Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
127
QIYOSIY PEDAGOGIKA FANINI O‘QITISHDA TA’LIMIY
METODLARDAN FOYDALANISH
Mirzaxmatov Asadbek Yakubjon o‘g‘li
Qo‘qon DPI magistranti
Annotatsiya. Mazkur maqolada qiyosiy pedagogika fanini o‘qitishda ta’limiy
metodlardan foydalanish masalasi hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon etiladi.
Shuningdek maqolada, metod haqida tushuncha, metoni qo‘llashning avfzalliklari,
qiyosiy pedagogika fanini o‘qitishda samarali bo‘lgan metodlarning tavsifi keltirib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar. Qiyosiy pedagogika, metod, qo‘llanish uslubi, samaradorlik,
individual hususiyat, ta’lim jarayoni, o‘yin texnologiyalari.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ МЕТОДОВ В
ПРЕПОДАВАНИИ СРАВНИТЕЛЬНОЙ ПЕДАГОГИКИ
Мирзахматов Асадбек Якубджон огли
Магистрант Кокандской ГПИ
Абстрактный. В статье представлены некоторые мысли об
использовании образовательных методов в преподавании сравнительной
педагогики. В статье также дается понимание метода, преимущества
использования метода и описание эффективных методов преподавания
сравнительной педагогики.
Ключевые слова. Сравнительная педагогика, метод, стиль применения,
эффективность, индивидуальные особенности, образовательный процесс,
игровые технологии.
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
128
USE OF EDUCATIONAL METHODS IN TEACHING
COMPARATIVE PEDAGOGY
Mirzakhmatov Asadbek Yakubjon ogli
Master’s student of Kokand SPI
Annotation. This article presents some thoughts on the issue of using
educational methods in teaching comparative pedagogy. The article also provides
an understanding of the method, the advantages of using the method, and a
description of effective methods in teaching comparative pedagogy.
Keywords. Comparative pedagogy, method, method of application,
effectiveness, individual characteristics, educational process, game technologies
.
Kirish.
Qiyosiy pedagogika yoki komparativistika dastlab falsafa fanlari
sohasida shakllangan bo`lib, turli masalalarni, jumladan, o`sib kelayotgan yosh
avlod ta‘lim-tarbiyasi muammolarining jahon mamlakatlarda rivojlanish
masalalarini ham o`rgangan. Qadim zamonlardayoq, falsafiy ta‘limotlar
mazmunida turli xalqlar va mamlakatlarda bolalarga qanday ta‘lim-tarbiya
berganliklari to`g‘risida anchagina ma‘lumotlar mavjud edi. Ularda ta‘lim-tarbiya
metodlari va qadriyatlari umumlashtirilgan bo`lib, katta avloddan yosh avlodga
hayotiy tajribani qanday yetkazilayotganligining o`ziga xos jihatlari tahlil qilingan
edi. Qiyosiy pedagogikaga yanada aniqroq ta‘rif beradigan bo`lsak, u
pedagogikaning mustaqil fan sohasi sifatida dunyoning turli davlat va
mamlakatlarida pedagogika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish tendensiyalari,
qonuniyatlari va holatini o`zaro taqqoslab o`rganadigan fandir. Shuningdek, u
umumiy tendensiyalarning milliy va regional o`ziga xosligining mos va farqli
jihatlarini ajratib ko`rsatadi hamda milliy ta‘lim tizimini xorij tajribasi orqali
o`zaro boyitish shakl va usullarini ishlab chiqadi.
Fanning hususiyatidan kelib chiqqan holda uni o‘qitishda samarali bo‘lgan
metodlarni aniqlash va dars jarayoniga tadbiq etish masalasi alohida ahamiyat kasb
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
129
etadi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Aytish mumkinki, har bir fan muayyan
ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishda, ta‟limotlar yaratishda bevosita asos bo‘lib
xizmat qiluvchi qator faktlar, hodisalarga ega bo‘lishidan tashqari u ushbu faktlarni
tadqiq va tahlil qiluvchi metodlarga ham ega bo‘lishi shart. Demak, har bir fanning
mavjudligi, xulosalari, faolligi uning tadqiqot ob‟ekti (manbai), tadqiqot maqsadi
va, ayni vaqtda, tadqiqot metodlari bilan belgilanadi, o‘lchanadi. Shunday ekan,
fandagi ilmiylik prinsipi uchun xizmat qiladigan metod nima? Metod termini
nimani anglatadi? Nimani ifoda etadi? degan savolning tug‘ilishi mantiqiydir,
tabiiydir. Metod etimologik jihatdan grekcha (methodos) so‘zidan olingan bo‘lib,
“tadqiqot”, “o‘rganish” degan ma‟noni anglatadi. Metod bilish nazariyasiga, bilish
nazariyasi tamoyillari (prinsiplari)ga ko‘ra voqelikka yondashish – tabiat, jamiyat
va fikrlash jarayonini – tafakkurni bilish usulidir. Binobarin, metod ushbu falsafiy
ma‟noda ob‟ektiv voqelikning har qanday hodisa va jarayonlarini bilish,
tushuntirish va talqin qilish yo‘lidir. Ayni vaqtda metod umumiy – falsafiy
ma‟noda qo‘llanishdan tashqari u tor (xususiy) ma‟noda ham qo‘llanish
imkoniyatiga ega. Bu holda u muayyan fanga oidligi bilan, ayni fanning tadqiqot
ob‟ektini (manbaini) tahlil qilish bilan muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Demak,
metod maxsus, xususiy, sohaviy metod sifatida turlicha fanlarda turlicha bo‘lishi
bilan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, metod umumiy va xususiy, falsafiy va
sohaviy ko‘rinishlarga egaligi bilan xarakterlanadi.
Muhokama va natijalar.
Qiyosiy pedagogikani o‘qitishda samarali
hisoblangan metodlar hususida to‘xtalar ekanmiz, ularni alohida-alohida sharxlab
o‘tish lozim. Jumladan:
Rekodifikasiya metodi.
Uning mohiyati shundaki, hodisalami «ko‘chirish»
faktlari bilan bog‘liq yangi va betakror g‘oyalami ishlab chiqish maqsadida
hodisalami boshqacha ifodalashdir. U «kashfiyotlar (maydoni) matrisa» siga
asoslanadi. Rekodifikasiyani bir tildan ikkinchi til (fanda ko‘pincha matematika
tili)ga o‘tkazish deb tushunsa ham boMadi. Biroq u barcha rekodifikasiya tili
boMishi mumkin emas, grafik ifodalar, sxemalar, tablisalar, diagrammalar ham
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
130
rekodifikasiya vazifasini bajarishi mumkin.
6-6 metodi:
Olti kishidan kam bo‘lmagan guruh 6 minut davomida guruh
oldida turgan muammoni yechishga yordam beradigan aniq g‘oyani
shakllantirishga harakat qiladilar. Har bir ishtirokchi alohida sahifalarga o‘z
fikrlarini yozib boradi.Bujudaixcham tarzda amalga oshiriladi: jipsliklaming
buzilishi va materiallaming buzilishi, texnologiyalaming buzilishi tarzida.
Shundan so‘ng guruhda barcha tayyorlangan ro‘yxatlar muhokama qilinadi.
Muhokama jarayonida o‘ta xato qarashlar chiqarib tashlanadi, munozarali
masalalarga aniqlik kiritiladi, boshqa barcha aniqlangan xususiyatlar
guruhlashtiriladi. Vazifa — bir necha muhim muqobillami saralab olish.
Binobarin, ulaming miqdori ishtirokchilar miqdoriga nisbatan kam bo‘lishi lozim.
Yalpi «Fikrlar hujumi».
Bu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab
chiqilgan. U katta guruhlarda (20dan 60tagacha bo‘lgan) yangi g‘oyalar ishlab
chiqish samaradoriigini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi. Barcha
ishtirokchilar kichik-kichik 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi va har bir
kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo‘yicha 15minut davomida
mustaqil ravishda to‘g‘ri «Fikrlar hujumi» o‘tkazadi. Shundan so‘ng har bir kichik
guruh vakili o‘z guruhlarida ishlab chiqilgan g‘oya haqida axborot beradilar va
o‘qituvchi rahbarligida jamoa bo‘lib unga baho beradilar va ulardan eng yaxshilari,
betakrorlari tanlab olinadi.
«Fikrlarning shiddatli hujumi»
- destruktiv berilgan baho bilan dialog. Bu
metod ye.A. Aleksandrov tomonidan taklif qilingan va G.Ya. Bush tomonidan
o‘zgartirilib yo‘lga qo‘yilgan. Dialogning mohiyati shundaki, jamoa bo‘lib
g‘oyalar ishlab chiqishda ishtirokchilaming ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi va
unga zid g‘oyalar qo‘yiladi.
Mashg‘ulot bosqichma-bosqich quyidagi tarzda o‘tkaziladi:
1-bosqich. Miqdor va psixologik muloqoti jihatidan maqbul kichik guruhlami
shakllantirish;
2-bosqich. Vazifa, muammodan kelib chiqadigan maqsadlami ifodalash;
3-bosqich. To‘g‘ridan-to‘g‘ri «Fikrlar hujumi» qoidasiga asosan har bir
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
131
guruhda g‘oyalar ishlab chiqish;
4-bosqich. G‘oyalami tartibga solish va tasniflash;
5-bosqich. G‘oyalami destruktivlash, ya’ni amalga oshishi imkoniyatiga
qarab baholash;
6-bosqich. Avvalgi bosqichlarda bildirilgan tanqidiy mulohazalaiga baho
berish
Ishtirokchilar: 1) g‘oyalar ishlab chiquvchi; 2) muammoli vaziyatni tahlii
qilish va g‘oyalami baholovchi; 3) zid (qarshi) g‘oyalami ishlab chiquvchi
guruhlarga bo‘linadigan bo‘lsa, samarali natijaga erishish mumkin.
Sinektika metodi.
U 1960-yilda AQShda U.Gordon tomonidan ishlab
chiqilgan. Bu metod talabalarga muammoning unsurlarini ifodalashga, ijodning
bosh maqsadini ajratib olishga, turli xil xarakterdagi vazifalami yechishning har
xil nusxalarini izlashga yordam beradi va ular quyidagi shaklga ega boMadi:
bevosita (ma’lum bir vazifaning yechilishiga o‘xshatib yechiladi), shaxsiy
(obyektdagi berilgan vazifa obraziga kirishga urinib ko‘rish va shu nuqtai nazardan
fikrlashga harakat qilib ko‘ring), ramziy (ikki jumla bilan vazifaning obrazli
mohiyatini aytib bering), xayoliy (go‘yoki ertaklardagidek bu vazifani yechadilar).
Bu bilan bo‘lg‘usi mutaxassisda abstraksiyalash malakasi, muhokama predmetidan
o‘zini fikran olib qochish, aql yuritish moyilligi, xayolot, bahslarga kirishib keta
olish, bog‘lanib qolish havfi bo‘lgan g‘oyalardan uzoqlashish, boshqalar fikrini
tinglash, safdoshi bildirgan g‘oyalarga nisbatan chidamli bo‘lish, odatdagilar
ichidan g‘ayri odatiylarini va g‘ayri odatiylar ichidan odatdagilarini topish hamda
analoglardan unumli foydalanish kabi sinektik fikrlashga bo‘lgan qobiliyat
shakllanadi.
«ARIZ - TRIZ» metodi.
G.S.Altshuller va uning maktabi tomonidan ishlab
chiqilgan. Bu metodlar sinov va kamchiliklar hamda boshqa ulaming
modifikasiyalaridan sezilarli farq qiladi. Ularko‘r-ko‘rona qidirishdan ko‘ra texnik
tizimlami rivojlantirish qonuniyatlariga bo‘ysungan mantiqiy operasiyalar tizimi
asosiga qurilgan. Nazariyaning asosiy g‘oyasi: texnik tizimlar o‘z holicha emas,
balki yaratuvchilik vazifalarini ongli va maqsadga muvofiq yechishda foydalanish
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
132
mumkin boMgan muayyan qonunlar asosida yuzaga keladi va rivojlanadi. Bu
vazifalami yechish jarayonini texnik ziddiyatlami aniqlash, tahlii etish va yechish
deb qarash lozim boMadi. Belgilangan vazifalami qoMlash metodikasi esa texnika
va texnologiyani yaratishdagi ilmiy-texnik ziddiyatlami ajratib olish, aniqlash va
hal qilish bo‘yicha muntazam ravishda muayyan harakatlami bajarishdir. Tizim o‘z
ichiga bunday ziddiyatlami hal qilishga yordam beruvchi o‘ziga xos yangilovchi
operatorlaming 40 ta usullarini qamrab oladi. Ulardan ayrimlari quyidagilar:
1.«Taqsim qilish»: a) obyektni mustaqil qismlarga bo‘lish; b) obyektni
bo‘laklarga bo‘lib bajarish; v) taqsimlash darajasini kengaytirish.
2.«Butlash»: ayni yoki yondosh operasiyalar uchun mo‘ljallangan obyektlami
biriashtirish; b) ayni va yondosh operasiyalami birlashtirish.
3. «Onalik»: a) bir obyektni ikkinchi obyekt ichiga va o‘z navbatida uning
ichiga uchinchi obyektni joylashtirish; b) bir obyektni to‘g‘ridanto‘g‘ri ikkinchi
obyekt orasidan o‘tkazish.
4. «Chappalik»: a) obyektning harakatdagi qismini yoki tashqi muhitni
qo‘zg‘a!mas holatga olib kelish, aksincha, muqim holatni harakatdagi holatga
keltirish; b) vazifa shartlari talab qilgan harakatlar o‘miga teskari harakatni amalga
oshirish; v) obyektning «oyog‘ini osmonga qilib qo‘yish» va uni o‘nglash.
5. «Zarami foydaga aylantirish»: a) zararli faktorlardan (masalan, muhitga
zarar yetkazadigan) ijobiy samara berishda foydalanish; b) zararli faktorlami
boshqa zararli faktorlar bilan qo‘shish asosida uni bartaraf etish; v) zararli
faktorlami ortiq darajada kuchaytirish asosida uni bezarar qilish
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda yuqorida keltirilgan metodlar qiyosiy
pedagogik fanini o‘qitishda samarali hisoblanib, fan mavzusining hususiyatidan
kelib chiqqan holda foydalanish mumkin. Qiyosiy pedagogika fanini o‘qitishda
ta’lim metodining o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tanlanishi, dars jarayonida turli
vositalar yordamida mavzuning tushuntirilishi ta’lim sifatining oshishiga yordam
beradi. Yuqorida ko‘p bora ta’kidlab o‘tilganidek, ta’lim metodlarini malakali
o‘qituvchining usuli bilan birlashishi natijasida fanning va o‘rganilayotgan
mavzuning mazmuni va o‘ziga xosliklari to‘liq ochib beriladi. Bu esa
Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari
17-to’plam 2-son Mart 2025
133
o‘quvchilarning fan yuzasidan bilim, ko‘nikma, malaka kompitensiyalarining
shakllanishi va rivojlanishiga asos vazifasini o‘taydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Mutalipova M.J., Xodjayev B.X. Qiyosiy pedagogika. – T: 2015y.
2.
Xoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.
3.
Richard Arum, Melisa Velez. Inproving Learning Enviroment: Schol
Discipline and Comporative Perspektive. Stanford Universiy Press, USA 2012.
4.
H.Fry, S. Ketteridge, S.Marshall. HandbookFor teaching and Learning
in Higher Education. New York, Routledge, 2009.