128
QASDAN BADANGA O‘RTACHA OG‘IR SHIKAST YETKAZISH JINOYATI
BO‘YICHA TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV O‘TKAZISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
Suyunov Shaxzodbek Shovkatovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi o‘qituvchisi
Abdullayev Shoxbozbek Shuxratjon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 323-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15535414
Annotatsiya
Muallif ushbu maqola orqali “Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish” jinoyati
yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazish tartibi, asoslari, o‘tkazishning o‘ziga xos
xususiyatlari, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishi mumkin bo’lgan davlat organlari, tergovga
qadar tekshiruv davrida o’tkazilishi mumkin bo’lgan tergov harakatlari, ushbu bosqich
yakuniga ko’ra chiqariladigan qarorlar to’g’risida so’z yuritadi.
Kalit so’zlar
Badanga shikast yetkazish, tergovga qadar tekshiruv, tergov harakati, jinoyat ishini
qo’zg’atish, qo’zg’atishni rad etish, tegishligiga ko’ra yuborish, ariza, xabar, ma’lumot.
Annatation
Through this article, the author will talk about the procedure for conducting a pre-
investigation investigation into the crime of “intentional infliction of moderate serious injury
to the div”, the basics, specifics of conducting, state bodies that can conduct a pre-
investigation examination, investigative actions that can be carried out during the pre-
investigation period, decisions that will be issued at the end of this stage.
Keywords
Injury to the div, pre-investigation examination, investigative action, criminal
prosecution, refusal to provoke, sending according to belonging, application, message,
information.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va
jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirishchora-tadbirlari to’g’risida”gi
3723-son qarori
1
bilan O’zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat protsessual
qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari va vazifalari sifatida: jinoyat
qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish, fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat
manfaatlarining ta’sirchan va va ishonchli muhofaza qilinishini; jinoyat protsessida shaxsning
huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish;
jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-tamoyillarini kiritish belgilandi. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 13-moddasida “O’zbekiston respublikasida demokratiya
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson , uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-
qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.” deb belgilangan. Qasddan
badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazish jinoyati asosiy qonunimizda oliy qadriyat deb
belgilangan inson sog’lig’iga bevosita daxl qiladi. Qasddan badanga shikast yetkazish-
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va jinoyat protsessual
qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirishchora-tadbirlari to’g’risida”gi 3723-son qarori
129
jabrlanuvchining badaniga qasddan jismoniy zarar yetkazib, tanasining anatomik butunligini
yoki a’zolaridan birining fiziologik funksiyasini buzish hisoblanadi
2
. O’zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksi 105-moddasida “Qasddan badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazish-sodir
etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo’lmagan va Jinoyat kodeksining 104-moddasida
nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog’liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma
bir kun, ammo to’rt oydan ko’p bo’lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat
qobiliyatining o’n foizdan o’ttiz uch foizgacha yo’qolishiga sabab bo’lgan qasddan badangga
o’rtacha og’ir shikast etkazish Jinoyat kodeksining 126
1
-moddasida nazarda tutilgan jinoyat
alomatlari mavjud bo’lmasa.”
3
-deb belgilangan.
Qasddan badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazish jinoyati bo’yicha ariza, xabar, boshqa
ma’lumotlar kelib tushgan paytdan boshlab tergovga qadar tekshiruv boshlanadi.Qasddan
badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazish jinoyati bo’yicha dastlabki manba sifatida quydagilarni
ko’rishimiz mumkin
– jabrlanuvchi yoki uning yaqin qarindoshining arizalari;
– “102” qisqa telefon raqamiga qilingan murojaat:
– shohidlarning IIOga qilgan murojaatlari
– jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash vazifasini amalga oshirayotgan Ichki
ishlar organlari xodimlari va Milliy gvardiya xodimlarining bergan bildirgilari;
– ommaviy axborot vositalari tomonidan berilgan xabarlar;
– sog’liqni saqlash vazirligining hududiy bo’linmalarining murojaatlariva boshqalar
hisoblanadi
4
.
Qasddan badanga o’rtacha og’irlikda shikast yetkazish jinoyati bo’yicha yuqorida sanab
o’tilgan murojaatlar asosida quydagi organlar tergovga qadar tekshiruv ishlarini olib boradilar:
– Ichki ishlar organlari;
– harbiy qismlar, qo’shilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy o’quv
yurtlarining boshliqlari;
– O’zbekiston Respublikasi IIV jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining
boshliqlari, jazoni ijro etish kaloniyalari, tarbiya kaloniyalari, tergov hibsxonalari va
turmalarning boshliqlari;
– olis safarda bo’lgan dengiz kema kapitanlariva boshqalar.
Qasdan badanga o’rtacha og’irlikda shikast yetkazish jinoyati bo’yicha asosan Ichki ishlar
organlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiradi. Ushbu jinoyat ishi bo’yicha tergovga
qadar tekshiruvni o’tkazish davomida quydagi tergov va protsessual harakatlarini o’tkazish
mumkin
5
:
– hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish;
– ekspertiza o’tkazish;
2
Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и
инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
3
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 105-moddasi birinchi qismi.
4
Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларни ўтказиш мақсадини
кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда
қўшиб ҳисоблаш методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.
5
Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари //Академические
исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.
130
– shaxsni ushlash;
– shaxsni ushlash chog’ida shaxsiy tintuv va olib qo’yish;
– shaxsdan tushuntirishlar olish va boshqa tezkor qidiruv tadbirlarini o’tkazish mumkin.
Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyati bo’yicha ariza, xabar va boshqa ma’lumotlar
kelib tushgandan so’ng xodisa sodir bo’lgan joyga zudlik bilan tezkor-tergov guruhini chiqarish
lozim. Xodisa joyiga borgan TQT mansabdor shaxsi jabrlanuvchiga zudlik bilan birinchi tibbiy
yordam ko’rsatishi va tez tibbiy yordamga murojaat qilishi lozim
6
. Shundan so’ng xodisa sodir
bo’lgan joy o’rab olinib, xavfsizlik choralarini ko’rgan holda xodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan
kechirish tergov harakatini amalga oshirishga kirishish lozim. Tergovchi xodisa sodir bo’lgan
joyni ko’zdan kechirishda har bir elementga e’tibor berishi kerak
7
. Qasddan badanga o’rtacha
og’ir shikast yetkazish jinoyati bo’yicha xodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishda xodisa
joyidan ish uchun ahamiyatli quydagilarni olish mumkin:
– jinoyat sodir etish quroli (Masalan, pichoq, temir jism, kastet, tosh,boshqa o’tkir tig’li
jism va o’qotar qurol);
– qon dog’lari;
– barmoq izlari (Masalan, jinoyat qurolidan);
– jabrlanuvchi yoki gumon qilinuvchiga tegishli kiyimlar;
– xodisa joyidagi kameralarning yozuvlari;
– va boshqa ish uchun ahamiyatli narsalar.
Qasddan badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazish jinoyati bo’yicha jabirlanuvchilar,
shoxidlardan, jinoyat sodir etgan shaxsdan tushuntirishlar olishda har bir holatni sinchiklab
ko’rsatuvlarni olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki o’sha paytda jinoyat haqidagi barcha
ma’lumotlar protses ishtirokchilarining xotirasidan ko’tarilmagan bo’ladi va har bir holat
yuzasidan to’liq ko’rsatuv bera oladi. Protses ishtirokchilaridan tergovga qadar tekshiruv
davrida qanchalik ko’p mamlumotlar oladigan bo’lsak kelgusida jinoyatni fosh etishda yordam
beradi. Bundan tashqari jabrlanuvchidan ko’rsatuv olayotganda uni video yozuvga qayd etish
maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki kelgusida unga boshqa shaxslar ta’sir qilishi natijasida
ko’rsatuvlarini o’zgartirishi mumkin
8
.
Qasddan badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazish jinoyati bo’yicha TQT davrida quydagi
ekspertizalarni o’tkazish mumkin:
– sud-tibbiy ekspertiza;
– sud-biologik ekspertiza;
– sud-daktiloskopik ekspertiza
– sudga oid sovuq qurol ekspertizasi va boshqalarni o'tkazish mumkin.
Qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish jinoyati bo'yicha bo'yicha sud-biologik
ekspertiza tayinlash uchun shaxsdan ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish tergovga
qadar tekshiruv paytida o'tkazish mumkinligi jinoyat protsessual qonunchiligida ruxsat
6
Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном процессе //Общество и
инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
7
Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению, хранению наркотических
средств, их аналогов или психотропных веществ без цели сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S.
– С. 267-277.
8
Murodov B., Bo'taev M. Jinoyat protsessida begunoh shaxslarni reabilitatsiya qilish asoslarini tahlil qilish // Jamiyat va
innovatsiya. – 2020. – V. 1. – No 1. – B. 166-176.
131
etilmagan. Bu qonundagi bo'shliqni to'ldirish maqsadga muvofiq bo'ladi
9
.
Tergovga qadar tekshiruv yakuniga ko'ra O'zbekiston Respublikasi JPK 330-moddasiga
muvofiq quydagi qarorlarni qabul qilish mumkin:
– jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risida qaror;
– jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish to'g'risida qaror;
– tegishliligiga ko'ra tergov organiga yuborish to'g'risida qaror.
Xulosa qilib aytganda Qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish jinoyati bo'yicha
tergovga qadar tekshiruvni har tomonlama, to'liq, sinchkovlik bilan amalga oshirilsa jinoyat
sodir etgan shaxslarni ayblarini tergov davomida is both qilishda yordam beradi
10
.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Toshkent” 2024.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessula kodeksi .
3.
O‘zbekiston Respublikasi Jinopyat kodeksi.
4.
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan 249-sonli “Sud
ekspertizasi to’g’risida”gi qonuni.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va
jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
3723-son qarori.
6.
“Jinoyat ishini yuritishda ekspertiza: mazmuni, axamiyati, tayinlash va o‘tkazish asoslari”
uslubiy qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi 2016- yil. 7.“Qasddan badanga
shikat yetkazish jinoyatlarini tergov qilishda ilgari surilgan versiyalarni tekshirishning ayrim
masalalari” maqola Yesimbetova.B.Y
7.
“Qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘irlikda tan jarohati yetkazish jinoyatlarini
kvalifikatsiya qilish ” maqola Yesimbetova.B.Y 2024-yil 15-mart
8.
“Badanga tan jarohati etkazish jinoyatlarini tergov qilishdagi ekspertiza va mutaxassislik
bilimlari” maqola Yesimbetova.B.Y 2024-yil 5-noyabr “Ilm-fan yangiliklari konferensiyasi”
9.
Муродов Б., Ботаев М. Анализ основ реабилитации невиновных лиц в уголовном
процессе //Общество и инновации. – 2020. – Т. 1. – №. 1. – С. 166-176.
10.
Муродов Б., Хомидов В. Процессуальные основания производства обыска и
следственного действия //Общество и инновации. – 2023. – Т. 4. – №. 2/S. – С. 402-411.
11.
Суюнов Ш., Азаматов А. Суриштирув институтининг ривожланиш истиқболлари
//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.
12.
Суюнов Ш. Гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп
моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, эгаллаш,
сақлаш, ташиш ёки жўнатиш жиноятини тергов қилишда қўшиб ҳисоблаш
методологиясининг аҳамияти //Общественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 20-24.
9
Murodov, B. (2016). Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da'vo muddati o'tganligi munosabati bilan tugatish
asoslarini takomillashtirish. O‘zbekiston qonunchiligiga sharh , (3), 47-50.
10
Suyunov Sh. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadisiz noqonuniy
ishlab chiqarish, olish, saqlash jinoyati tushunchasi // Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.
132
13.
Суюнов Ш. Понятие преступления по незаконному изготовлению, приобретению,
хранению наркотических средств, их аналогов или психотропных веществ без цели
сбыта //Общество и инновации. – 2025. – Т. 6. – №. 1/S. – С. 267-277.
14.
Murodov B., Bo'taev M. Jinoyat protsessida begunoh shaxslarni reabilitatsiya qilish
asoslarini tahlil qilish // Jamiyat va innovatsiya. – 2020. – V. 1. – No 1. – B. 166-176.
15.
Murodov, B. “Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da’vo muddati o‘tganligi
munosabati bilan tugatish asoslarini takomillashtirish”. O‘zbekiston qonun hujjatlari sharhi 3
(2016): 47-50.
16.
Murodov, B. (2016). Jinoyat ishini javobgarlikka tortish uchun da'vo muddati o'tganligi
munosabati bilan tugatish asoslarini takomillashtirish. O‘zbekiston qonunchiligiga sharh , (3),
47-50.
17.
Suyunov Sh. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni
sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash jinoyati tushunchasi // Jamiyat va
innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.
18.
Хушвактова Н.А. Ишни судга қадар юритишда жамоатчилик иштирокининг
ретроспектив таҳлили // Society and innovations // Special Issue – 06 (2022) / ISSN 2181-
1415 – Б. 300-308. DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp301-308
(12.00.00).
19.
Усманалиев Н. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан
боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук.
– 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.