Mualliflar

  • Karimova Dilobad Halimovna
  • Toʻlanova Zulfiyaxon G'iyosiddin qizi,
  • Ahmadjonova Nafisa Akmaljon qizi

Muallif tarjimai holi

  • Karimova Dilobad Halimovna

    Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi stajyor oʻqituvchisi

  • Toʻlanova Zulfiyaxon G'iyosiddin qizi,

    Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1-kurs 102-guruh talabasi

  • Ahmadjonova Nafisa Akmaljon qizi

    101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90582

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar:Qutadgʻu bilig Yusuf Xos Hojib axloq adolat aql davlat tarbiya komil inson. Ключевое слово:Кутадгу билиг Юсуф Хос Ходжиб этика справедливость разум государство воспитание совершенный человек. Key words:Kutadgu Bilig Yusuf Khass Hajib ethics justice intellect state education perfect human.

Annotasiya

Annotasiya:Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asarida ijtimoiy axloq masalalari keng yoritilgan. Unda adolat, aql, davlat, qanoat kabi tushunchalar ramziy qahramonlar orqali ifodalanadi. Asarda ilm-fan, axloqiy tarbiya, shaxsiy kamolot va davlat boshqaruvi masalalari chuqur tahlil etilib, yosh avlodni ma’naviy yetuklikka yetaklovchi g‘oyalar ilgari suriladi.

Аннотация:В данной статье подробно рассматриваются вопросы социальной этики в произведении Юсуфа Хос Ходжиба «Кутадгу билиг». Через символических героев раскрываются такие понятия, как справедливость, разум, государственность и довольство. Произведение содержит глубокий анализ нравственного воспитания, личного совершенствования и управления государством, направленных на духовное развитие молодёжи.

Abstract:This article explores the issues of social ethics presented in Yusuf Khass Hajib’s work Kutadgu Bilig. Concepts such as justice, intellect, statehood, and contentment are represented through symbolic characters. The work provides in-depth insights into moral education, personal development, and governance, aiming to guide youth towards spiritual maturity.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

120

„QUTADGʻU BILIG “ ASARIDA IJTIMOIY AXLOQ MASALALARI

Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti oʻzbek tili va

adabiyoti kafedrasi stajyor oʻqituvchisi

Karimova Dilobad Halimovna

Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti oʻzbek tili va

adabiyoti yoʻnalishi 1-kurs 102-guruh talabasi

Toʻlanova Zulfiyaxon Gʻiyosiddin qizi,

101-guruh talabasi

Ahmadjonova Nafisa Akmaljon qizi

Annotasiya:Mazkur maqolada Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”

asarida ijtimoiy axloq masalalari keng yoritilgan. Unda adolat, aql, davlat, qanoat

kabi tushunchalar ramziy qahramonlar orqali ifodalanadi. Asarda ilm-fan, axloqiy

tarbiya, shaxsiy kamolot va davlat boshqaruvi masalalari chuqur tahlil etilib, yosh

avlodni ma’naviy yetuklikka yetaklovchi g‘oyalar ilgari suriladi.

Kalit soʻzlar:Qutadgʻu bilig, Yusuf Xos Hojib, axloq, adolat, aql, davlat,

tarbiya, komil inson.

СОЦИАЛЬНО-НРАВСТВЕННЫЕ ВОПРОСЫ В

ПРОИЗВЕДЕНИИ «КУТАДГУ БИЛИГ»

Стажёр-преподаватель кафедры узбекского языка и литературы

филологического факультета Андижанского государственного

педагогического института

Каримова Дилобад Халимовна


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

121

Студентка 1 курса 102-группы факультета филологии Андижанского

государственного педагогического института направления узбекского

языка и литературы

Туланова Зулфияхон Гиясиддин кызы,

Студентка 101-группы

Ахмаджанова Нафиса Акмалжон кызы

Аннотация:В данной статье подробно рассматриваются вопросы

социальной этики в произведении Юсуфа Хос Ходжиба «Кутадгу билиг».

Через символических героев раскрываются такие понятия, как

справедливость, разум, государственность и довольство. Произведение

содержит глубокий анализ нравственного воспитания, личного

совершенствования и управления государством, направленных на духовное

развитие молодёжи.

Ключевое слово:Кутадгу билиг, Юсуф Хос Ходжиб, этика,

справедливость, разум, государство, воспитание, совершенный человек.

SOCIAL AND ETHICAL ISSUES IN THE WORK “QUTADGHU

BILIG”

Intern teacher of the Department of Uzbek Language and Literature,

Faculty of Philology, Andijan State Pedagogical Institute,

Karimova Dilobad Halimovna

1st-year student of group 102, Faculty of Philology, Andijan State

Pedagogical Institute, Uzbek Language and Literature Department

Tulanova Zulfiya Khon G‘iyosiddin qizi,

Student of group 101 – Ahmadjonova Nafisa Akmaljon qizi


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

122

Abstract:This article explores the issues of social ethics presented in Yusuf

Khass Hajib’s work Kutadgu Bilig. Concepts such as justice, intellect, statehood,

and contentment are represented through symbolic characters. The work provides

in-depth insights into moral education, personal development, and governance,

aiming to guide youth towards spiritual maturity.

Key words: Kutadgu Bilig, Yusuf Khass Hajib, ethics, justice, intellect, state,

education, perfect human.

Qutadg‘u bilig” –turkiy xalqlar islomni qabul qilganlaridan so‘ng yaratilgan

ilk adabiy asar hisoblanadi. Turkiy yozma adabiyotining bebaho asarlaridan biri

bo‘lgan Qutadg‘u bilig asari buyuk mutaffakir Yusuf Xos Hojib tomonidan

462-yilda yozib tugallangan (grigorian kalendari bo‘yicha: 1069/1070).

“Qutadg‘u bilig” turkiy qoraxoniylar tilida “Saodatga eltuvchi bilim” degan

ma’noni anglatadi. Qutadg‘u bilig –nafaqat adabiy asar, balki u siyosiy qomus

hamdir. U davlatni qanday boshqarish kerakligi masalasiga qaratilgan. Qutadg‘u

bilig turkiy xalqlar davlat boshqaruvini juda chuqur anglash va davlatni oqilona

va yaxshi boshqarish saodat manbasi ekanligiga ishonch hosil qilganliklarini

ko‘rsatadi. Shubhasiz, olimlarning shunday buyuk asar to‘g‘risida biror yangilik

aytishlari uchun har doim sabab topiladi[6]”.“Qutadg‘u Bilig” nafaqat bir asar,

balki saodatga olib boruvchi bilim manbai sifatida abadiy qadrini saqlaydi. U

“6520 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning “mutaqoribi musammani

mahzuf”) vaznida yozilgan[1]”.“Qutadg‘u bilig” asari Yusuf Xos Hojib haqida

maʼlumot beruvchi yagona asar sifatida ko‘riladi. Asardan xulosa qilishimiz

mumkinki, o‘z davrining zarur, foydali bilimlarini mukammal bilgan Yusuf Xos

Hojib o‘zi yashayotgan vaqtning madaniy, maʼnaviy merosini avlodlarga qoldirish

uchun harakat qilgan. Asar turkiy adabiyotni yorqin kelajak taraqqiyoti sari

tashlangan ilk qadamlari bo‘lib, ulkan va islomiy turkiy adabiyotni boshlanishiga

yordam bergan.

1

Asar Qoshg‘arda nihoyasiga yetdi va o‘zining nodir san’ati bilan

1

”Экономика и социум” №10(77) 2020

www.iupr.ru

.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

123

ajralib turib, davrning madaniyati, ma’rifati, ilm-fan, urf-odat va an’analarini o‘z

ichiga oladi.

Mamlakatning daxlsizligi, uning ravnaqi faqat budun bilandir.

Xalqning qanday bo‘lishi mamlakat boshlig‘iga to‘la bog‘liqdir. «Qutadg‘u

bilig»da mamlakat boshlig‘i – hukmdor «elig» yoki «bek» deb yuritiladi. Alohida

ta’kidlash joizki, qadimgi turklarda vatan tushunchasi shu vatanga mansub xalq

bilan birga tasavvur etilgan. Ushbu tushuncha «el» so‘zi bilan ifodalanadi. Bu so‘z

faqat xalqni emas, balki mamlakat, o‘lka, davlat (saltanat), yurt tushunchalarini

ham ifodalaydi. Uning «kun» so‘zi bilan birga kelishi «el-u xalq», «yurt»,

«mamlakat», «vatan» tushunchalariga teng keladi.Asarda to‘rtta yetakchi

qahramon bor:Kuntug‘di – elig (hukmdor) – Adolat timsoli.Oyto‘ldi – vazir –

Davlat timsoli.O‘gdulmish – vazirning o‘g‘li (otasining vafotidan keyin Vazir) –

Aql timsoli.O‘zg‘urmish – Oyto‘ldining uzoq qarindoshi, zohid – Qanoat (ofiyat)

timsoli. Ularning har biri ramziy tarzda adolat, davlat, aql va ofiyat (qanoat)ni aks

ettiradi. Ayni paytda asarda ular muayyan lavozim egasi sifatida ko‘rinadi.Asar

qahramonlarning o‘zaro suhbati asosiga qurilgan. Yusuf Xos Hojib tasvirida

Kuntug‘di «qilmishlari to‘g‘ri, fe’l-u raftori rost, tili chin, yetuk, ko‘zi va ko‘ngli

boy, bilimli, zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov edi».Oyto‘ldi – vazir,

ayni paytda Davlat ramzi. Uning Fe’l-atvorida barcha ezgu xislatlar mujassam.

Shunga qaramay, davlat alohida e’tiborni ham talab qildi. Yusuf Xos Hojib bunday

mulohazalarni o‘z qahramonlarini so‘zlatish orqali ko‘rsatib beradi.

Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib

bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun, u tug‘ilgan kundan boshlab zarur

tarbiyani olmog‘i lozim. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i

shart.Shundagina ularning noo‘rin xatti-harakatlariga berilishining oldi

olinadi.Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har tomonlama kamolga

yetkazishning barcha masalalari o‘zining badiiy ifodasini topgan yirik ta’limiy-

axloqiy dostondir. Olim insonni kamolga yetishi uchun quyidagilarni nazarda


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

124

tutadi:

1.Aqliy kamolot-bilim va zakovat. O‘quvli bo‘lish.

2.Axloqiy kamolot.

3.Jismoniy kamolot.

2

Yusuf Xos Hojib insonning kamolga yetishining yo‘l-yo‘riqlari, usullari,

chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. Shuning uchun ham

bu asar o‘zining ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati bilan beqiyosdir.Shuning

uchun ham Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni turkiy xalqlar adabiyoti

tarixida muhim o‘rin egallagan durdona asarlardan biri deb e’tirof etiladi. Yuqorida

zikr etilgan buyuk va suyuk allomalarning merosi ilmiy-nazariy jihatdan

o‘rganildi. Hayotning mazmuni to‘g‘ri tushuntirish, farzandlarga to‘gri odob-

axloqni o‘rgatish, ezgu ishlarga odatlantirish qayd etilgan. Asarda barkamol avlod

tarbiyasi va turli yomon illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo‘yicha qator

tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud. O‘git-nasihat qilish, ibrat-oʻrnak

ko‘rsatish, rag‘batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida

qo‘llab kelgan bo‘lib, uning quyidagi ijobiy shakllari: tushuntirish, oʻrgatish,

mashq qildirish, yaxshi xislat va ishlarga undash, istak bildirish,maqtash, olqish

aytish, duo qilish, alqash, mukofotlash, taqdirlash, ishonch bildirish, oqlash,

vasiyat qilish kabi ta’lim metodlari va vositalari yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin

egallaydi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida inson kamoloti masalasi

markaziy masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda

tutgan o‘rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o‘ziga xos tarzda bayon

etiladi. “Qutadg‘u bilig”ning tadqiqotchilaridan biri B.To‘xliyev ta’kidlaganidek,

Yusuf Xos Hojib “Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning qator belgilarini

ko‘rsatib o‘tadi. Ularning eng asosiysi alohida shaxsning o‘z manfaatlari, shaxsiy

istaklari doirasini yorib chiqib, boshqalar g‘ami bilan yashashi, ko‘pchilik

manfaati uchun fidoyi bo‘la bilishdir”. Haqiqatdan ham asarning har bir bayti

insonni tarbiyalashga, uni komillik sari yetaklashga qaratilgan. Bunda o‘qituvchi

2

”Экономика и социум” №10(77) 2020

www.iupr.ru


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

125

mas’uliyatni his qilgan holda, asarni dars jarayonida o‘quvchilarga hayot bilan

bog‘lab tushuntirsa, dars jarayoni, albatta, qizg‘in bo‘ladi. Zero, adabiyot hayot

darsidir. Undagi keltirilganlarni bolalar hayotining har jabhasi bilan bog‘lab

oʻrgatsak, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Tarbiya oiladan boshlanadi, to‘g‘ri. Lekin u

ta’lim dargohida yana ham pishib, sayqallanib boradi. Bola tarbiyasida ta’lim

muhiti salmoqli o‘rin tutadi. Yusuf Xos Hojibning asari nafaqat o‘sha davr, balki

bugungi kun uchun ham chuqur ahamiyat kasb etadi. Asardagi pand-nasihatlar

yillar davomida o‘z qadr-qimmatini, ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. Biz

insonlarga bunday didaktik masalalarni o‘zida mujassam etgan asarlar doimo

kerak. Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liq holda bo‘lishini tavsiya

etadi, o‘g‘il bolalarning bir necha san’at turini va hunarlarni tugal oʻrganmog‘i

lozimligini ta’kidlaydi, bu –ularning kelajak hayotlari jamiyat rivoji uchun kerak.

Yusuf Xos Hojib aqliy tarbiyaning baland mavqe tutishini eslatadi. Adib

tarbiyaning barcha turlari o‘zaro bilan uyg‘un bo‘lishini talab etadi.Shundagina

insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy, ma’naviy boy bo‘lishiga

ishonadi. Farzandlarga turli bilim va hunarlar o‘rgatish, ularni go‘zal axloqli qilib

voyaga yetkazish ota – onaning burchidir. Yusuf Xos Hojib tarbiyada kattalar

namunasi, ajdodlar tarbiyasi alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi. Asarda

ilgari surilgan axloqiy xislatlar mohiyatining to‘laqonli ochib berilishi olimning

ta’lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligidan dalolat beradi:

insoniylik, rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo,shafqat, muruvvat,

insof, adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirinso‘zlik,saxovat, mardlik,

himmatlilik, tavoze, hurmat va ehtirom, tadbirkorlik. Aql-zakovat, halollik, ezgulik

kabi xislatlar ulug‘lanadi, ularga yolg‘onchilik,noinsoflik, fisqu fasod, bevafolik,

mehrsizlik, dag‘allik, qo‘pollik, baxillik, nomardlik, quvlik, hurmatsizlik,

nodonlik, johillik, haromxo‘rlik, ochko‘zlik kabi xislatlarni qiyoslab, ezgu

xislatlarning yaxshi oqibatlari va salbiy xususiyatlarning yomon oqibatlarini

misollar vositasida ishonarli qilib bayon etadi.Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u

bilig” asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

126

asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o‘rni, burch va vazifalari haqidagi

muammolar o‘ziga xos tarzda bayon etiladi. Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib

“Qutadg‘u bilig” kitobining an’anaviy boshlamasidan keyinoq insonning haqiqiy

baxti bilimda ekanligini bayon etadi. U ilm, zakovatning ahamiyati haqida fikr

yuritish bilan birga unga alohida boblar ham bag‘ishlangan. Lekin olim faqat ilm-

ma’rifatning ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning

amaliyotdagi o‘rnini ham yoritadi.Adib bilimli buyuk, uquvni ulug‘ deb ta’riflaydi.

Chunki zakovatli inson ulug‘ bo‘ladi, bilimli kishi buyuk bo‘ladi, deb ilmli

kishilarni asl toifadagi kishilarga qo‘shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm

tufayli amalga oshirilishini aytadi. O‘sha davrdayoq olim “Bilim hatto osmon sari

yo‘l ochur” deb bashorat qiladi.

3

U dunyoda odam paydo bo‘libdiki, faqat bilimli

kishilargina ezgu ish qilib, adolatli siyosat yurgizib kelgan, ana shu bilim va

zakovati tufayli kishilar razolatdan poklanganligini ta’riflaydi. Hatto hukmdorlar

ham yurtni, davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora etsa, el-yurt farovon bo‘ladi, to‘q

va tinch hayot kechiradi, deydi. U kuch va qurolni aql va bilimdan keyingi ikkinchi

o‘ringa qo‘yadi.Sechu (ya’ni har yerda ma’lum xudo) insonni yaratti, tanladi,unga

hunar, bilim va uquv berdi.Asarda ilm, axloq, tarbiya va jismoniy kamolot bir

butunlikda ko‘riladi. Tarbiyada ota-ona, ta’lim muassasalari, ajdodlar merosi va

o‘qituvchining o‘rni alohida ta’kidlanadi. Asardagi nasihatlar yoshlar tarbiyasida,

ularni barkamol inson sifatida voyaga yetkazishda muhim vosita hisoblanadi.

Muallif bilim va zakovatni har qanday kuchdan ustun qo‘yadi va insonni jamiyatga

foydali shaxs sifatida tarbiyalashni asosiy vazifa deb biladi.

“Qutadgʻu bilig” – nafaqat o‘z davri, balki hozirgi zamon uchun ham

bebaho axloqiy-ma’rifiy manba hisoblanadi. Asar inson kamoloti, adolatli

boshqaruv, axloqiy tarbiya va ilm-fanning ahamiyatini teran ifodalab, yosh avlodni

ezgulikka undaydi. Yusuf Xos Hojibning bu asari bugungi kunda ham ta’lim va

tarbiya jarayonlarida qo‘llanilishi zarur bo‘lgan manbalar qatorida turadi.

3

.Yusuf Xos Hojib. Qutadg„u bilig. – T.: G„afur G„ulom nomidagi badiiy

adabiyot .Nashriyoti, 1971.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

127

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.https://elibrary.tdpu.uz/darsliklar/maktab-darsliklari/11-sinf-darsliklar.

2.Rahmonov N. O„zbek adabiyoti tarixi. – T.: “Sano-standart” nashriyoti,

2017.

3.”Экономика и социум” №10(77) 2020

www.iupr.ru

.

4.Yusuf Xos Hojib. Qutadg„u bilig. – T.: G„afur G„ulom nomidagi badiiy

adabiyot .Nashriyoti, 1971.

5.Yusuf Xos Hojib. Qutadg„u bilig. – T.: Cho„lpon nomidagi nashriyot-

matbaa ijodiy uyi, 2007.