Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va nodavlat notijorat tashkilotlari (NNTlar) faoliyatini rivojlantirish borasida tub islohotlarni amalga oshirmoqda. NNTlar jamiyatdagi ijtimoiy, ekologik, huquqiy va madaniy muammolarga yechim topishda muhim rol oʻynaydi. Bu jarayonda xalqaro tashkilotlar bilan moliyaviy hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi ushbu tashkilotlarning institutsional barqarorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.