16
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
O’ZBEKISTONNING TURKIY KENGASHDAGI FAOLIYATI VA
ISHTIROKINING STARTEGIK ISTIQBOLLARI: TURKIY
KENGASHNING BOSHQA MINTAQAVIY TASHKILOTLARDAN
FARQLI JIHATLARI (QIYOSIY TAHLIL ASOSIDA)
Jiyanov Sardor Shuxratovich
1
, Tashev Farrux Muzaffarovich
2
1
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, “Xalqaro huquq” fakulteti
2-bosqich talabasi
2
Ilmiy raxbar
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, “Davlat boshqaruvi va
ommaviy huquq” kafedrasi katta o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.5965171
Annotatsiya:
Muallif tomonidan ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining
Turkiy Kengashdagi faoliyati istiqbollari, mamlakatning kengash a’zosi sifatida
ishtiroki natijalari, shuningdek tashkilotning boshqa tashkilot va birlashmalardan
farqli xususiyatlari yoritib beriladi.
Kalit so’zlar:
turkiy tillar, tinchlik va xavsfsizlik, Naxichevan kelishuvi,
ratifikatsiya, xalq manfaatlari, qardoshlik, innovatsiya, venchur jamg’armalari,
kotibiyat, vazirlar kengashi
Turkiy Kengash – turkiy tilli mamlakatlardan tashkil topgan xalqaro
tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi – kengashga a’zo mamlakatlar o’rtasidagi
ishonch va aloqalarni yanada mustahkamlash, savdo, iqtisodiyot, transport,
energetika turizm va madaniy-ma’rifiy sohada hamkorlikni rivojlantirish,
mintaqada
tinchlik
va
xavfsizlikni
ta’minlash
sa’y
harakatlarini
muvofiqlashtirishdan iborat.
1992-yilda ilk bor Turkiyaning marhum prezidenti Turg’ut O’zal tashabbusi bilan
“Turkiyzabon davlatlar sammiti bo’lib o’tdi. 2009-yilning 3-oktyabr kuni
Ozarbayjonning Naxichevan shahrida Ozarbayjon, Qozogíston, Qirgíziston va
Turkiya o’rtasida “Naxichevan kelishuvi” imzolandi va “Turkiy kengash” xalqaro
tashkilotiga asos solindi. Tashkilot kotibiyatining bosh binosi Turkiyaning
Istanbul shahrida joylashishi aniqlab olindi. Tashkilotning rasmiy tillari:
inglizcha, turkcha, o’zbekcha, qozoqcha, ozarbayjoncha va qirg’ízcha.
2019-yil 14-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik
kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qildi. Prezident
tomonidan Oliy Majlis Senatining 22-yalpi majlisida ma'qullangan “Turkiy tilli
davlatlar hamkorligi Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini
17
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
(Naxichevan, 2009 yil 3 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni imzolandi.
O’zbekiston Respublikasining Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo
bo’lishi yirik strategik ahamiyat kasb etgan voqe’lik bo’ldi. Qayd etilishicha,
O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida ishtiroki ushbu
tashkilotning a'zo-davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, huquq-tartibot,
tabiatni muhofaza qilish, madaniy, ilmiy-texnikaviy, ta'lim, energetika, transport,
kredit-moliya va o‘zaro manfaatli boshqa sohalarda hamkorlikni yanada
kengaytirishga ko‘mak ko‘rsatadi.
O’zbekiston turkiy tilli mamlakatlar o’rtasida aholi soni bo’yicha dunyoda
Turkiyadan so’ng ikkinchi o’rinni egallaydi. Bu esa Turkiy tilli davlatlar kengashi
O’zabekiston tashkilotga a’zo bo’lgunga qadar to’la-to’kis shakllanmaganligidan
dalolat beradi. O’zbekiston Respublikasining tashkilotga a’zo bo’lishi
tashkilotning boshqa a’zolari tomonidan anchayin iliq kutib olindi. Rasmiy
shaxslar, ekspertlar xalqimizning turkiylar tarixidagi oʻrni, bugungi salohiyati va
ahamiyatini eʼtirof etdi.
O’zbekiston Respublikasining tashkilotga a’zo bo’lishi to’g’risida O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Turkiy Kengashga aʼzolik
xalqimizning tub manfaatlariga toʻla javob beradi. Bugungi kunda oʻrtamizda
nafaqat madaniy-maʼnaviy aloqalar, balki savdo-iqtisodiy munosabatlar ham
yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Oxirgi uch yilda davlatlarimizning oʻzaro savdo
hajmi salkam ikki barobarga oshdi, mingdan ortiq yangi qoʻshma shirkatlar
ochildi. Transport qatnovlari kengaymoqda, vizasiz tartib asosida turistlar oqimi
tobora
koʻpaymoqda,
xalqlarimizning
qardoshlik
rishtalari
mustahkamlanmoqda” – deya o’z fikrini bildirib o’tdi.
Bugungi kunda tashkilotda quyidagi sohalar faoliyat yuritmoqda:
Istanbul kotibiyati
Prezidentlar kengashi
Tashqi ishlar vazirlari kengashi
Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet
Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi
Bokudagi parlament assambleyasi
Ostonadagi turkiy akademiya
Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti
18
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
O’zbekiston Respublikasining Turkiy kengashga qo’shilishi kutilgan va
tabiiy jarayon edi. 2017-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasining Turkiy
kengash ishtirokchi davlatlari bilan ikki tomonlama savdo aylanmasi yiliga
o’rtacha 30% ga oshib bormoqda. Shuningdek, Turkiy kengash a’zosi hisoblangan
Turkiya, Ozarbayjon kabi iqtisodi yaxshi rivojlangan, va strategik jihatdan ancha
qulay sharoitda joylashgan mamlakatlar bilan yaqindan aloqalar Respublika
uchun yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. Yaxshi bilamizki bugungi kunga
kelib tashkilot xaritasi ancha kengaygan. A’zo mamlakatlardan tashqari
rivojlangan yevropa davlati bo’lgan Vengriya kuzatuvchi maqomini. Shuningdek
Turkmaniston va Shimoliy Qibris turk respublikalarining tashkilotga a’zo bo’lishi
kutilmoqda. O’zbekiston Respublikasi uchun tashkilot doirasida aloqalarni
mustahkamlash mamlakat iqtisodiyotida sezilarli ijobiy o’zgarishlarga olib keladi.
Quyidagi jadval orqali kengashga a’zo mamlakatlar iqtisodiy salohiyati bilan
tanishib chiqish mumkin:
Davlat
Poytaxti
Maydoni
Aholisi
soni
(ming)
YIM
Aholi
jon
boshiga
86
600 km²
10 073
174
mlrd. doll.
18 500 doll.
448
976 km²
34 037
222
mlrd. doll.
7 000 doll.
198
500 km²
6 389
2
724
902 km²
18 690
460
mlrd. doll.
26 700 doll.
783
562 km²
83 155
2 100
mlrd. doll.
22 000 doll.
19
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
Jami:
-
4
242
540 km²
152 344
2
979
mlrd. doll.
15 640 doll.
O’zbekiston yuk tashish va transport sohalari uchun noqulay tabiiy
sharoitga ega mamlakat. Chunki mamlakat dunyoda kamsonli dengizga to’g’ridan
to’g’ri chiqish imkoniyatiga ega bo’lmagan davlatlardan biri hisoblanadi.
Dengizga chiqish uchun bosib o’tilishi kerak bo’lgan eng qisqa masofa 3000 km.
ni tashkil etadi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin,
Turkiy kengash bu masalani ijobiy hal etish uchun muhim omil bo’lishi mumkin.
Buning sababi O’zbekiston kengashga a’zo mamlakatlar hududi orqali o’z
mahsulotlarini dunyo bozoriga to’g’ridan to’g’ri olib chiqish imkoniyatiga ega
bo’ladi. Shuningdek, Yevropa va Osiyoni bog’laydigan asosiy quruqlik transport
yo’llari ham asosan kengashga a’zo mamlakatlar hududidan o’tgan. O’zbekistonda
ishlab chiqariladigan qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoat mahsulotlarining ayrim
turlari, paxta va boshqa mahsulotlarga ushbu mamlakat bozorlarida talab katta.
Bu ham o’z navbatida mamlakatning iqtisodiy sohadagi faoliyatiga ijobiy ta’sir
qiladi. Kengash a’zolari bo’lgan Ozarbayjon va Turkiya respublikalari turizm
sohasida yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar. O’zbekistonning ham ulkan
turizm salohiyatini hisobga olsak, ushbu mamlakatlar bilan hamkorlik turizm
sohasi uchun ham samarali ta’sir ko’rsatadi. Ushbu mamlakatlar fuqarolarini
Respublika hududidagi turizm obýektlariga jalb qilish mamlakatdagi turizm
sohasida ijobiy o’zgarishlarni ta’minlaydi. O’zbekiston uchun tashkilot doirasidagi
investitsiya, biznes va tadbirkorlik masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga ko’ra 2019-yil 5-oktyabrda Toshkent shahrida Turkiy tilli davlatlar
Ishbilarmonlar kengashi majlisi hamda Investitsiya forumi oʻtkazildi. 2019-
yilning 15-oktyabrida Ozarbayjonda bo’lib o’tgan Turkiy kengashning VII
sammitida Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sohaga ham alohida to’xtalib
o’tdi.
Oʻzbekiston Prezidenti tadbirkorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri va ishonchli
aloqalarni oʻrnatish uchun eng qulay sharoitlar yaratishni ustuvor vazifa deb qayd
etdi. Shu borada qoʻshma texnoparklar, startap innovatsiya kompaniyalari va
venchur jamgʻarmalari tashkil etish, qoʻshma investitsiya fondi va turkiy davlatlar
savdo uylarini birgalikda barpo etish tashabbusini ilgari surdi.
Tashkilotning yana bir muhim jihati bu – mamlakatimizning strategik
manfaatlariga qay darajada javob berishi bilan bog’liq. Biz yaxshi bilamizki
tashkilot a’zolari bo’lgan davlatlar qadim davrlardan beri mustahkam aloqalarga
ega. Bu esa o’z navbatida tashkilot doirasidagi muloqotlarga o’zining ijobiy
20
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
ta’sirini ko’rstadi. Tashkilot Respublikaning strategik manfaatlari uchun bir
qancha ijobiy jihatlarga ega. Masalan, tashkilot a’zosi hisoblangan Turkiya o’z
mintaqasida va dunyo miqyosida o’z o’rniga ega mamlakat. Ushbu mamlakat bilan
yaqin aloqalar mamlakatning strategik jihatdan obro’sini mustahkamlaydi. Lekin
ayrim omillar tashkilot doirasidagi hamkorlikni chegaralanishiga olib kelishi
mumkin. O’zbekiston, Qozog’íston va Qirgíziston ShHT ning doimiy a’zolari
hisoblanadi. Turkiya esa NATO ning. Bu esa mamlakatlar miyosidagi harbiy va
strategik aloqalarning qisman cheklanishiga olib keladi. Shunga qaramasdan
harbiy, texnikaviy, ilmiy, madaniy va iqtisodiy salohiyati yuqori mamlakatlar
bilan har tomonlama o’ýlangan teng miqyosdagi yaqin aloqa mamlakatimiz uchun
yirik strategik yutuqlarga olib kelishi mumkin. Bunga misol qilib Turkiyaning
so’nggi yillar davomida harbiy texnikalar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va
boshqa sohalardagi yutuqlari mamlakatning dunyo miqyosida obro’sini
oshirayotganligida ko’rishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
2.
3.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Turkiy_davlatlar_tashkiloti
4.
https://www.gazeta.uz/oz/2021/11/12/turkiy-kengash/
5.
https://www.facebook.com/turkicstates/posts/3053880464698360/