Авторы

  • Najmiddin Usmonaliyev
    O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
  • Behro’z Baxriddinov
    O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 327-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.113012

Ключевые слова:

So’roq qilish ko’rsatuv guvoh jabrlanuvchi mutaxassis pedagok psixolog yo’naltiruvchi savol chaqiruv qog’ozi.

Аннотация

So‘roq qilish — jinoyat protsessining ajralmas qismi bo‘lib, u tergov harakatlari ichida alohida o‘rin egallaydi. Ushbu jarayon orqali tergovchi guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchidan jinoyatga oid muhim axborotlarni aniqlaydi va huquqiy baholash uchun zarur bo‘lgan dalillarni to‘playdi.


background image


147

SO‘ROQ QILISHNING MOHIYATI VA TURLARI

Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi

Baxriddinov Behro’z Dilxirojovich

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 327-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15721004

Annotatsiya:

So‘roq qilish — jinoyat protsessining ajralmas qismi bo‘lib, u tergov harakatlari ichida

alohida o‘rin egallaydi. Ushbu jarayon orqali tergovchi guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi
va ayblanuvchidan jinoyatga oid muhim axborotlarni aniqlaydi va huquqiy baholash uchun
zarur bo‘lgan dalillarni to‘playdi.

Kalit so’zlar

So’roq qilish, ko’rsatuv, guvoh, jabrlanuvchi, mutaxassis, pedagok, psixolog,

yo’naltiruvchi savol, chaqiruv qog’ozi.


Mazkur mavzuda so‘roq qilishning huquqiy asoslari, maqsadi va ahamiyati tahlil

qilinadi. Jumladan, so‘roq qilish jarayonining inson huquqlari bilan uyg‘unligi, axborot olishda
adolat va holislik tamoyillariga rioya etilishi muhim hisoblanadi.

So‘roq qilishning birlamchi, takroriy, qo‘shimcha, qarama-qarshi kabi turlari mavjud

bo‘lib, ularning har biri maxsus yondashuv va tergov taktikasi asosida olib boriladi. Ayniqsa,
jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilishda psixologik omillar, shaxsning ruhiy holati va stress
holatlari inobatga olinadi

1

.

Shuningdek, so‘roq qilishda zamonaviy yondashuvlar, xorijiy tajribalar, axborot

texnologiyalaridan foydalanish amaliyoti ham mavzuning dolzarbligini oshiradi. Mazkur
anotatsiyada so‘roq qilishning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va uni takomillashtirish
yo‘llari yoritiladi

2

.

So‘roq qilish - paydo bo‘lishiga ko‘ra eng birinchi va qo‘llanilishi jiҳatidan ayniqsa keng

tarqalgan tergov ҳarakati. Uning moҳiyati so‘roq qilinayotgan shaxsdan tergov qilinayotgan
jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi va isbotlanishi lozim bo‘lgan ҳolatlar to‘ғrisida ko‘rsatuvlar
olishdan iborat. Uni samarali o‘tkazish uchun so‘roq qilinuvchilar psixologiyasini yaxshi
tushunish, ular bilan ishonchli munosabatlar o‘rnata olish, yuzaga kelgan vaziyat, so‘roq
qilinuvchining shaxsi va protsessual maqomi, ishda mavjud dalillarni ҳisobga olgan ҳolda
taktik usullar va psixologik tasir ko‘rsatish metodlarini qo‘llay bilish zarur.

So‘roq qilish- JPKda qayd etilgan, tergovchi tomonidan o‘zining yurituvidagi jinoyat ishi

bo‘yicha aҳamiyatga ega bo‘lgan ҳolatlar to‘ғrisida malumotlarga ega shaxslardan ushbu
oғzaki malumotni ko‘rsatma sifatida olish va mustaҳkamlash maqsadida skҳbat yoki savol-
javob shaklida amalga oshiriladigan bilish va tasdiqlash ҳisoblanadi.

So‘roq qilish tergov ҳarakati o‘zining tashqi ko‘rinishidan o‘xshash bo‘lgan xarakatlar:

tushuntirish, talab qilib olish, oғzaki arizani qabul qilib olish, (yani tergov ҳarakati

1

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув

юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари.
Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.

2

Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси

ИИВ Академияси, 2012. Б.24


background image


148

xisoblanmagan prortsessual ҳarakatlar) va fuqarolarni surishtirish (protsessual ҳarakatlar
bo‘lmagan tezkor qidiruv choralari ) mazmuni va aҳamiyatiga ko‘ra ulardan farq qiladi.
Ko‘rsatuvlar esa bazida ko‘rsatuvlarni ҳodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish. Tanib olish uchun
ko‘rsatish kabi tergov ҳarakatlarida ҳam ularning tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lish
mumkin

3

.

So‘roq qilishning umumiy qoidalari Jinoyat protsessual Kodeksining 96-108-

moddalarida belgilangan. Bizning protsessual qonunchilikda so‘roq qilishning umumiy
qoidalariga yuridik adabiyotlarda so‘roq qilishning (umumiy va maxsus) shartlari iborasi
qo‘llaniladi.

So‘roq qilishning aҳamiyati shundaki tergovchi kriminalistikada ishlab chiqilgan va

tergov amaliyotida qo‘llaniladigan taktik usullardan foydalangan ҳolda ishga oid ҳolatlar
to‘ғrisidagi malumotlarini bilish orqali xaqiqatni aniqlaydi, ko‘rsatma sifatila qayd etilgan
malumotlardan jinoyat ishi bo‘yicha dalil tariqasida foydalanish orqali isbotlashni amalga
oshiradi ҳamda protsessual qarorlarini asoslantiradi

4

.

So‘roqning maqsadi ishga oid aҳamiyatli malumotlar olishdan iborat, bunda tergovchi:
1.Jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan ҳolatlarga oydinlik kiritadi, yani ҳodisa

sodir bo‘lgan yoki yo‘qligi, ҳodisa jinoyat yoki jinoyat emasligi, jinoyat bo‘lsa. U qanday va kim
tomonidan sodir etilganligi, jinoyat oqibatlari, jinoyat eҳtiyotsizlikdan yoki qasddan sodir
etilganligini aniqlaydi.

2.Jinoyat ishi uchun aҳamiyatli malumotlarning boshqa manbalarini aniqlaydi.
3.So‘roq amalga oshirilgunga qadar ishga mavjud dalillarning ishonchliligini tekshiradi.
So‘roqni algoritmlash ҳaqida Amerikalik professor Kim Devis “Odamning ichidagi ҳatti

xarakatlari ” nomli kitobida gapirayotgan odamni samarali eshitishning 10 ta qoidasini ishlab
chiqqan va ular quyidagilardan iborat:

1-qoida. O‘zga shaxs gapirganda sukut saqlab eshitish.
2-qoida. Gapirayotgan shaxs o‘zini erkin ҳis qilgan, bu usul ҳal etuvchi muҳitni yaatish

deb ataladi.

3-qoida. Gapirayotgan shaxsga uni eshitishga tayyor ekanligingizni ko‘rsatish lozim.
4-qoida. Gapga ҳalaqit beruvchi vaziyatlardan voz kechish.rasm chizmasdan, stolni

taqillatib, bir qoғozni boshqa jayga olmaslik kerak.

5-qoida. Gapirayotgan odamga nisbatan ezgulik bilan qarab va o‘zingizni uning o‘rnida

taxlil qilib ko‘ring.

6-qoida. Chidamli bo‘lish, vaqtni tejamaslik, xonadan chiqib ketishga shoshilmaslik,

eshik tomonga shoshilmaslik kerak.

7-qoida. O‘zini qo‘lga olib, jaxlni bosib turish kerak.
8-qoida. Baxislashmay yoki tanqidiy fikr bildirmaslik kerak, aks xolda bu so‘roq

qilinuvchini ҳimoyaga o‘tishiga chorlab, gapini to‘xtatib, ғazablanishi mumkin.

9-qoida. Savollar berib turish. Bu gapirayotgan odamga dalda bo‘ladi va etibordan

mamnun bo‘ladi. Bu esa malumotlar olishda yordam beradi.

3

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан

фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини
такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.

4

Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал

қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.


background image


149

10-qoida. Gapirishni to‘xtatib bu qoida birinchi bo‘lib keladi. Agar siz gaplashadigan

bo‘lsangiz eshita olmaymiz

5

.

So‘roq tergovchi bilan jinoiy voqea ҳaqida malumot beruvchi shaxs o‘rtasidagi o‘zaro

muloqotdir. So‘roq qilishning umumiy vazifasi - so‘roq qilinayotgan shaxslarning ҳar biridan
tergov qilinayotgan jinoyat ҳolatlari va uni sodir etishda aybdor shaxslar to‘ғrisida unga
malum bo‘lgan barcha ҳaqqoniy malumotlarni olish

6

.

So‘roq qilish o‘zaro muloqot shakli sifatida ҳamkorlik yoki qarama-qarshilik va

psixologik kurash yo‘sinida o‘tishi mumkin. Bazan so‘roqda boshqa shaxslar (tarjimon,
pedagog, mutaxassis va sh.k.) ҳam ishtirok etishlari mumkin. Bunda axborot ayirboshlash,
o‘zaro tasir ko‘rsatish, bir-biriga baҳo berish, nuqtai nazarlarni shakllantirish sodir bo‘ladi. Bu
erda so‘roqni o‘tkazayotgan shaxs etakchi rol o‘ynashi lozim.Tergovchi JPK normalari va
kriminalistika tavsiyalariga amal qilgan ҳolda, so‘roqni o‘tkazish tartibini belgilaydi, boshqa
shaxslarning ҳarakatlarini, ularning ishtiroki darajasini boshqaradi, ayni vaqtda so‘roq
qilinuvchidan tergov qilinayotgan jinoyat to‘ғrisida malumotlar olishni taminlaydi. So‘roq
qilinuvchidan mumkin qadar to‘liq va ҳaqqoniy ko‘rsatuvlar olishga intilib, tergovchi taktik
muloҳazalarga ko‘ra yuz bergan voqea tafsilotlaridan xabardorligini mal vaqumtgacha oshkor
qilmaydi, o‘zi so‘roqning mazkur bosqichida foydalanish maqsadga muvofiq, deb ҳisoblagan
malumotlarnigina xabar qiladi

7

.

Olinayotgan malumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini taminlash- oғir vazifa, zero

so‘roq qilinuvchi, ҳatto u butun ҳaqiqatni bayon etishni istayotgan bo‘lsa ҳam, o‘z istagini
amalga oshirishga, muҳim ҳolatlarni to‘liq eslashga doim ҳam qodir bo‘lavermaydi. Bundan
tashqari, u tergovchini aynan qaysi faktlar va tafsilotlar qiziqtirayotganini doim ҳam
tushunavermaydi.

So‘roq qilinuvchi tergov qilinayotgan jinoyat voqeasi amalda qanday rivojlangani

xususida vijdonan yanglishishi ҳam mumkin. So‘roq qilinuvchi yolғon ko‘rsatuvlar bergan,
ayrim muҳim ҳolatlarni yashirgan, ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortgan, voqeaning asl
manzarasini aniqlashda tergovchiga ҳalaqit berishga uringan ҳollarda vaziyat yanada
murakkablashadi.

Yolg’on ko‘rsatuv berish belgilari aniqlangan taqdirda, so‘roqni amalga oshirayotgan

masul mansabdor shaxs so‘roq vaqtida so‘roq qilinayotgan shaxsning xulq-atvorini atroflicha
kuzatishi maqsadga muvofiq. Kishining ҳar qanday, shu jumladan, ҳuquqqa xilof faoliyati ҳam
ruҳiy bosim ostida amalga oshiriladi. Shuning uchun so‘roq qilinayotgan shaxsga savollar bera
turib, davlat ayblovchisi uning xulq-atvorini, nutqini, qo‘yilgan savollarga tasirini kuzatib
borishi lozim. Demak, prokurorlarni sudda kuzatuv usulidan foydalanish ҳamda ishontirish
xususiyatini shakllantirishga o‘rgatish katta samara beradi.

Bir qator adabiyotlarda ҳam shaxsni gumon qilinuvchi sifatida etirof etishning

qonunchilikdagi asoslarining yo‘qligi amaliyot xodimlarida noaniqliklarni vujudga keltirishi
ҳamda ular tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilishiga sabab bo‘lishi takidlangan.

5

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт //Развитие и инновации в

науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.

6

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала

қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар”
Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

7

Н.Қ.Усманалиев. Протсессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари

//проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.


background image


150

Aytish joizki, mazkur muammo O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual

qonunchiligi uchun ҳam xos bo‘lib, gumon qilish institutining etarlicha ҳuquqiy tartibga
solinmaganligi bois, qonun buzilishi ҳolatlari amalda keng uchrab turadi. Xususan, sud-tergov
amaliyotida amalda gumon qilinayotgan shaxsni guvoҳ sifatida so‘roq qilish ҳollari keng
uchraydi. Guvoҳning ҳuquqlarini ҳimoya qilish maqsadida 2008 yil 31 dekabrda JPKga
guvoҳning advokati instituti joriy etildi

8

.

O.D.Jukning yozishicha esa, amaliyotda tergovchi shaxsga guvoҳ yoki gumon qilinuvchi

sifatida so‘roq qilishni taklif qiladi. Albatta, inson o‘ziga maqul ҳuquqiy maqom sifatida guvoҳ
maqomini tanlaydi, undan keyin tergovchi butun so‘roq jarayoni shaxsga biror-bir protsessual
kafolatlar taqdim etmagan ҳolda uni jinoyat sodir etishdagi ishtirokini fosh etishga ҳarakat
qiladi, - deb takidlangan.

Fikrimizcha, bunday amaliyot inson ҳuquqlarining buzilishi bo‘lib, bu borada

I.A.Panteleev, A.A.Davletov va V.G.Voytlar shaxsni guvoҳ sifatida so‘roq qilishning protsessual
chegaralarini quyidagicha belgilashni taklif qiladi: “basharti so‘roq qilish predmeti guvoҳning
jinoyatga daxldorligiga oid ҳolatlarni qamrab olmasa, yani tergovchi so‘roq qilinayotgan
shaxsga nisbatan o‘z gumonini bildirmasa, shaxsni guvoҳ sifatida so‘roq qilish bo‘yicha ҳech
qanday to‘siq bo‘lmaydi. Agarda, tergovchi u yoki bu shaklda shaxsga nisbatan gumon elon
qilsa (bu so‘roq qilinayotgan shaxs oldiga uning jinoyat bilan boғliq o‘z xatti-ҳarakatlari
to‘ғrisida masalani qo‘yishida ifodalanadi), ushbu shaxs guvoҳ bo‘la olmaydi. U o‘zining real
ҳolatiga mos gumon qilinuvchi maqomiga ega bo‘lishi ҳamda unga nisbatan mavjud gumon
rasman elon qilinganidan so‘ng, jinoyat protsessining ushbu ishtirokchisi sifatida so‘roq
qilinishi lozim.

So‘roq qilish jinoyat-protsessual faoliyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, jinoyatlarni

tez va to‘liq ochishda, aybdorlarni aniqlash va aybsizlarni oqlashda asosiy vosita hisoblanadi.
Mazkur tergov harakati orqali tergovchi jinoyatga oid dalillarni aniqlaydi, holatlarni huquqiy
baholash uchun zarur axborotlarni to‘playdi.

So‘roq qilishning birlamchi, takroriy, qo‘shimcha va qarama-qarshi kabi turlari har bir

tergov holatiga qarab maqsadli qo‘llanilishi zarur. Har bir tur maxsus yondashuv, tergov
taktikasi va psixologik tayyorgarlikni talab qiladi.

So‘roq jarayonining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi tergovchining professional

saviyasi, shaxslar bilan muloqot qilish ko‘nikmasi hamda qonuniylik va insonparvarlik
tamoyillariga qat’iy rioya qilishiga bog‘liq. Ayniqsa, jabrlanuvchi va guvohlarning ruhiy
holatini inobatga olib, ularga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashish, axborotni ochiq va
bosimsiz muhitda olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda, so‘roq qilishni takomillashtirish, uning turlarini to‘g‘ri va o‘rinli

qo‘llash tergov samaradorligini oshiradi va adolatli sudlovga asos bo‘ladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.

8

Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик жинояти турлари.

“Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил


background image


151

2.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги

Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.

4.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.

5.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари

// Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //

“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.

Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш

йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.

Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга

хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
10.

Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик

жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг

жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
12.

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп

моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти
тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда

жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.

А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти.

Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган

тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.

А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро


background image


152

тажриба

ва

ўзбекистон

қонунчилигини

такомиллаштириш

истиқболлари

//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
17.

Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий

жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.

Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари

билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления
педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.

Н.Қ.Усманалиев.

Протсессуал

муддатларнинг

ҳисоблашда

қўлланилувчи

меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган

жойни кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в
системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
21.

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт

//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.

Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг

ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик

жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.

Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-

протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.

Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию

общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова //
Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по
материалам LXV Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд.
«Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.

Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари: Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.

Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси.

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар № 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.

А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти. Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024. 95-98 б.

А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро тажриба ва ўзбекистон қонунчилигини такомиллаштириш истиқболлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.

Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.

Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.

Н.Қ.Усманалиев. Протсессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт //Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.

Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 31-35.

Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.

Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588.