157
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA STOMATOLOGIK
KASALLIKLARNI TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARI
Saidaxmedova X.B., Raxmatova S.A.
Tashkent davlat stomatologiya instituti, Uzbekistan
Stomatologik bezovtalik -bu shaxsning stomatologik davolanishdan oldin
boshdan kechiradigan umumiy holat bo‘lib, o‘zini yomon xis qiladi. Bezovtalik
holati tish manipulyatsiyasi paytida bolaning xatti-harakatlariga ta’sir qiladi.
Qo‘rquvni kelib chiqishini uchta mexanizmi mavjud:
– shifokordan “qo‘rqinchli” ma’lumotlar olish,
– boshqa odamdan, ayniqsa, ota-onadan qo‘rquvni bilvosita olish;
– avvalgi davolanishning bevosita salbiy tasiri.
Stomatologik bezovtalikni kuchayishiga olib keluvchi muhim omil stressdir.
Stomatologik bezovtaligi bor bolalar uchun asosiy ta’sirlovchi vosita bu tish qattiq
to‘qimalarini charxlash yoki in’eksiya qilish, og‘riqni his qilish va qo‘rquvdir. Xulq-
atvorni boshqarish va psixologik metodlar bemorning bezovtaligini uzoq vaqt
davomida farmakologik preparatlar yordamisiz kamaytirishga imkon beradi.
Ishning maqsadi. Boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarda stomatologik
bezovtalikni kamaytirish samaradorligi dasturini ishlab chiqish va baholash.
Materiallar va usullar. Mazkur vazifani hal etish uchun biz TGSI klinikasi
“bolalar terapevtik stomatologiyasi’’ kafedrasiga murojat qilgan 7-9 yoshdagi 50
nafar bolani tekshirdik. Ushbu bolalarning xulq-atvorini ro‘yxatdan o‘tkazish
Frankl (1962) shkalasi miqyosida o‘tkazildi. Biz ishlab chiqqan vizual-analog
shkalasi (VASH) yordamida bolalarning bezovtalik darajasini baholadik.
VASH to‘g‘ri uchburchak sahaklidagi, rangi oqdan yorqin to‘yingan qizil
ranggacha o‘zgarib turadigan diagrammadan foydalanildi. Bola slayderni
diagrammaga joylashtirdi, unga ko‘ra bolaning stomatologikmanipulyatsiya
vaqtidagi bezovtalik darajasiga to‘g‘ri keldi.
Kartaning orqa tomonida raqamlar va o‘lchovlar mavjud. Slayder
joylashishiga qarab bolaning stomatologik bezovtalik pozitsiyasi 0 dan 10 gacha
bo‘lgan shkalada aniqlandi. 0 dan 2,4 gacha past darajali, 2,5 dan 4,9 gachao‘rtacha
bezovtalik, 5 dan 7,4 gacha kuchli bezovtalik, 7,5 dan 10gacha juda kuchli bezovtalik.
Stomatologik bezovtaligi bo‘lgan bolalarning xatti-harakatlarini nazorat qilish biz
ishlab chiqqan dastur yordamida amalga oshirildi. U qat’iy belgilangan tartibda
amalga oshiriladigan quyidagi ketma-ketlikni o‘z ichiga oladi:
– Bolada tashvish va qo‘rquvni tashxislash;
– Suhbat orqali ota-onalarning qo‘rquv va tashvishlarini aniqlash va tuzatish;
– Bolani so‘roq qilish, u bilan suhbatlashish, ota-onalarning ijobiy ta’siri,
bolaning shifokorga bo‘lgan ishonchini rivojlantirish orqali bolaning
stomatologik manipulyatsiyasi haqidagi salbiy fikrlarini aniqlash va o‘zgartirish;
– Stomatologik manipulyatsiyani amalga oshirishdatajriba olish va to‘plash;
protsedurani tushuntirish; ulardan foydalanishdan oldin narsalar, jixozlar bilan
tanishtirish; barcha protseduralar davomida bolani maqtash; olib boriladigan
davolash manipulyatsiyalarini bosqichma-bosqich murakkablashtirish;
manipulyatsiya qilinganidan keyin sovg‘alar berish va bolani rag‘batlantirish;
158
Dasturning samaradorligi bolaning bezovtaligi va xatti-harakatlarini
o‘zgartirish bilan baholandi.
Natija. 7-9 yoshli bolalar 0,1% hollarda o‘zini yaxshi tutdi,(0,07% hollarda
bolalar xulqi ijobiy va0,09% hollarda- ijobiy) va 0,1% – yomon va xulq tuzatish
metodlariga muxtoj (0,1% hollarda – salbiy xulq va 0,05% – juda salbiy).
Bolalarning salbiy xulq atvori 0,72 ballga to‘g‘ri keldi (kuchli bezovtalik), salbiy-
0,55 ball (juda kuchli bezovtalik). Quyidagi dasturdan foydalanilganda98%
bolalarning xulqi o‘zgardi, stomatologik bezovtaligi kamaydi. 0,13% hollarda
salbiy xatti-harakatlar ijobiy tomonga o‘zgargan, 0,13% hollarda bioroz ijobiy,
19% hollarda salbiy xatti- harakatlar ijobiy bo‘ldi, 0,19% hollarda biroz ijobiy.
Xulosa: ushbu bezovtalikni kamaytirish dasturi yuqori samaradorlikni
ko‘rsatdi. Shuning uchun, u tishni davolash davomida kelib chiqadigan boladagi
qo‘rquvni yo‘qotish uchun umumta’lim maktablarining stomatologik
poliklinikalarida, xususiy stomatologik klinikalarida, bolalar stomatologik
poliklinikalarda foydalanish uchun tavsiya qilishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro
‘yxati
:
1.
Камилов, X. П. "Эффективность терапии при действии
комбинированного низкоинтенсивного ультрафиолетового и инфракрасного
лазерного облучения у больных с хроническим пародонтитом." Российский
стоматологический журнал 3 (2002): 18
-21.
2.
Камилов, Хайдар. Малика Ибрагимова, and Адиба Камилова.
"
Ретроспективный анализ частоты встречаемости глоссалгии на кафедре
госпитальной терапевтической стоматологии тгси за 2016
-
2020 годы
."
Журнал стоматологии и краниофациальных исследований 2.2 (2021): 32
-37.
3.
Юльбарсова
Н.А., О.Е.
Бекжанова, and Ф.Р.
Наврузова. "эндотелиальная
дисфункция при хронической рецидивирующей трещине губ." Актуальные
проблемы стоматологии детского возраста и ортодонтии. 2020.
O
G
‘
IZ B
O‘
SHLIG
‘I
SHILLIQ QAVATI LEYKOPLAKIYASINI
DAVOLASHNI BAHOLASH
To‘rayev A.I., KamilovX.P., Kadirbayeva A.A.
Tashkent davlat stomatologiya instituti, Uzbekistan
Dolzarblik. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati salomatligi ovqat hazm qilish
a’zolarining boshlang‘ich profilaktikasi uchun muhim omil hisoblanadi. Hozirgi
davrda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari jismoniy og‘riq hamda psixologik ta’siri
natijasida insonlarning hayot kechirish sifatini pasaytirib yuboryabti. Ayniqsa,
kasalliklar og‘iz bo‘shlig‘i strukturasini va funksional holatini buzishga olib keladi.
Ushbu tezisda aholi orasidagi statistika natijasida topilgan eng ko‘p og‘iz bo‘shlig‘i
salomatligiga ta’sir qiluvchi kasalliklar ko‘rsatgichi haqida ma’lumot berilgan.