Авторы

  • S. Xakimov
    FarDU katta o‘qituvchisi
  • X. Tilavoldiyeva
    FarDU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdif.112990

Ключевые слова:

Sakrash o‘tirish osilish uloqtirish gimnastik snaryadlarda mashq bajarish tayanish oddiy ushlash tayanib turib tebranish oldinga siltanish oldinga tebranganda kutarilishi.

Аннотация

Ushbu maqolada yosh gimnastikachilarning dastlabki tayyorgarlik bosqichida haftalik mikrotsikl asosida mashg‘ulot dasturini tuzish metodikasi yoritilgan. Mikrotsikl doirasida yuklamalarni optimal taqsimlash, tiklanish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish, hamda har bir kun uchun mashg‘ulot mazmunini aniqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar keltirilgan. Dasturda jismoniy, texnik va psixologik tayyorgarlik elementlari uyg‘unlashtirilgan holda, yosh gimnastikachilarning yoshi va tayyorgarlik darajasiga mos metodlar asosida tavsiyalar berilgan.


background image

160

YOSH GIMNASTIKACHILARNING HAFTALIK MIKROTSIKLI BO‘YICHA

DASTLABKI TAYYORGARLIK GURUHIGA MO‘LJALLANGAN DASTUR TUZISH

METODIKASI

S.Xakimov

FarDU katta o‘qituvchisi

X.Tilavoldiyeva

FarDU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15730537

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yosh gimnastikachilarning dastlabki tayyorgarlik bosqichida haftalik

mikrotsikl asosida mashg‘ulot dasturini tuzish metodikasi yoritilgan. Mikrotsikl doirasida
yuklamalarni optimal taqsimlash, tiklanish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish, hamda har bir
kun uchun mashg‘ulot mazmunini aniqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar keltirilgan.
Dasturda jismoniy, texnik va psixologik tayyorgarlik elementlari uyg‘unlashtirilgan holda, yosh
gimnastikachilarning yoshi va tayyorgarlik darajasiga mos metodlar asosida tavsiyalar
berilgan.

АННОТАЦИЯ

В данной статье раскрыта методика составления тренировочной программы для

группы начальной подготовки юных гимнастов на основе недельного микроцикла.
Представлены научно обоснованные подходы к распределению нагрузок, сочетанию
восстановления и развития, а также планированию содержания занятий на каждый
день недели. Программа включает физическую, техническую и психологическую
подготовку с учетом возраста и уровня подготовки спортсменов.

ANNOTATION

This article presents a methodology for designing a weekly microcycle-based training

program for young gymnasts in the initial preparation stage. It outlines scientifically grounded
approaches to load distribution, the balance between recovery and development, and the daily
content planning of sessions. The program integrates physical, technical, and psychological
components, offering methods and recommendations suitable for the age and readiness level
of young athletes.

Kalit so‘zlar:

Sakrash, o‘tirish, osilish, uloqtirish, gimnastik snaryadlarda mashq bajarish,

tayanish, oddiy ushlash,tayanib turib tebranish, oldinga siltanish, oldinga tebranganda
kutarilishi.

Ключевые слова:

Прыжок, приседание, вис, метание, выполнение упражнений на

гимнастических снарядах, упор, простое держание, раскачивание в упоре, мах вперёд,
подъем при раскачивании вперёд

Keywords:

Jumping, squatting, hanging, throwing, exercising on gymnastic apparatus,

support position, basic hold, swinging in support, forward swing, lifting during forward swing


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5924-sonli “O‘zbekiston Respublikasida

jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmonida “Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk
hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport
sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli


background image

161

sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish”
zarurligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan hamda joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni
tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to‘rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-
hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish nazarda tutilgan (1).

Buning uchun aholining keng qatlamlari, jumladan umumta’lim maktabi o‘quvchilari,

professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiyani
ommalashtirish zarur. Yuqoridagi kontingentda voleybol sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlarni
tashkillash va ularni muntazam o‘tkazilishi jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishda
muhim ahamiyatga ega. Albatta, har bir sport turida bo‘lgani kabi voleybolda ham jismoniy
tayyorgarlikka alohida e’tibor berilishi lozim.

Haftalik mikrotsikl – 6 kunlik mashg‘ulotlar jadvali (1 kun dam olish bilan)

Kun

Mashg‘ulot mazmuni

Asosiy maqsadlar

Dushanba

Tanani umumiy qizdirish (10 daqiqa)

Sakrash, yugurish, to‘g‘ri yurgizish

Osilish va tayanish holatlarida mashqlar

Tayanib turib tebranish, oddiy ushlashlar

Og‘irlik bilan yengil uloqtirishlar (medbol)

Yakuniy cho‘zilish

Koordinatsiya,

chaqqonlik, tayanish

va osilishdagi

boshlang‘ich

tayyorgarlik

Seshanba

Statik holatlar: tayanish, egilish

Oldinga siltanishlar va tebranishlar

Osilib turib oyoq ko‘tarishlar

Soddalashtirilgan gimnastik snaryadlarda

mashqlar (past turnik, parallel)

O‘tirishdan sakrashlar

Nafas olish mashqlari

Egiluvchanlik, kuch va

muvozanatni
rivojlantirish

Chorshanba

Mobil o‘yin bilan qizdirish

Yugurish + to‘xtab sakrash

Tayanib turib tebranish va aylanish harakatlari

Oldinga siltanish va kutarilish harakatlari

Ergashuvchi jismoniy mashqlar (juftlikda)

Yakuniy bo‘shashtirish

Sakrash texnikasi va

umumiy jismoniy

faollikni oshirish

Payshanba

Qorinda yotib bosim berish mashqlari

Osilishda holatni ushlash (5-10 soniya)

Mashq snaryadlarida oddiy kombinatsiyalar

Aylanma harakatlar (shved devorida) Oyoq-

mushak kuchi mashqlari (otishlar)

Statik mashqlar (turgan holatda)

Mushak kuchi,

chidamlilik va

muvozanatni
rivojlantirish

Juma

Gimnastik snaryadlarda mashqlarni takrorlash

Sakrashdan keyingi tayanishlar Egiluvchanlik

va bukilishga oid mashqlar

Oldinga siltanib kutarilish (simulyatsiya)

Reaksiyani oshirish uchun tezkor mashqlar

Nafas va yurak ritmini tiklash

Ko‘nikmalarni

mustahkamlash,

texnikani

takomillashtirish


background image

162

Shanba

Sportli o‘yin shaklida mashg‘ulot (estafeta,

to‘pli o‘yinlar)

Har xil snaryadlarda erkin harakatlar

Juftlikda tebranish mashqlari

Yakuniy tekshirish: egiluvchanlik, sakrash,

tayanish

Refleksiya va mashg‘ulot yakuni

Qiziqarli muhitda

rivojlantirish, nazorat

va mustahkamlash

Yakshanba

Dam olish, passiv tiklanish, suzish yoki erkin

harakatlar (ixtiyoriy)

Tana tiklanishi va

haddan ortiq

yuklamaning oldini

olish

Kun

Mashg‘ulot mazmuni

Asosiy maqsadlar

Dushanba

Tanani umumiy qizdirish (10 daqiqa) Sakrash,

yugurish, to‘g‘ri yurgizish Osilish va tayanish

holatlarida mashqlar Tayanib turib tebranish,

oddiy ushlashlar Og‘irlik bilan yengil

uloqtirishlar (medbol) Yakuniy cho‘zilish

Koordinatsiya,

chaqqonlik, tayanish

va osilishdagi

boshlang‘ich

tayyorgarlik

Har bir mashg‘ulot 45–60 daqiqa davom etishi mumkin.
Yuklama asta-sekin ortib boradi (haftaning ikkinchi yarmida).
Mashg‘ulotlar bolalarning yosh xususiyatlariga mos tarzda soddalashtirilgan.
Haftalik dastur oylik tsikl ichida har 4-haftada qayta baholanadi yoki yangilanadi.
Yuqori malakali yosh sportchilarni tayyorlash, shu jumladan gimnastika bo‘yicha

iste’dodli sportchi bolalarni yetishtirish o‘quv-trenirovka jarayoni yangicha ilmiy nazar bilan
yondoshish hamda samarali pedagogik texnologiyalar yaratish darkorligini taqozo etadi.
O‘rgatish (o‘qitish) texnologiyasi (yunoncha techne – san’at, mahorat; logos – o‘qitish) – bu
noan’anaviy tartib va didaktik qonuniyatlarga asoslangan ilmiy uslublar, usullar, shakl va
vositalar kabi tushunchlarni o‘z ichiga biriktirgan atamadir .

Sport amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan

an’anaviy uslub va vositalar ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida o‘z
samaradorligini yo‘qotishi yoki sustlashtirishi mumkin. Natijada, sport natijalari ham, jismoniy
va funksional imkoniyatlar ham taraqqiyotdan to‘xtashi ehtimoldan holi emas. Bunday
vaziyatni kelib chiqishi tabiiy holatdir. Chunki organizmning yuklamalarga moslashish
imkoniyati cheksiz bo‘lmaydi, an’anaviy yuklamalarga ko‘nikish hosil bo‘ladi, ixtisoslashtirilgan
maxsus mashqlar sport mahoratini o‘sishiga «qudrati» yetmay qoladi.

Jismoniy tarbiya va sport insonni jismoniy rivojlanishi, uning ontogenetik taraqqiyotida

jismoniy sifatlari, morfofunksional va psixologik imkoniyatlarining o‘zgarish qonuniyatlari
bilan bog‘liqdir. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayoni turli malakali sportchilarni
tayyorlash tizimining ustivor va ajralmas qismiga mansubdir. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, ushbu sifatlarni rivojlantirish samaradorligi harakat malakalariga o‘rgatish
muddati va shu malakalarni o‘zlashtirish sur’atini belgilaydi.

So‘nggi yillarda gimnastik elementlarning murakkablashib borishi yosh gimnastikachilar

jismoniy sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Gimnastik mashqlarga dastlabki o‘rgatish jarayonida bolalar trenerlari, aksariyat hollarda,


background image

163

ayrim muammolarga duch kelishi kuzatilib turadi. Jumladan, hatto eng oddiy gimnastik
element texnikasiga o‘rgatishda muayyan jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasiga
tayaniladi. Ammo ko‘pincha shu sifatlarning rivojlanganlik darajasi gimnastik elementlarni
samarali o‘zlashtirish imkonini bermaydi. Shunday vaziyatlarda odatda ikki yo‘nalishda tashkil
etiladigan maxsus mashg‘ulotdan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu turdagi mashg‘ulotlarning
yo‘nalishlaridan biri – bu harakat qobiliyatini shakllantirish, ikkinchisi – harakat ko‘nikmalarini
tarbiyalash. Qayd etilgan vazifalarni alohida mustaqil va birgalikda hal etish mumkinligidan
qat’iy nazar muvofiq jismoniy sifatlarni ham bir yo‘la rivojlantirish zarur bo‘ladi. Binobarin,
zamonaviy gimnastik mashqlarni samarali o‘zlashtirish ustivor jihatdan ixtisoslashtirilgan
jismoniy tayyorgarlikka bog‘liqdir.

Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonini o‘z

ichiga oladi. Ushbu jismoniy sifatlarni rifojlantirishda qaysi biriga ustunlik bilan yondoshish
masalasida mutaxassislar fikri turlicha. Bir guruh mutaxassislar tezkorlik, kuch-tezkorlik
sifatlari va koordinatsion qobiliyatga urg‘u berish lozimligini ta’kidlaydilar. Ular shu sifatlarga
ustunlik berilishini bolalarning yosh xususiyatiga mutanosib ekanligi bilan izohlaydilar. Boshqa
bir guruh olimlar jismoniy sifatlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni e’tiborga olgan holda, mazkur
yoshdagi bolalarda barcha sifatlarni barovar rivojlantirish muhimligiga e’tibor qaratadilar.

Shu bilan bir qatorda yosh gimnastikachilar jismoniy tayyorgarligining asosiy jismoniy

sifatlarini turli yo‘nalishda, jumladan gimnastik elementlarga mos yo‘nalishda o‘rganish
bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlar deyarli yo‘q ekanligi kuzatildi.

Zamonaviy sport trenirovkasi amaliyotida kuch sifati beqiyos ahamiyatga egadir. Sportchi

qanday harakat (chopish, sakrash, o‘tirish, osilish, uloqtirish, gimnastik snaryadlarda mashq
bajarish va h.k.) qilmasin shu harakatning samaradorligi kuch bilan bog‘liqdir. Qolaversa kuch
texnik-taktik va psixologik tayyorgarlik jarayonida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi, murakkab
gimnastik elementlarni o‘zlashtirish o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi e’tirof etishgan.

Yosh gimnastikachilar jismoniy tayyorgarligini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning

mashg‘ulotlarida musobaqa mashqlari xususiyatiga mos hamda jismoniy va texnik
tayyorgarlikka baravar ta’sir etuvchi prinsipda qo‘llaniladigan mashqlar yetarli darajada o‘z
ifodasini topmaydi. Ushbu prinsipda qo‘llaniladigan mashqlardan odatda trenerlar
tayyorgarlikning ancha keyingi bosqichlarida foydalanadilar. Maxkur mashqlarni qo‘llashda
asosiy e’tibor qo‘l va oyoqlarni «yozuvchi» va «olib keluvchi» (dastlabgi holatga) mushaklar
harakati sifatlarini tarbiyalashga qaratildi.

Yosh gimnastikachilarni haftalik mikrotsikllar va o‘rgatish yillari bo‘yicha tashkil

etiladigan trenirovka jarayonining umumiy andozasi 1-jadvalda keltirilgan

Qayd etilgan jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 8-9 yoshli gimnastikachilarda haftalik

mikrotsikl bo‘yicha o‘tkaziladigan trenirovka mashg‘ulotlari tarkibiga kiritilgan tayyorgarlik
mashqlari va gimnastik ko‘pkurash turlariga maxsus mashqlar xajmi (soati) hafta bo‘ylab
to‘lqinsimon ravishda ortib borgan. Mashg‘ulotning tayyorgarlik qismida qo‘llaniladigan
mashqlar asosiy qismda rejalashtirilgan ko‘pkurash turlari mashqlariga molsligi bilan
izohlanadi. Jumladan, agar mashg‘ulotning asosiy qismida brusya va turnikda bajariladigan
mashqlar rejalashtirilgan bo‘lsa, demak mashg‘ulotning tayyorgarlik qismida shu mashqlarga
hos egiluvchanlik va tezkor-kuch mashqlari qo‘llaniladi va hakozo. Mashqlar majmualarini
bajarishga 10-15 daqiqa vaqt ajratiladi, bu esa shu majmualarni 2-3 marta qaytarish
imkoniyatini yaratadi. Har bir mashq majmuasi 2 marta – 2,3 daqiqa dam olish oralig‘ida ijro


background image

164

etiladi. 9 yoshli gimnastikachilarga bajarilgan mashqdan so‘ng yana bir bor mashqlar
majmuasini bajarish taklif qilinadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 dekabrdagi PQ-449-son qarori

Toshkent sh., 2022 yil 23 dekabr.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy

tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PF-
5924-son. Toshkent sh., 2020 yil 24 yanvar.
3.

Ефименко А.И., Йўлдошев К.К., Умаров М.Н. Гимнастика дарсининг

самарадорлигини ошириш усуллари (методик қўлланма). Т. ЎзДЖТИ босмахонаси. 1995
й.
4.

Йўлдошев К.К. Гимнастика дарсларида ҳаётий зарур ҳаракат малакаларини

шакллантириш. Ўқув қўлланма. Т. . ЎзДЖТИ нашриёт бўлими. 1995 й.
5.

Йўлдошев К.К. Умумтаълим мактабларида гимнастика машқ-ларини ўргатиш

услубияти. Т. ЎзДЖТИ нашриёт бўлими. 1998 й.
6.

Умумий ўрта таълимнинг Давлат таълим стандарти ва ўқув дастури. "Шарқ"

нашриёти - матбаа концерни бош тахририяти. Тошкент. 1999
7.

"Жисмоний тарбия назарияси ва услубиёти" ўқув қўлланма 1 том А.Д.Новикова,

А.П. МатвееваМ. 1967
8.

Гимнастика. Жисмоний тарбия институтлари учун дарслик Т., «Ўқитувчи» 1982

й.
9.

Гимнастика и методика преподования. Учебник для институтов физической

культуры (Под обҳей редакцией проф. Смолевского В.М.) М., ФИС. 1987 г.
10.

Ефименко А.И. Умумривожлатирувчи машқлар ва уларга оид атамалар. Т.,ЎзДЖТИ

босмахонаси. 1992 й.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 dekabrdagi PQ-449-son qarori Toshkent sh., 2022 yil 23 dekabr.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PF-5924-son. Toshkent sh., 2020 yil 24 yanvar.

Ефименко А.И., Йўлдошев К.К., Умаров М.Н. Гимнастика дарсининг самарадорлигини ошириш усуллари (методик қўлланма). Т. ЎзДЖТИ босмахонаси. 1995 й.

Йўлдошев К.К. Гимнастика дарсларида ҳаётий зарур ҳаракат малакаларини шакллантириш. Ўқув қўлланма. Т. . ЎзДЖТИ нашриёт бўлими. 1995 й.

Йўлдошев К.К. Умумтаълим мактабларида гимнастика машқ-ларини ўргатиш услубияти. Т. ЎзДЖТИ нашриёт бўлими. 1998 й.

Умумий ўрта таълимнинг Давлат таълим стандарти ва ўқув дастури. "Шарқ" нашриёти - матбаа концерни бош тахририяти. Тошкент. 1999

"Жисмоний тарбия назарияси ва услубиёти" ўқув қўлланма 1 том А.Д.Новикова, А.П. МатвееваМ. 1967

Гимнастика. Жисмоний тарбия институтлари учун дарслик Т., «Ўқитувчи» 1982 й.

Гимнастика и методика преподования. Учебник для институтов физической культуры (Под обҳей редакцией проф. Смолевского В.М.) М., ФИС. 1987 г.

Ефименко А.И. Умумривожлатирувчи машқлар ва уларга оид атамалар. Т.,ЎзДЖТИ босмахонаси. 1992 й.