Авторы

  • Jamoliddin Usarov
    Jizzax politexnika instituti Arxtekturaviy loyihlash katta o’qituvchisi
  • Aziz Abduqaxxrorov
    Jizzax politexnika instituti Arxitektura yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.112988

Ключевые слова:

Tarixiy Uy-joy shahar tarkibiy qurilish savdo Maxalliy Samarqand Toshkent ko‘chalar komplekslar.

Аннотация

O‘zbekiston hududi iqlimlari turlicha bo‘lgan regionlardan iborat bo‘lib, uy-joy qurilishi bu regionlarda turlicha tarkib topgan bo‘lib, o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega. O‘rta asrlarda rivojlangan markazlar Buxoro, Xiva, Samarkand, Toshkent va Fargona vodiysida uy-joy qurilishining o‘ziga xos turlicha yo‘llar bilan rivojlanganligini.


background image

4

O‘ZBEKISTONDA TARIXIY SHAHARLAR MARKAZLARINI QAYTA TIKLASH

BO’YICHA AMALGA OSHIRISH KERAK BO’LGAN MUHUM IZLANISHLAR

Jamoliddin Usarov Tulqinovich

Jizzax politexnika instituti

Arxtekturaviy loyihlash katta o’qituvchisi

Usarovjamoliddin332@gmail.com

Abduqaxxrorov Aziz Laziz o’g’li

Jizzax politexnika instituti Arxitektura yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15734367

Аnnоtаtsiyа:

O‘zbekiston hududi iqlimlari turlicha bo‘lgan regionlardan iborat bo‘lib, uy-

joy qurilishi bu regionlarda turlicha tarkib topgan bo‘lib, o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega. O‘rta
asrlarda rivojlangan markazlar Buxoro, Xiva, Samarkand, Toshkent va Fargona vodiysida uy-
joy qurilishining o‘ziga xos turlicha yo‘llar bilan rivojlanganligini.

O‘zbekiston tarixiy shaharlar markazlarini qayta tiklash, xususan ularda an’anaviy xalq

turarjoylarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan nazariy va amaliy takliflarning ishlab
chiqilganidir. Bunda uy-joy qurilishga iqlim sharoitining va dinning ta’siri nixoyatda katta
bo‘lgan, an’anaviy tarixiy turar joylar binolari ushbu shuhurlar me’moriy shakllari yuzasidan
olib borilgan ishlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Tarixiy, Uy-joy, shahar, tarkibiy, qurilish, savdo, Maxalliy, Samarqand,

Toshkent, ko‘chalar, komplekslar.

Abstract:

The territory of Uzbekistan consists of regions with different climates, housing

construction has a different composition in these regions and has a unique history of
development. In the medieval centers of Bukhara, Khiva, Samarkand, Tashkent and Fargona
valley, housing construction developed in different ways.

Scientifically based theoretical and practical proposals have been developed for the

restoration of the centers of historical cities of Uzbekistan, in particular, the formation of
traditional folk settlements in them. In this, the influence of climatic conditions and religion on
housing construction is extremely large.

Key words:

Historical, Housing, city, structure, construction, trade, Local, Samarkand,

Tashkent, streets, complexes.


Eski turar joy uylaridagi xonadonlarning hajmiy-loyixaviy yechimi zamonaviy meyorlarga

javob bermaydi, aslida esa ularning ko‘pgina konstruktiv yechimlari talab doirasida bo‘lgani
uchun bu turar joy uylarini rekonstruksiyalash maqsadga muvofiq. Shuningdek, bu turar joy
uylarining ichki loyixaviy yechimlarini va tashqi ko‘rinishlarini xozirgi talab doirasida
o‘zgartirish kerak bo‘ladi.

Kurilgan turar joy uylarini uch kategoriyali bo‘lish mumkin.

1–kategoriyaga 2–jaxon urushdan avvalgi kurilgan turar joy uylari (1–2kavatli).
2–kategoriyaga XX–asrving 50–60–yillarida qurilgan turar joy uylari.
3–kategoriyaga zilziladan keyingi (1966–1990) yilda qurilgan turar joy uylar.
Turar joy uylarini kategoriyasi, kavatlar soni va arxitekturaviy–loyixaviy, konstruktiv–

texnologii yechimi, fari qilib turadi va bu har bir qurilgan kategoriya uchun xarakterlidir. Shu
bilan birga rekonstruksiyalash metodini ishlab chiqishda ishlab chiqarish texnologiyasi omili
xam aniqlovchi xisoblanadi.

Rekonstruksiyalash

tugrisida

qarorni

tanlashga

avvalo

tuman

rivojida


background image

5

rekonstruksiyalanadigan turar joy uyining o‘rni ta’sir ko‘rsatadi.Shaxarning qaror topgan
qismlarini rekonstruksiyalashni amalga oshirish jarayonida u yoki bu turar joy binosini
rekonstruksiyalash masalasida fikrlarni doimiy qayta baxolash yuz beradi.

Me’moriy rejaviy rekonstruksiyalash variantlari;
1–turar joy binosyanyng xajmini va kompoznsiyasini uzgartirmay saqlab qolish va ichki

loyixaviy yechimlarni o‘zgartirish. Bu xolda loyixaviy yechim ish talab darajasida maqsadli
o‘zgartirish yoki turar joy binosini funksional sifatini almashtirish mumkin bo‘ladi (Masalan,
turar joy uyining birinchya qavatini savdo xizmat ko‘rsatish obyektlariga).

2–rekonstruksiyalashning shakllaridan biri sifatida turar joy korpuslarini kengaytirish va

ustiga qurish, eski va ancha kech qurilgan turar joy binolar uchun xos, ular qurilish zichligini
oshirishga turar joy funksiyalarini saqlagan xolda va qisman qayta ixtisoslanilgan holda
shakllantirishga imkon beradi. Turar joy binosining yoniga qurish va ustiga qurish natijasida
o‘zgartirish daxa qurilishning umumiy kompozisiyasi yoki uni qayta tuzish istikbollari bilan
qo‘shib olib borilishi kerak bo‘ladi.

3–rekonstruksiyalash ishlari darajasi turar joy binosinnng texnik xolat va ishonchliligini

baxolash asosida unimiy elementlаri dastlabki jismoniy qurishning o‘zgarish darajasi bilan
belgilangan, Rekonstruksiyalash qarorni nazarda tutadigan. Bunda ma’naviy eskirish omillarini
bartaraf etishga, binolarning eksplatatsiyon tavsiflarini oshirishga va moslashuvchan
rejalashtirish sharoitlarini yaratishga, poydevorlarni kuchaytirilishdan tortib to quvvatni
oshirish va yer osti fazosidan oqilona foydalanishgacha axamiyat beriladi.

Rekonstruksiyalash jarayonlari engasosiy konstruktiv-texnologik majmuaxisoblanib, uuz

ichiga sikik shaxar qurilishiga sharoitida yashlarni amalga oshirishni ta’minlovchi ilg‘or
texnologiyalar bilan birgalikda eng oqilona yechim xisoblanadi.

Eski turar joy fondini rekonstruksiyalashda fasadlar arxitekturasini shakllantirishdan

aloxida o‘rin ajratiladi. Me’moriy va tarxiy qiymatga ega barcha binolar fasadlari va ular
elementlarining mavjud kompozyasiyalarini saqlagan xolda xal etilishikerak. Turar joy binolari
ustiga qurish va bunda rekonstruksillanayotgan uyning kompozisnyasiga muvofiq fasad
detallaridan foydalanish xisobiga arxitektura usuli birligining saqlanishini ta’minlashi kerak
bo‘ladi.

O‘zbekistonning boy tarixiy me’moriy–madaniy merosi va shaharlariga dunyoviy

qiziqishning oshib borayotgan bir davrida bunday shaharsozlik xatoliklarining bartaraf etilishi
zarur.

Muammoni yechishning eng ishonchli yo‘nalishlaridan biri–bu ushbu tarixiy shaharlar

markazlari atrofidagi zamonaviy, tarixiy muhit talablariga javob bermaydigan imoratlar o‘rniga
an’anaviy turarjoylar arxitekturasi va tarixiy shaharlar muhitiga mos keluvchi yangi
turarjoylarni tiklash va joylashtirishdir. (2-rasmga qarang)


background image

6

1-rasm (O‘rta asrlarda Samarqanddagi

turarjoy binolari)

2-rasm (Mustaqillik yillarida Mir Sayyid turarjoy

binolari) Baraka ko‘chasida qurilgan turar joy

binosi)

Xo‘sh, bunday turarjoylarni tiklash loyihalarini yaratish va ularni tarixiy shaharlar

markazlari arxitekturasi va muhitiga moslashtirish bo‘yicha Respublikamizda biron–bir ilmiy,
ijodiy yoki amaliy ishlar bajarilganmi? Bunday ishlar

X.Sh. Po‘latov va A.S. Uralovlarning “Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va qayta

qurish” (Toshkent, 2002) kitobida gap faqat me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash, qayta tiklash
va saqlab qolish, ularni zamonaviy ehtiyojlarga moslashtirish usullari haqida boradi.

Yuqoridagi tahlildan ko‘rinib turibdiki, tarixiy shaharlar markazlaridagi an’anaviy

turarjoylarni o‘rganish, ularning tarixiy markazlari muhitiga mos zamonaviy loyihalarini
yaratish, ularni ilmiy asoslash bo‘yicha jiddiy ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan. Ular alohida
maqola va mulohazalar ko‘rinishidadir.

Xorijiy mamlakatlar tajribalari

Oxirgi yillarda chet el va Yevropa davlatlarida tarixiy merosdan foydalanish bo‘yicha

katta tajriba to‘plandi. Bu tajribaga nihoyatda turlicha sharoitlarda ega bo‘lindi: Moskva, Sankt-
Peterburg, Praga, Sofiya, Budapesht, Buxarestni qayta tiklashda; urush davrida kuchli
vayronagarchilikka uchragan Varshava, Pskov shaharlarini tiklash va qurishda; Suzdal, Rostov,
Neseber, Tirnovo, Torun kabi shahar-qo‘riqxonalarni barpo qilishda ulkan tajribalar
orttirilgan. Bu jihatdan, me’moriy merosdan foydalanishga kompleks hududiy-fazoviy
yondoshilgan Moskva, Kiyev, Chernigov, Zagorsk, Suzdal, Kamenes-Podolskiy, Tallin, Vilnyus,
Msxeta va boshqa shaharlarning qayta tiklanishi bunga misol bo‘la oladi. Yirik ishlardan biri -
«Oltin xalqa» majmuasi (bosh me’mor M.A. Orlov va prof. Yu.V.Raninskiy), unda tarixiy-
me’moriy merosdan foydalanish muammosini rivojlantirish, shaharlarning bir butunlikda
tarixiy muhitlarini saqlash, muhofaza xududlarini aniqlash va kompozision yaxlitlikni saqlash
ko‘zda tutilgan, tarixiy xududlar alohida qo‘riqxona zonalariga ajratilgan va sayyohlik,
madaniy-maishiy maqsadlarda faol foydalanilmoqda. Suzdal tarixiy-me’moriy yodgorliklar
majmuasini saqlash asosiy prinsipi shahar muhiti rivojining morfologik (shakliy) ko‘rinishini
ifodalovchi, shahar va binolarning yuzaga kelgan kompozisiyaviy tuzilishini asrashdan
iboratdir.

Restoran, kafe va savdo korxonalari ilgarigi savdo rastalariga joylashtirilgan (“Staraya”

ko‘chasi va Rizopolojenskiy monastirida). Sayyohlik markazining asosiy ma’naviy-ma’rifiy
markazi hisoblangan muzey ekspozisiyasi obyekti shahar hududida joylashtirilgan. Muhim


background image

7

ekspozisiyalar kreml va unga tutash bo‘lgan me’moriy yodgorliklarga joylashtirilgan,
ekspozisiyaning bir qismi ochiq osmon ostidagi muzeyda namoyish etilmoqda.

Foydalanishga moslashtirish, yodgorlik-binolarni muzeylashtirish shahar bosh

rekonstruksiyasi loyihasiga kiritilgan shaharsozlik g‘oyalarining tabiiy rivoji, binolarni tiklash
rejasining aniq ifodasidir. Bu rejani amalga oshirish shahar tarixiy qismi va zamonaviy
qurilishlar tuzilishini sinchiklab o‘rganishga asoslanadi. Suzdal shahri strukturasi tahlilining
asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

-

Suzdal tarixiy yadrosi tarixiy-badiiy va me’moriy majmuasining aniq tabiiy sharoitlarda

shakllanish qonuniyatini aniqlash;

-

markaz majmuasidagi har bir bino va inshoot vazifasi va ahamiyatini aniqlash; ko‘cha va

tor ko‘chalarni yaxlit birlikka bog‘lovchi dominantlarni, ularning o‘qini, qurilishning tarixiy
chegarasini, gorizont chizig‘ini (inshootlar va relyef bilan yuzaga kelgan aniq siluetini)
aniqlash;

-

binolarni qurish yoki qayta tiklash vaqtida uyga egalik va uy egasining ijtimoiy

xarakteristikasini, uy egaligi o‘lchamlari va uning chegaralarini o‘rganish;

-

xo‘jalik va texnik qurilishlar xarakteri; ta’mirlash yoki qayta tiklashning zarurligini

aniqlash uchun uy egaligini bahosi;

-

eski inshootni yangi vazifaga qisman moslashtirish, shuningdek yangi qurilish qiyofasi va

ishlab chiqilgan markaz rejaviy tuzilishga mumkin bo‘ladigan aralashishlar va imkoniyatlar
me’yorini aniqlash.

Suzdal rekonstruksiyasi loyihasining asosiy g‘oyasi alohida yodgorliklar va me’moriy

majmualarni imkon qadar saqlab qolish, tarixiy shahar muhiti va bu qadimiy rus shahrining
o‘ziga xos koloriti, landshaftini saqlash, me’moriy yodgorlik binolaridan muzey madaniy-
ma’rifiy va sayyohlik maqsadlari uchun foydalangan holda eski qurilishlarni saqlab qolishdan
iborat.

Tarixiy-me’moriy merosdan foydalanish muammosi maxsus bilimni talab etadigan ko‘p

sohalardan iborat bo‘lgan yodgorlik fazoviy muhitini tashkil qilishdan boshlanadi:

- transport kommunikasiyalarini tashkil qilish (ma’lumki, zamonaviy transport vibrasiya

tufayli yodgorliklarga zararli ta’sir ko‘rsatadi);

- yodgorliklar hududini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish;
- zamonaviy qurilishni me’morchilik yodgorliklari bilan «tutashtirish» muammosi, uning

foni;

Bu masalalarning keyingi rivoji butun shahar fazoviy muhiti yechimini, tarixiy rayonlar,

shahar me’morchiligi kompozision yaxlitligini saqlab qolishni, uning ta’sirchan atmosferasini
saqlashni qamrab oladi. Axir me’morchilik yodgorliklari - bu, o‘zida jonsiz inshootlar emas, ular
shaharning ma’lum koloritini, kayfiyat va xarakterini yaratgan holda o‘zining alohida hayoti
bilan yashaydi.

Merosning hayotni keng fazolarda tashkil qilish sistemasi bilan bevosita aloqasidan

tarixiy shaharlar rekonstruksiyasiga, so‘ngra me’moriy majmualar va alohida yodgorliklarga
o‘tish - umumiydan juz’iyga o‘tish - me’moriy merosni zamonaviy hayotiy muhitga uzviy
kiritishni ta’minlashi mumkin. Yangi ijtimoiy vazifa, uning shahar strukturasidagi zaruriyati va
muhimligi obyektga mashhurlik olib kelishga va uning ijtimoiy ahamiyatini ko‘tarishga qodir.
Dastlab shahar muhiti tadbiq etilgan: hududning aniq egalik qiluvchiga taalluqliligi, turar joy
fondining aholi zichligi, jamoat binolari, ularning mustahkamligi, yaroqliligi va sanitar holati


background image

8

belgilandi.

Ma’lumotlar maxsus kartogrammalarga tushirildi. So‘ng interyer va fasadlarning holati,

stil xususiyati, binolar klassifikasiyasi va xronologiyasi tadqiq qilindi. Shuningdek shahar
muhitini buzuvchi inshootlar aniqlandi. Shahar strukturasi va shakli, landshafti o‘rganildi,
qayta tiklashning alohida zonalari ajratildi. Chet el davlatlarida o‘tkazilgan qator ishlarni
taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, dastlabki tadqiqotlar hajmi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik
ular puxta amalga oshirilgan, ayniqsa loyihaviy takliflar asoslangan va samarali bo‘lgan. Bunday
tadqiqotlarni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas, sxemalashtirish yoki ular hajmini asossiz
qisqartirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Me’moriy yodgorliklar regenerasiyasining chet el
tajribasiga murojaat qilib shuni ta’kidlash mumkinki, binolardan muzey maqsadidan tashqari
kutubxonalar, o‘quv yoki konsert zallari, mehmonxonalar, turistik majmualar, turar joylar, kafe
va restoranlar uchun foydalanadilar. Yevropa me’moriy yodgorliklarining aksari qismi
qanchalik madaniy-oqartuv maqsadlarda foydalanilsa, turizm va dam olish uchun ham
shunchalik foydalaniladi. Bunday obyektlarning yuksak estetik qiymati ko‘plab turistlar uchun,
ularni yanada jozibador qilib ko‘rsatadi, shunday ekan ular yanada daromadli bo‘ladi. Ma’lumki
Yevropada kafening ommabopligi karvon-saroylar rivojiga ta’sir eta boshladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Uralov.A.S. Гражданское зодчество средневековой Централъной Азии.–T.,2021

2.

A.S.Uralov, Elina Mohd Husini. Harmonization, decoration of architectural forms and light.

-Malaysia, 2021.
3.

Toshtemirov R.T., Toriniyazov M.U. Obyemno–prostransvennaya organizasiya i uchet

mestnix prirodnogo–klimaticheskix usloviya v narodnom jilishye. V sb. mat. Respublikanskoy
nauch. konferensii SamGASI, 2010.
4.

Toshtemirov R.T., Aymatov A.A. An’anaviy xalq o‘yinlarida tadbirkorlik, ishlab chiqarish

tizimi va kelajakdagi istiqbollari. “Samarqand shahri arxitekturasi, zamonaviy shaharsozlik va
shahar qurilish muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy amaliy konf. materiallari–
Samarqand, 2011.
5.

Isakova M. O‘zbekiston shaharlari turarjoy qurilishining me’moriy–badiiy qiyofasi. konf.

materiallari–Samarqand, 2011.
6.

Salimov A.M. Magistrlik disertasiyasini yozish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma.–T., 2003.

Библиографические ссылки

Uralov.A.S. Гражданское зодчество средневековой Централъной Азии.–T.,2021

A.S.Uralov, Elina Mohd Husini. Harmonization, decoration of architectural forms and light. -Malaysia, 2021.

Toshtemirov R.T., Toriniyazov M.U. Obyemno–prostransvennaya organizasiya i uchet mestnix prirodnogo–klimaticheskix usloviya v narodnom jilishye. V sb. mat. Respublikanskoy nauch. konferensii SamGASI, 2010.

Toshtemirov R.T., Aymatov A.A. An’anaviy xalq o‘yinlarida tadbirkorlik, ishlab chiqarish tizimi va kelajakdagi istiqbollari. “Samarqand shahri arxitekturasi, zamonaviy shaharsozlik va shahar qurilish muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy amaliy konf. materiallari–Samarqand, 2011.

Isakova M. O‘zbekiston shaharlari turarjoy qurilishining me’moriy–badiiy qiyofasi. konf. materiallari–Samarqand, 2011.

Salimov A.M. Magistrlik disertasiyasini yozish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma.–T., 2003.