Авторы

  • Zulnura Karimova
    Toshkent davlat agrar universiteti Tillar kafedrasi dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdaf.135162

Ключевые слова:

lingvopoetika so‘z-gap badiiy matn his-tuyg‘u undov so‘z obraz emotsional bo‘yoq.

Аннотация

Ushbu maqolada so‘z-gaplarning badiiy asarlardagi lingvopoetik vazifalari tahlil qilinadi. So‘z-gaplarning ma’no-stilistik xususiyatlari, ularning qahramon nutqini ifoda etishdagi, emotsional ta’sirni kuchaytirishdagi, muallifning estetik niyatini ifoda etishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada turli tillardagi adabiy manbalar misolida so‘z-gaplarning poetik vazifalari qiyosiy tahlil qilingan.


background image


72

TURLI TIZIMDAGI TILLARDA SO‘Z-GAPLAR LINGVOPOETIKASI

Karimova Zulnura G‘ulamqodirovnа

Toshkent davlat agrar universiteti

Tillar kafedrasi dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16946039

Annotatsiya

Ushbu maqolada so‘z-gaplarning badiiy asarlardagi lingvopoetik vazifalari tahlil qilinadi.

So‘z-gaplarning ma’no-stilistik xususiyatlari, ularning qahramon nutqini ifoda etishdagi,
emotsional ta’sirni kuchaytirishdagi, muallifning estetik niyatini ifoda etishdagi o‘rni yoritiladi.
Maqolada turli tillardagi adabiy manbalar misolida so‘z-gaplarning poetik vazifalari qiyosiy
tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

lingvopoetika, so‘z-gap, badiiy matn, his-tuyg‘u, undov so‘z, obraz,

emotsional bo‘yoq.

LINGUOPOETICS OF WORD-SENTENCES IN LANGUAGES OF DIFFERENT

SYSTEMS

Karimova Zulnura G‘ulamqodirovnа

Associate Professor of the Department of Languages,

Tashkent State Agrarian University

Abstract

This article analyzes the linguopoetic functions of word-sentences in literary works. It

explores the semantic and stylistic features of word-sentences, their role in expressing
characters’ speech, enhancing emotional impact, and conveying the author’s aesthetic intent.
The poetic functions of word-sentences are comparatively examined through examples from
literary sources in different languages.

Keywords:

linguopoetics, word-sentence, literary text, emotion, interjection, image,

emotional coloring.

ЛИНГВОПОЭТИКА СЛОВ-ПРЕДЛОЖЕНИЙ В РАЗНОСИСТЕМНЫХ

ЯЗЫКАХ

Каримова Зулнура Гуламқодировна

Доцент кафедры языков Ташкентского

государственного аграрного университета

Аннотация:

В данной статье анализируются лингвопоэтические функции слов-предложений в

художественных

произведениях.

Рассматриваются

семантико-стилистические

особенности слов-предложений, их роль в выражении речи персонажей, усилении
эмоционального

воздействия

и

передаче

эстетического

замысла

автора.

Лингвопоэтические функции слов-предложений сопоставительно анализируются на
примерах литературных источников на разных языках.

Ключевые слова:

лингвопоэтика, слово-предложение, художественный текст,

эмоция, междометие, образ, эмоциональная окраска.

Haqorat so‘zlari badiiy asarlarda asosan, qahramonlar nutqida ishlatiladi. Lisoniy tahlil

jarayonida badiiy asarga olib kirilgan vulgarizmlarni kimning (jinsi, ijtimoiy tabaqasi, mavqei,
yoshi kabilar) nutqida ishlatilayotganligiga qarab guruhlash, qanday vaziyatlarda va nima


background image


73

sababdan qo‘llanilayotganligini hamda ularning leksiksemantik tarkibi, shevaga xoslanganligi
kabilarni aniqlash lozim bo‘ladi. [1;76]

Har bir davrning yozuvchi va shoirlari o‘z asarlarini o‘qimishli va jo‘shqin qilish uchun

qahramonlarining ruhiyatini munozaralarda, bahslarda, o‘zaro tortishuvli suhbatlarda ochib
ko‘rsatadi. Bu vazifalarni bajarishda yozuvchi faqat til mahoratiga suyanadi. Til orqali yozuvchi
asar qahramonlarining murakkab, o‘ziga xos xarakterli xususiyatlarini hamda sharoit va
muhitning inson ruhiyatiga ta’sirini tahlil qiladi. Inson ruhiy holatining rangbarangligi uning
nutqida, so‘zlash tarzida yaqqol aks etadi. [2;230] Mana shunday muhit ta’sirida bo‘lgan
obrazlarning ruhiy holatlarini kitobxonga ta’sirli yetkazib berishda, turli xarakterlarni ochib
berishda undov so‘zlarning ham o‘rni beqiyos. Taniqli yozuvchilardan biri Tog‘ay Murod o‘z
asarlarida qahramonlarning ruhiy holatini yaqqol ochib berish maqsadida bir qator undov so‘z-
gaplardan unumli foydalanganini kuzatamiz. “Tog‘ay Murod har bir obrazini o‘ziga xos til, xalq
og‘zaki ijodiga xos ruhiyat va umuminsoniy tuyg‘ular bilan ta’minlaydi. Ularning har biri adib
badiiy tafakkuridan oziqlangan va ayni paytda biri ikkinchisini takrorlamaydi”. [3;531-539]

— Musulmon bo‘lasiz, nima qilardingiz, musulmon bo‘lasiz.
— T-fu-u-u!
Kampirining dami ichiga tushdi. Darhol gapni burdi.

(T.Murod)

Ona it hurishini... bolasidan ko‘rdi.
«Bolam non-non, deyapti. It «non» so‘zini eshitdi», deya o‘yladi.
— Non dema-ya, qirilib ketgur! — deya, bolasi sonini o‘yib-o‘yib oldi. — Ana, it kelyapti, non

dema-ya!

(T.Murod) Bu asar sho‘ro hukumati davrlarida yaratilgan bo‘lib, qahramonlardagi

sho‘roviy hayot tarzi tasvirlangan. Birinchi parchadagi T-fu-u-u! undov so‘zi Botir firqa nutqida
ishlatilgan bo‘lib, u ismiga mos botir, hamma farqiga boradigan, oq-qorani so‘zsiz ajrata
oladigan aqli raso shaxs. Lekin tuzumga sobit turgan holda, qilayotgan ishlari bema’ni, xato
xattoki, gunoh ekanligini bilib turib, tan olmaydigan odam. Chunki u rahbar, vaziyat taqozosi
bilan ish yuritadigan, o‘sha davr siyosatini bajarishda sobit bo‘lgan o‘z davrining arbobi sifatida
tasvirlangan. Shuning uchun musulmon bo‘lasiz degan fikrga salbiy ma’no ottenkasini
ifodalovchi tfu! undov so‘zini ishlatadi. Bundan tashqari, asarda bir tuzumdan ikkinchi tuzumga
o‘tish davri oson kechmaganligi, xattoki qanchadir muddat ocharchilik davri bo‘lib, kimlardir
nonsiz, ovqatsiz azob chekkanligi tasvirlan. Ikkinchi misolda, shuday muhit ta’sirida
toshbag‘irga aylangan ona nutqida farzandiga nisbatan qarg‘ish ma’nosini bildiradigan, salbiy
bo‘yoqqa ega qirilib ketgur! birligi murojaat shakli sifatida ishlatilgan. Rus badiiy asarlarida
turli his-tuyg‘ularni ifodalovchi so‘z birikmalari ах, ай, да, ой, уви, фу, ну, у, боже мой, вот
тебе на, вот еше kabilar bilan murojaat qilinadi. [4;137]

– Ой, батюшки! – вопил он. – Ой, матушки! Ох, света белого не вижу!

(А.Чехов)

Yozuvchi badiiy asarda milliy kolorit yaratish uchun diniy undov so‘zlaridan foydalanadi.
Boshqacha aytganda, din bilan bog‘liq bo‘lgan ifodalar asar qahramonlarining dunyoqarashi,
dini, onggi va urf-odatlari va milliy yashash tarzi bilan birga, ularning xavotiri, hayrati, qo‘rquvi,
ishonchi, quvonchi hamda ruhiy holatlarini ifoda etadi. Bu vositalar o‘zbek tilida: Xudoyim! E
Xudo!; rus tilida: Боже мой! О Господи!; ingliz tilida: My God! Oh, God hamda fransuz tilida:
Bon Dieu! Mon Dieu! kabi undovlar ifodalar bo‘lib, ular asarning badiiy qiymatini oshirishga
xizmat qiladi. Masalan:

E xudo! Shuncha yil!..

Gapiring. Talqon yutdingizmi?

(Sh.Xolmirzayev)


background image


74

– Боже мой, что я наделал!

(Л.Толстой)

“Oh, God,” he thought. “I wish that the pills had killed her!”

(I.Leving)

– Bon Dieu, le pinard ! Ce que j'y ai pensé des fois. Non, merci, assez, dit-il à l'homme qui lui

versait.

(G.Maurière)

Umuman, turli tizimli tillarda undov so‘z-gaplarning badiiy asarlarda xilma-xil qo‘llanishi

qahramon nutqining ta’sirchanligini hamda emotsional bo‘yoqdorligini yanada oshiradi va
poetik aktuallashadi.

Badiiy asardarda voqelikni kitobxonga yetkazishda qahramonning nutqi bilan birga,

uning ko‘rinishi, holati, mimikalari, muloqot jarayonida yuz rangining o‘zgarishi ham katta
ahamiyatga ega.

Yuz-ifoda yoki fe’l-atvor tasvirida tund ranglar, bezgin ruh va yoqimsiz ifoda tarzi sezilib

turadi. Insonning fe’l-atvori va qiyofasida ham ma’lum ma’noda muvofiqlikning bo‘lishi tabiiy
hol. Yozuvchilar badiiy asar yaratishda bu muvofiqlikni yana-da bo‘rttirib, yana-da ta’kidlab
ifodalashga harakat qiladilar. [1;99]

Baqoyev pishillab stol ustidagi papkalardan birini ochdi. Qosh-qobog‘i uyuldi.
- O‘vv, — dedi u dabdurustdan menga o‘qrayib. Grajdanin... Tolmasif... Sen To‘rakulova

Marjona Bekqulovnaning shikoyat-arizasiga ko‘ra... jinoyat kodeksiiing... ta-ak, tegishli
moddasiga ko‘ra zo‘rlab nomusga tegishda ayblanasan.

(A.Bo‘rixon)

“What’s the matter?” said Drouet.
“Oh, I don’t know,” she said, her lip trembling.

(Th.Dreiser)

– Ah ! mon ami, dit madame de Rênal tremblante, que ce ne soit pas du moins devant les

domestiques !

(Stendhal)

Shunday qilib, so‘z-gaplarning semantik, stilistik va ekspressiv xususiyatlari har qanday

asarning badiiy qiymatini oshirish, qahramon obrazini yaratish va muallifning estetik niyatini
ifoda etishda katta ahamiyat kasb etadi. Turli tillardagi adabiy manbalarda so‘z-gaplarning
qiyosiy tahlili, ularning universal va milliy xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Йўлдошев М. Бадиий матннинг лисоний таҳлили. Тошкент – 2007. Б. 76.

2.

Ergasheva D.А. Inson ruhiy holati ifodalashining lingvistik tah lili (Odil Yoqubov asarlari

misolida). “Istiqlol davri oʻzbek tilshunosligi, adabiyotshunosligi va folklorshunosligining
dolzarb masalalari” respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. Toshkent – 2021. Б.230.
3.

Аҳророва Л. Тоғай Мурод асарларида образлар талқини. "Science and Education"

Scientific Journal. October 2020 / Volume 1 Issue 7. Б. 531-539.
4.

Ма Цзянь. Особенности употребления восклицательных высказываний в русской

художественной литературе. Известия ВГПУ. филологические науки. Москва. 2022.
Ст.137

Библиографические ссылки

Йўлдошев М. Бадиий матннинг лисоний таҳлили. Тошкент – 2007. Б. 76.

Ergasheva D.А. Inson ruhiy holati ifodalashining lingvistik tah lili (Odil Yoqubov asarlari misolida). “Istiqlol davri oʻzbek tilshunosligi, adabiyotshunosligi va folklorshunosligining dolzarb masalalari” respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. Toshkent – 2021. Б.230.

Аҳророва Л. Тоғай Мурод асарларида образлар талқини. "Science and Education" Scientific Journal. October 2020 / Volume 1 Issue 7. Б. 531-539.

Ма Цзянь. Особенности употребления восклицательных высказываний в русской художественной литературе. Известия ВГПУ. филологические науки. Москва. 2022. Ст.137