Mualliflar

  • Do‘sbekov To‘ychi Mengnorovich
  • Turayev Shavkat Suyunovich

Muallif tarjimai holi

  • Do‘sbekov To‘ychi Mengnorovich

    (Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘qituvchisi)

  • Turayev Shavkat Suyunovich

    (Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘qituvchisi)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90589

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: gidroizolyatsiya grunt suvlarining agressivligi bosimsiz gidroizolyatsiya bosimga qarshi gidroizolyatsiya kapillyarga qarshi gidroizolyatsiya.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada grunt namligidan bino poydevor va devorlarini an’anaviy himoya qilish usullari, grunt namligining poydevorga va u orqali devor tanasiga kirib borishiga ishonchli to‘siq bo‘la olmasligi, unga yangicha qarash masalasi ko‘tarilgan. Mazkur masalani hal etish uchun bino-inshootlar poydevorlari va devorlarini yer osti suvlarining hamda grunt namligidan saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining tartibi keltirilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

78

YER OSTI NAMLIGINING BINO VA INSHOOTLAR

DEVORLARIGA TA’SIRI MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

TDMAU o‘qituvchilari Do‘sbekov To‘ychi Mengnorovich

Turayev Shavkat Suyunovich

(Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘qituvchisi)

Annotatsiya: Ushbu maqolada grunt namligidan bino poydevor va

devorlarini an’anaviy himoya qilish usullari, grunt namligining poydevorga va u

orqali devor tanasiga kirib borishiga ishonchli to‘siq bo‘la olmasligi, unga

yangicha qarash masalasi ko‘tarilgan. Mazkur masalani hal etish uchun bino-

inshootlar poydevorlari va devorlarini yer osti suvlarining hamda grunt

namligidan saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining tartibi

keltirilgan.

Kalit so‘zlar: gidroizolyatsiya, grunt suvlarining agressivligi, bosimsiz

gidroizolyatsiya,

bosimga

qarshi

gidroizolyatsiya,

kapillyarga

qarshi

gidroizolyatsiya.

Sokol - devorning birinchi qavat poli sathidan pastda joylashgan, bino

atrofidagi yer sathigacha kamida 0,45-0,5 m bo‘lgan qismi bo‘lib, devorni grunt

namligi, atmosfera namligi va boshqa mexanik ta’sirlardan, polda zaxlik paydo

bo‘lishidan saqlaydi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri poydevor ustida yotadi yoki

poydevorning davomiy qismi hisoblanadi. Devorni gruntdan ko‘tarilishi mumkin

bo‘lgan kapillyar namlikdan saqlash uchun sokolda otmostkadan kamida 150-200

mm balandlikda, poldagi gidroizolyatsiya qatlami sathida pol, ruberoid kabi

rulonli materiallardan gorizontal gidroizolyatsiya qatlami yotqiziladi. Seysmik

hududlarda esa bu gorizontal gidroizolyatsiya qatlami, qalinligi 30 mm dan kam

bo‘lmagan 1:2 nisbatdagi sement-qum qorishmasidan bajariladi .

GIDROIZOLYATSIYA MATERIALLARI

-

qurilish konstruksiyalari va


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

79

inshootlarini, binoni, suv va kimyoviy agressiv suyuqliklarning zararli

ta’sirlaridan himoya qilinadigan materiallar. Vazifasiga kura, Gidroizolyatsiya

materiallarining filtralanishga qarshi, korroziyaga qarshi va germetiklaydigan

xillarga; asosiy materialining turiga ko‘ra bitumli, plastmassali, mineral, metall va

boshqa xillari bor.

Bitumli Gidroizolyatsiya materiallari eritkichlarda suyuqlantirilgan bitumlar

(bitum lаklari va emallari) dan yoki suvda eriydigan bitumlar (bitumli emulsiyalar,

pastalar) dan foydalaniladi va bevosita himoya qilinadigan materiallarga surkaladi.

Keyingi vaqtlarda elastikligi yuqori va yorilmaydigan bitumli-polimer

Gidroizolyatsiya materiallari keng ishlatiladi. Plastmassali Gidroizolyatsiya

materiallari epoksid, poliefir, polivinil va boshqa lak-bo‘yoqlar, polimer eritmalar

va betonlar, polietilen, polivinilxlorid pardalar, kauchukli germetiklar, rezina

lentalar, shishaplastlar tarzida ishlab chiqariladi va ular himoya qilinadigan

materiallarga surkaladi, suvaladi, yelimlanadi va qoplanadi. Mineral

gidroizolyatsiya materiallari sement, loy va boshqa qovushoq minerallar asosida

tayyorlanib, sement va silikat bo‘yoqlar, gidrofob to‘kmalar, loy-beton

tuldirgichlar tarzida ishlab chiqariladi. Ular himoya qilinadigan materiallarni

bo‘yashda, suvashda filtrlanishga qarshi tuldirgichlar sifatida ishlatiladi. Metall

gidroizolyatsiya materiallari jez, mis, qurg‘oshin, pulat listlar tarzida ishlab

chiqariladi,

himoya

qilinadigan

materiallar

uraladi.

Hozirda

metall

Gidroizolyatsiya

materiallarining

o’rnini

plastmassali,

shishaplastikali

Gidroizolyatsiya materiallariga olinmoqda.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

80

Devorlarni poydevor orqali gruntdan ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan kapillyar

namlikdan saqlash usuli (usullari)dan foydalangan holda ham, devorlarda

namlikning

yuqoriligi-bu

juda

ko‘p foydalanilayotgan (ekspluatatsiya

qilinayotgan) binolar uchun muammodir. Ayniqsa bu muammo, 96 grunt namligi

bilan bevosita aloqada bo‘lgan eng noqulay sharoitlarda ishlaydigan yerto‘la va

sokol devorlari uchun juda muhimdir. Binolarni ekspluatatsiya qilish amaliyoti

shuni ko‘rsatdiki, grunt bilan poydevor, devorlar bilan poydevor orasidagi

gorizontal va vertikal gidroizolyatsiya o‘zining himoya xususiyatlarini yo‘qotishi

tufayli, tashqi devor grunt namligi bilan namlanganda, binolarning ekspluatatsiya

sifati, ularning mustahkamligi va uzoqqa chidamliligi sezilarli darajada kamayadi.

Keng tarqalgan vertikal gidroizolyatsiya usullari (bo‘yoq, yopishtiriladigan,

suvoq) ham 10-12 yildan keyin namlikni poydevor tanasiga kirishining oldini olish

xususiyatini yo‘qotadi. Gruntlar namligidan namlangan poydevordan tashqi

devorlarni himoya qilish sifatida turli gidrofob qo‘shimchalarga ega sement-qum

qorishmali gorizontal gidroizolyatsiya qatlamlar qo‘llaniladi va bu qatlam ham

vaqt o‘tishi bilan o‘z (gidroizolyatsiya) xususiyatlarini yo‘qotadi (1-rasm).


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

81

1-rasm. Grunt namligidan namlangan tashqi devor

Binolarning ekspluatatsiya qilish davrida gorizontal va vertikal

gidroizolyatsiya qatlamlarning o‘z xususiyatini yo‘qotishi yoki shikastlanishi,

grunt namligining poydevor tanasiga shimilishiga va namlikning kapillyar

naychalar orqali devorlarning pastki qismlarini namlanishiga olib keladi.

Amalda, poydevor to‘liq namlanadi va bu namlik kapillyar naychalar orqali

g‘isht devorlarda 0,5 m balandlikkacha ko‘tariladi. Agar devor materialida yuqori

gigroskopiklikka ega bo‘lgan xlorid tuzlari mavjud bo‘lsa, bu namlik 3-4 metr

balandlikga, ba’zan esa 5-6 metr balandlikgacha ko‘tariladi. Bunday

namlanishning oqibatlari tashqi devorlarning issiqlik muhofazasi sifatlarining

pasayishiga, xona pardozining buzilishiga va ifloslanishiga, bino fasadida tuz

dog‘larining hamda namlangan tashqi devor ichki sirtida mog‘or va

qo‘ziqorinlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi (2-rasm). Ushbu holat, bunday

binolarda yashashga va ishlashga majbur bo‘lgan odamlarni bir qator jiddiy

kasalliklar bilan kasallanishiga olib kelishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki,

xorijda (xususan Germaniya, Norvegiya va Finlyandiya) olib borilgan tadqiqot

natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu hodisalar sababli kelib chiqadigan kasalliklar

tufayli o‘lim darajasi, yo‘ltransport hodisalari natijasida yuzaga kelgan o‘lim

darajasidan ortib ketgan.

Noqulay gigienik sharoitlardan tashqari, tashqi to‘siq konstruksiyalarida

namlikning ortishi tashqi to‘siq konstruksiyalarning buzilishini tezlashishiga olib


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

82

keladi. Bu esa ekspluatatsiya xarajatlarning sezilarli o‘sishiga sabab bo‘ladi.

2-rasm. Namlangan tashqi devor ichki sirtidagi mog‘or va

qo‘ziqorinlar

Hozirgi vaqtda qurilishga bo‘lgan talab va munosabat o‘zgarmoqda, ko‘plab

yangi texnologiyalar va qurilish ashyolari qo‘llanilmoqda. Biroq, bino va

inshootlar qurilishi sifatiga, uning uzoqqa chidamliligiga, ishonchlilik darajasiga,

bino va inshootlarning ichki va tashqi muhitiga, tashqi devordan issiqlikning

intensiv yo‘qotilishiga sezilarli ta’sir etuvchi omil-kapillyar namlikning sokol

devorlari orqali devor qalinligiga kirib borishidan saqlash muammosini hal etishga

oqsamoqda. Buning asosiy sabablariga quyidagilarni keltirish mumkin:

-masalaga yetarlicha ahamiyat bermaslik, ayniqsa aholi turar-joylari

qurilishida mutaxassislarning jalb etilmasligi;

-binoni qurish va boshlang‘ich foydalanish davrida tashqi devor namligi

sezilmasdan, ma’lum vaqt o‘tgach undagi namlikning sekinlik bilan oshgani

uchun, unga yetarlicha e’tibor bermaslik;

-konstruksiyalardagi assimilyatsiya hodisasi tufayli, poydevorni grunt

namligidan himoyalovchi aniq va keng tarqalgan, amaliyotda vaqt sinovidan

o‘tgan usul (yoki usullar) ning mavjud emasligi;

-tashqi devorlarni, sokol devorlari-poydevor orqali o‘tadigan kapillyar

namlikdan himoyalovchi gorizontal gidroizolyatsiya qatlamining aniq va keng

tarqalgan, amaliyotda vaqt sinovidan o‘tgan usul (yoki usullar)ning mavjud


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

83

emasligi;

-ushbu masalaga tegishli adabiyotlarda, shu jumladan, amaldagi me’yoriy

hujjatlarda ham, aniq talablarning mavjud emasligi;

-qo‘llanilayotgan namlikdan himoyalovchi (gidroizolyatsiya) ashyolarning

xizmat davri, ularning doimiy namlanishi tufayli, atrofidagi namlanmagan

ashyolardan (beton, g‘isht) sezilarli kamligi;

-poydevorlarni yer osti suvlarining agressiv ta’siridan himoya qilishga

yetarlicha e’tibor qaratmaslik, ya’ni poydevorlarni ostki qismidan gidroizolyatsiya

qilishga alohida e’tibor bermaslik;

-muammoga oid ilmiy izlanishlar va tavsiyalarning nisbatan kamligi,

zamonaviy namlikdan himoyalovchi (gidroizolyatsiya) ashyolarni o‘rganmaslik,

targ‘ibot etmaslik, ularning qimmatligi yoki bajarish texnologiyalarining

o‘zlashtirilmaganligidir.

Ekspluatatsiyadagi bino va inshootlar umrboqiyligini ta’minlash uchun,

birinchi navbatda ularning asos va poydevorlarini o‘rganib, haqiqiy texnik holatini

baholash, zarur bo‘lgan hollarda esa poydevor usti gidroizolyatsiyasini tiklab, asos

gruntini mustahkamlash yoki poydevorni kuchaytirish lozim bo‘ladi. Tadqiqot

doirasida namlikning kapillyar ko‘tarilishiga gidroizolyatsiya konstruksiyasining

ta’sirini o‘rganish maqsadida, bino va inshootlar devorlarini namlikdan muhofaza

etish muammosiga bag‘ishlangan maxsus ilmiy tajriba sinov ishlari bajarilishi

rejalashtirildi. Bu tajriba sinov ishlari ikkita holatda olib boriladi:

a) birinchi holatda - poydevor tovoni grunt namligidan himoya qilingan

holda, poydevor va devor o‘rtasida turli qatlamli gorizontal gidroizolyatsiyalar

hosil qilinib, poydevor ustki qismida barpo etilgan devorlarda namlikning

kapillyar ko‘tarilishi hamda o‘zgarishi vaqt mobaynida kuzatib boriladi;

b) ikkinchi holatda-poydevor tovoni grunt namligidan himoya qilinmagan

holda, poydevor va devor o‘rtasida turli qatlamli gorizontal gidroizolyatsiyalar

hosil qilinib, poydevor ustki qismida barpo etilgan. Devorlarda namlikning

kapillyar ko‘tarilishi hamda o‘zgarishi vaqt mobaynida kuzatib boriladi.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

84

Barcha tajribalarda foydalanilgan suv turli agressiv tarkibli qilinib, uning

sathi poydevor tovoni sathidan bir xil balandlikkacha ushlab turiladi. Tadqiqotning

bosh mezoni etib, binolarni ekspluatatsiya qilish davrida gruntdagi namlikni,

bosimsiz yuza suvlaridan hosil bo‘ladigan grunt namligini, yer osti suvlari


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

85

sathining ko‘tarilishidan hosil bo‘ladigan grunt namligini assimilyatsiya tufayli

poydevor konstruksiyasi tanasiga shimilishiga va undagi namlikni devor tanasiga

o‘tkazmaydigan, qurilish jarayoni jadalligiga sezilarli ta’sir etmaydigan, uni

qo‘llashda maxsus sharoit, qo‘shimcha asbob-uskunalar talab qilmaydigan,

Respublikamizda ishlab chiqariladigan xom-ashyolardan tanlab, sinovdan

o‘tkazib, amaliyotda qo‘llash uchun samarali usul ishlab chiqish va tavsiya etish

belgilangan.

Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish maqsadida, poydevor va devor namligini

vaqt bo‘yicha o‘zgarishini aniqlovchi MEGEON 20501-rusumli (qattiq

materiallarning namligini o‘lchagich-Vlagomer) zarur asbob-uskuna bilan

ta’minlandi. Shu bilan birga qalinligi 3 mm li po‘lat listlardan, eni 62 sm, uzunligi

100 sm, balandligi 25 sm etib, 6 dona maxsus qutilar yasaldi.

Tajriba-tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar davriy ravishda, turli jadvallarda

qayd etilib, statistik tahlil qilinib, umumlashtirilib borildi. Kuzatuvlar hamda

tajriba-tadqiqot sinov ishlari kamida bir yilga, ya’ni to‘rt mavsumga

mo‘ljallangan.

Xozirgi kunda yangi qurilayotgan binolar soni ortib bormoqda. Ushbu

binolarda xam bino-inshootlar poydevorlari va devorlarini ichki va tashqi yomgir,

qor, yer osti suvlarining hamda grunt namligidan turli mexanik ta’sirlardan saqlash

bo‘yicha turli gidroizolyatsiya konstruksiyalari ishlatilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR

1.E.S.Tulakov. Binolarning energiya samaradorlik injeneringi. O‘quv

qo‘llanma. 2020 y. 114, 128-betlar.

2.Tulakov E. S., Inoyatov D. T., Kurbonov A. S. Waterproofing And

Calculation Of The Thickness Of The Insulation Of The Basement Wall Of A

Low-Rise EnergyEfficient House In Accordance With Domestic And Foreign

Standards And Norms //International Journal of Scientific and Technology

Research.-2019.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 2-son Aprel 2025

86

-T. 8. -№. 11. -S. 3311-3314.

3.Dusbekov T.M

.

LINKING A MODERN INTERACTIVE METHOD TO THE

METHOD OF AUDIO SLIDE PEDAGOGICAL TECHNOLOGY "Ekonomika i

sotsium" №12(91) 2021

www.iupr.ru

https://www.iupr.ru/_files/ugd/b06fdc_fc5cd1ee91e4482890598bb1ea9cfe1b.pdf

?index=true

4. Do‘sbekov T M. Tarmoq texnologiyasi asosida masofaviy ta’lim shartlari va

ta’lim jarayonini tashkil etish xususiyatlari. "Ekonomika i sotsium" №11(90) 2021

www.iupr.ru

https://www.iupr.ru/_files/ugd/b06fdc_51b31efcb4674ca9bdee672781ad2a1b.pdf

?index=true

5.Dusbekov T.M

.

DISTANCE EDUCATION AND METHODS OF ITS

ORGANIZATION GALAXY

In Volume 9, Issue 8, Aug, 2021

ISSN (E): 2347-

6915

https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/229/219

6.Do‘sbekov T M O‘zaro bog‘liqlik metodi, o‘rgatuvchi va o‘rganuvchi tarmog‘i

"Ekonomika i sotsium" №12(91) 2021

www.iupr.ru

https://www.iupr.ru/_files/ugd/b06fdc_fc5cd1ee91e4482890598bb1ea9cfe1b.pdf

?index=true

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари