy communication and emotional intimacy are among the most

important factors in preventing conflict. Low levels of psychological literacy

exacerbate conflicts; providing parents with educational psychological counseling

is of utmost importance. Using age-appropriate parenting methods and respecting

children's personal boundaries stabilizes the family environment.

CONCLUSION:

Conflicts between parents and children are an important

socio-psychological problem that directly affects the psychological environment of

the family, the child's personal development and social adaptation. The study found

that these conflicts often arise as a result of poor communication, unmet emotional

needs, authoritarian parenting style and role conflicts.

If conflicts are not resolved in a timely manner, the child may develop

psychological stress, low self-esteem, social withdrawal and even negative


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

182

behavior. Therefore, each family member should try to reduce conflicts through

mutual understanding, respect, communication and patience.

The recommendations and scientifically based approaches presented in the

article will help prevent conflicts in the family environment and create the basis

for the formation of a healthy individual and a healthy society.

KEYWORD:

Conflicts between parents and children, Children's desire to be

their own "individual", Peer influence, Psychological disruption, Child feeling

lonely.

Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar jamiyatning deyarli barcha

qatlamlarida uchraydi. Bu holat oilaviy muhit, tarbiya uslublari, avlodlararo

tafovutlar va shaxslararo kommunikatsiya yetishmovchiligi bilan bevosita bog‘liq.

Har bir oilada bu nizolar o‘ziga xos shakl va mazmunga ega bo‘lsa-da, umumiy

sabablari mavjud.

Bunda avlodlararo qadriyatlar farqi muhim omillardan biridir. Kattalar

ko‘pincha o‘z tajribasiga, qadriyatlar tizimiga tayanib, farzandlardan ham shu

yo‘ldan yurishni kutadilar. Biroq zamonaviy yoshlar globallashuv, axborot

texnologiyalarining kengayishi va o‘z fikrini erkin ifodalash imkoniyatlari sababli

boshqa qadriyatlarga ega bo‘lishadi. Bu esa ota-onalar tomonidan “hurmatsizlik”

yoki “qarshilik” sifatida qabul qilinishi mumkin.

Kiyin

esa

kommunikatsion

muammolar

— o‘zaro muloqotda

tushunmovchiliklar va noto‘g‘ri talqinlar, asabiy muomalalar, bir-birini

tinglamaslik ham nizolarga olib keladi. Masalan, ota-ona farzandning ichki

kechinmalarini, hissiy ehtiyojlarini tushunishga urinmasdan, faqat buyruq va

nazorat orqali tarbiya yuritadi. Natijada bola o‘zini tushunilmagan his qiladi va

qarshilik ko‘rsatishga, yopilish yoki agressiv xatti-harakatlarga o‘tishga moyil

bo‘ladi

2

.

2

Musaeva, N. (2022). Psikhologicheskaia pomoshch' v sem'inykh konfliktnykh situatsiiakh. Yosh

olimlar jurnali, 3(2022), 45–50.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

183

Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham muhim ahamiyatga ega. Oiladagi moliyaviy

qiyinchiliklar, ota-onaning ish bilan haddan ortiq band bo‘lishi yoki ishsizlik, stress

holatlari — bularning barchasi oilaviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Farzandlar

e’tibordan chetda qolishi, hissiy bo‘shliq paydo bo‘lishi va bu oraliq nizolar uchun

qulay zamin yaratadi.

Tarbiya uslublaridagi nomuvofiqliklar ham nizolar sababi bo‘lishi mumkin.

Masalan, biri qat’iy, ikkinchisi liberal tarbiyadan foydalanayotgan ota-onalar

bolada ikkilanma qarashlar shakllanishiga sabab bo‘ladi. Bu holat bolaning axloqiy

me’yorlarni to‘g‘ri qabul qilmasligiga olib keladi va ota-onalar bilan ziddiyat

kuchayadi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ota-ona va farzand o‘rtasidagi doimiy nizolar

bolaning o‘z-o‘zini baholash darajasini pasaytiradi, ijtimoiy faoliyatga qiziqishni

kamaytiradi va stressli holatlar, hattoki depressiyaga olib kelishi mumkin.

Demak, nizolarning asosiy sabablari avlodlararo tafovut, muloqotdagi

uzilishlar, tarbiyadagi nomuvofiqlik va ijtimoiy sharoit bilan bevosita bog‘liqdir.

Ushbu sabablarga psixologik va sotsiologik nuqtayi nazardan chuqurroq

yondashish zarur.

Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolarning kelib chiqishida psixologik

omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar ham muhim o‘rin tutadi. Jamiyatda yuz

berayotgan o‘zgarishlar, iqtisodiy beqarorlik, madaniy qadriyatlarning

erkinlashuvi, texnologik taraqqiyot va global axborot oqimi oiladagi

munosabatlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Birinchi muhim ijtimoiy omil bu — ijtimoiy muhitning beqarorligi. Hozirgi

kunda ko‘plab oilalar iqtisodiy, mehnat va ma’naviy bosim ostida yashamoqda.

Ota-onaning ish joyidagi stress, moliyaviy muammolar, kommunal to‘lovlar,

kundalik hayotdagi tashvishlar ularda salbiy emotsional holat paydo qiladi. Bu

holat ularning farzandlariga nisbatan sabr va e’tiborini kamaytiradi. O‘z navbatida,

bola bunday muhitda o‘zini rad etilgandek his qiladi va norozilik bildiradi, bu esa


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

184

nizolarga olib keladi.

Ikkinchidan, mass-mediani haddan ortiq ta’siri. Bolalar va o‘smirlar televizor,

internet, ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. Bu

ma’lumotlar har doim ham ijobiy emas: unda zo‘ravonlik, tajovuzkorlik,

individualizm targ‘ib qilinadi. Farzandlar ongiga mustahkam o‘rnashgan ushbu

“zamonaviy” qadriyatlar ota-onalarning an’anaviy qarashlariga zid keladi.

Natijada, o‘zaro tushunmovchilik va bahs-munozaralar vujudga keladi

3

.

Uchinchidan, ijtimoiy rollar va majburiyatlardagi o‘zgarishlar. An’anaviy oila

modelida ota-ona — nazoratchi, farzand esa — itoat qiluvchi sifatida qaralgan.

Zamonaviy jamiyat esa individual erkinlikni, o‘z fikrini ayta olishni qadrlaydi.

Natijada, ota-onaning “men bilaman” tamoyiliga asoslangan yondashuvi

farzandlar tomonidan rad etiladi. Ayniqsa, o‘smirlik davridagi farzandlar o‘z

“men”ini isbotlashga harakat qilib, nizolarga sabab bo‘lishadi.

To‘rtinchidan, migratsiya va oilaning buzilishi. Chet elga ishlash uchun

ketgan ota-onalar farzandlar bilan uzoq vaqt muloqotsiz qoladi. Mas’uliyat asosan

bitta ota-ona yoki umuman qarindoshlarga yuklanadi. Bu holat bolada e’tiborsizlik,

mehr yetishmovchiligi, tashvish va g‘azabni keltirib chiqaradi. Shuningdek,

ajralishlar sonining ko‘payishi ham farzandlarning emotsional holatiga bevosita

ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra,

2022-yilda mamlakatda rasmiy ajrashgan oilalar soni 42 mingdan oshgan bo‘lib,

ularning katta qismi voyaga yetmagan farzandlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu esa

ijtimoiy muhitdagi barqarorlik darajasini ko‘rsatadi.

Demak, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolarning ijtimoiy omillari keng

qamrovli bo‘lib, ular jamiyatdagi o‘zgarishlar, madaniy dinamikalar, iqtisodiy

holat va axborot oqimi bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu omillarni tahlil qilish, ular

3

Ergashev, I. (2023). Oila va farzandlar o‘rtasidagi nizolarni hal etish. O‘zbekiston psixologiya jurnali,

1(2023), 23-29.

.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

185

bilan kurashish bo‘yicha ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish zarur.

Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar nafaqat ijtimoiy, balki chuqur

psixologik ildizlarga ham ega. Shaxslararo munosabatlarda yuzaga keladigan har

qanday ziddiyat — bu ikki tomonning ehtiyoj, qadriyat va his-tuyg‘ularining

to‘qnashuvi natijasidir. Oila a’zolari o‘rtasida yuzaga keladigan bunday nizolar

bolaning psixik rivojlanishida iz qoldiradi.

Emosional ehtiyojlarning

qondirilmasligi. Har bir bola o‘zini tushunishlarini, qabul qilishlarini, mehr

berishlarini istaydi. Agar ota-onalar bu ehtiyojlarga befarq bo‘lsa yoki faqat

nazoratga urg‘u bersa, bola o‘zini rad etilgandek his qiladi. Bu esa ichki norozilik,

ishonchsizlik, hattoki depressiv holatlarni yuzaga keltiradi¹. O‘sish davri

inqirozlari. Psixologik jihatdan, bolalik va o‘smirlik — inson hayotidagi eng

muhim va murakkab bosqichlardan biridir. Bu davrda bolaning o‘zini anglash,

mustaqil qaror qabul qilish, ijtimoiy identifikatsiya jarayoni kuchayadi. Ota-

onaning bu o‘zgarishlarni tan olmasligi va har doim o‘z hukmini o‘tkazishga

intilishi bolaning qarshilik ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi.

Bola stressli holatlarga qarshi turish uchun o‘ziga xos himoya strategiyalarini

shakllantiradi: tajovuzkorlik, sukut, yolg‘on, qat’iyatsizlik yoki qaramlik kabi

holatlar. Bu xatti-harakatlar ko‘pincha nizolarning o‘zagini tashkil qiladi.

Psixologlarning fikricha, ota-ona va farzand o‘rtasidagi ziddiyatli muloqotlar

farzandlarda ishonchsizlik, xavotir va past o‘z-o‘zini baholash kabi holatlarni

shakllantiradi.

Farzandlar o‘ziga xos “shaxs” bo‘lishni istashadi. Ota-ona esa, ba’zida,

ularning xatti-harakatlarini o‘z me’yorlariga moslashtirishga harakat qiladi. Bu

holat bola identifikatsiyasini qiyinlashtiradi. Natijada psixologik ziddiyat

kuchayadi. Ayniqsa, bu holat qiz bola va onalar, o‘g‘il bola va otalar o‘rtasida

ko‘proq uchraydi.

Psixologik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, uzoq davom etadigan oilaviy nizolar

bolalarda o‘quvga qiziqmaslik, do‘stlarga bog‘lanib ketish, destruktiv xatti-

harakatlar (masalan, chekish, ichish) yoki o‘z joniga qasd qilish fikrlariga olib


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

186

kelishi mumkin. Bu holatlar ayniqsa ota-ona tomonidan psixologik yordam va

quvvat berilmagan muhitda sodir bo‘ladi.

Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolarni oldini olish va ularni hal qilish

mexanizmlari oiladagi sog‘lom psixologik muhitni saqlab qolishda hal qiluvchi

ahamiyat kasb etadi. Buning uchun avvalo muloqot madaniyatini shakllantirish,

o‘zaro hurmat, empatiya va psixologik bilimlar zarur.

Nizolarning ko‘pchiligi noto‘g‘ri yoki yetarli bo‘lmagan muloqotdan kelib

chiqadi. Ota-onalar farzandlarini tinglash, ularning fikrlariga hurmat bilan qarash

va emotsional holatini tushunishga harakat qilishlari zarur. Farzandni faqatgina

tanqid qilish yoki nazorat qilish emas, balki unga do‘st sifatida yondashish

muhimdir.

Oila a’zolarining bir-birining his-tuyg‘ularini to‘g‘ri tushunishi va ifodalashi

muhim. Farzandlarni kichikligidan boshlab o‘z his-tuyg‘ularini aytishga o‘rgatish,

ularga g‘azab, hafsalasizlik yoki qo‘rquvni qanday ifodalashni o‘rgatish zarur. Bu

ularni emotsional jihatdan barqaror qiladi va nizolar kamroq yuzaga chiqadi.

Zamonaviy oilada bolani tarbiyalash faqat instinktlar asosida emas, balki

psixologik bilimlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Maxsus seminarlar, treninglar va

maslahat markazlari orqali ota-onalarga farzand psixologiyasi, yosh davriga xos

xatti-harakatlar, inqirozli bosqichlar haqida ma’lumot berilishi lozim

4

.

O‘zaro tushunmovchiliklar chuqurlashib ketmasligi uchun malakali

mutaxassis — psixolog yordami juda muhim. Rivojlangan davlatlarda har bir

maktab va oilaviy klinikada oila psixologi faoliyat yuritadi. O‘zbekiston tajribasida

ham maktab psixologlarining faoliyati kengaytirilmoqda.

Ota-ona va farzandlar orasidagi ijobiy munosabatlarni mustahkamlash uchun

birga vaqt o‘tkazish, o‘yinlar, sayrlar, oila yig‘inlari, uy vazifalarini bajarishda

hamkorlik qilish juda foydali. Bu jarayonda hissiy yaqinlik kuchayadi, ishonch

paydo bo‘ladi.

4

Karimov, N. (2021). Oila psihologiyasi. Tashkent: Iqtisod-moliya.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

187

Xulosa qilib aytganda, nizolarni oldini olishning asosiy omili — bu o‘zaro

hurmat, sog‘lom muloqot va bir-birining ruhiy holatiga e’tibor bilan qarashdir. Har

bir oila a’zosi bu yo‘lda o‘z mas’uliyatini anglashi kerak.

Demak, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar shaxsning ruhiy holatiga,

ijtimoiy moslashuviga va hayotiy qarorlariga bevosita ta’sir qiladi. Ularni bartaraf

etish uchun nafaqat ijtimoiy, balki psixologik yondashuv ham zarur.

Ota-ona va farzandlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar, agar vaqtida

bartaraf etilmasa, nafaqat oila muhitiga, balki farzandning psixologik, axloqiy va

ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ziddiyatlar asta-sekinlik

bilan chuqurlashadi va turli sohalarda o‘z aksini topadi.

Uzoq davom etadigan nizolar farzandda xavotir, tushkunlik, yolg‘izlik,

tashvish va o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Bu holat depressiv

ruhiy holatlarga, hattoki psixosomatik kasalliklar (bosh og‘rig‘i, uyqusizlik,

ishtahaning yo‘qolishi) paydo bo‘lishiga olib keladi.

Farzandlar, ayniqsa o‘smirlar, ota-onasi bilan to‘g‘ri muloqot qila olmagan

taqdirda, ko‘pincha o‘zlarini tengdoshlar orasida tasdiqlashga urinadilar. Ba’zan

bu guruhlar destruktiv xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Natijada, bola yomon

odatlarga (chekish, spirtli ichimliklar ichish, zo‘ravonlik) berilishi mumkin.

Oiladagi muammolar bola yoki o‘smirning maktabdagi muvaffaqiyatiga

bevosita ta’sir qiladi. E’tiborning pasayishi, rag‘batning yo‘qligi, doimiy stress

holati farzandning darsdagi faolligini susaytiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra,

ota-onasi bilan doimiy nizoda yashovchi bolalar orasida o‘quvda orqada qolish va

maktabdan qochish holatlari ko‘proq uchraydi.

Farzand doimiy nizoli muhitda o‘z fikrini erkin bildirishi, mustaqil qaror

qabul qilishi, o‘z “men”ini rivojlantirishi qiyinlashadi. Bu holat ularning katta

hayotdagi o‘zini tutishida, oilaviy munosabatlarida, ish faoliyatida muammolarga

olib kelishi mumkin.

Nizolar ko‘p holatlarda ota-ona va farzand o‘rtasidagi ishonchni yo‘q qiladi.

Farzand o‘zini yolg‘iz his qilgan holda muammolarini tashqaridan hal qilishga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

188

harakat qiladi, bu esa ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib keladi. Psixologlar bu

holatni “emotsional uzoqlashuv sindromi” deb ataydilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bolalar Ombudsmani 2023-yilgi hisobotida

keltirilishicha, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning

30 foizga yaqini oilaviy nizolar, e’tiborsizlik va emotsional zo‘ravonlik natijasida

yuzaga kelgani aniqlangan.

Adabiyotlar ruyhati:

1. Abdurahmonov, K. X. (2018). Psykhologiya sem'i. Tashkent: Fan.

2. Islomova, G. R. (2019). Konflikty v sem'i i puti ikh preodoleniia.

Tashkent: Universitet.

3. Nazarov, Sh. Zh. (2020). Osnovy vozrastnoi i pedagogicheskoi

psikholodii. Tashkent: Uchitel.

4. Karimov, N. (2021). Oila psihologiyasi. Tashkent: Iqtisod-moliya.

5. Musaeva, N. (2022). Psikhologicheskaia pomoshch' v sem'inykh

konfliktnykh situatsiiakh. Yosh olimlar jurnali, 3(2022), 45–50.

6. Ergashev, I. (2023). Oila va farzandlar o‘rtasidagi nizolarni hal etish.

O‘zbekiston psixologiya jurnali, 1(2023), 23-29.

7. Tohirova, M. (2023). Farzand tarbiyasida kommunikatsiya muammolari.

Zamonaviy ta'lim, 4(2023), 67-72.

8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. (2024). Oilaviy

psixologik maslahatlar statistikasi. Tashkent.

9. Berk, L. E. (2017). Child Development. Pearson Education.

10. Santrock, J. W. (2019). Life-Span Development. McGraw-Hill

Education.