13
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va
yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
O’ZBEK XALQ RIVOYATLARI VA AFSONALARI XUSUSIDA
Usmonaliyeva Xumoraxon Nurali qizi
Andijon davlat universiteti
Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6076721
Rivoyat tarixiy voqealarni aniqlashda qo’shimcha manba vazifasini o’taydi.
Bu xususiyat rivoyat janrini afsonaga tenglashtiradi. Biroq u har ikkisining
mustaqil janrlar ekanini inkor etmaydi. Janrning farqli jihati xayoliy emas,
hayotiy uydurmalarga asoslanganidadir. Har ikkisi ham ma’rifiy ahamiyatga
ega.
Hikoya qilish uslubi rivoyat janrining muhim xossalaridan biridir. Rivoyat
nasriy bayonga asoslangan bo’ladi. Bu jihatdan rivoyatni afsonaga
tenglashtirish mumkin. Rivoyatdagi voqea va hodisalarni bayon qilishda
manolog va dialoglar deyarli uchramaydi.
Ma’lumki, rivoyatning 2 xil tasnifi mavjud. Biri uning mazmuniga ko’ra,
ikkinchisi badiiy-shakliy tuzulish mezoniga tasnifdir. Tasnifning ikkinchi xilida
asosiy e’tiborsyujet tuzilishi (strukturasi), aniqrog’i, shakl-shamoyili, motivlar
elementiga qaratilgan. Aytish joizki, rivoyatning badiiylik darajasi nisbatan
kuchsiz. Bu narsa uning o’ziga xos tabiati, xususan, professional roviylarning
erta yo’qolganligidan kelib chiqqan. Shunga qaramasdan mazkur janr
syujetida muayyan vazifa bajaruvchi an’anaviy motiv va syujet elementlarini
uchratish mumkin. “ Motiv elementlarga bo’linadi. Ularning har biri alohida
turlanishi ham mumkin”, - deb yozgan edi V.Ya. Propp. Olimning motiv
haqidagi ushbu fikrini tasdiqlagan holda, uni nisbatan kankretlashtirgan
folklorshunos olima N.A. Kripichnaya bunday yozadi: “Motiv quyidagi
elemantlardan tashkil topadi: subyekt markaziy personaj; harakat qaratilgan
obyekt; harakatning o’zi ( qahramon funksiyasi) yoki holati; rivoyatning local
va vaqt chegaralari, shuningdek, harakat usulini belgilovchi kuchlar. Shunga
ko’ra rivoyatjanridagi har bir tayanch hodisa, uning harakati o’ziga xos
motiv elementlari sifatida tashkil topgan. Biri ikkinchisiga o’xshagan bu
elementlar syujet chizig’ida turli xil vazifalarni ado etadilar. Masalan,
hikoya qilingan tarixiy shaxs, uning funksiyasi alohida-alohida motiv
elementlarini tashkil etadi va biri personajning o’ziga xos tabiyatini belgilab
bersa, ikkinchisi, harakat sababini aniqlab, ularni guruhlantiradi. Yoki
rivoyatdagi real hodisaning asosga aylanishini hikoya qilgan motiv
elementining maqsadi mazkur hodisa sababini tushuntirishga yo’naltirilgan
bo’lishi mumkin. Mazkur fikrdan kelib chiqqan natija masalani yana ham
14
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va
yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
oydinlashtirishini talab etadi. Har holda mazkur fikr rivoji rivoyatni ana
shu mezon asosida tasnif etish imkonini berish mumkin.
Folklorshunos V.E. Gusev rivoyatlarni mazmuniga ko’ra tasnif etadi va
uni to’rt turga bo’ladi: eponimik( urug’, qabila, xalqning paydo bo’lishi),
toponimik (haqiqiy yoki uydurma shaxslar faoliyati bilan bog’liq geografik
joy nomlarining kelib chiqishi), tom ma’nodagi tarixiy ( xalq hayotida esda
qolgan voqealar, ko’chib o’tish, urush, qo’zg’alon, tabiiy ofatlar),
qaxramonlik mashhur shaxslar, xalq qaxramonlari faoliyati va o’limi.
Taniqli o’zbek folklorshunos olimi B. Sarimsoqov rivoyatlarni mavzusiga
ko’ra tasnif qilar ekan, uni asosan uch guruhga bo’ladi: a) toponimik,
gidronimik; b) etionimik rivoyatlar; d) tarixiy rivoyatlar.
Rivoyatlar – voqelikni hayotiy uydurmalar asosida aks ettiradi, - deb
yozadi folklorshunos O.Safarov, - syujet tizimida morfologik obrazlar
uchramaydigan, voqelik talqini hududiy-etnografik lokallik kasb etishi bilan
xarakterlanadigan, qadimiy asoslarga ega bo’lgan, xalq orasida keng
ommalashgan folklore janridir. Ularda hayot voqealari real aks ettiriladi.
Shuning uchun o’zbek xalq og’zaki ijodining qadimiy, an’anaviy va keng
tarqalgan janrlaridan biri bo’lgan hayotiy voqelikni hayotiy uydirmalar
orqali bayon etadigan, biror ma’lumot haqida tinglovchiga xabar berish
maqsadida hikoya qilinadigan og’zaki nasriy asarlar rivoyat deyiladi.
Darhaqiqat, rivoyat paydo bo’lib, vaqt o’tishi bilan tarixiy dalil va faktlar
unutilishi yoki o’zgarishga uchrashi natijasida hayot haqiqatiga uydirma
aralashishi tabiiy. Ammo folklorshunos U. Jumanazarovning fikricha, rivoyat
afsonaga aylansa ham biroq afsona rivoyatga aylanmaydi.
Rivoyat va afsonalar mazmuniy yo’nalishi, shakli, ijro tartibi jihatidan
juda o’xshashdir. Shuning uchun ularni hayotiy qamrovi, shakli, ijro
xususiyatiga ko’ra bir-biridan farqlash qiyin. Ularning har ikkisining ham
o’tmishda bo’lib o’tgan epizodik voqealar, u yoki bu joylarning nomlarini
izohlash yoxud ulkan shaxslar xatidan muayyan voqealar to’g’risida xabar
berish maqsadida hikoya qilinadi. Faqat afsona va rivoyat o’zaro badiiy
ifoda usuli bilangina farqlanib turadi. Lekin U.Jumanazarov: “ Afsona va
rivoyat janrlari poetik sistemasining yaxlitligi jihatidan farqlanmaydi”, - deb
yozadi. Ammo obrazlar, motivlar silsilasi janrlar tizimining tarkibini tashkil
qilishi e’tiborga olinsa, yuqoridagi fikrga e’tiroz paydo bo’lishi tabiiy.
Afsonalar xalq nasrining real voqelikni xayoliy uydirmalar asosida
ifoda etuvchi o’ziga xos ko’rinishi bo’lsa, rivoyatlar voqelikni hayotiy
uydirmalar asosida bayon etuvchi mustaqil janrdir.
15
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va
yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
O’zbek folklorshunosligida afsona va rivoyat janrlariga oid folklore
asarlarini nashrga tayyorlashda ayrim kamchiliklarga yo’l qo’yilmoqda.
Jumladan, ayrim folklor asarlari to’plamlarida afsona deb ko’rsatilgan
asarlar aslida bu janrga oid emasligi, balki rivoyat janriga mansubligi
kuzatiladi. Masalan, “Jahon xalqlari ertaklari” seriyasidagi o’n jildlikning
uchinchi jildida chop etilgan “O’zbek xalq asotirlari” kitobida keltirilgan
“Boburqal’a afsonasi”, “Yong’oq daraxti haqida afsona”, “O’sh haqida afsona”,
“Andijon haqida afsona” asarlari garchi afsona deb yuritilayotgan bo’lsa-
da, ular afsona janri tabiatiga xos xususiyatlarini o’zida ifoda etmaydi.
Afsona va rivoyatning janriy tabiatini va badiyatini qiyosiy o’rganish
ularning poetic xususiyatlarini chegalashda muhim ahamiyatga ega. Chunki,
ular , asosan, syujet motivi, obrazlar tarkibi, uydirma turiga qarab, bir-
biridan farq qiladi. Chunonki, afsonalardagi ajdar, dev, Xizr, Yulduz, Oy,
tilsimlangan pichoq, sehrli olma, jiyda, chinor, tuya, bo’ri, it, Anqo qush,
Simurg’, bulbul, Abomuslim, podsho, cho’pon, chol, bog’bon kabi mifologik,
osmon yoritkichlari, sehrli predmetlar, o’simliklar va daraxtlar, hayvonlar,
qushlar, tarixiy obrazlar, real va hayotiy obrazlar rivoyatlarda bo’lmaydi.
Afsonalar ko’proq mifologik qarashlarni o’zida saqlab qolganligi bilan
e’tiborni tortadi. Ularda ko’pincha rivoyatlardagi kabi hayotda yashab
o’tgan mashhur tarixiy shaxslar, qabila boshliqlari, lashkarboshilar, shoir
va olimlar, payg’ambarlar, din rahbarlari, podsholar haqida hikoya qilinsa-
da, voqelik fantastik tasvir orqali ifodalanadi. Shuning uchun ularda
tasvirlangan voqelikni tarixiy shaxslar real biografiyasi sifatida qabul qilib
bo’lmaydi. Chunki bunday afsonalar syujetini tashkil etuvchi voqealar
bayoni real kishilar obrazining epic tafakkur asosida yaratilgan to’qima
biografiyasidan iborat. “Abomuslimtepa” afsonasida keltirilgan Abomuslim,
“Shoxi Zinda” afsonasidagi Qusam Ibn Abbos obrazlari bunga misol bo’ladi.
Afsonalarda real shaxslar obrazidan tashqari xayoliy va mifologik
personajlar ham ishtirok etadi. Syujet voqealarida mifologik qahramonlar
bilan tarixiy shaxslar obrazi yonma-yon faoliyat ko’rsatishi bu tipdagi
afsonalarning o’ziga xosligini ko’rsatadi. O’zbek xalq afsonalarida dev,
pari, Xizr, Ajdar, chilton singari mifik obrazlar ko’p uchraydi. Rivoyatlarda
esa mifik obrazlar mutlaqo ishtirok etmaydi.
Afsonalarning rivoyatdan farqlanuvchi yana bir belgisi shuki, ularda
tasvirlangan voqealarning epik bayonida tilsim bilan aloqador
talqinlarning qo’llanilishi kuzatiladi. Rivoyatlarda esa tilsimga aloqador
talqinlar kuzatilmaydi. Ularda reallik ustun keladi.
16
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va
yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Rivoyat va afsona o’rtasidagi farq ularning boshlanmasida ham
kuzatiladi. Jumladan, afsona aytuvchilar o’z hikoyalarini ko’pncha “afsona
qilishlaricha”, “hikoya qilishlaricha” kabi so’zlar bilan boshlasalar, rivoyat
aytuvchilar esa “rivoyat qilishlaricha”, “rivoyatlarga qaraganda” deb
boshlaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
El desa Navoiyni. T.,1991
2.
O. Safarov O’zbek xalq og’zaki ijodi. T.,1988
3.
Sarimsoqov B. o’zbek folklorining janrlar tarkibi. O’zbek folklori
ocherklari. 3 jildlik. 1-jild. T.,1988
4.
Пропп В.Я. Фолкьлор и действитиельность М.,1976.
