113
JINOYAT PROSESSIDA FUQAROVIY DAVO VA BOSHQA MULKIY
UNDIRISHLAR
Suyunov Shaxzodbek Shavkatovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi
Sipatdinova Gulzabiyra Bayrambay qizi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
3-bosqich 326-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15720511
Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo institutining huquqiy asoslari,
amaliy ahamiyati hamda boshqa mulkiy undirish shakllarining o‘rni tahlil qilingan.
Tadqiqotda jinoyat ishlari yuritilayotgan davrda jabrlanuvchining moddiy zarari qanday
tartibda undirilishi, fuqaroviy da’vo qanday shakllarda ilgari surilishi va sud tomonidan
qanday hal etilishi masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, qonunchilikdagi mavjud
kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Fuqaroviy da’vo
instituti orqali jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklashda davlatning adolatparvarlik
tamoyillariga asoslangan faoliyati muhim o‘rin egallashi asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar
Jinoyat protsessi, fuqaroviy da’vo, mulkiy zarar, jinoyat-protsessual kodeks, jabrlanuvchi
huquqlari, sud tartibi, davlat foydasiga undirish, protsessual tartib, huquqiy kafolatlar.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligi shaxsning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri sifatida
belgilagan. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo instituti
bevosita jabrlanuvchining mulkiy huquqlarini tiklash, yetkazilgan moddiy zararni qoplash va
huquqiy adolatni qaror toptirishning muhim vositasi hisoblanadi. Jinoyat sodir etilishi
natijasida nafaqat davlat, balki jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlariga ham
zarar yetkazilishi mumkin. Shunday holatlarda, jinoyat ishining ko‘rib chiqilishi bilan birga,
fuqaroviy da’vo doirasida yetkazilgan moddiy zararlarni undirish masalasi ham hal etiladi
1
.
Fuqaroviy da’vo jinoyat-protsessual qonunchilikda alohida tartibda ko‘rib chiqiladi.
Jinoyat ishida da’vogarning arizasiga ko‘ra yoki prokuror tashabbusi bilan da’vo qo‘zg‘atiladi
va bu hol jinoyat ishining yuritilishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi
2
. Fuqaroviy da’vo jinoyat ishi
bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan sud ishiga birlashtiriladi va unga nisbatan protsessual kafolatlar
taqdim etiladi. Mazkur institut jabrlanuvchining buzilgan huquqini tiklash, jinoyatchilik bilan
kurashishda iqtisodiy choralarni kuchaytirish, jinoyatdan zarar ko‘rgan shaxs manfaatlarini
himoya qilishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish,
uning ko‘rib chiqilishi, da’vogar va javobgarning protsessual maqomi, da’vo asoslari va hal
etish mexanizmlari aniq tartibga solingan. Shuningdek, qonunchilikda fuqaroviy da’vo bilan
1
Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув
юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари.
Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
2
Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2012. Б.24
114
bir qatorda boshqa mulkiy undirish masalalari – jinoyat ashyolarining musodara qilinishi,
noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan daromadlarni davlat foydasiga undirish va boshqa shunga
o‘xshash mol-mulk masalalari ham o‘z aksini topgan
3
.
Bugungi kunda jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo institutining samaradorligini
oshirish, protsessual shaffoflikni ta’minlash va jabrlanuvchilarning manfaatlarini yanada
kuchliroq himoya qilish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, jinoyat ishlari
bo‘yicha sudlarda da’volarning ko‘rib chiqilishi muddatlari, da’vogarning huquqlari va mulkiy
zararning aniq hisob-kitobi borasida amaliyotda ayrim ziddiyatli holatlar kuzatilmoqda. Shu
boisdan, mazkur mavzuning ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganilishi va takliflar ishlab chiqilishi
hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish
yuritish jinoyat protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda olib boriladi. Fuqaroviy da’vo
bo‘yicha yuzaga keladigan protsessual munosabatlar kodeks bilan tartibga solinmagan
bo‘lsa, unda jinoyat protsessi prinsiplariga xilof bo‘lmagan fuqaroviy-protsessual
qonunchilikning qoidalari qo‘llanadi. Masalan, ziyonni undirish, yo’qotilgan mulkni qoplash
masalalari. Fuqaroviy da’vo va fuqaroviy da’vogarning huquqlari, majburiyatlari
jinoyatprotsessual kodeksida yetarlicha o’rin olgan
4
.
Fuqaroviy da’voning sudlovga tegishliligi masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 38-moddasida “Jinoyat ishidan kelib
chiqadigan fuqarolik da’vosi, agar jinoyat ishi ko‘rilganda ushbu da’vo arz qilinmagan yoki hal
etilmagan bo‘lsa, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun fuqarolik
ishlarining sudlovga tegishliligiga doir umumiy qoidalar bo‘yicha taqdim etiladi” deb
keltirilgan
5
.
Demak, fuqaroviy da’vo ham jinoyat sudining, ham fuqarolik sudining sudloviga tegishli
bo’lishi mumkin. Jinoyat sudida ishning fuqaroviy da’voga oid qismiga da’vo muddati ham,
da’vo talabi chegarasi ham jinoyat qonunchiligi doirasida belgilanadi. Agar jinoyat sudida
fuqaroviy da’vo hal etilmay qolgan bo’lsa, da’vo muddati ham, uning chegarasi ham fuqarolik
qonunchiligi yuzasida ko’riladi. Bu qanchalar to’g’ri?
Qolaversa, jinoyat sudida ushbu jihat hal etilmasdan qolsa, bu fuqaroviy da’vogarning
ovvoragarchiligini keltirib chiqaradi. Chunki u bir masala yuzasidan yana boshqa bir sudga,
fuqarolik sudiga murojaat qilishi lozim va bu ishini ko’rish fuqarolik ishlarining sudlovga
tegishliligiga doir umumiy qoidalar bo’yicha amalga oshiriladi, ya’ni ishni ko’rish muddatlari,
uni ijroga qaratish yana qo’shimcha vaqt talab qiladi. Aslida, jinoyat ishlarida fuqaroviy da’vo
hal etilmasdan qolishi to’g’ridan to’g’ri bir necha holatda mavjud bo’ladi, ya’ni
jinoyatprotsessual kodeksining 413-moddasiga ko’ra, fuqaroviy da’vogar yoki uning vakili
sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud fuqaroviy da’voni ko‘rmaydi, bu holda mulkiy zarar
ko‘rgan shaxsning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qilish huquqi saqlangan
3
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала
қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар”
Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
4
Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик жинояти турлари.
“Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
5
Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш
мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В.
6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
115
holda bo’ladi. Sud fuqaroviy da’voni fuqaroviy da’vogarning iltimosiga ko‘ra uning ishtirokisiz
ko‘rishga haqlidir
6
.
Biroq fuqaroviy da’vo prokuror tomonidan quvvatlansa yoki sud uni ko‘rishni zarur
deb topsa, fuqaroviy da’vogar yoki uning vakili kelish-kelmasligidan qat’iy nazar, sud
fuqaroviy da’voni ko‘raveradi. “Fuqaroviy javobgar yoki uning vakilining sud majlisiga
kelmasligi fuqaroviy da’voni ko‘rishni to‘xtatmaydi”. Demak, jinoyat sudlari tomonidan
fuqaroviy da’vogarning iltimosiga ko’ra, fuqaroviy da’voni uning ishtirokisiz ko’rishga haqli,
shunday huquq mavjud ekan, nima uchun ortiqcha ovvoragarchilik sodir etilishi kerak?
Masalan, fuqaroviy da’voni ijroga qaratish da’vo jinoyat sudida hal etilsa, jinoyat sudi
tomonidan amalga oshiriladi, lekin 539
1
-moddaga ko’ra fuqarolik-protsessual qonunchilik va
boshqa sud hujjatlariga ko’ra amalga oshirilishi keltirilgan. Ya’ni ijro ustidan nazorat jinoyat
sudi tomonidan amalga oshriladi, chunki hukm qaysi sud tomonidan chiqarilsa, uning ijrosi
ham shu sud tomonidan nazorat qilinadi, ammo ijro qilishda fuqarolik-protsessual
qonunchilik asosida amalga oshiriladi
7
.
Endi xuddi shu masala yuzasidan xorijiy qonunchilikka yuzlanadigan bo’lsak, Germaniya
jinoyat protsessual kodeksining 406-b-moddasiga ko’ra, fuqarolik protsessual normalariga
tegishli sud qarorlarining ijrosi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlarini ijro etishga nisbatan
qo‘llaniladigan qoidalar bilan tartibga solinadi va jinoyat ishlari bo’yicha birinchi instantsiya
sudi qaysi tumanda joylashgan bo’lsa, fuqarolik yurisdiktsiyasi sudiga tegishli hisoblanadi.
Ya’ni Germaniya qonunchiligiga ko’ra, fuqaroviy da’vo jinoyat sudida ko’rib chiqilsa, uning
ijrosi bilan shu hududda joylashgan fuqarolik sudi shug’ullanadi. Bu mantiqan to’g’ri hamdir
8
.
Bizning jinoyat qonunchiligimizda esa ijro fuqarlik-protsessual qoidalar asosida
qo’llanar ekan, fuqaroviy da’voni ustidan ham nazoratni fuqarolik sudlari ta’minlashi to’g’ri
bo’lardi deb hisoblaymiz.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, fuqaroviy da’voga oid yana bir jihatga e’tiborimizni
qaratsak, “jinoiy hodisa yuz bermaganligi yoki shaxsning jinoyatga daxli bo‘lmaganligi,
shuningdek, shaxs tomonidan harakat zaruriy mudofaa chegarasidan chiqmagan holda sodir
etilganligi munosabati bilan oqlov hukmi chiqarilayotganda, sud JPK 283-moddasi ikkinchi
qismi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 2014-yil
23-maydagi 7-sonli qarori 10-bandi to‘rtinchi xatboshisiga binoan oqlangan shaxsga nisbatan
fuqaroviy da’voni qanoatlantirishni rad etadi”. Ushbu qoida Jinoyat protsessual kodeksida
ham, “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Oliy sud plennumi qarorida ham keltirib o’tilgan.
Yuqoridagidan kelib chiqadiki, agar jabrlanuvchi zaruriy mudofaa chegrasidan chiqmagan
holda o’zini yoki o’zga shaxsni himoya qilish chog’ida uchinchi shaxsning mulkiga ziyon
yetkazib qo’ysa, fuqaroviy da’voni qoplash rad etiladi va da’vogar shu shaxsga va xuddi shu
asoslar bo‘yicha fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqidan
mahrum bo‘ladi. Ushbu vaziyatda fuqaroviy da’vogarning manfaatlariga ziyon yetkazilyapti va
6
А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган тақдирда дастлабки терговни
тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг
Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024. 95-98 б.
7
Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий жиҳатлари //Наука и
инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
8
Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал
қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
116
uni qoplash masalasi ochiq qolyapti deb hisoblaymiz
9
.
Bundan tashqari, “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid
qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Oliy sud plennumi qarorida
shaxsga nisbatan jinoyat ishi JPK 84-moddasi birinchi qismining-8-bandlari, beshinchi
qismining 1,3-bandlariga muvofiq tugatilgan holda unga nisbatan fuqaroviy da’vo ko‘rmay
qoldirilishi va manfaatdor shaxslarga ularning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo
qo‘zg‘atish huquqi tushuntirilishi lozimligi keltirilgan. Qolavaersa, jinoyat ishi apellatsiya,
kassatsiya tartibida yuqorida ko‘rsatilgan asoslarga binoan tugatilganda ham fuqaroviy
da’voga nisbatan shunday oqibatlar yuzaga kelishi nazarda tutilgan
10
.
Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo institutining mavjudligi jabrlanuvchilarning buzilgan
mulkiy huquqlarini tiklashda muhim rol o‘ynaydi. U fuqarolik-huquqiy vositalarning jinoyat
protsessiga integratsiyalashuvi orqali nafaqat jinoyat sodir etgan shaxsni jazolash, balki zarar
ko‘rgan tomon manfaatlarini ham ta’minlashga xizmat qiladi. Fuqaroviy da’vo orqali
zararlarning qoplanishi jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining ijtimoiy adolat tamoyillariga
mos bo‘lishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida fuqaroviy
da’vo tartibi aniq reglamentlangan bo‘lishiga qaramay, amaliyotda ushbu institutni qo‘llashda
bir qator muammolar – da’vo muddatlarining cho‘zilishi, zarar miqdorining noaniqligi,
javobgarning mol-mulkini aniqlashdagi qiyinchiliklar uchramoqda. Bundan tashqari, ayrim
hollarda jinoyat ishi doirasida fuqaroviy da’vo ko‘rib chiqilmay, jabrlanuvchi fuqarolik
sudlariga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda, bu esa uning huquqlarini kechiktirib
tiklanishiga olib kelmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги
Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.
Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.
4.
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.
5.
Б.Б.Муродов.
Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари
// Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.
Б.Б.Муродов.
Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //
“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.
Б.Б.Муродов.
Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш
9
Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг ахамияти //Общественные
науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
10
Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан
фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини
такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.
117
йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.
Б.Б.Муродов.
“Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.
Ш.Ш.Суюнов.
Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга
хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
10.
Ш.Ш.Суюнов.
Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик
жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.
Ш.Ш.Суюнов.
Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг
жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
12.
Ш.Ш.Суюнов.
Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп
моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти
тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.
А.Т.Аширбоев.
Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда
жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.
А.Т.Аширбоев.
Жиноят
ишини
тўхтатиш
тушунчаси
ва
аҳамияти.
Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.
А.Т.Аширбоев.
Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган
тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.
А.Т.Аширбоев
. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро
тажриба
ва
ўзбекистон
қонунчилигини
такомиллаштириш
истиқболлари
//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
17.
Н.Қ.Усманалиев.
“Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий
жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.
Н.Қ.Усманалиев.
Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари
билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления
педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.
Н.Қ.Усманалиев.
Протсессуал
муддатларнинг
ҳисоблашда
қўлланилувчи
меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.
Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж
. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни
кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
118
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
21.
Ш.С.Агоев., Шакирова С
. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт
//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.
Ш.С.Агоев., Абдухамидов А
. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг
ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.
Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д
. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик
жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.
Ш.С.Агоев., Ташев У
. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-
протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.
Хушвактова Н.А
. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию
общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова //
Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по
материалам LXV Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд.
«Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
26.
Хушвактова Н.А
. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда
жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий
хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»:
республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.