54
T.VULF “NO CURE FOR IT”, “RETURN” HIKOYALARIDA AVTOBIOGRAFIK
MANZARALAR TASVIRI
O.X.Ganiyeva
f.f.f.d., dotsent
Buxoro davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14499998
Annotatsiya:
Mazkur maqolada AQSH adabiyotining yorqin namoyondasi T.Vulf
hikoyalarida muallif avtobiografik uslubi tahlilini uning “No cure for it” , “Return” hikoyalari
misolida ko’ramiz.
Kalit so‘zlar:
. Epik bayon, rivoya turlari, falsafiy tahlil, ruhiyat tasviri, interyer,
psixologiki kechinma.
T. Vulf hikoyalarida
avtobiografik unsur
larni juda ko‘plab uchratish mumkin. “No Cure
for It” hikoyasi ham bundan mustasno emas. Adib oilasi, uning a’zolari, ota-onasi, aka-ukalari
hamda opa-singillari, hatto o‘zi tug‘ilib o‘sgan Eshvilldagi har bir ko‘cha, har bir inson
tasviriga alohida e’tibor qaratadi. “No Cure for It” ham shunday asarlardan biri bo‘lib, asar
qahramonlari muallif ijodidagi asosiy figura Eugene Gant, uning ota-onasi va doktor
obrazlaridan iborat. Modern hikoyachilikda yetakchi tendensiya sanalgan rivoya turlaridan
biri – birinchi shaxs tilidan voqealar bayon qilinadi. Juda mo‘zajgina voqeani jamlagan,
taxminan ikki ming so‘zdan tashkil topgan bu hikoyada universal mavzulardan tashqari qator
emotsional-psixologik yondashuvdagi masalalar tasviriga urg‘u berilganini ham ko‘rish
mumkin.
Gantlar oilasidagi muammo tasviriga bag‘ishlangan bu asarda
oilada farzand, uning
tarbiyasi, psixo-emotsional holati, uning atrofidagi odamlarga qanchalik bog‘liq holda
shakllanadigan ruhiy dunyosi
mavjudligining guvohi bo‘lish mumkin. Avvalo, hikoyada yetti
yoshni qarshilab, sakkizinchi bahoriga qadam qo‘yayotgan bolaning beozor hissiyotlari
muallif tilidan bayon qilinadi. Tengqurlariga nisbatan jismoniy jihatdan g‘ayrioodiy tana
tuzilishi, hatti-harakatlarga ega bo‘layotgan qahramondan tashvishlangan ota-ona, uni
ko‘rikdan o‘tkazgan doktor suhbatiga asos qilib yaratilgan mazkur kompozitsion badiiy
qurilmada T. Vulf har bir badiiy detaldan mohirona foydalanadi. Dastlab hikoya
ekspozitsiyasida yozuvchi oiladagi tasvirni dialog hamda vaqt mazmuni haqidagi falsafiy
talqin bilan ochib beradi: “
Son! son! Where are you, boy?” He heard her call again, and listened
plainly to her now, and knew she would break in upon his life, his spell of time, and wondered
what it was she wanted of him. He could hear her moving in the front of the house”
1
.
Mazkur
ekspozitsion qismda T. Vulf mo‘zaj oilaning ham interyeri, ham uning tashqi olamga
munosabatini birday aks ettiradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kitobxon asarning
qahramonlari ona hamda o‘g‘il ekani, voqea ayni zamonda sodir bo‘layotgani, odatiy oiladagi
munosabatlar ifodalanilayotgani bilan tanishadi. Bir qarashda bu an’anaviy epik bayondek
taassurot uyg‘otadi, ammo tahliliy nuqtai nazardan yondashganda, T. Vulfga xos falsafiy
mushohadaga chorlanayotgani yaqqol his etiladi.
Avvalo hikoyaning “o‘g‘lim” chaqirig‘i bilan boshlanishi tashqi kuchlarning yana bir
olamga krib kelayotgani, aynan bu dunyo egasining bunga tayyor emasligini namoyon etadi.
1
The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier Books, 1989. –P. 533.
55
Muallif takror chaqiriqga javob bermayotgan bolaning bundan avval ham bir necha bor
bezovta qilingani, onasining xitobini aniq-ravshan eshitishi, endilikda uning jahonidagi
sakinat, xotirjamlik, halovat ishg‘ol qilinishini anglashi kabi hodisalarning bittta gapda
jamlanishi orqali hali o‘n yoshga kirmay turib ulg‘ayishga ulgurgan bola ruhiyati ochib
beriladi. Qahramon yosh bo‘lishiga qaramasdan, yaqinlarining unga bo‘lgan psixologik
uzoqligidan, ichki kechinmalarini anglab yetmayotganidan, uni tushunmayotganidan, uni
qiynayotgan azoblardan xoli eta olmayotgan aziyat chekadi. Mohir hikoyanavis sifatida T. Vulf
to‘rt misradan iborat ekspozitsiyadagi har bir so‘zga badiiy vazifa yuklaydi. “
eshitdi, tingladi,
bilardi, wondered
” fe’llari orqali bolaning aqliy-hissiy jihatdan yetuk ekanini, atrofidagi
voqealarni anglayotganini, mushohadakorligi tufayli xuddi shunday qarshi javob reaksiyasini
yaqin insonlaridan kutayotganini ifodalaydi. Ayniqsa, “
his spell of time”
iborasi orqali
qahramonning ichki makoni mavjudligi, botiniy xotirjamlikning buzilishi; ona chaqirig‘iga
javob bermagani esa ayni badiiy makonda uning ruhiy aozblanayotgani, ichki kurashda
mag‘lub bo‘layotganligidan dalolat beradi. bu ekspozitsiya kitobxonni hikoyaning keying
qismiga tayyorlash bilan birga, har qanday yoshda va insonda kechadigan ruhiy ziddiyatlar
mavjudligi, bee’tiborlik va qayg‘urmaslik bunday insonlarni yanada depressiyaga olib
kelishini yoritadi.
“Return” hikoyasi ham 1929-yilda yozilib, dastlab “The Hills Beyond” hikoyalar
to‘plamida, keyinchalik vafotidan so‘ng chop etilmagan asarlari bilan birga to‘liq hikoyalar
to‘plami (“The Complete Short Stories of Thomas Wolfe”)da nashr qilinadi. Mazkur kichik
nasriy namuna xotira, shaxsiy o‘zlik, vaqt mazmuni, hayot qadri singari mavzularni yoritib, bir
qarashda T. Vulf nasriga xoslikni yorqin namoyon etadi. Tom ismli bosh qahramonning o‘z
ona shahriga bir necha yillardan keyin navqiron yigit sifatida qaytishini tasvirlagan asarda
sog‘inch, yaqinlari va tug‘ilib o‘sgan makoniga nisbatan tuyiladigan hissiyotlarni aks ettiradi.
Qahramonning qaytishi unga ko‘p jihatdan saboq beradi, u qaytgan manzilidagi na insonlar,
na joylar avvalgiday emasligini, o‘zgargan muhit esa unga alam, iztirob hamda qayg‘u hissini
keltirib chiqaradi.
U qaytgan joyini yaxshi bilsa-da, bu qaytish unga ham hissiy bog‘lanish, ham dunyoning
o‘zgarganligini anglash hissini keltiradi. O‘zgarib ketgan qishloq va odamlar Tomni o‘tmishi
bilan yangi dunyo o‘rtasida uzilgan aloqani his qilishga undaydi, bu esa unga qayg‘u va
intiqom aralash tuyg‘ularni beradi. Yozuvchi ko‘plab ijod namunalaridagi singari vaqtning
ayovsiz ekani, inson hayoti mazmuniga ta’siri, umr mazmuni o‘rab turgan muhit bilan
bevosita bog‘liq ekanini ifoda etadi. Tomning uyiga qaytishi o‘tmishi va hozirgi dunyosi
o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, yoshlik va bolalik xotiralari hamda ayni damdagi hissiyotlari unda
begonalikni keltirib chiqaradi, u o‘sha davr odamlarini, manzilu makonni qo‘msaydi. “Return”
hikoyasida ham avtobiografik elementlarga keng o‘rin ajratilib, aynan bu voqea adib hayotida
sodir bo‘lgani kuzatiladi. Dastlabki asarlarida o‘z tug‘ilib o‘sgan shahrini gavdalantirgan
yozuvchini uning hamshaharlari iliq kutib olishmaydi, hatto ba’zilar undan nafratlanib, bir
umr ota makoniga nisbatan qo‘msash va sog‘inch hissi bilan yashaydi.
“Return” hikoyasi voqealari keyinchalik T. Vulfning “Look Homerward, Angel” romanida
juda batafsil tasvirlanadi. Yirik epik namuna sanalgan mazkur asar
Eshvill xalqi haqida bo’lib,
uning qaysidir qismi haqiqat, qaysidir qismi to’qima ekani, biroq u juda ishonarli yozilgani va
shu qadar mahalliy tasvirda aniqlikga erishilganki, Eshvillning xohlagan bir fuqarosi har bir joy
56
va odamni taniy olishi, manbalarda qayd etiladi.
2
Ta’kidlash joizki, bunday yondashuv ba’zi
odamlar tomonidan iliq kutib olinsa, ba’zilar shu qadar nafratga to‘lishdiki, adib bir necha
yillar bu shaharga qaytib kela olmadi. Shu sababdan “Return” hikoyasi yozuvchining alamli
yillari, shaxsiy o‘zligini topishdagi mashaqqatini ifodalagan asar hisoblanib, muallifning kichik
nasriy janrda o‘z ko‘rgan-kehchirganlarini ifodalashning eng sara va maqbul yo‘llaridan biri
bo‘ldi.
“Return” hamda “No Cure for It” hikoyalarida T. Vulfning tilida o‘ziga xos
lirik
individual uslub
kuzatiladi. Muallif bosh qahramonlarining
ruhiyati tasviri
da ong oqimi,
ichki monologdan keng foydalanadiki, bu orqali yozuvchi inson psixologiyasiga chuqur kirib
borishi, undagi murakkab va noaniq nuqtalarga qadar yoritishga harakat qilishi namoyon
bo‘ladi. Har ikkala qahramon botinida ichki kurash ketayotgani, o‘zligini anglashga harakat
qilayotgani ayon bo‘ladi. “Return” hikoyasida qahramonning falsafiy mushohadalari ko‘plab
uchraydiki, kitobxon bevosita roviyning fikrlar olamiga sho‘ng‘iganini sezmay qoladi. Bir
necha yillik ayriliqdan so‘ng uyga qaytgan qahramonning “
For I have come home again-and
what is there to say?
3
”
xitobi nogahon uzoq muddatdan keyin yaqin insonlarini yoniga qaytgan
insonning his-tuyg‘ularini ifodalaydi. Bu hissiyotlar tasvirida tillar ojiz, lom-mim deya
olmaydi, chunki bu tuyg‘uni so‘zda ta’riflash mushkul. Sukut saqlashni gapirishdan ustun
qo‘yayotgan qahramonda ichki ziddiyat ketayotganini, o‘zlikni anglash sari qo‘yilayotgan
qadam ekani uqish mumkin. “
I think that there is nothing – save the silence of our speech. I
think that there is nothing –save the knowledge of our glance. I think that there is nothing – save
the silent and unspoken conscience in us now that needs no speech but silence, because we know
what we know, we have what we have, we are what we are”
4
.
Bosh qahramon o‘zi bergan
savolga o‘zi javob izlaydi, aynan shu jihat ham unda kechayotgan g‘alayon va g‘uluni yaqqol
tasvirlaydi. Sukut saqlashga chaqirish orqali u insonlar orasida kechadigan ichki yaqinlik,
so‘zsiz va nigohlar anglashi lozim bo‘lgan ayrim haqiqatni nazarda tutadi.
“Return” hikoyasi bosh qahramoni aqlan yetuklik, kamolotga yetgan inson obrazini
gavdalantirsa, “No Cure for It” hikoyasida endi balog‘at yoshiga yetib kelayotgan yosh bola
obrazi ko‘z oldimizga keladi, ammo ikkalasida bir xil holat va tuyg‘ular kechayotganini
tushunish mumkin. Dastlabki hikoyada Tom va keyingisida Yujin
yolg‘izlik
iskanjasida qolgan
qahramonlar, ulardagi
individualizm
bevosita davr muammosi ekanini anglab olish
kitobxonga mushkullik tug‘dirmaydi. Xususan buni bosh qahramonlar atrofidagi kishilarning
o‘z muammolari bilan bandligi, birortasi ham ularning aslida ichki olamida nimalar
kechayotgani bilan qiziqmayotgani, faqat o‘zining nuqtai nazari orqali vaziyatni baholayotgani
bosh qahramonlarni ranjitadi, o‘ksik qalbini yanada azoblaydi. Hikoyalar jamiyatdan
uzoqlashgan, o‘z olamida mashg‘ul qahramonlar vujudga keltirilganki, bu modernizm
adabiyotiga xos xususiyat sanalib, yolg‘izlik, tanholikdan ma’no izlash, o‘zlikni qidirish singari
jihatlar yorqin modern hikoyachilikning belgisidir. Uyiga kimdir kelganini anglagan, onasining
chaqirganida ham sokin turib voqealarni kuzatgan Yujin tasvirida muallif quyidagicha
yondashadi: “
The gangling boy was still stretched out on the smooth, worn leather of his father’s
couch, listening to the time-strange tocking of the clock, and regarding his bare brown legs and
2
Sadullayev F. B. Henry Jeyms va Tomas Vulf romanlarida inson ruhiyati tasviri. – B.: Sadriddin Salim Buxoriy, 2024.
– B. 73.
3
The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier Books, 1989. –P. 297.
4
The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier Books, 1989. –P. 297.
57
sun-browned toes with a look of dreamy satisfaction as they entered
5
”. Mazkur tasvirda yosh
bolaning beparvo harakati, osoyishta kechayotgan bolalik damlarida uni bezovta qilishlari
unga sira yoqmasligi aks ettiriladi. Bo‘shang va baland qaddi-qomatli bola qiyofasi muallif
tomonidan keltiriladiki, bu uning shakllanib ulgurmagan fiziologik tanasi bilan birga,
mukammallashmagan, beg‘ubor va g‘o‘r ichki olamini ham namoyon etadi. Uning divanda
chalqancha tushgancha bemalol yotishi qahramondagi xotirjamlikni, tashvishlardan xoli
bolaligini yoritadi. “Soatning vaqtga xos g‘alati tikkillashini tinglab” yotishi bolalikga xos
beg‘am va betashvish damlarni ifodalashi bilan birga, ramziylik ham kasb etadi. Bu ifoda o‘tib
borayotgan vaqt, hayot mazmunini yorqin aks ettiradi. Shuningdek, bu Yujin orqali bolalarda
kechadigan voqelikni qabul qilishini ham tasvirlaydi. Xulosa o’rnida yozuvchi yuqoridagi ikki
hikoyasida qo’llagan yozuv uslublari orqali nafaqat uning ijodiy boy merosi qirralarini balki,
asar qahramonlarining psixologik qarashlarini yaratishdagi qobiliyat, istedodi namunasining
ham guvohi bo’lamiz.
References:
1.
Jahon adiblari adabiyot haqida. (Оzod Sharafiddinov tarjimalari). – Т.: Ма’naviyat, 2010.
– B. 179.
2.
Benthz J. A Critical analysis of the short fiction of Thomas Wolfe. – A thesis submitted to
the Faculty of Purdue University in partial fulfillment of the requirements for the degree of
Doctor of Philosophy, 1991. – P. 269.
3.
Holman. H. C. Thomas Wolfe. – USA: University of Minnesota, 1960. – P. 48.
4.
Sadullayev F. B. Henry Jeyms va Tomas Vulf romanlarida inson ruhiyati tasviri. – B.:
Sadriddin Salim Buxoriy, 2024. – B. 116.
5.
Boyer James D. The Short Fiction of Thomas Wolfe. Submitted in Partial Fulfillment of
the Requirements for the Degree of Doctor of Philosophy, 1979. – P. 205.
6.
The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier
Books, 1989. –P. 660.
7.
Watkins P. D. The Short Stories of Thomas Wolfe. - A dissertation in the Department of
English submitted in partial fulfillment of the requirements for the degree of Doctor of
Philosophy at New York University, 1979. – P. 320.
5
The Complete Short Stories of Thomas Wolfe. Edited by Francis E. Skipp. – USA: Collier Books, 1989. –P. 533.