65
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA
MEDIASAVODXONLIGINING O‘RNI
Abdurazzoqov Fayzulla
SHDPI talabasi
Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
Ilmiy maslahatchi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16567261
Annotatsiya.
Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda
mediasavodxonlikning o‘rni tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan
hozirgi davrda mediasavodxonlik nafaqat axborotni iste’mol qilish, balki uni tahlil qilish, to‘g‘ri
baholash va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotda mediasavodxonlik orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, soxta axborot va manipulyatsiyani aniqlash, hamda raqamli xavfsizlikni
ta’minlash kabi jihatlar muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada mediasavodxonlikni
informatikaga integratsiya qilishning samarali usullari, jumladan, memlar orqali bilim olish
hamda interfaol mashg‘ulotlar tashkil etish taklif etiladi.
Kalit so‘zlar:
Mediasavodxonlik, informatika ta’limi, raqamli xavfsizlik, tanqidiy tafakkur,
soxta axborot, axborot texnologiyalari, internet madaniyati, fakt-chek, vizual ta’lim, memlar,
axborot manipulyatsiyasi, o‘quv jarayoni.
Abstract.
This article analyzes the role of media literacy in teaching computer science and
information technology. In today's era of rapid development of digital technologies, media
literacy serves to form the skills not only to consume information, but also to analyze it,
correctly evaluate it and use it effectively. The study discusses aspects such as developing
students' critical thinking skills through media literacy, identifying fake information and
manipulation, and ensuring digital security. The article also suggests effective ways to integrate
media literacy into computer science, including learning through memes and organizing
interactive classes.
Keywords:
Media literacy, computer science education, digital security, critical thinking,
fake information, information technology, internet culture, fact-checking, visual education,
memes, information manipulation, learning process.
Аннотация.
В данной статье анализируется роль медиаграмотности в
преподавании информатики и информационных технологий. В современную эпоху,
когда цифровые технологии стремительно развиваются, медиаграмотность служит
формированию не только умения потреблять информацию, но и анализировать ее,
правильно оценивать и эффективно использовать. В исследовании обсуждаются такие
аспекты, как развитие навыков критического мышления учащихся посредством
медиаграмотности, выявление фейковой информации и манипуляций, а также
обеспечение цифровой безопасности. Также в статье предлагаются эффективные
методы интеграции медиаграмотности в информатику, в том числе обучение через
мемы и организация интерактивных занятий.
Ключевые слова
:
Медиаграмотность, информатическое образование, цифровая
безопасность, критическое мышление, фейковая информация, информационные
66
технологии, интернет-культура, фактчекинг, визуальное образование, мемы,
манипулирование информацией, образовательный процесс.
Kirish
Zamonaviy jamiyatda axborot oqimi mislsiz darajada ortib bormoqda va odamlar har kuni
minglab axborot manbalariga duch kelishmoqda. Ushbu axborotning barchasi ham ishonchli
emas, chunki yolg‘on, soxta va manipulyativ ma’lumotlar keng tarqalgan. Shu sababli,
mediasavodxonlik bugungi kunda nafaqat ijtimoiy hayotda, balki ta’lim tizimida ham muhim
o‘rin tutadi. Xususan, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda
mediasavodxonlikning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Mediasavodxonlik – bu faqatgina yangiliklarni tekshirish emas, balki ma’lumotlarni to‘g‘ri
tushunish, tahlil qilish va ulardan oqilona foydalanish qobiliyatini anglatadi. Informatika fani
esa o‘quvchilarga raqamli texnologiyalar bilan ishlash, axborotni qayta ishlash va tahlil qilish
imkoniyatini beradi. Ushbu fan doirasida mediasavodxonlikni rivojlantirish orqali o‘quvchilar
nafaqat dasturlash yoki kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni o‘rganadilar, balki
internetdagi ishonchli va yolg‘on ma’lumotlarni ajratish, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsiz harakat
qilish, shuningdek, raqamli etikaga rioya qilish kabi muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Bugungi kunda o‘quvchilarning ko‘pchiligi axborotni asosan internet va ijtimoiy
tarmoqlar orqali oladi. Biroq ularning aksariyati har bir ma’lumotni tahlil qilish va
ishonchliligini tekshirish ko‘nikmalariga ega emas. Bu esa noto‘g‘ri axborotga ishonish, yolg‘on
xabarlarga aldanish va hatto kiberxavfsizlik tahdidlariga duch kelish xavfini oshiradi.
Informatika fanida mediasavodxonlikni o‘qitish orqali bu muammolarni hal qilish mumkin.
O‘qituvchilar zamonaviy pedagogik metodlar, interfaol mashg‘ulotlar va amaliy mashqlar
yordamida o‘quvchilarga soxta axborotni tahlil qilish, ishonchli manbalarni aniqlash va
ularning ishonchliligini tekshirishni o‘rgatishlari lozim.
Adabiyotlar tahlili.
Mediasavodxonlik va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati bo‘yicha
ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, informatika va axborot texnologiyalari fanini
o‘qitishda mediasavodxonlikni rivojlantirishga doir O‘zbekiston va xorijiy olimlarning
tadqiqotlari muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlaydilar.
O’zbek tadqiqotchilari To‘rayev U. va Xasanov I.– “Axborot texnologiyalari fanida
mediasavodxonlikning ahamiyati” nomli tadqiqotida “Zamonaviy raqamli makonda
o‘quvchilarning axborotni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biridir.
Informatika fanida mediasavodxonlikni shakllantirish orqali o‘quvchilarning axborotga
nisbatan tanqidiy yondashuvi va raqamli xavfsizlik borasidagi bilimi oshiriladi”, - deb
ta’kidlaydi.[1]
Xususan, o’zbek tadqidotchilaridan yana biri Karimov S. “Mediasavodxonlik va ta’lim:
raqamli asr talablari” nomli maqolasida quyidagilarni keltiradi: “Mediasavodxonlik ta’lim
jarayonida tanqidiy fikrlashni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lib, u informatika fanida
o‘quvchilarning axborot manbalaridan foydalanish qobiliyatini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi”. Muallif mediasavodxonlikni oshirish uchun ta’lim jarayonida interfaol dars
metodlari va amaliy mashg‘ulotlardan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi.[2]
Mediasavodxonlik va uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida gap ketganda xorij
tadqiqotchilaridan Livingstone S. ning “Digital Literacy and Media Awareness in Education”
nomli tadqiqotida mediasavodxonlikning ta’lim jarayonidagi o‘rnini tahlil qilganini ko’rish
mumkin. Jumladan, “O‘quvchilarga internet muhitida axborotni to‘g‘ri tahlil qilish va soxta
67
ma’lumotlarni ajratish bo‘yicha ko‘nikmalar berish zamonaviy ta’limning ajralmas qismidir.
Mediasavodxonlikni informatikaga integratsiya qilish, o‘quvchilarning internetdagi ishonchli
va noto‘g‘ri axborotni farqlash imkoniyatlarini oshiradi”, - deb o’tadi.[3]
Metodlar.
Informatika darslarida mediasavodxonlikni rivojlantirish uchun interfaol va
noodatiy metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi hamda o‘quvchilarning
tanqidiy fikrlashga, axborotni tahlil qilishga, raqamli xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirishga
yordam beradi. Bunday metodlarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
“Soxta yoki haqiqiy?”.
O‘qituvchi o‘quvchilarga turli internet manbalaridan olingan
axborotlarni (yangiliklar, maqolalar, ijtimoiy tarmoq postlari) taqdim etadi. O‘quvchilar ushbu
axborotlarni fact-checking vositalari orqali tekshirib, haqiqat yoki soxta ekanligini aniqlashadi.
“Xaker chaqiruvi”.
O‘quvchilarga kiberxavfsizlik bo‘yicha simulyatsiya qilingan
muammolar beriladi. Ular qanday qilib himoyalanishni, phishing xabarlarini aniqlashni va
shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishni o‘rganadilar.
“Memlar orqali bilim olish”.
O‘quvchilarga memlar yaratish topshiriladi, lekin ular tanqidiy
fikrlashni shakllantirish va mediasavodxonlikni o‘rgatishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Masalan,
soxta yangiliklar, internetda firibgarlik, yoki axborot xavfsizligi haqida memlar yaratish.
“Kod ichida yolg‘onni top”.
Informatika darslarida dasturlash bilan bog‘liq holda
mediasavodxonlikni o‘rgatish uchun kod ichiga xatolar yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar
joylashtiriladi. O‘quvchilar bu xatolarni topib, ularni to‘g‘rilashlari kerak.
Natija.
Biz sizga “Memlar orqali bilim olish” metodini tavsiya qilamiz. O‘quvchilar turli
mavzular bo‘yicha memlar yaratishadi va ularga tahliliy yondashuv orqali mediasavodxonlikka
oid xulosalar chiqarishadi. Memlar ijtimoiy tarmoqlardagi tez tarqaladigan axborot shakli
bo‘lgani sababli, o‘quvchilar soxta yangiliklar, axborot manipulyatsiyasi va raqamli madaniyat
bo‘yicha tushunchalar hosil qilishadi.
Bosqich Faoliyat
Vaqt
1. Kirish
O‘qituvchi mediasavodxonlik va memlarning axborot tarqatishdagi roli
haqida tushuntiradi. O‘quvchilar bilan quyidagi savollar muhokama
qilinadi: - Memlar orqali axborot qanday tarqaladi? - Memlar haqiqatni
buzib ko‘rsatishi mumkinmi? - Soxta yoki manipulyatsiyalangan memlar
qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
10-15
daqiqa
2. Asosiy
qism
1. Jamoalarga bo‘lish:
O‘quvchilar 3-4 kishidan iborat guruhlarga
ajratiladi.
2. Mem yaratish:
Guruhlar quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlab mem
tayyorlaydi: - Soxta yangiliklar (Fake News) - Internetda aldov va
firibgarlik - Axborot xavfsizligi va parol muhofazasi - Raqamli madaniyat
va xushmuomalalik
3. Memlarni taqdim etish:
Har bir guruh o‘z memini sinfga namoyish
qilib, uning asosiy maqsadini tushuntiradi.
4. Muhokama:
Qaysi mem eng ta’sirli bo‘lgani va mediasavodxonlik
bilan qanday bog‘liqligi muhokama qilinadi.
25-30
daqiqa
68
3.
Yakuniy
bosqich
Xulosa chiqarish:
- Mem orqali axborot tarqatish qanday xavflarga ega?
- Axborotni baholash va tanqidiy yondashuv mediasavodxonlik uchun
qanchalik muhim?
Eng kreativ mem
sinf a’zolari tomonidan ovoz
berish orqali tanlanadi va dars resursi sifatida saqlanadi.
10-15
daqiqa
Natijalar
- O‘quvchilar vizual metod orqali mediasavodxonlik tushunchasini oson
o‘zlashtirishadi. - Soxta axborotni tanib olishni o‘rganishadi. - Axborot
manbalarini baholash ko‘nikmalari shakllanadi. - Jamoaviy ishlash va
kreativ tafakkur rivojlanadi.
Xulosa.
Axborot texnologiyalari kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan
hozirgi davrda mediasavodxonlik ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutadi. Xususan, informatika
va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda mediasavodxonlik o‘quvchilarning raqamli
axborotni tahlil qilish, undan samarali foydalanish va axborot xurujlaridan himoyalanish
ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mediasavodxonlik orqali o‘quvchilar soxta
ma’lumotlarni ajrata olish, axborot manbalarining ishonchliligini baholash, hamda ijtimoiy
tarmoqlardagi axborot oqimini tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, informatikani o‘qitishda mediasavodxonlikni targ‘ib
qilish o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantiradi, ularning raqamli etikaga bo‘lgan
yondashuvini shakllantiradi va internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini mustahkamlaydi.
Bu esa, o‘z navbatida, yosh avlodni axborot tahdidlaridan himoya qilishga ham xizmat qiladi.
Shu sababli, quyidagi takliflarni ilgari suraman:
Mediasavodxonlik elementlarini informatikaga integratsiya qilish – dars jarayonida
memlar, infografikalar, fakt-chek metodlari kabi vizual va interfaol vositalardan foydalanish.
Raqamli xavfsizlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish – shaxsiy ma’lumotlarni
himoya qilish, phishing hujumlarini aniqlash va parol xavfsizligi bo‘yicha treninglar o‘tkazish.
Soxta axborot va manipulyatsiyani tahlil qilish bo‘yicha maxsus darslarni o‘tkazish –
o‘quvchilarni real hayotda duch keladigan axborot xurujlaridan ogoh qilish.
O‘qituvchilar uchun mediasavodxonlik bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini ishlab
chiqish – pedagoglarning axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini
oshirish.
Umuman olganda, mediasavodxonlikni informatikaga integratsiya qilish orqali biz
texnologiyalarni faqat iste’mol qiluvchi emas, balki ulardan oqilona foydalana oladigan
yoshlarni tarbiyalashga erishamiz. Bu esa, kelajakda raqamli dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat
yuritishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING
TECHNICAL PROBLEMS."
International scientific-online conference International scientific-
online conference
.
2.
Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI
69
OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.
Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI
SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.
4.
Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."
YASHIL
IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT
3.2 (2025).
5.
Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION
OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.
Страницы 3200-3216.
6.
Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling
and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.
Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати
сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-
31.
8.
Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using
ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.
Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and
Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.
Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini
oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.
Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.
O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.
12.
Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib
t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.
Барно
Абдиевна
Ахмедова.
“Raqamli
iqtisodiyotda
ta’lim
xizmatlarini
takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.
Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF
EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.
15.
Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В
ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.
Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР
ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.
Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH
70
SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.
Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH
SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.
