RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TAMONIDAN QO’LLAB QUVVATLANADIGAN PEDAGOGIK MODELLAR VA USULLAR

Abstract

Raqamli texnologiyalar ta’lim tizimining barcha bosqichlariga jadal kirib kelmoqda. O‘quv jarayonini raqamlashtirish o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va individual yondashuv asosida bilim berish imkonini bermoqda. Bugungi kunda nafaqat texnik bilimlarni, balki kreativ fikrlash, muammolarni hal qilish va muloqot ko‘nikmalarini ham shakllantirish zaruriyati yuzaga kelgan. Bunday maqsadlarga erishishda zamonaviy raqamli pedagogik modellar muhim vosita hisoblanadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
82-83
1

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Kengesbaeva, O. (2025). RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TAMONIDAN QO’LLAB QUVVATLANADIGAN PEDAGOGIK MODELLAR VA USULLAR. Social Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(15), 82–83. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/113476
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Raqamli texnologiyalar ta’lim tizimining barcha bosqichlariga jadal kirib kelmoqda. O‘quv jarayonini raqamlashtirish o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va individual yondashuv asosida bilim berish imkonini bermoqda. Bugungi kunda nafaqat texnik bilimlarni, balki kreativ fikrlash, muammolarni hal qilish va muloqot ko‘nikmalarini ham shakllantirish zaruriyati yuzaga kelgan. Bunday maqsadlarga erishishda zamonaviy raqamli pedagogik modellar muhim vosita hisoblanadi.


background image

82

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TAMONIDAN QO’LLAB QUVVATLANADIGAN

PEDAGOGIK MODELLAR VA USULLAR

Kengesbaeva Ozoda Jetkenshek qizi

Nukus davlat texnika universiteti o‘quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15709273

Raqamli texnologiyalar ta’lim tizimining barcha bosqichlariga jadal kirib kelmoqda.

O‘quv jarayonini raqamlashtirish o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilimga
bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va individual yondashuv asosida bilim berish imkonini
bermoqda. Bugungi kunda nafaqat texnik bilimlarni, balki kreativ fikrlash, muammolarni hal
qilish va muloqot ko‘nikmalarini ham shakllantirish zaruriyati yuzaga kelgan. Bunday
maqsadlarga erishishda zamonaviy raqamli pedagogik modellar muhim vosita hisoblanadi.

An’anaviy ta’limda o‘quvchilar sinfda nazariy bilimlarni o‘zlashtiradilar, uyga esa

mustaqil topshiriqlar beriladi.

Aks sinf modeli (Flipped Classroom)

bu tartibni o‘zgartiradi:

o‘quvchi nazariy materialni uyda mustaqil o‘rganadi, sinfda esa amaliyot, muhokama va loyiha
ishlari amalga oshiriladi. Ushbu model raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida keng
qo‘llanilmoqda va o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Flipped

Classroom

modeli o‘qitish jarayonini interaktiv, faol va o‘quvchi markazli qilishga xizmat

qiladi. Darsning asosiy nazariy qismi (ma’ruza, tushuntirish, asosiy kontseptlar) oldindan
tayyorlangan video darslar, prezentatsiyalar yoki maqolalar orqali o‘quvchiga yetkaziladi.
Dars jarayoni esa chuqur tahlil, savol-javob, amaliy mashg‘ulotlar, guruhli ishlarga ajratiladi.

Qo‘llaniladigan raqamli vositalar

Video darslar tayyorlash:

Loom, Camtasia, Screencast-O-Matic

Ta’lim platformalari:

YouTube, Khan Academy, Edpuzzle

Interaktiv muhokama:

Padlet, Google Jamboard, Mentimeter

Baholash va fikr-mulohaza:

Google Forms, Quizizz, Socrative

Ta’lim tizimining zamonaviy bosqichida o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini

oshirish, ularni dars jarayoniga faol jalb etish, mustahkam motivatsiyaga ega bo‘lishlarini
ta’minlash pedagogik faoliyatning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu nuqtai nazardan,
raqamli texnologiyalar asosida shakllangan

gamifikatsiyalashgan o‘qitish

modeli ta’lim

sohasida innovatsion va samarali yondashuvlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu model
dars jarayoniga o‘yin mexanizmlarini integratsiya qilish orqali o‘quvchini faol ishtirokchi,
tashabbuskor va bilim olishga motivatsiyalangan shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan. Bu
model o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ongli yondashuvini kuchaytiradi, o‘zlashtirish
darajasini yaxshilaydi hamda ularni faollikka undaydi. O‘yin elementlari o‘quvchilarda intilish,
muvaffaqiyatga erishish istagini uyg‘otadi va ular tomonidan bilimlarni ongli ravishda
o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi.

Zamonaviy ta’lim jarayonining markazida o‘quvchi turibdi. Har bir o‘quvchi o‘ziga xos

qobiliyat, o‘rganish uslubi, bilim darajasi, qiziqish doirasiga ega. Shu sababli umumiy
yondashuvdan ko‘ra individual va moslashtirilgan o‘qitish modeli tobora dolzarb bo‘lib
bormoqda. Bu model o‘quvchining o‘rganish sur’atiga, uslubiga va ehtiyojlariga
moslashtirilgan ta’limni tashkil etishni nazarda tutadi. Raqamli texnologiyalar esa bu
yondashuvni keng ko‘lamda qo‘llashga keng imkoniyat yaratadi. Individual va moslashtirilgan
o‘qitish modeli — bu o‘quv jarayonining markaziga har bir o‘quvchining individual o‘ziga
xosligini qo‘yish, ularning shaxsiy imkoniyat va ehtiyojlarini hisobga olib, ta’lim mazmuni,


background image

83

metodikasi va tezligini moslashtirishni nazarda tutadi. Bu modelda har bir o‘quvchi uchun
maxsus ta’lim yo‘li (learning path) shakllantiriladi.

Ta’limda raqamli yondashuvlarni muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun tizimli tayyorgarlik,

infrastrukturaviy imkoniyatlar va pedagogik innovatsiyalarga tayyorlik muhim ahamiyat kasb
etadi.Umuman olganda, raqamli texnologiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan pedagogik
modellar zamonaviy ta’limning sifatini oshirish, uning moslashuvchanligi va shaxsga
yo‘naltirilganligini ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Kelajakda bu yondashuvlar ta’lim
tizimining asosiy tamoyillaridan biriga aylanishi shubhasiz.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bergmann, J., & Sams, A. (2012).

Flip Your Classroom: Reach Every Student in Every Class

Every Day

. International Society for Technology in Education.

2.

Horn, M. B., & Staker, H. (2015).

Blended: Using Disruptive Innovation to Improve Schools

.

Jossey-Bass.
3.

Kapp, K. M. (2012).

The Gamification of Learning and Instruction: Game-based Methods

and Strategies for Training and Education

. Pfeiffer.

4.

Pane, J. F., Steiner, E. D., Baird, M. D., & Hamilton, L. S. (2017).

Informing Progress:

Insights on Personalized Learning Implementation and Effects

. RAND Corporation.

5.

Deterding, S., Dixon, D., Khaled, R., & Nacke, L. (2011). From Game Design Elements to

Gamefulness: Defining "Gamification".

Proceedings of the 15th International Academic

MindTrek Conference

.

6.

Anderson, T., & Dron, J. (2011). Three Generations of Distance Education Pedagogy.

International Review of Research in Open and Distance Learning

, 12(3), 80–97.

References

Bergmann, J., & Sams, A. (2012). Flip Your Classroom: Reach Every Student in Every Class Every Day. International Society for Technology in Education.

Horn, M. B., & Staker, H. (2015). Blended: Using Disruptive Innovation to Improve Schools. Jossey-Bass.

Kapp, K. M. (2012). The Gamification of Learning and Instruction: Game-based Methods and Strategies for Training and Education. Pfeiffer.

Pane, J. F., Steiner, E. D., Baird, M. D., & Hamilton, L. S. (2017). Informing Progress: Insights on Personalized Learning Implementation and Effects. RAND Corporation.

Deterding, S., Dixon, D., Khaled, R., & Nacke, L. (2011). From Game Design Elements to Gamefulness: Defining "Gamification". Proceedings of the 15th International Academic MindTrek Conference.

Anderson, T., & Dron, J. (2011). Three Generations of Distance Education Pedagogy. International Review of Research in Open and Distance Learning, 12(3), 80–97.