Mazkur maqolada "Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlash" laboratoriya ishini bajarish jarayonida o‘quvchilarning tasavvurlarini kengaytirish va to‘la fikrlash (deep thinking) ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotda zamonaviy o‘qitish metodlari, jumladan, raqamli laboratoriya asboblari, kompyuter modellashtirish, interaktiv simulyatsiyalar va muammoli ta’lim usullari qo‘llanildi. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy texnologiyalar va yondashuvlar yordamida o‘quvchilar aniq natijalarga erishishi, eksperimentlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishi va o‘z bilimlarini mustahkamlashi mumkin. Shuningdek, maqolada laboratoriya ishlarining samaradorligini oshirish yo‘llari ham tahlil qilingan.