Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
97
COMPETENTLI TA’LIM YONDASHUVINING SHAKLLANISH
TARIXI VA RIVOJLANISH SHART SHAROITLARI
Qurbonova Mushtariy Abdujabbor qizi,
Oʻqituvchi O’zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti,
Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi
Email:
Jahon siyosati, iqtisodi va ta’lim sohalari, ishlab chiqarish, kadrlar
tayyorlash tizimida mamlakatlararo integratsiyalashuv yuz berayotgan bugungi
kunda Oʻzbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash sharoitida pedagogik
yoʻnalishdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining kasbiy kompetentligini
oshirish va kompetentyondashuvli ta’lim sharoitida faoliyat yuritishga tayyorlash,
koʻnikmalar hosil qilish masalasi oʻz dolzarbligini saqlab kelmoqda. Ushbu
yondashuvning imkoniyatlaridan keng koʻlamda
foydalana olish va qoʻyilgan
maqsadlarni roʻyobga chiqarish uchun yondashuvning kelib chiqish
tarixi bilan
tanishish, uning shakllanish bosqichlari va ta’lim tizimida yuzaga keltirgan
oʻzgarishlarini ilmiy-nazariy asoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon
amaliyotida muayyan
mutaxassislar kasbiy kompetentligini takomillashtirish
boʻyicha olib borilayotgan ilmiy
izlanishlarda ta’lim boshqaruvi natijaviyligiga
alohida e’tibor berilgan boʻlib, bunda asosiy urg‘u
ta’lim sifati menejmentiga
qaratilmoqda [1].
Respublikamizda umumiy oʻrta ta’lim tizimi pedagog kadrlarini
tayyorlash va ularning
malakasini oshirish boʻyicha tadqiqotlar N.A. Muslimov,
Sh.K. Mardonov, M.Quronov,
M.Vahobov, N.M.Egamberdieva, X.I.Ibragimov,
Matchonov Safa, J.E.Usarov, K.D.Riskulova,
A.Sh.Muxsieva, U.N.Xujamkulov,
Oʻ.Toshmatov, Z.Ismoilova va boshqalar tomonidan amalga
oshirilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan
V.Anisimov,
J.Shaygozova,
M.Sultanova,
Ye.Medvedeva,
I.Levchenko,
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
98
L.Komissarova, T.Dobrovolskaya,
O.Korjenko, Ye.Zargaryanlar tomonidan
boʻlajak
mutaxassislarni
ijtimoiy-madaniy
rivojlantirishning
tashkiliy
shartsharoitlari tadqiq etilgan. Xorijlik olimlardan M.Meskon,
T.Kellagan, T.Skott
Myurrey, W.Jhon Morgan, Tony Bush, Lawrence A.Sherr, Deborah,
C.Taylorlarning tadqiqotlarida uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini samarali
nazorat qilishning
tashkiliy-metodologik asoslari nazariy va amaliy jihatdan
chuqur oʻrganilgan.
Yuqorida nazarda tutilgan izlanishlarga qoʻshimcha qilgan holda
Oʻzbekiston ta’lim tizimiga kirib kelgan yangi kompetentli yondashuvning
rivojlanish tarixi yuzasidan izlanishlar
olib borilmoqda. Izlanishlar shuni
koʻrsatadiki, “kompetensiyaga asoslangan ta’lim” ta’lim
yoʻnalishi sifatida
Amerika Qoʻshma Shtatlarida shakllangan. Uning dastlabki gʻoyasi N.
Chomskiy
tomonidan 1965 yilda e’lon qilingan generativ grammatikadan olingan. Uning
negizida “... til oʻrganishda kompetentsiya yoki bilim oʻrtasidagi tub farq, til va
tilni qoʻllash
yoki uni amalda qoʻllash” kabi ilg’or g’oyalari yangi bir yondashuvga
asos boʻlgan. [2]
Psixologlarning har bir shaxs oʻz individual oʻrganish texnologiyasiga
ega degan fikrlari
ham kompetensiyaga asoslangan oʻqitish usuling rivojlanishida
asos nuqta boʻlib xizmat qilgan. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvda
ta’limning asosiy maqsadi talabani tarbiyalash emas
unga qoʻyilgan maqsadga
qanday erishishni oʻrgatish va bu bilan talaba oʻzi uchun samarali deb
hisoblagan
mashgʻulot shaklini tanlay olish imkoniyatiga ega boʻlgan va bu samaradorlikni
oshira brogan. Koʻrinib turganidek ushbu yondashuv rivojlanishining dastlabki
davridayoq
yuqori samaradorlik darasi bilan oʻz tarafdorlarini topgan. Kompetentli
yondashuv
negizida
yana
bir
qator
tushunchalar
ajralib
chiqqan:
“professionalizm”, “kompetensiya” va “kompetentlik”
kabilar
shular
jumlasidandir. Koʻplab tadqiqotchi olimlar kompetensiyaga asoslangan ta’lim
yondashuvining shakllanish tarixini oʻrganishga murojaat qilganlar. Bu borada N.
Gishanov, I.
Zimnyaya, V. Baidenkon, R. White va J.C. Raven kabi olimlarning
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
99
izlanishlarini sanab oʻtish
maqsadga muvofiqdir.
Qilingan
izlanishlarni
umumlashtirib
aytish
mumkinki,
kompetensiyaga
asoslangan ta’lim yondashuvi rivojlanish tarixini uch muhim
bosqichni ajratish mumkin. [3]
Birinchi bosqich 1960-1970- yillarni oʻz ichiga olib, terminologik
bosqich deb atash
mumkin. Bu bosqichda yangi yuzaga kelgan ta’lim
yoʻnalishining oʻz tushuncha va atamalari
ilmiy sohada yangi atamalar sifatida
tanishtirilib borilgan. Va hali oʻqitish jarayonida amalda
qoʻllanilmayotgan edi.
1970-yillar oʻrtalaridan 1990-yillar boshlariga qadar boʻlgan davrda yondashuvni
asoslashda psixologik aspektlar asosiy oʻringa chiqadi va bu davrni
kompetensiyaga asoslangan
yondashuvning psixologik aspect davri deb atashimiz
mumkin. Ushbu davrda J. Raven, R.
Burns, C. Makenshnan kabi olimlar ta’limning
kompetrensiya
asoslangan
yondashuvi
doirasida
koʻplab konseptlar ishlab chiqdilar. Ular sohalararo qoʻllanishda chegaralangan
edi.
Vaholangki, yondashuvning bir qator ta’limiy aspektlari ham huddi shu
davrda ishlab chiqildi.
Shuni alohida takidlash joizki, bu jarayon aynan chet til
oʻrganish sohasida qoʻllanila boshlandi.Yondashuv tarixidagi uchinchi bosqich
1990-yillar oʻrtalaridan hozirga qadar davom etib
kelmoqda. Ushbu davr
yondashuv konsepsiyalarining global tarzda qoʻllanila boshlangani bilan
xarakterlanadi. Bundan tashqari shu davrda rus olimlarining ham kompetensial
pedagogikaga qiziqishlari ortib boradi va natijada A. Markova, L. Alekseyeva, G.
Sivkova va L. Mitinalar
muallifligida qator fundamental ilomiy ishlar yuzaga keladi. Uchinchi
bosqichning muhim
yutuqlaridan bir bu- yondashuvning rasmiy tan olinishi edi.
Jumladan, UNESCO tomonidan
ishlab chiqilgan ta’lim samaradorligiga
yoʻnaltirilgan koʻrsatmalarda qator kompetensiyalar
tizimini oʻz ichiga olgan
ta’lim texnologiyalari ta’limda qoʻllash uchun maqsadli deb topiladi.
Shuni
takidlash lozimki, kompetensiyaga asoslangan ta’limda oʻrganuvchilar nimani
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
100
oʻrganishlari kerakligini tushuntirishdan koʻra oʻrganish natijalariga atta ahamiyat
beriladi,
egallangan bilim koʻnikma va malakalar yordamida nimaga erishsa
boʻladi degan savolga javobberadi.
ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1. Toshtemirova S.A., Muhammadiyev K.Gʻ. (2021). T’lim sifati boshqaruvi va bu
yoʻnalishdagi xalqaro modellarning oʻziga xos xususiyatlari. Academic Research
in
educational
sciences,
2(3),
769-777.
2. Chomsky, N. Language and mind. – New York: Harcourt, Brace & World,
1968. – 342 p
3. Zimnyaya, I.A. Kompetentnostnyj podhod. Kakovo ego mesto v sisteme
sovremennyh podhodov k problemam obrazovanija? Vysshee obrazovanie
segodnja. – No.11. – 2005.– p. 20–26