13
T. VULF HIKOYACHILIGI TADRIJI
O.X.Ganiyeva
F.f.f.d., dotsent
Buxoro davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14355487
Annotatsiya:
Mazkur maqolada XX asr modern hikoyachiligida mustahkam mavqega
ega ijodkor Tomas Vulf hikoyachiligi, taraqqiyot bosqichlari, poetik o‘ziga xosligi tahlil
qilinadi.
Kalit so‘zlar:
T. Vulf, hikoya, epik bayon, nasr, xarakter, obraz, rivoya, AQSH adabiyoti,
muallif.
Azaldan har bir muallif ijodi o‘ziga xoslik kasb etishi adabiyotshunoslikda bot-bot qayd
etiladi. Tabiiyki, har qanday so‘z namunasining asosiy uch xususiyati borligi – asar mazmuni,
mavzuiy ko‘lami; yozuvchi mahoratining unda aks etishi; ijodkorning uni qay darajada his
etib, voqelikning real badiiy ifodasi – shu omillarni ta’minlab berishi manbalarda ta’kidlanadi
[4; 179]. XX asr Amerika modern hikoyachiligida ham ko‘plab diqqatga sazovor, tematik
ko‘lamdor, shaklan maftunkor, haqqoniy tasvirga ega asarlar yaratildiki, bunda ko‘plab
nosirlar qatorida T. Vulfning alohida hissasi mavjud. T. Vulf kichik nasri XX asr AQSH modern
adabiyotida o‘zining salmoqdorligi hamda mazmundorligi bilan ajralib turadi. Nosir ijodi
davomida qirqga yaqin hikoyalarini o‘n besh nomdagi turli jurnallarda nashr ettirib, mazkur
namunalarda hukmron muhitga daxldor voqelikni psixologik-falsafiy rakursdan tasvirlay oldi.
T. Vulf asarlari modernizm an’analarini davom ettirib, hikoyalarida personajlarning zohiriy
hamda botiniy tadqiqiga birdek e’tibor qaratilgani, falsafiy mushohadaga chorlash, turli
tasviriy vositalar orqali mavjud voqelikga muallifning subyektiv munosabatini bildirishi,
spetsifik poetik ifoda namoyon eta olishi diqqatga sazovor.
T. Vulfning kichik nasri sanoqli adabiyotshunoslar tomonidan tadqiq etilgani e’tiborni
tortadi. H. Holmanning muxtasar risolasi 1960-yilda nashr qilingach, unda yozuvchi ijodi
xususida umumiy chizgilar keltiriladi, ammo aynan T. Vulf hikoyalari poetik jihatlari
monografik tafqiqot sifatida 1979-yilda J. D. Boyer hamda P. D. Uotkins, 1991-yilda J. M. Bentz
tomonidan amalga oshirildi. Ijodkorning kichik nasriga nisbatan kamroq munosabat
bildirilgani uning hikoyalari ilk marta o‘limidan so‘ng 1987-yilda to‘plam shaklida nashrdan
chiqgani, unga kiritilgan o‘ttiz beshta hikoya ilgari hech qayerda e’lon qilinmagani bilan
bog‘liq.
T. Vulf kichik nasri batafsil tadqiq qilingan ilk monografik ishlardan biri “Tomas Vulf
kichik nasri” mavzusida bo‘lib, mazkur tadqiqot J. D. Boyer tomonidan 1979-yil amalga
oshirilgan. Adabiyotshunos T. Vulf hikoyalarini uch davrga bo‘lib o‘rganadi, ularni
dastlabki
hikoyalar (early stories)
(1932-1934),
o‘rta davr (middle period)
(1935-1936),
so‘nggi
davr (final period)
(1937-1938) kabi bosqichlarga ajratgan holda tahlilga tortadi [2]. 1979-
yil kuziga kelib T. Vuf hikoyachiligi yana bir tadqiqotda tahlil qilindi, P. D. Uotkins “Tomas Vulf
hikoyalari” dissertasiyasida muallifning hikoyanavis sifatida shakllanishida ruhlantirgan
omillar, yozuvchining kichik nasriy namunalarini san’at darajasiga ko‘tarishi, 1929-yildan
1935-yil mart oyiga qadar yozilgan
dastlabki hikoyalar
i (
early stories
)
, 1935-yil aprelidan
so‘ng yaratilgan
o‘rta davr hikoyalari
(
middle stories
)
, 1936-yil oktyabrdan 1938-yil
14
yanvargacha ijod qilingan
yakuniy hikoyalar
(
late stories
)
, 1939-yildan 1966-yilgacha
davom etgan davrda nashr qilingan adib
vafotidan keyin nashr qilingan hikoyalar
(
posthumous stories
)
kabi bosqichlarga bo‘lib o‘rganishi alohida e’tirofga loyiq [6].
T. Vulf o‘ttiz sakkiz yil umr ko‘rdi, bu qisqa davr u qadar oson kechmadi, bu jarayon
uning hayotida sezilarli ta’sir o‘tkazib, yozuvchi sifatida shakllanishiga zamin yaratdi. Ilk
hikoyasi 1932-yildan nashr qilingan bo‘lsa ham, 1938-yilda vafot etgan muallif kichik ijod
namunalari ancha vaqt o‘tib, to‘plam shaklida dunyo yuzini ko‘rdi. Hayotligida adib hikoyalari
o‘n besh turdagi nashrlarda e’lon qilinib, mazkut bosqich T. Vulf uchun tajriba davri bo‘ldi,
deya bemalol aytish mumkin. Zotan manbalarda talabalik davrida yozilgan hikoyalari
unchalik badiiy jihatdan pishiq emasligi, keyinchalik jurnalda chop etish bo‘yicha ijodkor bilan
maxsus ishlagan tahrirchi Elizabet Nouellning ta’siri natijasida mustahkam badiiy shaklga va
mazmunga ega asarlar yaratgani e’tirof etiladi [2; iii].
T. Vulfning dastlabki hikoyalari 1932-1934 yillarda chop ettilib, bu kichik nasriy asarlar
hajman salmoqdorligi, asosiy mavzularni yoritishga xizmat qiladigan lirik chekinishlar va
nuqtai nazarlar ustunligi, ichki konfliktga qaraganda ko‘proq mannerizmga asoslangan
xarakterlash uslubiga egaligi, bir-biriga qat’iy bog‘lanmagan, ammo umumiy mavzu yoki bir
roviy orqali birlashadigan erkin syujetlar asosida yaratilgani e’tiborni tortadi. T. Vulf nasrida
bir jihat kuzatiladiki, bu uning ijodi ibtidosida yaratgan asarlarining ba’zilari keyinchalik
romanlarining ma’lum qismlari tariqasida katta bir bo‘lakning bir parchasiga aylandi, biroq “I
Have a Thing to Tell you”, “Child by Tiger”, “The Lost Boy”, “Chickamauga”, “The Prologue”
hikoyalari bundan mustasno. Bu davr hikoyalarida yetakchi mavzulardan biri vaqt, vaqt qadri
orqali hayot mazmunini anglash bo‘lib, bu tematik yondashuv yozuvchi kichik nasrida so‘nggi
hikoyalariga qadar ustuvor mavzulardan biri bo‘lib qolaverdi. Muallif kichik nasriy
namunalarida vaqt mavzusi badiiy talqinida favvora, daryo, ko‘l singari suv obyektlari
tasvirlari yordamida ta’sirchan kartinalardan mohirona foydalandi. Bunda T. Vulf vaqt va suv
har ikkisi bir joyda to‘xtab turmasligi, ularga shiddatkorlik bilan siljish xosligi, hayot
shafqatsiz, undagi har bir daqiqa qadrli va u qaytarilmasligini ifodaladi.
1935-36 yillardagi hikoyalari, aksariyati “Of Time and the River” romani uchun
mashqlar bo‘lib, keskin o‘zgarishlarni namoyish etadi: ular hajman qisqaroq, bitta voqeaga
qaratilgan va ohang hamda nuqtai nazardan sezilarli darajada farq qiladi. Ayniqsa, turli
birinchi shaxs roviylardan foydalanishi, shahar hayoti tasviriga keng o‘rin ajratilishi, ular
orasda kechadigan dialoglar ahamiyat kasb etishi diqqatga sazovordir. 1930-yillarda
yaratilgan hikoyalar ko‘pincha T. Vulfning
nuqtai nazar
(
point of view
) bilan bog‘liq
tajribalarini namoyish etib, bu xususiyat ham uning kichik nasri poetikasidagi muhim
elementlardan biri sanaladi.
1937-38-yillarga kelib, T. Vulf hikoyachiligida jiddiy o‘zgarishlar sezildi, endi muallifning
kichik nasriy namunalari ancha uzunroq, asosan epik bayonga urg‘u kuchaydi. Bu asarlarda
qahramonlarning ichki olami teran tasvirlanib, ulardagi ruhiy ziddiyatlar yoritildi, mavzuni
mustahkamlaydigan tasvirlarga keng o‘rin ajratilib, ziddiyat va uning yechimiga muallif
alohida e’tibor qaratdi. Bu hikoyalar sirasiga “The Lost Boy”, “I Have a Thing to Tell you” kabi
asarlarni kiritish mumkin.
T. Vulf hikoyachiligida ijodining so‘nggi davrlarida ko‘proq nasriy bayonga e’tibor
qaratish, dastlabki davrlarda kuzatilgan uzun lirik ohang bilan yo‘g‘rilgan tasvirlar, yoshlikni
ifodalagan jo‘shqin parchalar ancha kuzatilmaydi. T. Vulfni hassos nosir bo‘lib shakllangani,
15
epik tasvirda juda ehtiyotkor va mulohazakor, har bir harakat, voqea yoki jumla mavzuning
ochib berilishiga xizmat qilishi, hatto oldindan belgilab berishi, qahramonlararo konflikning
unumli ishlatilishi, personajlar ham ancha funksionalroq bo‘lgani, asarning hamma badiiy
komponentlari kitobxonga asar mohiyatini anglashga yordam berishi kuzatiladi.
Xulosa qilib aytganda, T. Vulf qisqa umri davomida, spetsifik badiiy xususiyatlari bilan
ajralib turadigan kichik nasriy asarlar yaratib, bu hikoyalar shaxsiy izlanishlardan poetik
mukammallashgan badiiy asarlar darajasiga ko‘tarila oldi.
References:
1.
Benthz J. A Critical analysis of the short fiction of Thomas Wolfe. – A thesis submitted to
the Faculty of Purdue University in partial fulfillment of the requirements for the degree of
Doctor of Philosophy, 1991. – P. 269.
2.
Boyer James D. The Short Fiction of Thomas Wolfe. Submitted in Partial Fulfillment of
the Requirements for the Degree of Doctor of Philosophy, 1979. – P. 205.
3.
Holman. H. C. Thomas Wolfe. – USA: University of Minnesota, 1960. – P. 48.
4.
Jahon adiblari adabiyot haqida. (Оzod Sharafiddinov tarjimalari). – Т.: Ма’naviyat, 2010.
– B. 392.
5.
Sadullayev F. B. Henry Jeyms va Tomas Vulf romanlarida inson ruhiyati tasviri. – B.:
Sadriddin Salim Buxoriy, 2024. – B. 116.
6.
Watkins P. D. The Short Stories of Thomas Wolfe. - A dissertation in the Department of
English submitted in partial fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of
Philosophy at New York University, 1979. – P. 335.