9
SAMARQAND SHAXARIDA TURARJOY BINOLARINI TIKLASH MUAMMOLARI
Jamoliddin Usarov Tulqinovich
Jizzax politexnika instituti
Arxtekturaviy loyihlash katta o’qituvchisi
Abduqaxxrorov Aziz Laziz o’g’li
Jizzax politexnika instituti Arxitektura yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15734384
Аnnоtаtsiyа:
O’zbekistonni dunyoga ko’z–ko’z qiluvchi, turistlar aqlini shoshtiruvchi,
ularni xis–hayajonlarga soluvchi go’zal tarixiy shaharlarimiz, arxitektura yodgorliklari va
majmualari borki, bugungi kunda ularning mavqyei dunyoga mashhurdir. Ular qatoriga
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Toshkent, Qo’qon, Nurota kabi shaharlar kiradi.
Bunday shaharlarimizning mavqyei, ayniqsa, Mustaqilligimiz shukuhining dunyoga
taralayotgan, O’zbekiston degan go’zal diyorni jahon taniyotgan va unga olam xalqining, nafaqat
sayyohlarning, balki ishbilarmonlarning ham intilayotgan bir davrida yanada oshib borishi
shubhasizdir.
Kalit so’zlar:
O’zbekiston, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Toshkent, Qo’qon tarixiy
shaharlarimiz turarjoy me’moriy–madaniy merosi.
Annotation:
We have beautiful historical cities, architectural monuments and complexes
that show off Uzbekistan to the world, stir the minds of tourists, make them feel emotions, and
today their position is known to the world. Among them are such cities as Samarkand, Bukhara,
Khiva, Shakhrisabz, Tashkent, Kokan, Nurota. There is no doubt that the position of such cities
will increase, especially at a time when the glory of our independence is spreading to the world,
when the world knows the beautiful country of Uzbekistan, and the people of the world, not
only tourists, but also businessmen, aspire to it.
Key words:
residential architectural and cultural heritage of our historical cities of
Uzbekistan, Samarkand, Bukhara, Khiva, Shakhrisabz, Tashkent, Kokand.
Bunday tarixiy shaharlarning markazlarida bizgacha saqlangan dunyoga mashhur
me’moriy komplekslar, tarixiy ark–qal’alar, ansambllar, piyoda ko’chalar, savdo inshootlari,
minoralar, arxitektura yodgorliklaridan tashqari an’anaviy turarjoylar, mahalla va guzarlar
ham borki, ular o’sha tarixiy shaharlar me’moriy muhitining ajralmas va chambarchas tarkibiy
qismlaridar. Ayrim tarixiy shaharlar markaziy qismi bilan yonma–yon va tutash joylashgan bu
an’anaviy tarixiy turarjoy binolari ushbu shaharlar me’moriy shakllari va muhitining
uyg’unlashgan strukturaviy tizimini tashkil qiladi.
Biroq ming afsuski, hayot tarzi, tezkor taraqqiyot, halqaro turistik ehtiyojlar va
zamonaviy talablar bunday an’anaviy va tarixiy turarjoylarning saqlanib qolishiga xavf
solmoqda. Ularning o’rniga tarixiy shaharlarimiz muhitiga mos kelmaydigan yangi binolar,
savdo va boshqa maishiy xizmatlar ko’rsatish binolari qurilmoqda. Bunday holatlarni
Samarqand, Shaxrisabz, Qo’qon va boshqa tarixiy shaharlarda uchratish mumkin. Jumladan,
Samarqand shahridagi mashhur Registon maydoni atrofidagi tarixiy turarjoylar o’rnini 4
qavatlik o’rta maktab va zamonaviy ko’p seksiyali baland uylar egallagan. Ko’pgina
shaxarlarning bosh tarxlarida an’anaviy turarjoy hududlarining sezilarli qismini ko’p qavatli
binolar bilan almashtirish ko’zda tutilgan. Bunday shaharsozlik dissonanslari va noxushliklar
boshqa tarixiy shaharlarda ham uchraydi.
10
O’zbekistonning boy tarixiy me’moriy–madaniy merosi va shaharlariga dunyoviy
qiziqishning oshib borayotgan bir davrida bunday shaharsozlik xatoliklarining bartaraf etilishi
zarur.
Muammoni yechishning eng ishonchli yo’nalishlaridan biri–bu ushbu tarixiy shaharlar
markazlari atrofidagi zamonaviy, tarixiy muhit talablariga javob bermaydigan imoratlar o’rniga
an’anaviy turarjoylar arxitekturasi va tarixiy shaharlar muhitiga mos keluvchi yangi
turarjoylarni tiklash va joylashtirishdir.
Xo’sh, bunday turarjoylarni tiklash loyihalarini yaratish va ularni tarixiy shaharlar
markazlari arxitekturasi va muhitiga moslashtirish bo’yicha Respublikamizda biron–bir ilmiy,
ijodiy yoki amaliy ishlar bajarilganmi? Bunday ishlar Buxoro shahrining tarixiy markaziy
qismida, Toshkentda Navoiy shoh ko’chasida va boshqa shaharlarda qisman, zamonaviy hayot
ehtiyojlari asosida bajarilib kelinmoqda. Biroq bu sohadagi xorijiy tajribalarni o’rganish, tahlil
qilish, o’zaro taqqoslash va ilmiy umumlashtirish asosida ilmiy asoslangan taklif va
mulohazalar, loyihalar ishlab chiqilmagan. Mazkur tadqiqot ana shu zamonaviy muammo va
ijtimoiy vazifalarni hal qilishga, ularni magistrlik dissertasiyasi doirasida yechishga qaratilgan
dolzarb mavzuga yo’naltirilgan.
Tadqiqot obyektini O’zbekiston tarixiy shaharlarida o’tmishda qurilgan va bizgacha
saqlangan an’anaviy turarjoy binolari tashkil qiladi.
Tadqiqot predmeti esa O’zbekiston tarixiy shaharlaridagi an’anaviy turarjoylar
arxitekturasi va ularni o’sha tarixiy shaharlar muhitiga mos tarzda qayta tiklash va
shakllantirish tamoyillarini o’rganishdir.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
bu sohadagi Vatanimiz va xorijiy tajribalarni o’rganish,
ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish asosida O’zbekiston tarixiy shaharlari markazlari muhitiga
mos keluvchi an’anaviy turarjoylar arxitekturasini tiklash va loyihalashning ilmiy asoslari va
tamoyillarini shakllantirish, aniqlash va bu sohadagi dolzarb muammolarni yechishga
qaratilgan takliflarni ishlab chiqishdir.
Mazkur maqsadga erishish uchun tadqiqotda quyidagi ilmiy vazifalar qo’yilgan:
-
O’zbekiston tarixiy shaharlariga xos an’anaviy turarjoy binolarining arxitekturasini
o’rganish;
-
Tarixiy shaharlar markazlari doirasida amalga oshirilayotgan Vatanimiz shaharsozlik
tajribalarini tahlil qilish;
-
Tarixiy shaharlar misolidagi xorijiy shaharsozlik amaliyotining qayti tiklash tajribalarini
o’rganish;
-
O’tkazilgan tadqiqotlar asosida tarixiy shaharlar markazlariga xos an’anaviy binolarining
zamonaviy loyihalarini yaratish va ularni tarixiy muhitga mos holda shakllantirish tamoyillarini
ishlab chiqish.
O’zbekiston shaharlarining markazlari–eng nufuzli turistik ehtiyojlar va kelajak avlodlar
uchun xizmat qiladigan merosiy obyektlardir. Bunday nufuzli joylar arxitekturasi tarixiy muhit
va davrga mos va xos bo’lishligini ta’minlash davr talabidir.
Bugungi kunda tarixiy shaharlarimiz markazlarini qayta tiklash ishlarida ro’y
berilayotgan xatoliklarni bartaraf etish bo’yicha Respublikamizda biron–bir ilmiy–amaliy
asoslangan takliflarning yo’qligi va ularni yaratish zarurligi mazkur tadqiqot shakllanishining
ilmiy farazi hisoblanadi.
Tadqiqot uslubiyati va uslublariga.
O’zbekiston tarixiy shaharlarida bizgacha saqlangan
11
an’anaviy turarjoylarni natural va grafoanalitik o’rganish, tarixiy shaharlar markazlarida
bunday turarjoylarni qayta tiklash bo’yicha erishilgan Vatanimiz va xorijiy tajribalarni tahlil
qilish, ilmiy taqqoslash va umumlashtirish asosida ularni qayta tiklash va shakllantirish
tamoyillarini ishlab chiqish kiradi.
Tadqiqot
natijalarining
nazariy
ahamiyati
shundaki,
ular
O’zbekiston
arxitekturashunoslik fanini dissertasiya mavzusi bo’yicha ko’tarilgan muammolar yechimiga
bag’ishlangan ilmiy asar yohud ishlanma sifatida to’ldiradi, boyitadi, bu sohada kelgusida
bajariladigan yanada chuqurroq va kengroq ilmiy ishlarni bajarishga asos bo’lib xizmat qiladi.
Arxitektura ta’lim tizimidagi arxitektura yodgorliklarini tiklash, tarixiy shaharlar markazini
zamonaviy shakllantirish bilan bog’liq fanlarni o’qitish va ularga tegishi o’quv adabiyotlarini
yaratish bo’yicha zarur materiallar bo’lib xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa tarixiy shaharlarimiz markazlarining me’moriy–
shaharsozlik qiyofasi va me’moriy masshtab–ko’lamlarini shakllantirish bo’yicha bajariladigan
me’moriy–shaharsozlik loyihalarini ishlab chiqishda tayanch ilmiy–amaliy material sifatida
zarurligidir.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda O’zbekiston arxitekturashunoslik fanida
birinchilardan bo’lib tarixiy shaharlar markazlarini qayta tiklash, xususan ularda an’anaviy xalq
turarjoylarini shakllantirish bo’yicha ilmiy asoslangan nazariy va amaliy takliflarning ishlab
chiqilishidir.
Dissertasiyaning I–bobi Tarixiy shahar markazlariga xos turarjoy binolarini o’rganishga
qaratilgan bo’lib, unda O’zbekistonning tarixiy shaharlari markazlariga xos xususiyatlar, tarixiy
shaharlar markazlarida turarjoy binolarining shakllanishi, tarixiy shaharlarga mos an’anaviy
turarjoy binolarining arxitekturasi, tarixiy shahar markazlarida qurilgan zamonaviy turarjoy
binolarini qayta tiklash tajribalarini tadqiq qilinadi.
II–bobda
Tarixiy shahar markazlariga xos turarjoy binolarini qayta tiklash tajribalarini
tadqiq qilingan bo’lib, unda xorijiy mamlakatlar tajribalari, sobiq ittifoq davri tajribalari va
Mustaqil O’zbekiston me’morlarining ishlari o’rganib chiqiladi.
III–bobda Samarqand shahrining tarixiy qisimga mos zamonaviy turarjoy binolarini
shakllantirish tamoyillari tadqiq qilinib, unda turarjoy uylarining zamonaviy tipologiyasini
shakllantirish, turarjoylarni shakllantirishda mahalliy tabiiy–iqlim sharoitlari va an’anaviy irf–
odatlarni e’tiborga olish va zamonaviy turarjoylarning me’moriy–rejaviy yechimlarini
shakllantirish tamoyillari ishlab chiqiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Uralov.A.S. Гражданское зодчество средневековой Централъной Азии.–T.,2021
2.
A.S.Uralov, Elina Mohd Husini. Harmonization, decoration of architectural forms and light.
-Malaysia, 2021.
3.
Toshtemirov R.T., Toriniyazov M.U. Obyemno–prostransvennaya organizasiya i uchet
mestnix prirodnogo–klimaticheskix usloviya v narodnom jilishye. V sb. mat. Respublikanskoy
nauch. konferensii SamGASI, 2010.
4.
Toshtemirov R.T., Aymatov A.A. An’anaviy xalq o‘yinlarida tadbirkorlik, ishlab chiqarish
tizimi va kelajakdagi istiqbollari. “Samarqand shahri arxitekturasi, zamonaviy shaharsozlik va
12
shahar qurilish muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy amaliy konf. materiallari–
Samarqand, 2011.
5.
Isakova M. O‘zbekiston shaharlari turarjoy qurilishining me’moriy–badiiy qiyofasi. konf.
materiallari–Samarqand, 2011.
6.
Salimov A.M. Magistrlik disertasiyasini yozish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma.–T., 2003.