Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
3
KARTALARDA YOZUVLARNI JOYLASHTIRISHNING UMUMIY
MASALALARI
Behruz Mallayev Qoʻldosh oʻgʻli
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti
E-mail:
Bobur Saitmurotov Sobir oʻgʻli
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti
E-mail:
Annotatsiya. Aksariyat karograflar uchun kartadagi yozuvlarni loyihalash va
joylashtirish oxirgi vazifa sifatida qaraladi. Bu salbiy natijaga olib kelishi
mumkin. Koʻpchilik hollarda butun kartaning qurilishi va koʻrinishi uning
yozuvlariga bogʻliq boʻladi, shu sababdan ular dizayniga yengil qaramasik lozim.
Ushbu maqolada kartalarda yozuvlarni joylashtirishning umumiy qoidalari
yoritilgan boʻlib, bunday usullarda yozuvlarni joylashtirish kartaning sodda
hamda tushunarli boʻlishini ta’minlaydi.
Kalit soʻzlar. Kartadagi yozuvlar, toponimlar, gidronimlar, oronimlar,
etnonimlar, zoonimlar.
Аннотация. Для большинства картографов разработка и размещение
надписей на карте считается последней задачей. Это может привести к
отрицательному результату. Во многих случаях конструкция и внешний вид
всей открытки зависят от ее надписей, поэтому к их оформлению не
следует относиться легкомысленно. В этой статье рассмотрены общие
правила размещения надписы на картах, а размещение надписы такими
способами обеспечит простоту и понятность карточки.
Ключевые слова. Надписи на карте, топонимы, гидронимы, оронимы,
этнонимы, зоонимы.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
4
Kartadagi yozuvlar deganda kartadagi yordamchi va qoʻshimcha elementlar
tarkibidagi emas, balki bevosita karta mazmunini beruvchi, ya’ni kartografik
tasvirdagi yozuvlar tushuniladi. Ba’zi kartograflar kartalardagi yozuvlarni “zaruriy
nuqson” deyishadi, chunki ular tasavvurni toʻldirib yuboradi va
murakkablashtiradi. Yozuvlar kartaga tushirilganda vizual koʻrinishning muhim
elementiga aylanadi. Ular e’tiborimizni tortadi va boshqa belgilarni xiralashtriradi.
Amalda, kartaning grafik sifati koʻp jihatdan yozuvlar shakli va joylashtirilishiga
bog‘liq.
Shrift turini tanlash, yozuvlarni tayyorlash va ularni joylashtirishning barchasi
birgalikda “kartadagi yozuvlar” deb ataladi. Nomlar soni koʻp yoki xilma-xil
boʻlganda, bu kartograik jarayonning eng murakkab va koʻp vaqt talab etadigan
qismiga aylanadi. Kompyuterlar yozuvlarni tanlash va joylashtirishda qulaylik
tug‘diradi, biroq kompyuter usullari ham ayrim hollarda kartograf aralashuvini
talab etadi.
Umumgeografik kartalarning qulayligi yozuvlar va ularning joylashuviga
juda boʻgliq. Nomlarni topish va ularni oʻqib tegishli hodisalarni anglash
umumgeografik kartalarning funksional imkoniytalarini belgilaydi. Mavzuli
kartada yozuv umumgeografik kartalardagi kabi qator funksiyalarga ega
boʻlmasa-da, biroq u ortiqcha e’tibor tortmay, kommunikatsiyani oshirish
uchun beriladi.
Yozuv ham kartadagi boshqa belgilar kabi belgi – simvoldir, biroq uning
vazifasi koʻpchilik belgilarga qaraganda ancha murakkabroq.
Yozuvlar 3 xil vazifani bajarishi mumkin:
1) joylashgan oʻrinni koʻrsatish (shaharlar);
2) chiziqli obyektlar yoʻnalishi va uzunligini koʻrsatish (tog‘lar kabi);
3) obyektlar shakli va maydonini belgilash (viloyatlar yoki davlatlar).
Kartadagi yozuvlar karta mazmunini boyitadi shu bilan bir qatorda ba’zi
kartani oʻquvchanligini qiyinlashtiradi. Shuning uchun karta yaratilayotganda
undagi yozuvlarni soni va joylashtirishni me’yoriy holatda boʻlishini e’tiborga
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
5
olish zarur. Kartadagi yozuvlarni 3 guruhga boʻlish mumkin (1-jadval).
1-jadval
Kartadagi yozuvlar
Toponimlar
Atamalar
Tushuntirish holatlari
Gidronimlar
Geologik
Miqdor koʻrsatkichlar
Oronimlar
Geografik
Sifat koʻrsatkichlar
Etnonimlar
Okeanologik
Xronologik koʻrsatkichlar
Zoonimlar
Iqlimiy
Chiziqli belgilarga tushuntirish xatlari
Urbonimlar
Iqtisodiy
Geografik toʻrlarga tushuntirish xatlari
Antroponimlar
Landshaftli
Toponimlar – kartaga olish obyektlarining geografik nomlari. Ularga
oronimlar (relyef elementlari nomlari), gidronimlar (suv obyektlari nomlari),
etnonimlar (etnoslar nomlari), zoonimlar (hayvonot turlari nomlari) va boshqalar
kiradi. Aynan ularni kartada toʻg‘ri yozilishi jiddiy masala hisoblanadi.
Atamalar – kartaga olish obyektlariga tegishli boʻlgan tushuncha. Bular
umumgeografik, geologik, okeanologik, ijtimoiy-iqtisodiy va istalgan boshqa
atamalar boʻlishi mumkin. Masalan, “provinsiya”, “iqtisodiy rayon”, “koʻrfaz”,
“pasttekislik” va boshqalar.
Tushuntirish yozuvlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
-
sifat koʻrsatkichlar (“achchiq”, “chuqur”, “terak”, “qum”, “toshloq”);
-
miqdor koʻrsatkichlari (absolyut va nisbiy balandliklar, suv oqimi tezligi,
chuqurligi va boshqalar);
-
xronologik yozuvlar (voqea sodir boʻlgan vaqt, geografik sayohat amalga
oshirilgan vaqtlar, suv koʻpayish va kamayish vaqti);
-
harakatdagi belgilarga tushuntirish xatlarini (dengiz va temir yoʻllarda
tashiladigan yuklar, Magellan sayohati);
-
koordinata toʻrlarini koʻrsatuvchi raqamlar va ularni nomlarini (Grinvichdan
sharqda yoki g‘arbda, janubiy va shimoliy qutb chizig‘i) va boshqalar.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
6
Karta tuzishda har bir yozuv tegishli obyektga aniq bog‘langan boʻlishi
muhim. Kartaning oʻquvchanligi, axborotni uzatish aniqligi shunga bog‘liq.
Yozuvlarni joylashtirish, eng avvalo, obyektlarning joylashuv xususiyatlaridan
kelib chiqadi:
- nuqtalarda joylashgan obyektlar (aholi punktlari va boshqalar) yozuvlari
belgidan oʻng tomonda parallel boʻylab yoki gorizontal tarzda, ya’ni kartaning
shimoliy va janubiy ramkalariga parallel yoziladi. Yozuvlar boshqa belgilar juda
zich boʻlganda ularni belgidan chap yoki yuqorida yoki hatto asta-sekin egrilik
bilan joylashtirish mumkin;
- chiziqli obyektlar (daryolar, aloqa yoʻllari, kemalar marshrutlari va h.k.)
yozuvlari har doim ularning qayrilishlarini tekis takrorlagan holda chiziq boʻylab
joylashtiriladi;
- maydonli obyektlarda yozuvlar, odatda, butun maydon boʻyicha choʻzilishi
uchun konturning uzun oʻqi boʻylab joylashtiriladi. Agar obyekt qayrilgan
qiyofaga ega boʻlsa, yozuv ham mos ravishda qayriltirib beriladi. Faqat ayrim
kichik maydonli obyektlar, masalan kichik koʻllarda yozuvlar sig‘maganligi uchun
yon tomonda joylashtiriladi.
Barcha holatlarda yozuvlarning kompakt joylashuviga, bir-birini kesib
oʻtmasligiga, boshqa shtrixli elementlarga oʻtib ketmasligiga, rangli fonda yaxshi
oʻqilishiga, “boshi bilan quyida” joylashmaganligiga e’tibor qaratish zarur. Rasm,
yozuv rangi va kegli obyektning ahamiyati yoki kattaligini ifodalashi kerak.
Masalan, yirik toʻg‘ri shriftlar bilan davlatlar poytaxtlari, maydaroq shriftlarda
viloyatlar markazlari, kursiv bilan tumanlar markazlari yoziladi. Bunda ma’lum
an’anaga rioya etiladi: suv obyektlari koʻk rangda, relyef shakllari jigar rangda,
aholi punktlari qora rangda beriladi. Yuqorida aytib oʻtilganidek, yozuvlar zichligi
yuqori boʻlganda, maxsus algoritmlardan foydalanilib, karta maydonida ularni
optimal joylashtirish masalalari hal etiladi.
Kartani oʻqish yozuvlarning joylashishi bilan juda bog‘liq. Toʻg‘ri
joylashtirilgan yozuv shak-shubhasiz, oʻzi tegishli boʻlgan obyektni yaqqol
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
7
ifodalaydi. Yozuvlarning joylashishi karta grafik sifatiga k oʻp jihatdan ta’sir
koʻrsatib, yozuv stillari, shakl va oʻlchamlarini tanlashga bog‘liq boʻladi.
Ularni notoʻg‘ri joylashtirish keskin rang yoki chiziqlar kontrasti kabi
oʻquvchi uchun noqulay boʻlishi mumkin (1-rasm).
a)
b)
1-rasm. Yozuvlarni joylashtirish qoidalari buzilgan (a) va toʻg‘ri (b)
qoʻllanilgan karta
Bunda quyidagi asosiy holatlar hisobga olinishi kerak:
1)
nomlar toʻliq quruqlik yoki suvlikda boʻlishi kerak;
2)
yozuvlar karta oriyentatsiyasi tuzilishiga mos yoʻnalishda boʻlishi
lozim. Yirik masshtabli kartalarda u kartaning yuqori yoki quyi ramkasiga
parallel boʻlishi nazarda tutiladi;
3)
mayda
masshtabli
kartalarda
agar
zarur
boʻlmasa
yozuv
qayriltirilmasligi kerak;
4)
turli yoʻnalishdagi yozuvlar hech qachon toʻg‘ri chiziq boʻylab
joylashtirilmaydi, biroq biroz qiyshiq boʻlishi mumkin;
5)
nomlar imkon qadar kam joyni egallashi kerak. Ya’ni yozuvdagi
harflar orasida katta joylar boʻlmasligi kerak;
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
18-to’plam 2-son Aprel 2025
8
6)
davom etuvchi nomlar hamda kartaning chiziqlar va tonlar kabi boshqa
ma’lumotlar boʻlganda yozuvlar ma’lumotlar bilan toʻqnash kelib qolsa,
yozuvlar uzilmasligi kerak;
7)
yozuvlar hech qachon tashqarida berilmaydi.
Kartalardagi yozuvlarni tanlash va joylashtirish bilan birga, geografik
nomlar tabiatini bilishimiz zarur.
Yozuvlar bilan kuchli yuklangan ba’zi kartalarda ularni berishda ikki planlilik
ishlatiladi. Aytaylik, asosiy aholi punktlari qora shriftda, ikkinchi darajalilari
kulrangda yoziladi. Kartaga ilk qarashda asosiy yozuvlar koʻrinadi, qolgan
barchasi esa ikkinchi planga oʻtkazilgandek boʻladi. Umuman, yozuvlar har
qanday kartaning eng muhim elementlaridan biri boʻlib, ularni oʻz oʻrnida ishlatish
kutilgan natijalarga olib keladi, kartadan foydalanishda qulayliklar tug‘diradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Robinson, Arthur, Joel Morrison, Phillip C. Muehrcke, A. Jon Kimerling,
and Steven C. Guptill. 1995. Elements of Cartography, 6
th
Edition. New
York: John Wiley and Sons, Inc., 404 p.
2.
Берлянт А.М. Картоведение. – Москва: «Аспект пресс», 2002. – 115 cтр.
3.
Sh, B., & Mallayev, B. (2024). SUN’IY YO’LDOSH YORDAMIDA
GEODEZIK TARMOQLARNI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA
TEXNOLOGIYALARI. WORLD OF SCIENCE, 7(10), 61-64.
4.
Mallayev, B., & Saitmurotov, B. (2024). NIVELIRLASH YO’LLARINI
LOYIHALASH,
REKOGNOSSIROVKA
QILISH,
JOYDA
MAHKAMLASH. WORLD OF SCIENCE, 7(10), 73-77.
5.
Farhod, T., & Bobur, S. (2024). GIPSLIKERAMZITBETONNING
INNOVASION
TEXNOLOGIYASI
VA
IQTISODIY
SAMARADORLIGI. WORLD OF SCIENCE, 7(10), 83-87.
6.
Ибраимова, А. А. (2018). Хариталарда географик номлар
жойлаштирилишининг айрим хусусиятлари. Ўзбекистон География
жамияти ахбороти. Махсус сон.–Тошкент, 241-245.