Jahon hamjamiyatidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot, shuningdek, kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni shu bosqichi betakror o’ziga xos xususiyatga egaki, bunda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, taffakur, yangi iformatsion va pedagogik texnologiyalar hal qiluvchi rol o’ynaydi.Yoshlarni mustaqil, ijodiy fikrlash imkoniyatlarini ishga solish tufayli ular kelgusida vujudga kelish ehtimoli mavjud muamolarni ijobiy hal qilishi orqali, rivojlangan ilg’or texnologiyali davlatlar qatorida munosib o’rin egallashga hissa qo’shishlari mumkin.