Mualliflar

  • Sharipov Humoyun Hamid oʻgʻli

Muallif biografiyasi

  • Sharipov Humoyun Hamid oʻgʻli

    Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi Oʻquv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi bosh mutaxassisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yottoro.90679

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: shaxsga doir ma’lumotlar tushunchasi mulkdor operator himoya maxfiylik shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi suniy intellekt.

Annotasiya

Anotatsiya: Mazkur  maqola  jamiyatda  shaxsga  doir  malumotlarni himoya  qilish  ijtimoiy-huquqiy  munosabatlarda  qanday orin egallashiuning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi bilan ozaro bogliqligi, shaxsga doir malumotlar sir saqlanishining oʻziga xos xususiyatlari, tushunchasi, turlari va jamiyatimizdagi ahamiyati taxlil qilingan. Shuningdek, suniy intellektning shaxsga doir malumotlar havfsizligiga tasiri, shaxsga doir malumotlarning daxlsizligini taminlashda milliy va xalqaro qonunchilikda belgilangan normalar yoritilgan.


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

141

SHAXSGA DOIR MAʼLUMOTLARNING QONUNIY ASOSLARI,

AHAMIYATI VA ULARNING HAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHNING

OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Sharipov Humoyun Hamid oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish

markazi Oʻquv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi bosh mutaxassisi

Anotatsiya: Mazkur maqola jamiyatda shaxsga doir ma’lumotlarni

himoya qilish ijtimoiy-huquqiy munosabatlarda qanday o‘rin egallashi, uning

shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi bilan o‘zaro bog‘liqligi, shaxsga doir ma’lumotlar

sir saqlanishining oʻziga xos xususiyatlari, tushunchasi, turlari va jamiyatimizdagi

ahamiyati taxlil qilingan. Shuningdek, suniy intellektning shaxsga doir

ma’lumotlar havfsizligiga ta’siri, shaxsga doir ma’lumotlarning daxlsizligini

ta’minlashda milliy va xalqaro qonunchilikda belgilangan normalar yoritilgan.

Kalit soʻzlar: shaxsga doir ma’lumotlar tushunchasi, mulkdor, operator,

himoya, maxfiylik, shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi, suniy intellekt.

Hozirgi kunda jamiyatda shaxslar o‘rtasida turli xil elektron

xizmatlarning keng tarqalishi oqibatida ijtimoiy munosabatlar ham yangi tus

olib rivojlanib bormoqda. Bunday turdagi elektron xizmatlar, bir tomondan,

hayotimizni sezilarli darajada osonlashtiradi, biroq boshqa tomondan esa shaxsiy

ma’lumotlarimizni himoya qilish muammosini, ularning tarqalishi xavfi va boshqa

noqonuniy xatti-harakatlar natijasida uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy

foydalanish xavfini vujudga keltiradi. Axborot texnologiyalari rivojlanib

borayotgani sari shaxsga doir ma’lumotlarning huquqiy ahamiyati, ularni

normativ-huquqiy hujjatlar orqali muhofazasini ta’minlash hamda himoya

qilishga bo‘lgan e’tibor ham ortib bormoqda. Raqamli ma’lumotlar katta rol

o‘ynaydigan bugungi dunyoda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish

tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida ham shaxsga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

142

doir ma’lumotlarni himoya qilish maqsadida

2019-yilda “Shaxsga doir

ma’lumotlar to‘g‘risida”gi 547-sonli alohida qonun hujjati qabul qilingan bo‘lib,

ushbu qonunga muvofiq muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni

identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki)

boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborotlar shaxsga doir ma’lumotlar ekanligi

qayd etilgan. Mazkur qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi

vakolatli davlat organi qilib belgilangan.

Ushbu qonun, shaxsiy ma’lumotlarni

himoya qilish, to‘plash, ishlatish va saqlash bo‘yicha aniq qoidalarni belgilaydi.

Ushbu qonunda, shaxsiy ma’lumotlarning tarqatilishiga ruxsat olishning

muhimligi, ma’lumotlar subyektlarining huquqlari, ma’lumotlarni himoya qilishni

nazorat qiluvchi davlat organlari haqida keng tasavvur mavjud. Shaxsiy

ma’lumotlarni himoya qilish borasida O‘zbekistonda ham yangi texnologiyalarni

joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda. Misol uchun, davlat organlari tomonidan

raqamli identifikatsiya tizimlari va elektron hukumat xizmatlarini rivojlantirishga

qaratilgan tashabbuslar ko‘zga tashlanmoqda. Bu tizimlar, fuqarolarning shaxsiy

ma’lumotlarini himoya qilishni ta’minlaydi va shu bilan birga, fuqarolarning turli

xizmatlardan foydalanishini yanada qulaylashtiradi. Shuningdek, yurtimizda,

ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, o‘zgarishlar va yangilanishlar

doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Bu tizimlar foydalanuvchilarning shaxsiy

ma’lumotlarini himoya qilishni va ularning xavfsizligini kafolatlashni

ta’minlashga xizmat qiladi. Shaxsga doir ma’lumotlar dunyo bo‘ylab ko‘plab

qonunlar va texnologiyalar orqali himoya qilinadi.

Shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi

har bir inson o‘z shaxsiy hududiga ega bo‘lish huquqiga ega ekanligini anglatadi.

Shu sababli ham shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlanishi hamda

himoya qilinishi har bir shaxsning konstitutsiyaviy huquqi sifatida kafolatlanishi

lozim. Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish yuqori huquqiy ahamiyatga ega,

chunki u shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi va shaxsiy hayot

daxlsizligi huquqini himoya qiladi. Shaxsga doir ma’lumotlarni samarali himoya

qilish nafaqat fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi, balki


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

143

demokratik tamoyillar va huquqiy davlatni kafolatlashning muhim elementidir.

Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishga mas’uliyatli munosabat davlat uchun

ham, har bir fuqaro uchun ham huquqiy tartibning barqarorligi ta’minlash uchun

zarurdir.

Shaxsga doir ma’lumotlarning alohida turlarga ajratilishi va tasniflanishi

muxim ahamiyat kasb etadi deb bemalol ayta olamiz. Qonunchiligimizda shaxsga

doir ma’lumotlar alohida turlarga ajratilmaganligi natijasida ushbu

ma’lumotlardan foydalanishda turli hil tushunmovchiliklar kelib chiqishi tabiiy

holdir. Shu sababli, shaxsga doir ma’lumotlarning turlari haqida to‘xtaladigan

bo‘lsak,

ularni umumiy, maxsus va biometrik ma’lumotlar kabi turlarga ajratish

mumkin.

Umumiy ma’lumotlar qatoriga insonning ism-familiyasi, pasporti va boshqa

shaxsiy hujjatlaridagi qaydlar, tug‘ilgan sanasi va joyi, e-mail manzili, yashash,

o‘qish va ishlash joylari, oilaviy, ijtimoiy va mulkiy holati, qayerda ta’lim olgani,

qaysi kasb egasi ekanligi, daromadi qanchaligi kabi ma’lumotlar kiradi. Telefon

raqamlari faqat egasining ism-familiyasi bilan birga qayd etilgan hollardagina

shaxsga doir ma’lumotlar toifasiga mansub bo‘ladi. Transport vositasining davlat

raqami, kommunal-turarjoy xo‘jaligining hisob raqami kabilar esa shaxsga doir

ma’lumot hisoblanmaydi. Chunki ulardan birinchisi – bevosita avtomobilga

tegishli bo‘lsa, ikkinchisi – uy-joyga taalluqlidir.

Maxsus ma’lumotlar deganda, shaxsning irqiy va milliy mansubligi, siyosiy,

diniy va falsafiy qarashlari, sog‘ligining holati, intim, ya’ni maishiy hayoti bilan

bog‘liq ma’lumotlar tushuniladi.

Biometrik ma’lumotlar – insonning shaxsini aniqlash imkonini beradigan

fiziologik va biologik xususiyatga ega shaxsiy ma’lumotlardir. Masalan, shaxsning

DNKsi, ovozi, ko‘z qorachig‘i, barmoq izlari, yuz qiyofasi, bo‘yi, vazni bilan

bog‘liq ma’lumotlar shular jumlasiga kiradi.

Shaxsga doir ma’lumotlar – bu har bir insonning shaxsiy hayoti, ishlari,

ijtimoiy faoliyati yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan to‘plamdir.

Ular nafaqat fuqarolik huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, balki zamonaviy


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

144

texnologiyalar va raqamli dunyoda xavfsizlikni ta’minlashda ham muhim

ahamiyatga ega.

Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilinishi shaxsiy hayot daxlsizligi

huquqini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda shaxsga doir

ma’lumotlar himoya qilinishining shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi bilan

bog‘liqligini ham ko‘rib o‘tsak.

Inson huquqlari murakkab va ko‘p qirrali hodisa hisoblanib, ularning kelib

chiqishi, ijtimoiy ildizlari tarixiy, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ming

yilliklarni bosib o‘tgan va doimo siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, falsafiy

ma’lumotlarning diqqat markazida bo‘lgan azaliy muammolaridan biridir.

An’anaga ko‘ra, insonning shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi, uy joy daxlsizligi,

yozishmalar siri kabi tabiiy huquq va erkinliklari davlat tomonidan berilmaydi,

balki inson tug‘ilishi bilan paydo bo‘ladigan huquqlardir. Davlat esa bunday

huquq va erkinliklarni faqat qonun bilan tan olishi va mustahkamlashi mumkin.

Shaxsiy hayot daxlsizlik huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari masalasi hozirgi

davr huquqiy maydondagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Davlat qonun

ustuvorligiga erishish uchun insonning asosiy huquqlarini ta’minlashning maxsus

mexanizmlariga ega bo‘lishi kerak. Yuridik fanda nisbatan yaxshi yo‘lga

qo‘yilgan huquqiy tartibga solish mexanizmga asoslanib, insonning asosiy

huquqlaridan biri hisoblangan shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlashning

konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmi konstitutsiyaviy va huquqiy vositalarning

qanchalik ishlayotganligida ko‘rinadi.

Ayniqsa, raqamli makonning jadal rivojlanishi davrida shaxsiy hayot

daxlsizligi kafolatlarini ta’minlash masalalari tobora dolzarbligini ko‘rsatmoqda.

Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini qonun bo‘yicha himoya qilish

jismoniy shaxslar, tijorat tashkilotlari, davlat idoralari, huquqni muhofaza qilish

organlari va milliy xavfsizlik xizmatlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda

shakllantiriladi. Shaxsiy hayot daxlsizligi va shaxsga doir ma’lumotlarning

havfsizligini ta’minlash sohasida bir qancha xalqaro miqyosda va milliy

qonunchiligimizda normalar belgilab qo‘yilgan. Yashash, erkinlik va shaxsiy hayot


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

145

daxlsizlik huquqi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda

qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasi bilan

kafolatlangan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12 – moddasida

“Hech kim uning shaxsiy hayotiga, oilasiga, uy-joyiga, yozishmalar, sha’ni va

obro‘siga tajovuz qilish yoki o‘zboshimchalik bilan aralashishi mumkin emas. Har

bir inson bunday aralashuv va hujumdan himoyalanish huquqiga ega” ekanligining

ifodalanishi asosiy tamoyillardan biri shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy

sirlarga bo‘lgan huquqni rivojlantirishning yangi bosqichini belgilab bergan.

Shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasi bo‘yicha xorijda bir qancha

muvaffaqiyatli tizimlar va qonunchilik choralari joriy etilgan. Masalan, Evropa

Ittifoqi 2018 yilda yangi Umumiy shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish tartibini

joriy etdi. GDPR shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, ishlatish va

tarqatishning aniq qoidalarini belgilaydi. Uning asosiy maqsadi – fuqarolarning

ma’lumotlaridan foydalanishning shaffofligini ta’minlash va foydalanuvchilarni

zararli yoki noqonuniy ma’lumotlar ishlatilishidan himoya qilishdir. GDPR

shuningdek, kompaniyalar uchun maxsus majburiyatlar qo‘yadi, jumladan,

ma’lumotlarni to‘plashda foydalanuvchilarning ruxsatini olish, ma’lumotlar

xavfsizligini ta’minlash va zarar ko‘rgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish.

Shu bilan birga, qonunlar va tartiblar buzilgan taqdirda, jiddiy jazolar va moliyaviy

jarimalar qo‘llaniladi. AQShda ham shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish

bo‘yicha qator qonunlar mavjud. Masalan, California Consumer Privacy Act

(CCPA) davlatida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha yangi

yondashuvni taqdim etadi. Bu qonun, foydalanuvchilarga o‘z ma’lumotlari ustidan

to‘liq nazoratni ta’minlashni maqsad qilgan va kompaniyalar uchun shaxsiy

ma’lumotlar bilan ishlashda shaffoflikni ta’minlashni talab qiladi.

Shaxsiy hayot daxlsizlik huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari masalasi

hozirgi davr huquqiy maydondagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 31-moddasida quyidagicha o‘z tasdig‘ini topgan “Har bir

inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

146

va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Har kim yozishmalari, telefon

orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga

ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga

asosan yo‘l qo‘yiladi. Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi

huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida

qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan

ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega”. Yangi tahrirdagi

Konstitutsiyamiz asosida milliy qonunchilikni ham takomillashtirish jarayonlari

allaqachon boshlanib ketdi. Binobarin, “Amaldagi qonunlarimizda shaxsga doir

ma’lumotlar masalasi qay taxlit o‘z aksini topgan?”, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Bu o‘rinda mamlakatimizda, birinchi navbatda, 2019 yil 1-oktabrdan

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirganini qayd etish

maqsadga muvofiqdir. Mazkur qonunda davlat shaxsga doir ma’lumotlarning

himoya qilinishini kafolatlashi, jismoniy shaxsning roziligisiz yoki boshqa

qonuniy asos mavjud bo‘lmagani holda shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etish

va tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Qonunning 7-

moddasi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsga doir

ma’lumotlar sohasidagi vakolatlariga taalluqli normalar ijrosini ta’minlash

maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022yil 5-oktabrda “Shaxsga doir

ma’lumotlarga ishlov berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni

tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan. Mazkur qaror bilan sohaga oid ikkita

muhim normativ-huquqiy hujjat tasdiqlandi. Bulardan biri – “Shaxsga doir

ma’lumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinganlik darajasini belgilash

to‘g‘risidagi nizom” bo‘lsa, ikkinchisi – “Biometrik va genetik ma’lumotlar

mavjud bo‘lgan moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir

ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar

to‘g‘risidagi nizom”dir.

Birinchi Nizom shaxsga doir ma’lumotlar bazasi mulkdor va operatorlari

tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda ushbu ma’lumotlarning

xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlardan kelib chiqib, ularning himoya qilinganlik


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

147

darajasini belgilaydi. Unga ko‘ra, “Shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini

ta’minlash mulkdor va (yoki) operatorlar yoxud ular mas’ul etib belgilagan

shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”.

Ikkinchi Nizomda biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan

moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar

bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar belgilab berilgan.

Mazkur Nizom talabiga binoan, “Biometrik va genetik ma’lumotlarga ishlov

berish maqsadida foydalaniladigan har qanday moddiy jismlar qonunchilikda

belgilangan tartibda “maxfiy” yoki “xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi

bilan belgilanishi lozim”.

Shubxasiz, bosh qomusimiz hisoblangan Konstitutsiyamiz bilan shaxsga

doir ma’lumotlarning sir saqlanishi va himoya qilinishi belgilab qo‘yilganligi

ushbu ma’lumotlarning havfsizligini ta’minlash muxim ahamiyat kasb etishini

ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda, Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunda

belgilangan qoidalar buzilgan taqdirda javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar

Jinoyat qonunchiligimizga kiritildi. Shuningdek, bir qator xorijiy davlatlar jinoyat

qonunchiligida

xususan,

Latviya

Jinoyat

kodeksining

281-moddasida,

Turkmaniston Jinoyat kodeksining 146- moddasida, Litva Jinoyat kodeksining

167-moddasida, Qozogʻiston Jinoyat kodeksining 147-moddasi 3-qismida,

Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 186-moddasida, Tojikiston Jinoyat kodeksining

144-moddasida birovning shaxsiy yoki oilaviy siri toʻgʻrisidagi ma’lumotni uning

roziligisiz noqonuniy toʻplash yoki tarqatish yoki ommaviy axborot vositalarida

nutqda, ishda, ommaviy axborot vositalarida yoki internetda, agar bu xatti-

harakatlar xudbinlik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni koʻzlab sodir etilgan boʻlsa

va bunday ma’lumotlarni tarqatgan boʻlsa, fuqaroning huquqlari va qonuniy

manfaatlariga zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Bundan tashqari, texnologiyaning jadal rivojlanishi, jumladan, sun’iy

intellekt va biometrik identifikatsiya, paydo bo‘layotgan tahdidlarni bartaraf etish

va shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qilish uchun qonunchilik bazasini doimiy

yangilab borish talab etiladi. Shu bilan birga, hech bir fuqaro turli xil sabablarga


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

148

ko‘ra, oʻzi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarning keng doirada odamlarga ma’lum

bo‘lishini xohlamaydi. Shu sababli, sun’iy intellektning shaxsga doir ma’lumotlar

daxlsizligiga ta’sirini tahlil qiladigan bo‘lsak, so‘ngi yillarda sun’iy intellekt

texnologiyalarining yangi avlodi dunyoga keldi. Sun’iy intellekt qanday

olamshumul darajada rivojlanayotgan bo‘lsa, o‘z navbatida, uni tartibga solishga

qaratilgan chaqiriqlar ham shunday ko‘lamda izchil ortayapti. Haqiqatan ham,

bugungi globallashuv jarayonlarida shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil

etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof

ravishda yig‘ish yoki tarqatish holatlari bot-bot kuzatilmoqda. Ayrim ommaviy

axborot vositalari yoki ba’zi bir blogerlar shaxsning obro‘si, sha’ni va qadr-

qimmatini tushiradigan axborot tarqatganligi uchun sud oldida javobgar

bo‘layotgani ham statistik ma’lumotlarda ko‘rinib qolmoqda. Kibermakon global

axborotkommunikasiya infratuzilmasida markaziy o‘ringa chiqqani sababli hozir

ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash asosiy

vazifaga aylandi. Suniy intellekt, internet tarmoqlari bir qancha qulaylik va

afzalliklarga

ega

bo‘lsada,

kamdan-kam

foydalanuvchilar

tarmoqqa

joylashtirayotgan ma’lumotlari qanchalik himoyalangani haqida o‘ylaydi.

Haqiqatan, dunyo bo‘ylab har daqiqada millionlab insonlar shunga o‘xshash

tizimlarga shaxsiy ma’lumotlarini, jumladan, ism-familiyasi, tug‘ilgan sanasi,

suratlariyu kundalik hayotiga oid turli lavhalarni joylamoqda. Biroq har doim ham

ushbu ma’lumotlarning xavfsizligi ta’minlanmaydi. Bu kabi holatlarning oldini

olish uchun har kim hozirgi vaqtda jadal tarzda rivojlanib borayotgan suniy

intellekt texnologiyasidan to‘g‘ri maqsadda foydalanishi va shaxsga doir

ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash qoidalariga rioya etishlari zarur.

Xulosa qilib aytganda, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish raqamli

muhitda shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta’minlashning asosiy jihati

hisoblanadi. Shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi va shaxsga doir ma’lumotlarni

himoya qilish bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, shuningdek, bugungi raqamli

muhitda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish ushbu huquqni ta’minlashda

muhim rol o‘ynaydi. Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishda normativ-


background image

Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari

https://scientific-jl.com/

17-to’plam 2-son Mart 2025

149

huquqiy hujjatlar zarur poydevor bo‘lsa-da, muammolarni hal qilish uchun

fuqarolarning xabardorligini oshirish va texnologik taraqqiyotga moslashish uchun

doimiy harakatlar talab etiladi. Jamiyat shaxsga doir maʼlumotlarni himoya

qilishga ustuvor ahamiyat berish orqali demokratik tamoyillarni qoʻllab-

quvvatlashi, raqamli texnologiyalarga boʻlgan ishonchni mustahkamlashi va

oʻzaro bogʻliqlik kuchayib borayotgan dunyoda shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini

himoya qilishi mumkin. Shu o‘rinda mamlakatimizda amalga oshirilgan

konstitutsiyaviy islohot asnosida Asosiy Qonunimizni inson huquqlarini,

jumladan, shaxsga doir ma’lumotlarni yanada keng darajada himoyalaydigan

normalar bilan boyitishga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlash lozim.

Konstitutsiyaviy islohotlar tufayli inson qadrini ulug‘lash, avvalo, har bir

insonning shaxsiy huquq va erkinliklari, xususan, shaxsiy hayoti, sha’ni, qadr-

qimmati, obro‘si, ishchanlik darajasi, jamiyatda tutgan mavqeini yuksaltirish

hamda shaxsga doir ma’lumotlar daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bunday

konstitutsiyaviy-huquqiy sa’y-harakatlarning mohiyati ham, ahamiyati ham

kattadir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari

milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

https://lex.uz/docs/-

6445145

;

2.

O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi

qonuni. 02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-son.

https://lex.uz/docs/-4396419

;

3.

https://www.un.org/ru/about-us/universal-declaration-of-human-rights

;