So‘ngi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasining ko‘p qismlarida anomal qish va jazirama yoz tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu esa Pamir va Tyan-Shan tog‘larida muzliklar va abadiy muzlarning erishini keltirib chiqaradi. Kuchli yomg‘ir, qurg‘oqchilik, suv toshqini va sel oqimlari xavfi oshadi. Bu o‘z navbatida, iqlim o‘zgarishi suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va inson salomatligiga ta‘sir ko‘rsatishi, ma’lum bir xududlarni cho‘llanishi, ekotizimlar va tabiiy resurslarning buzilishi kabi mavjud muammolarni kuchaytirishi mumkin. Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishining ta‘sirini oldini olish va uning oqibatlarini yumshatish hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan dasturlar va harakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.