ALIMENT UNDIRISH TARTIBI VA QONUNCHILIK ASOSLARI

Аннотация

Aliment undurish masalasining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasidagi huquqiy asoslari va amaliy tartibi tahlil etildi. Asosiy e’tibor Oila kodeksining tegishli moddalari, Konstitutsiyaviy normalar hamda aliment undirishga oid sud qarorlari va ijro hujjatlari asosida ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlash majburiyatiga qaratildi. Aliment miqdorini belgilash, uni to‘lash tartibi hamda qonunchilikda belgilangan mas’uliyatlar aniq huquqiy asoslar orqali yoritib berildi. Ishda normativ-huquqiy hujjatlarga tayanilgan holda aliment instituti nazariy va amaliy jihatdan o‘rganildi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Teshayeva, Z. . (2025). ALIMENT UNDIRISH TARTIBI VA QONUNCHILIK ASOSLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(15), 24–25. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/109073
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Aliment undurish masalasining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasidagi huquqiy asoslari va amaliy tartibi tahlil etildi. Asosiy e’tibor Oila kodeksining tegishli moddalari, Konstitutsiyaviy normalar hamda aliment undirishga oid sud qarorlari va ijro hujjatlari asosida ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlash majburiyatiga qaratildi. Aliment miqdorini belgilash, uni to‘lash tartibi hamda qonunchilikda belgilangan mas’uliyatlar aniq huquqiy asoslar orqali yoritib berildi. Ishda normativ-huquqiy hujjatlarga tayanilgan holda aliment instituti nazariy va amaliy jihatdan o‘rganildi.


background image

24

ALIMENT UNDIRISH TARTIBI VA QONUNCHILIK ASOSLARI

Teshayeva Zuhra Sherbek qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

Email: zuhrateshayeva2002@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15694928

Annotatsiya:

Aliment undurish masalasining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi

doirasidagi huquqiy asoslari va amaliy tartibi tahlil etildi. Asosiy e’tibor Oila kodeksining

tegishli moddalari, Konstitutsiyaviy normalar hamda aliment undirishga oid sud qarorlari va
ijro hujjatlari asosida ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlash
majburiyatiga qaratildi. Aliment miqdorini belgilash, uni to‘lash tartibi hamda qonunchilikda

belgilangan mas’uliyatlar aniq huquqiy asoslar orqali yoritib berildi. Ishda normativ-huquqiy
hujjatlarga tayanilgan holda aliment instituti nazariy va amaliy jihatdan o‘rganildi.

Kalit so‘zlar:

Aliment, undirish, oila kodeksi, fuqarolik kodeksi, sud, ixtiyoriy to‘lov.

Aliment majburiyatlari mulkiy huquqiy munosabatlar doirasiga kiradi, biroq ular o‘ziga

xos alohida belgilar va xususiyatlarga ega. Bu majburiyatlar fuqarolik huquqidagi oddiy
majburiyatlardan ayrim jihatlari bilan farqlanadi. Asosiy farqlovchi belgilardan biri shundaki,

aliment majburiyatlari qonunda qat’iy (imperativ) tarzda belgilangan asoslarga – qon-
qarindoshlik aloqalari, mehnatga layoqatsizlik va moddiy muhtojlik holatlariga asoslanadi.

Bundan tashqari, aliment to‘lash bo‘yicha o‘zaro kelishuv ham ushbu majburiyatni yuzaga

keltirishi mumkin.

Aliment majburiyatlari shaxsiy xarakterga ega bo‘lib, bu majburiyatlar faqat muayyan

shaxslarga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni, aliment to‘lovchining yoki oluvchining vafoti bilan bu

majburiyatlar bekor qilinadi va meros yo‘li bilan boshqa shaxslarga o‘tmaydi. Shuningdek, bu

majburiyatlar doirasida talabni boshqa shaxslarga o‘tkazish yoki qarz shartlari qo‘llanilmaydi.
Aliment bepul asosda amalga oshiriladi va noto‘g‘ri undirilgan taqdirda ham qaytarilmaydi,

faqatgina yolg‘on ma’lumot yoki soxta hujjatlar asosida undirilgan holatlar bundan mustasno.

Aliment majburiyatlari davomiy xarakterga ega bo‘lib, ular kelajakdagi davrlar uchun har oy

undiriladi. Masalan, voyaga yetmagan bolalarga to‘lanadigan aliment ularning voyaga
yetgunlariga qadar to‘lab boriladi.

Oila kodeksida aliment undirishni uch tartibi belgilangan bo‘lib:

1. Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv tuzish (17-bob, 130-134-moddalar),
2. Alimentni ixtiyoriy to‘lash (18-bob, 135-modda),

3. Alimentni sud tartibida undirish (18-bob, 136-modda).

Agar aliment to‘lash bo‘yicha taraflar o‘zaro kelishuvga erishgan bo‘lsa, bu holda sud

orqali aliment undirishga ehtiyoj qolmaydi. Aliment majburiyati — bu qonunda belgilangan
yuridik holatlar yuz berganida yuzaga keladigan huquqiy munosabatdir. Ya’ni, agar taraflar

o‘zaro kelishuvga erishgan bo‘lsa yoki sud tomonidan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bir
oilaning a’zolari boshqa oila a’zolarini moddiy ta’minlash majburiyatini oladi, bu esa ikkinchi

tomonning aliment talab qilish huquqini shakllantiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 11-sonli qarorining

12-bandida ta’kidlanishicha, sudlar voyaga yetmagan shaxslarning ta’minoti uchun
qo‘shimcha xarajatlar undirilishi masalasini ko‘rib chiqayotganda, Oila kodeksining 103-
moddasida ko‘rsatilgan holatlarni inobatga olishi lozim. Bunday favqulodda holatlarga


background image

25

bolaning og‘ir kasalligi, jarohat olishi kabi vaziyatlar kiradi. Shuningdek, bu xarajatlarning
bola uchun zarurligini asoslash va taraflarning moliyaviy holatidan kelib chiqib, qo‘shimcha
xarajatlarning aniq miqdorini belgilash zarurligi qayd etilgan. Aliment undiruvi manbalari

quyidagilardir:

1. Ish haqi va boshqa daromadi,
2. Kridit tashkiloti va bankdagi mablag’lar,
3. Shartnoma asosida o‘tkazilgan pullar,
4. Undiruv qaratilgan boshqa mulklar

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab yoki sudgacha ta’minot olish choralari

ko’rilgan ammo uni to‘lashdan bosh tortganlik holati isbotlansa o‘tgan davr uchun (uch yillik
muddat doirasida) undiriladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yuldashev J. Vorislik va oila huquqi. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2024. – 328 b.

2.

Abdurahmonova X. Ota-ona va bolalar aliment huquqlari va majburiyatlarining kollizion

tartibga solinishi. – Toshkent: TDYU, 2015.

3.

Topildiyev B. Aliment majburiyatlari: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Afzalzoda books

nashriyoti, 2024. – 140 b.
4.

Otaxo‘jayev F. Oila huquqi. – Toshkent: TDYU, 2005.

5.

Otaxo‘jayev F. Oila huquqi. Xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga oid qonun kafolatlari.

– Toshkent: O‘zbekiston, 2000.
6.

Otaxo‘jayev F.,Yo‘ldosheva Sh. Oila huquqi. – Toshkent: Adolat, 2007.

Библиографические ссылки

Yuldashev J. Vorislik va oila huquqi. – Toshkent: TDYU nashriyoti, 2024. – 328 b.

Abdurahmonova X. Ota-ona va bolalar aliment huquqlari va majburiyatlarining kollizion tartibga solinishi. – Toshkent: TDYU, 2015.

Topildiyev B. Aliment majburiyatlari: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Afzalzoda books nashriyoti, 2024. – 140 b.

Otaxo‘jayev F. Oila huquqi. – Toshkent: TDYU, 2005.

Otaxo‘jayev F. Oila huquqi. Xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga oid qonun kafolatlari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.

Otaxo‘jayev F.,Yo‘ldosheva Sh. Oila huquqi. – Toshkent: Adolat, 2007.