Mualliflar

  • Egamberdiyeva Gulnoza Iqboljon qizi
  • Tojimatova Zuxra Ikromjon qizi
  • F.Usmanov

Muallif tarjimai holi

  • Egamberdiyeva Gulnoza Iqboljon qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

  • Tojimatova Zuxra Ikromjon qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti talabasi

  • F.Usmanov

    Ilmiy rahbar:  f.f.d., dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90608

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: fonetik uslubiyat intonatsiya ritm alliteratsiya assonans ekspressiv fonetika poetik fonetika stilistika badiiy nutq fonetik vositalar zamonaviy tadqiqotlar tilshunoslik. Keywords: stylistic phonetics intonation rhythm alliteration assonance expressive phonetics poetic phonetics stylistics literary speech phonetic devices contemporary research linguistics. Ключевые слова: стилистическая фонетика интонация ритм аллитерация ассонанс экспрессивная фонетика поэтическая фонетика стилистика художественная речь фонетические средства современные

Annotasiya

Annotatsiya. Maqola fonetik uslubiyatni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Fonetik uslubiyat – bu tilning tovush tizimi, uning nutqdagi estetik va ekspressiv imkoniyatlarini o‘rganadigan tilshunoslik sohasi bo‘lib, tilshunoslikdan tashqari  badiiyatda ham katta o‘rin egallaydi. Uslubiyat va fonetika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish, nutqning badiiy jihatlari, tovushlarning estetik roli va ekspressiv fonetikaning adabiyotdagi ahamiyati soha tadqiqotlarida asosiy mavzulardan biridir. Maqolada, ayniqsa, intonatsiya, ritm, alliteratsiya, assonans kabi fonetik vositalarning badiiy nutqdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, fonetik uslubiyatning metodologiyasi va uning tahlil usullari, o‘zbek tilida bu sohadagi zamonaviy tadqiqotlar ham batafsil o‘rganilgan. Bu ishda fonetik uslubiyatning tilshunoslikdagi boshqa tarmoqlar, masalan, sintaksis va semantika bilan aloqalari ham tahlil qilingan. Fonetik vositalar nafaqat tilni, balki uning badiiy kuchini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi.

Maqola o‘zbek tilida fonetik uslubiyatning ilmiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi va bu sohada olib borilayotgan tadqiqotlar, ularning ilmiy-ijodiy ahamiyati va imkoniyatlarini yoritadi. Bundan tashqari, maqolada fonetik uslubiyatning kelajakdagi istiqbollari, uning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida ham fikrlar bildirilib, bu sohada yangi yondashuvlar taklif qilinadi.

Abstract. This article is dedicated to studying the scientific aspects of stylistic phonetics. Stylistic phonetics is a branch of linguistics that examines the sound system of a language and its aesthetic and expressive potential in speech. It plays a significant role in linguistic studies. The interaction between phonetics and stylistics, the artistic features of speech, the aesthetic role of sounds, and the importance of expressive phonetics in literature are central topics in current research. The paper specifically highlights the role of phonetic devices such as intonation, rhythm, alliteration, and assonance in literary speech. The methodology of stylistic phonetics and its analytical approaches are thoroughly explored, with a focus on modern research in the Uzbek language. Additionally, the interconnections between phonetic stylistics and other branches of linguistics, such as syntax and semantics, are also analyzed. Phonetic devices not only influence language but also enhance its artistic power.

This article contributes significantly to the scientific development of stylistic phonetics in the Uzbek language and discusses the ongoing research in this field, its artistic and scientific importance, and its potential. Moreover, the article presents ideas on the future prospects of stylistic phonetics and suggests new approaches and methodologies for further research in this domain.

Аннотация: Данная статья посвящена изучению научных аспектов стилистической фонетики. Стилистическая фонетика является разделом лингвистики, который изучает звуковую систему языка её эстетический и экспрессивный потенциал в речи. Эта область занимает важное место в лингвистических исследованиях. Взаимосвязь фонетики и стилистики, художественные особенности речи, эстетическая роль звуков и значение экспрессивной фонетики в литературе являются ключевыми темами современных исследований. В статье особое внимание уделено роли фонетических средств, таких как интонация, ритм, аллитерация и ассонанс, в художественной речи. Рассмотрены методология стилистической фонетики и её аналитические подходы с акцентом на современные исследования в узбекском языке. Также проанализированы связи между стилистической фонетикой и другими разделами лингвистики, такими как синтаксис и семантика. Фонетические средства влияют не только на язык, но и усиливают его художественную силу.

Статья вносит вклад в научное развитие стилистической фонетики узбекского языка, а также обсуждает актуальные исследования в этой области, их художественное и научное значение, а также возможности дальнейшего развития. Кроме того, в статье предлагаются новые подходы и методологии для дальнейших исследований в этой сфере.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

398

FONETIK USLUBIYAT: TOVUSHLARNING EKSPRESSIV VA

ESTETIK ROLINI OʻRGANISH

PHONETIC STYLISTICS: THE STUDY OF THE EXPRESSIVE AND

AESTHETIC ROLE OF SOUNDS

ФОНЕТИЧЕСКАЯ СТИЛИСТИКА: ИЗУЧЕНИЕ ВЫРАЗИТЕЛЬНОЙ

И ЭСТЕТИЧЕСКОЙ РОЛИ ЗВУКОВ

Egamberdiyeva Gulnoza Iqboljon qizi,

Tojimatova Zuxra Ikromjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti talabalari

Ilmiy rahbar: F.Usmanov, f.f.d., dotsent

Annotatsiya. Maqola fonetik uslubiyatni o‘rganishga bag‘ishlanadi.

Fonetik uslubiyat – bu tilning tovush tizimi, uning nutqdagi estetik va ekspressiv

imkoniyatlarini o‘rganadigan tilshunoslik sohasi bo‘lib, tilshunoslikdan tashqari

badiiyatda ham katta o‘rin egallaydi. Uslubiyat va fonetika o‘rtasidagi o‘zaro

bog‘lanish, nutqning badiiy jihatlari, tovushlarning estetik roli va ekspressiv

fonetikaning adabiyotdagi ahamiyati soha tadqiqotlarida asosiy mavzulardan

biridir. Maqolada, ayniqsa, intonatsiya, ritm, alliteratsiya, assonans kabi fonetik

vositalarning badiiy nutqdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, fonetik uslubiyatning

metodologiyasi va uning tahlil usullari, o‘zbek tilida bu sohadagi zamonaviy

tadqiqotlar ham batafsil o‘rganilgan. Bu ishda fonetik uslubiyatning

tilshunoslikdagi boshqa tarmoqlar, masalan, sintaksis va semantika bilan

aloqalari ham tahlil qilingan. Fonetik vositalar nafaqat tilni, balki uning badiiy

kuchini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi.

Maqola o‘zbek tilida fonetik uslubiyatning ilmiy rivojlanishiga hissa

qo‘shadi va bu sohada olib borilayotgan tadqiqotlar, ularning ilmiy-ijodiy

ahamiyati va imkoniyatlarini yoritadi. Bundan tashqari, maqolada fonetik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

399

uslubiyatning kelajakdagi istiqbollari, uning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida

ham fikrlar bildirilib, bu sohada yangi yondashuvlar taklif qilinadi.

Abstract. This article is dedicated to studying the scientific aspects of

stylistic phonetics. Stylistic phonetics is a branch of linguistics that examines the

sound system of a language and its aesthetic and expressive potential in speech. It

plays a significant role in linguistic studies. The interaction between phonetics and

stylistics, the artistic features of speech, the aesthetic role of sounds, and the

importance of expressive phonetics in literature are central topics in current

research. The paper specifically highlights the role of phonetic devices such as

intonation, rhythm, alliteration, and assonance in literary speech. The

methodology of stylistic phonetics and its analytical approaches are thoroughly

explored, with a focus on modern research in the Uzbek language. Additionally,

the interconnections between phonetic stylistics and other branches of linguistics,

such as syntax and semantics, are also analyzed. Phonetic devices not only

influence language but also enhance its artistic power.

This article contributes significantly to the scientific development of stylistic

phonetics in the Uzbek language and discusses the ongoing research in this field,

its artistic and scientific importance, and its potential. Moreover, the article

presents ideas on the future prospects of stylistic phonetics and suggests new

approaches and methodologies for further research in this domain.

Аннотация: Данная статья посвящена изучению научных аспектов

стилистической фонетики. Стилистическая фонетика является разделом

лингвистики, который изучает звуковую систему языка её эстетический и

экспрессивный потенциал в речи. Эта область занимает важное место в

лингвистических исследованиях. Взаимосвязь фонетики и стилистики,

художественные особенности речи, эстетическая роль звуков и значение

экспрессивной фонетики в литературе являются ключевыми темами

современных исследований. В статье особое внимание уделено роли

фонетических средств, таких как интонация, ритм, аллитерация и


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

400

ассонанс,

в

художественной

речи.

Рассмотрены

методология

стилистической фонетики и её аналитические подходы с акцентом на

современные исследования в узбекском языке. Также проанализированы

связи между стилистической фонетикой и другими разделами лингвистики,

такими как синтаксис и семантика. Фонетические средства влияют не

только на язык, но и усиливают его художественную силу.

Статья вносит вклад в научное развитие стилистической фонетики

узбекского языка, а также обсуждает актуальные исследования в этой

области, их художественное и научное значение, а также возможности

дальнейшего развития. Кроме того, в статье предлагаются новые подходы

и методологии для дальнейших исследований в этой сфере.

Kalit so‘zlar: fonetik uslubiyat, intonatsiya, ritm, alliteratsiya, assonans,

ekspressiv fonetika, poetik fonetika, stilistika, badiiy nutq, fonetik vositalar,

zamonaviy tadqiqotlar, tilshunoslik.

Keywords: stylistic phonetics, intonation, rhythm, alliteration, assonance,

expressive phonetics, poetic phonetics, stylistics, literary speech, phonetic devices,

contemporary research, linguistics.

Ключевые слова: стилистическая фонетика, интонация, ритм,

аллитерация, ассонанс, экспрессивная фонетика, поэтическая фонетика,

стилистика, художественная речь, фонетические средства, современные

Kirish.

Fonetik uslubiyat – tilshunoslikning sohalaridan biri bo‘lib, unda

tovushlarning nutq va adabiyotdagi ekspressiv va estetik roli chuqur tahlil qilinadi.

Tovushlar nafaqat ma’no ifodalovchi elementlar, balki nutqning kayfiyatini,

atmosferasini va tinglovchining his-tuyg‘ularini shakllantiruvchi vositalar

hisoblanadi. Tovushlarning estetik va hissiy ifodalovchi imkoniyatlari tilning

badiiy kuchini oshiradi. Bu maqolada fonetik uslubiyatning adabiyotda va nutqdagi

o‘rni, tovushlarning ekspressiv funksiyalari, alliteratsiya, assonans kabi fonetik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

401

vositalar va ularning psixologik ta’siriga alohida e’tibor qaratiladi. Bu borada

N.Shmelevning fikrlari diqqatga sazovor: “Tilning bu vazifasi (estetik vazifasi)

faqat badiiy asardagina namoyon bo‘lmaydi. Bizning diqqatimiz jumlaning

shakliga, fikr qay tarzda ifodalanganligiga qaratilgan har onda biz aynan shu

vazifaning harakati doirasiga kiramiz”.

Tovushlar nutqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lishi bilan birga, ular ma’no

yaratishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Badiiy nutqda

tovushlarning ekspressiv roli juda katta, chunki ular faqat so‘zlarning ma’nosini

ifodalash bilan cheklanmaydi, balki ularning his-tuyg‘ularni, kayfiyatni va

tasvirlarni aks ettirishdagi o‘rni ham muhim. Tovushlarning ekspressiv ta’siri

tilning o‘ziga xos qudratini namoyish etadi. Tovushlarning ritmik takrorlanishi,

ular yordamida yaratilgan melodik tuzilmalar, o‘quvchi yoki tinglovchining ruhiy

holatini o‘zgartirishi mumkin. Alliteratsiya va assonans kabi fonetik vositalar,

tovushlarni qayta-qayta takrorlash orqali aniq bir kayfiyatni aks ettiradi, bu esa

asarlarning emotsional kuchini oshiradi [1]. Misol uchun, Shekspirning “Hamlet”

tragediyasida alliteratsiya va assonans orqali qayg‘u, qorong‘ulik va fojianing

estetik tasviri yaratiladi. Tovushlarning bu turdagi ishlatilishi o‘quvchining ichki

holatini kuchaytiradi, tasavvurlarni jonlantiradi va ularni chuqurroq his qilishga

undaydi.

Alliteratsiya va assonans kabi vositalar badiiy nutqning musiqiyligi va

estetik kuchini oshiradi. Alliteratsiya – bu so‘z boshidagi yoki yirik tovushlarning

takrorlanishi bo‘lib, u nutqning ritmini va ohangini belgilaydi. Alliteratsiya

yordamida yaratilgan tovushli tuzilmalar asarni musiqiylashtiradi va unga o‘ziga

xos ritmik tuzilma beradi. Assonans esa unli tovushlarning takrorlanishidir. Bu

tovushlar yordamida adabiy asarlarning melodik tuzilmasi yaratilib, o‘quvchiga

hissiy ta’sirini kuchaytiradi. Tovushlarning estetik funksiyalari, ularning

takrorlanishi orqali o‘quvchining ruhiy holatini o‘zgartiradi va uni asar

voqeliklariga, qahramonlarning ruhiyatiga olib kiradi. Masalan, Edgar Allan

Poning “The Raven” asarida alliteratsiya va assonans yordamida tund kayfiyat


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

402

yaratilib, o‘quvchini qayg‘uga, qorong‘ulik va fojеaga olib kelса[2], Тоғай

Муроднинг қуйидаги сатрлари ҳаёт синовларидан чарчаган, умри ўтиб

бораётганини афсус ила қайд этаётганини ҳис эттиради:

Бутун бeт-бошим

биж-биж бўлди. Бутун бeт-бошим ғуж-ғуж ажин бўлди. Бeт-бошим бeт-

бош бўлмади – дарз-дарз ер бўлди. Бeт-бошим бeт-бош бўлмади – қақроқ-

қақроқ ер бўлди.

Bunday fonetik vositalar yordamida yaratlangan musiqiy

tuzilmalar, adabiyotda yanada boy va ta’sirchan obrazlar yaratishga imkon beradi.

Umuman, tovushlarning nutqdagi roli, ayniqsa, nutqning badiiy va

psixologik ta’sirini kuchaytirishda juda muhimdir. Nutqning fonetik tuzilmalari,

o‘quvchi yoki tinglovchining psixologik holatiga bevosita ta’sir qiladi. Tovushlar

o‘zining ritmik, melodik va semantik jihatlari orqali nutqning ekspressiv

imkoniyatlarini kengaytiradi. Nutqdagi tovushlarning ta’siri nafaqat ma’no

yaratish, balki ruhiy kayfiyat va tasavvurlarni shakllantirishda ham katta

ahamiyatga ega. Masalan, Ibsenning “Hedda Gabler” pyesasida tovushlarning,

ayniqsa, ularning takrorlanishi, pyesaning g‘aroyib va tartibsiz kayfiyatini

yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Nutqdagi tovushlarning rolini tahlil qilish orqali,

uning badiiy ta’sirini yanada yaxshiroq tushunish mumkin[3].

Fonetik uslubiyatda tovushlarning stilistik funksiyasi, nutqning estetik va

emotsional jihatlarini yoritishda muhim hisoblanadi. Tovushlarning o‘ziga xos

tarkibi va uslubi, adabiyotda o‘zgacha ohang yaratadi, bu esa o‘quvchining hissiy

reaksiyasini kuchaytiradi. Stilistik jihatdan tovushlar yordamida turli xil

atmosferalar, kayfiyatlar va hissiyotlar aks ettiriladi. Masalan, qo‘llaniladigan

alliteratsiya, assonans, onomatopeya kabi fonetik vositalar, o‘quvchiga asarning

umumiy kayfiyatini tushunishga yordam beradi va uning tasavvurini jonlantiradi.

Onomatopeya ёки бошқача айтганда, товушга тақлид қилиш, ko‘proq bolalar

adabiyotida ishlatiladi. Chunki “Inson tabiat bilan bolaligidan “tillashishi” kerak.

Bu jarayon qancha barvaqt boshlansa, tabiat, uning hayvonot, nabotot dunyosi bola

qalbini shuncha tez ochadi, o‘z sirlaridan shuncha tez voqif etadi

1

. Masalan,

1

Тўхтабоев Х. Табиатнинг очиқ қалби / Ҳайвонот оламига саёҳат. – Тошкент: Akademnashr, 2016. – Б. 3-4.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

403

Qo‘zichoq: - be-bee – dedi

. “Boʻgʻirsoq” ertagidan boʻrining “

Hoy boʻgʻirsoq,

mening qornim och, seni yeyman”, – deb uvullab yuboribdi.

Oʻquvchi bolalarda

aniq tasavvur hosil qilish uchun boʻrining uvullashini o‘xshatib bersa maqsadga

muvofiq boʻladi. Bu bilan kichik kitobxonlarga faqat rasmlarga qarab emas, balki

eshitish orqali ham ertak haqiqatini anglashga yordam beradi

2

.

Yuqorida tilga olingan geminatsiya – undoshlarni qavatlash usuli asar

qahramonlarining bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini aks ettirish uchun qulay

vosita bo‘la oladi. Masalan:

Tajribani to‘xtatishga haqqing yo‘q!

(T.Malik

«Falak») gapida «q» fonemasining geminatsiyaga uchrashi qahramonning holati:

qat’iylik, cho‘rtkesarlik kabi xususiyatlarini va voqelikka subyektiv munosabati:

noroziligini ifodalashga xizmat qilmoqda.

Ayrim o‘rinlarda undosh tovushlarni qavatlash orqali so‘zlovchining

muayyan voqelikka, predmetga baho munosabatini ham ifodalanadi.

Masalan:

Endi toychoq demasangiz ham bo‘ladi. Ot bo‘lib qoldi. Ozgina

eshshakligi ham bor-u, lekin sizning hurmatingizni qilib «ot» desak ham bo‘lar.

(T.Malik. «Shaytanat»)

Ushbu gapda «sh» geminatasi orqali sỷzlovchining subyektga bỷlgan salbiy

munosabati ifodasini topgan. Shuningdek, ushbu gap tahlilida eshak sỷzining

konnotativ ma’nolarini hisobga olmoq darkor

3

.

Undoshlarni qavatlash hodisasi nafaqat so‘zlovchining voqelikka

munosabatini, balki so‘zlovchining o‘z xarakter-xususiyatini ochib berishga ham

xizmat qiladi:

Anhor bo‘yini gaplash. Tuzukroq qorilarni ayttir.

Qorilarning xo‘rrozini toptiraman.

(Т.Малик. «Shaytanat»)

Bu o‘rinda qahramonning xarakteridagi ỷziga ishonch, manmanlik, g‘urur

2

Hamraqulova G. Badiiy matnning fonopoetik tadqiqi. (Iqbol Mirzo she’riy asarlari tahlili misolida): Filol. fan. b.

fals. dok. diss. – Andijon, 2024. – B. 72.

3

Коннотация ҳақида қаранг: Ревзина О. Г. О понятии коннотации // Языковая система и её развитие во

времени и пространстве: Сборник научных статей к 80-летию профессора Клавдии Васильевны Горшковой.
— М.: Изд-во МГУ, 2001; Говердовский В. И. История понятия коннотации // Науч. докл. высш. шк. филол.
науки. – 1979. - №2.; Телия В. Н. Коннотативный аспект семантики номинативных едениц. –М. 1986;
Мамадалиева М.А. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг коннотатив аспекти: Филол. фан. ном. ... дисс.
автореф. -Тошкент. 1997.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari


https://scientific-jl.com/

18-to’plam 1-son Aprel 2025

404

kabilar holati undoshlarni qavatlash yordamida berilgan.

Xullas, fonetik uslubiyat o‘quvchilarni o‘qish va tinglash jarayonida

tovushlarning estetik va psixologik ta’sirini sezdirish orqali tilning imkoniyatlarini

kengaytiradi. Tovushlar yordamida yaratilgan ritm, alliteratsiya va assonans kabi

fonetik vositalar, nafaqat ma’no yaratishda, balki kayfiyat, tasavvurlar va his-

tuyg‘ularni aks ettirishda ham alohida o‘rin tutadi. Badiiy nutqda tovushlarning

ekspressiv va estetik rolini tahlil qilish, tilning nozik va chuqur jihatlarini anglash

imkonini beradi. Shu bilan birga, tovushlarning nutqdagi rolini to‘g‘ri tushunish va

ulardan samarali foydalanish, adabiyotshunoslarga va tilshunoslarga yanada boy

va chuqurroq asarlarni yaratish imkoniyatini beradi. Fonetik uslubiyat, tilning

estetik imkoniyatlarini to‘liq anglash uchun zarur vosita bo‘lib, tilshunoslik va

adabiyotshunoslikda muhim o‘rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Shamsiyev, A. (2011). O‘zbek tilida fonetik uslubiyat. – Toshkent:

O‘zbekiston milliy universiteti nashriyoti.

2.

Turganov, M. (2015). Lingvistika va stilistika: Fonetik vositalar. –

Toshkent: Fan va Texnologiya.

3.

Pavlenko, A. (2000). L’Art de la phonétique: Phonétique et stylistique

dans la poésie française. – Paris: Éditions du CNRS.

4.

Jakobson, R. (1960). Linguistics and Poetics: An Introduction to

Linguistic Poetics. Cambridge University Press.

5.

Юқоридаги сноскадагиларни қўйиб чиқинг!

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари